scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING MAKTAB TA'LIMI SOHASIGA OID FAOLIYATI

G'ulomova, Zahro Davlatjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo jadidlarining otasi bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning maktab ta’limi sohasida olib brogan izlanishlari, yangi usul maktablarini tashkil etishi, xalq maorifini rivojlantirish yo‘lida olib brogan muhim ishlari, u yaratgan yangi usul maktablarida o‘qish, yozish, hisob, geografiya, tarix kabi dunyoviy fanlar bilan birga, arab tilida yozilgan darsliklar o‘qitilishi haqida aytiladi. Bundan tashqari Qrim-tatar ma’rifatparvari Ismoil G‘aspirali bilan olib borilgan suhbatlar, xaj safarlari, jumladan, Rossiya, Qrim, Kavkaz va boshqa shaharlardagi sayohatlar, “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalining chop etilishi, Behbudiya kutubxonasi va uning faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Ular bilan birga Behbudiyning yangi usul maktabi uchun yozilgan “Kitobat ul-atfol” asari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 117 DOI: https://10.5281/zenodo.17344964 MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MAKTAB TA’LIMI SOHASIGA OID FAOLIYATI G‘ulomova Zahro Davlatjon qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Tarix fakulteti 202-guruh talabasi E-mail: zahrogulomova[email protected]om ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘rta Osiyo jadidlarining otasi bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning maktab ta’limi sohasida olib brogan izlanishlari, yangi usul maktablarini tashkil etishi, xalq maorifini rivojlantirish yo‘lida olib brogan muhim ishlari, u yaratgan yangi usul maktablarida o‘qish, yozish, hisob, geografiya, tarix kabi dunyoviy fanlar bilan birga, arab tilida yozilgan darsliklar o‘qitilishi haqida aytiladi. Bundan tashqari Qrim-tatar ma’rifatparvari Ismoil G‘aspirali bilan olib borilgan suhbatlar, xaj safarlari, jumladan, Rossiya, Qrim, Kavkaz va boshqa shaharlardagi sayohatlar, “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalining chop etilishi, Behbudiya kutubxonasi va uning faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Ular bilan birga Behbudiyning yangi usul maktabi uchun yozilgan “Kitobat ul-atfol” asari haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Jadidchilik harakati, Ismoil G‘aspirali, Tarjimon gazetasi, Muntaxabi jug‘rofiyayi umroniy, Ibtidoiy qism, Rushdiya, Samarqand gazetasi, Oyna jurnali, Kitobat ul-atfol, Faryodi Turkiston. АННОТАЦИЯ В статье описываются исследования, проведенные Махмудходжой Бехбуди, отцом среднеазиатских джадидов, в области школьного образования, организации новых школ усуля, его важная работа в развитии народного образования, преподавание светских предметов, таких как чтение, письмо, арифметика, география, история, а также учебники, написанные на арабском языке, в созданных им новых школах усуля. Кроме того, приводится информация о беседах с крымскотатарским просветителем Исмаилом Гаспрали, паломнических поездках, в том числе в Россию, Крым, на Кавказ и в другие города, об издании газеты «Самарканд», журнала «Ойна», библиотеке Бехбудия и ее деятельности. Наряду с этим, даются краткие сведения о произведении Бехбуди «Китобат ул-атфол», написанном для новой школы усуля. Kлючевые слова: Махмудходжа Бехбуди, Абдукодир Шакури, движение Джадид, Исмаил Гаспирали, газета “Таржиман’’, ‘‘Мунтахаби югрофия умрани”, “Ибтидоий кисм“, “Рушдия”, газета “Самарканд“, журнал “Ойна“, “Китобат улатфол Фариоди“, Туркистан. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 118 ABSTRACT This article describe the research conducted by Mahmudkhodja Behbudi, the father of the Central Asian Jadids, in the works in the field of school education, the organization of new Usul schools, his important work in the development of public education, the teaching of secular subject such as reading, writing, arithmetic, geography, history, along with textbooks written in Arabic in the new Usul schools he created. In addition, there are conversations with the Crimen Tatar enlightener Ismail Gaspirali pilgrimage trips, including trips to Russia, Orim, the Caucases and other cities, the publication of the newspaper “Samarkand”, the magazine “Oyna”. Information is provided about the Behbudiya library and its activites. Along with them, a brief information is given about the work “Kitobat ul-atfol” written for Behbudi’s new Usul school. Keywords: Mahmudkhoj Behbudi, Abdukadir Shakuri, Jadid movement, Ismail Gaspirali, Tarjiman newspaper, Muntakhabi jug rafiyayi umrani, Ibtidoiy qism, Rushdia, Samarkand newspaper, Oyna magazine, Kitobat ul-atfol, Faryodi Turkistan. XX asrda Turkiston zaminida tug‘ilib, xalq va vatanning hur kelajagi yo‘lida yashagan donolardan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir. Turli tarixiy ijtimoiy sabablarga ko‘ra, jahonning eng qudratli davlati bo‘lgan Turkiston XIX asr o‘rtalarida mustamlakaga aylandi. Bu davrdagi to‘siqlarning eng dahshatlisi xalq ommasining parokandaligi, ijtimoiy va xuquqiy ongining tubanligi edi. Shu sababli Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning safdoshlari xurriyat uchun kurashning dastlabki va zaruriy bosqichi xalq va jamiyatni ma’rifat bilan qurollantirish yo‘lini tanladi. Bu harakat o‘z vaqtida “Jadidchilik harakati”, keyinchalik esa “Milliy uyg‘onish harakati” degan nom oldi. Turkistonda yangi usul maktablarining tashkil etilishi XIX asr oxiri XX asr boshlariga to‘g‘ri keldi. Ta’lim tizimini isloh qilish g‘oyasi Turkistonga Qrim, Qozon va Ozarbayjonga qaraganda o‘n-besh, yigirma yil keyin yetib keldi. Bunga sabab Chor Rossiyasi Turkistonda ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan har qadamni isloh qildi. Xatto bu davrda yangi usul maktabi ochila boshlagach, Turkiston o‘quv okrugi bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi. Mazkur komissiya o‘z qarori bilan yangi usul maktablarining ruxsatsiz tuzilishiga chek qo‘ydi. Qarorda, jumladan, bunday moddalar bor edi: 1. Mahalliy maktablar chor ma’muriyatining maxsus ruxsatnomasi bilan ochiladi. 2. Mahalliy maktablar ochish va unda o‘qitish siyosiy jihatdan to‘la ishonchli bo‘lgan Rossiya fuqorolarigagina ruxsat etiladi. 3. Mahalliy maktablarda faqat Rossiya senzurasi ruxsati bilan chop etilgan kitoblargina o‘qitiladi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 119 4. Mahsus ruxsatsiz maktab ochgan shaxslar maktab ochish, o‘qituvchilik qilish ishidan bir umrga mahrum etiladi. Ta’lim tizimini rivojlantirishga qarshi bunday talablar bo‘lishiga qaramay, xalqning fidoiy farzandlari jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy “Usuli savtiya” (tovush metodiga asoslangan) maktablarni ochish ishiga bel bog‘ladi. Bu davrda Mahmudxo‘ja Behbudiyni yangi usul maktablarini ochishga, ta’lim tizimini rivojlantirishiga sababchi bo‘lgan inson turkey qavmlarning iftixori Ismoil G‘aspirali edi. Uning “Tarjimon” gazetasi Behbudiyga o‘sha davrdagi vaziyatni anglashda turtki bo‘ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: “Bir bechora faqirni ko‘rsak, achinamiz. O‘layotgan bechorani ko‘rsak, yuragimiz istirobdan og‘rinadi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko‘rmaymiz” 1 , deb yozilgan satrlar bor. Bu fikrlar Behbudiyda xalqni ma’rifatli qilish uchun yangi usul maktablari zarur degan g‘oyani ilgari suradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1899-1900 yillarda buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan birga Makka va Madina shaharlariga haj safariga boradi. Safar paytida Rossiya, Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqadi. Sayohati davomida poyezd, kema, otda va piyoda yurib dunyo kezadi. Maorif sohasida Rossiya va tatar arboblari tajribasini o‘rganadi. Shu tajribalari orqali Turkistonda ham yangi usul maktablarini ochadi. Dastlabki yangi usul maktabi 1903-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumaniga qarashli Rajabamin qishlog‘ida atoqli ma’rifatparvar Abduqodir Shakuriy xovlisida ochilgan. Bu maktabda o‘qiydigan bolalarning katta qismi shahardan bo‘lganligi va Rajabamin qishlog‘iga qatnash qiyinligi sababli keyinchalik bu maktabni Behbudiy o‘z xovlisiga ko‘chiradi. “Behbudiy bu maktab o‘quvchilari uchun bir qator darsliklar yaratdi” 2 . 1904-yilda “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), 1905-yilda “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), 1906-yilda “Muntaxobi jug‘rofiyayi umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), 1908-yilda “Kitobatul atfol” (“Bolalar xati”), “Amaliyoti islom”, 1909-yilda “Tarixi islom” kitoblarini nashr ettirgan. ”Muntaxobi jug‘rofiyai umumiy”ning to‘liq nomi “Kitobi muntaxabi jug‘rofiyai umumiy va namunai jug‘rofiya” bo‘lib, uni chop etish uchun 1905-yil 24-avgustda Sank-Peterburg senzurasida ruxsat olingan. 1906-yilda Samarqanddagi G.I.Demurov matbaasida bosilgan, sahifalari soni 106 ta. Muallif ushbu “qadim fan”ga tegishli “turkiy, forsiy, arabiy, rusiy lug‘atlarga tasnif bo‘lgan o‘ttiz qadar qadim va jadid qutub va rasoili jug‘rofiya, tarixiy, hay’ati riyoziy, 1 Hashimov K. Nishonova S Pedagogika tarixi. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent–2005. 2 Karimov N “Maxmudxo`ja Behbudiy” Toshkent–2010–22-bet. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 120 tabiiy”lardan va yana juda ko‘p turli xildagi manbalardan foydalangan holda yozganini qayd etgan 1 Behbudiy tashkil etgan yangi usul maktabidagi o‘qitish tizimini quyidagicha olib boradi. Maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich-“ibtidoiy qism”, ikkinchi bosqich-“rushdiya“ deb nomlanadi. Birinchi bosqichda tahsil muddati to‘rt yil. Birinchi yili: forscha va arabcha yozuv hamda o‘qish o‘rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o‘rgatilgan. Umuman bir yil davomida yozmoq va o‘qimoqni to‘liq o‘rganganlar. Ikkinchi yili xaftiyak, iymon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar, qasidalar o‘qitilgan. Uchinchi yili Qur’oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o‘rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi yili esa, Kalomu Sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jo‘g‘rofiya o‘qitilgan 2 . Bu to‘rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimlarning o‘zi taqsimlagan. Xohlasa, ikkinchi bosqichga qoldirar, ularning o‘zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning o‘zi xohlasa, Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo‘llanma berardilar. Maktabning ikkinchi bosqichi bo‘lgan rushdiyaga esa, to‘rt sinf-ibtidoiy qismni tamomlaganlar o‘tqazilgan. “Bu bosqichda o‘qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo‘g‘rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa’diyning “Guliston” asari, turkiy til o‘qitilgan; ikkinchi yili-arab tili, shifoxiya, tarix, islom, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil–arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, rus tili ham o‘qitilgan; to‘rtinchi yil–arab tili, rus qozixona xatlari, bo‘listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko‘pgina hayotiy darslar o‘qitilgan” 3 . Behbudiy maktabida har yil oxirida imtixonlar o‘tkaziladi. Imtixonlarga ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilingan. Bu bir tomondan “usuli jadid” maktablarini ko‘proq targ‘ib qilish va o‘qitish tartibini ommaga ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchi tomondan maktabni hayotiyroq qilish ya’ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi. Bu sakkiz sinfni tamomlaganidan so‘ng o‘quvchilar arab, fors, turk va rus tillarida bemalol so‘zlasha olishgan. Bundan tashqari maktabda muallimlik qilgan, tijorat bilan shug‘ullangan, muharrirlik qilgan, hatto, Turkistonning boshqarma mahkamalarida ishlashga ham qurbi yetgan. Imtixon payti har yili turli joylardan vakillar chaqirilgan, lekin ko‘pchilik maktabning yutuqlarini ko‘ra olmaganidan kelmagan. Behbudiy aytar ediki: ”Kelib ko‘rsunlar, durust bo‘lsa, 1 Qosimov B “Mahmudxo`ja Behbudiy” kh-davron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi (2014-yil 19-yanvar). 2 Hashimov K. Nishonova S. Pedagogika tarixi. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent–2005. 197–b. 3 Hashimov K. Nishonova S. Pedagogika tarixi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonsi nashriyoti, Toshkent–2005. 197–b. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 121 rivoj bersunlar, nodurust bo‘lsa, dalil ila isbot qilsunlar… maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa yo‘qdur” 1 .Turkistonning istiqboli uchun o‘z hovlisida ilmma’rifat o‘chog‘ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha-necha tayoqlar sindi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o‘tqazishganida jo‘g‘rofiya, tarix va hisob kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo‘ygan. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. O‘zi ham yuqori sinf o‘quvchilariga jo‘g‘rofiya va tarix fanidan saboq bergan. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan kitoblarini yaxshi o‘qigan talabalariga tortiq qilgan. U ne qilsa Turkiston uchun va uning kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun qilgan. “1907-yil 23-avgust Nijniy Novgarodda Rusiya musulmonlarining madaniyat va turmush muommolariga bag‘ishlangan qurultoyi chaqirilgan” 2 . “Qurultoyda Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqargan va nutq so‘zlagan” 3 . Shu yili Behbudiy Rossiy 3Davlat Dumasining Musulmon fraksiyasiga “Turkiston madaniy muxtoriyati” loyihasini ko‘rib chiqish uchun yuborgan. Bu loyihada Behbudiy Davlat dumasiga Turkiston musulmon aholisining nufuziga mos vakillar saylanishi, diniy idoraviy ishlarda erkinlikni, Turkistonda mahalliydan tortib har qanday darajadagi boshqaruvda mahalliy xalq vakillarining ishtirok etishini ta’minlash, turkistonlik xalqlar uchun majburiy hamda bepul umumta’limni joriy qilish, mahalliy aholi roziligisiz Turkistonga Rusiyaning turli hududlaridan aholi ko‘chirilishini to‘xtatish, rus istilosi natijasida tortib olingan vaqf mulklarini qaytarish singari qat’iy talablarni ilgari surgan. “Loyihada yozilgan ism-sharifi hamd mansabi ostiga o‘z muhrini ham bosgan” 4 . Biroq uning bu loyihasi 3-Davlat Dumasi tomonidan e’tiborsiz qoldiriladi. 1913-yildan boshla matbuot ishlari bilan shug‘ullandi. Shu yil aprel oyida “Samarqand” gazetasiga asos soldi. Gazeta ikki tilda: o‘zbek va tojik tillarida, haftad ikk marta chop etilgan. 45-soni chiqqach, chor hukumatining tazyiqi hamda moddiy qiyinchiliklar tufayli nashr to‘xtagan. 1913-yil 20-avgustidan boshlab, “Oyna” jurnalini chiqara boshladi. Jurnal faoliyati 20 oy davom etgan, 68 ta soni nashrdan chiqqan. “U boshqa jadid nashrlarini ham qo‘llab quvvatlagan hamda “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Xurshid” va boshqa gazetalar bilan hamkorlik qilgan” 5 . Qrim-tatar ma’rifatparvari bo‘lgan Ismoil G‘aspirali bilan Behbudiyning ilk uchrashuvi 1897-yilda Turkistonda bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bor 1914-yil yozida yuz 1 Hashimov K Nishonova S Pedagogika tarixi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent-2005. 198–b. 2 Xayrullayev M Ma`naviyat yulduzlari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999–357-bet. 3 Mahmudxo`ja Behbudiy. Yoshlarga murojaat. Toshkent: Ma`naviyat: 2022–9-b 4 Temur XO`JAO`G`LI “Muhtoriyat loyihasi” jadiz.uz. 5-dekabr. 2024. 5 Alimova D “Jadidchilik fenomeni “ .Toshkent: “Akademnashr” 2022 . 254 - b INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 122 berdi. Alloma marg‘ilonlik bir kishi bilan Istanbulning Gulhane bog‘ida yurganda tasodifan Ismoil Gaspiriniskiyni ko‘rgan va o‘xshatgan bo‘lsam kerak degan o‘y bilan salom berib o‘tib ketgan. Orqasidan javob ovozi kelgach, ikki do‘st yaqindan ko‘rishgan. “Gaspiriniskiyning taklifi bilan Shahin posho mehmonasida suhbat yetti soat davom etgan” 1 . Gaspiriniskiy suhbat yakunida Behbudiyni Qrimga taklif etadi. Oradan ko‘p o‘tmay Ismoilbey vafot etdi va Istanbuldagi uchrashuv ularning eng so‘nggi qarshilanishi bo‘ldi Bu uchrashuvlar davomida Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonun qoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtixonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilishi, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning ta’minot masalalari haqidagi bilimlarini G‘aspirali orqali chuqurlashtirdi. Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun Behbudiy kutubxona tashkil etadi. Bu kutubxonaning ochilish marosimida jadid maktabi talabalari ishtirok etib, salovat o‘qiydi. So‘ngra shaharning yuzdan ziyod taraqqiyparvar kishilari xatmi Quron qiladi. “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu mutolaaxona ikki smena ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo‘lgan kishilarga madaniy xizmat ko‘rsatadi.Behbudiyning “Samarqand kutubxona islomiyasi” (“Turkiston viloyatining gazeti”, 1908-yil noyabr) nomli maqolasida bu kutubxonada to‘plangan kitob va risolalar soni o‘sha davrda 600 ta, gazeta va jurnallar undan ko‘pligi aytilgan. Dastlab undan foydalanuvchi insonlar juda kam edi. Lekin vaqt o‘tishi bilan insonlarda kutubxonaga qiziqish orta boshladi. “Turkiston viloyatining gazeti” navbatdagi sonida, kutubxonadan foydalanuvchilar soni 2000 nafarga yetganini e’lon qildi. Behbudiy kutubxonaning tashkilotchisi emas, balki undan o‘rin olgan aksar kitob va risolalarning egasi ham edi. Vadud Mahmud Abduqodir Shakuriyga bag‘ishlangan maqolasida: “Behbudiy boy kutubxonaning egasi edi. 1000 jildlik kitob fondiga ega bo‘lgan bu mutolaaxona barcha uchun doimo ochiq edi. O‘sha vaqtlarda bu kitoblarning xar biri olti bahosida hisoblanardi. Behbudiy bu joyning binosi va boshqa xarajatlarini o‘z cho‘ntagidan to‘lar edi” 2 deb yozgan. Kutubxonaga bo‘lgan talabning oshishi Behbudiyda kitob savdosi bilan shug‘ullanish imkonini yaratdi. U Kavkaz, Qrim, Turkiya va boshqa mamlakatlarga sayohatga borganida kutubxona uchun kitoblar xarid qila boshladi. Behbudiy “Qasdi Safar” nomli maqolasida shunday yozgan edi:” Kutubxonai Behbudiya” isminda “Oyna” idorasini kitob savdosi ochmoq uchun ruxsat olingan. Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Orenburg, Hindiston kitoblarindan keltirmoq kerak. “Oyna”da qo‘ymoq uchun Rusiya va xorijiyning mashhur imorat va 1 Murodov H “ Turizm va sayohatchilikning jadidlar harakati taraqqiyotida tutgan o`rni “. Buxoro Hamd print, 2025 - 202bet. 2 Axrorova Z “Behbudiy kutubxonasi” maqolasi. - O`zbekiston adabiyoti va san`ati , 1995 . 17-fevral. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 123 manzara akobirlarining rasm va suratlari, ilmiy va fanniy maqolalar uchun fanniy va tarixiy naqshlarni qolib-klishesi lozim…” 1 . Behbudiy 1917-yilning 16-23 aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining Qurultoyida millatni o‘zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yo‘lida birlashishga, ittifoq bo‘lishga chaqirdi. 1918-yil Samarqandda “Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi” tuzilganda Behbudiy maorif komissari etib tayinlandi. Shunda u yang maktablar tarmog‘ini yanada kengaytirdi. O‘quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarni rivojlantirdi. Uning yangi maktablar uchun yozgan asarlari orasida “Kitobat ul-atfol” ( “Bolalar maktubi”) asari o‘z davrida bir necha marta nashrdan chiqdi. Bu kitobga qirqtaga yaqin forsiy va turkiy insholardan namuna kiritilgan. Shahodatnoma va boshqa ish yuritishga doir hujjatlar yozishni o‘rganishdan ta’lim berilgan hamda namunalar keltirilgan. Volostnoyxona, qozixonada yoziladigan hujjatlar ham mana shu kitob orqali o‘rgatilgan. Yosh va kattalarga mo‘ljallangan 36 sahifalik bu kitob bugun ham nazariy-ma’rifiygina emas, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Behbudiy o‘sha davrdagi madrasalar ahvolini o‘zining “Faryodi Turkiston” maqolasida shunday ta’riflaydi: “ Bir madrasaga 20 talaba gapi ila bir noaql mudarris saylanur, bir volostda 40 nafar el boshlarindan 21 nafarni sadosi ila bir johil qozi saylanur” 2 . Behbudiy bu mudarris, mufti va qozilarning sakson foizi qariyalardir. Ular yoshlarga qanday bilim va tarbiya bera oladilar, deydi. U Turkiston kelajagi yangi kadrlar, mutaxasislar va o‘qimishli yoshlar qo‘lida deb biladi. Shuning uchun ham har bir maqolasida taraqqiyotga javob beradigan kadr tayyorlash g‘oyasini ilgari surdi. U “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilm fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur” degan shiorga sodiq harakat qildi. Ammo u o‘z orzulariga erisha olmadi. Mahmufxo‘ja Behbudiy 1919-yil 25-mart sanasida o‘z g‘oyalari uchun jadid sifatida ayblanib, Shahrisabzda qamoqqa olinadi va Qarshi shahrida qatl etiladi. U o‘limi oldidan qilgan vasiyatida: “Biz o‘z qismatimizni bilamiz. Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalqning baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz…”. Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonni ilmsizlik jaholatidan qutqarish uchun eski maktablar tizimini isloh qildi, usuli jadidiyaga asos soldi. Xalqni ma’rifatli qilish, ma’naviy dunyoqarashini oshirish uchun yangi darsliklar 1 Bexbudiy M. Tanlangan asarlar. - Б. 24. 2 Hashimov K Nishonova S Pedagogika tarixi. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent – 2005. 199 – b. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 124 yaratdi. Ta’lim sohasida xorij tajribalarini o‘rganib, Turkistonga olib kirdi. Yoshlarni bilim saviyasini oshirish, yangi kadrlar tayyorlash uchun harakat qildi. O‘zi ochgan yangi usul maktablari uchun yangi darsliklar yaratdi. Bundan tashqari xorijdan, jumladan Qrim, Tatar, Kavkazga sayohatlari davomida u yerdan kitoblar olib keldi. Ta’limni rivojlantirish uchun kutubxonalar ochdi. Behbudiyning ta’lim tizimidagi g‘oyalari milliy pedagogika tarixiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi. Uning fikrlari faqat u yashagan davr uchun emas, balki hozirgi davr yoshlar tarbiyasida ham samarali xizmat qildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Alimova D. “ Jadidchilik fenomeni “, Toshkent: “Akademnashr”,2022. – 272b. 2. Axrorova Z. “Behbudiya kutubxonasi” maqolasi. 1995.17 – fevral. 3. Behbudiy M. Tanlangan asarlar. - Б . 2024. 4. Hashimov K Nishonova S Pedagogika tarixi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent – 2005. 5. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Yoshlarga murojaat. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2022 – 9b. 6. Murodov H. “Turizm va sayohatchilikning jadidlar hayotida tutgan o‘rni”. Buxoro Hamd print, 2025 – 202 – b. 7. Karimov N. “Mahmudxo‘ja Behbudiy” - Toshkent – 2010. 8. Qosimov B. “Istiqlol qahramonlari, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Tanlangan asarlar”. Toshkent – 2006. 9. Temur Xojao‘g‘li “Muhtoriyat loyihasi” jadid.uz. 5 – dekabr 2024. 10. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari . Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999 – 357-b.