scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SO`Z-GAP ATAMASI VA UNING TIL TIZIMIDAGI OʻRNI

Xojiyeva Muxlisa Abdumansur qizi

Abstract

Hozirgi kunda nafaqat tillarni o`rganish, ularni tahlil qilish, tadqiqotlar olib boorish barcha uchun qiziq mashg`ulot hisoblanadi. Ushbu maqolamizda, so`z-gap atamasi haqida, so`z-gap to`plamini ajratish tamoyillari, so`z-gap tasnifi va so`z-gaplarni morfologiya va sintaksisda o`rganilishini, u yerdagi munozarali fikrlarini tahlil qilib o`rgandik.

Full text

10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 28 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 SO`Z-GAP ATAMASI VA UNING TIL TIZIMIDAGI OʻRNI Xojiyeva Muxlisa Abdumansur qizi Alfraganus universiteti 2-kurs talabasi email:[email protected] Ilmiy rahbar: Saparniyozova M. Annotatsiya: Hozirgi kunda nafaqat tillarni o`rganish, ularni tahlil qilish, tadqiqotlar olib boorish barcha uchun qiziq mashg`ulot hisoblanadi. Ushbu maqolamizda, so`z-gap atamasi haqida, so`z-gap to`plamini ajratish tamoyillari, so`z-gap tasnifi va so`z-gaplarni morfologiya va sintaksisda o`rganilishini, u yerdagi munozarali fikrlarini tahlil qilib o`rgandik. Kalit so`zlar: Kommunikativ, polisemiya, modal so`z, morfologiya, sintaksis vazifadoshlik, funksionallik, WPm. KIRISH. Bizga ma’lumki, so`z-gaplar xususida maktab darsliklarida “Bir so`z “qotib qolgan” birikma shaklida bo`lib, boshqa so`z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo`lmagan gap so`zgap deyiladi. So`z-gap tasdiq, inkor, so`roq, taajjub, his-hayajon kabi ma’nolarni ifoda etib, ular matn bilan bog`liq bo`ladi. So`z-gap, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko`proq diologik va ba’zan monologiik nutqqa xosdir”,- ta’rifi keltirib o`tiladi.[1. 69-bet] O`zbek tilida shunday muloqot madaniyati mavjudki, so`zlovchi va tinglovchi orasidagi kommunativ jarayon bir-birini nutqi tugallanmasdan tushunishga yoki gapning to`liq mazmuni bir so`z bilan ifodalashga undaydi. Kishilar nutqini yengillashtirish, nutqiy 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 29 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 ixchamlikni ta’minlash kabi xususiyatlarni o`zida mujassam etgan mana shunday gap turibu so`z-gap.[2.] So`z-gap to`plamini ajratish tamoyillari bo`yicha Ra’no Sayfullayeva va boshqalar o`zbek tilshunosligida so`z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo`llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o`rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng kishik qurilish qolipi[Wpm] sifatida e’tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo`lgan so`z-gapga ham “lison-nutq’ tamoyili asosida yondashish zarurati paydo bo`ldi va har bir gapning o`z qolipi mavjud bo`lgani kabi, so`z-gapning ham o`ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo`lishi shrtligi e’tirof etildi. So`z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so`zlarning alohida belgilari mavjud-ki, Ular shu belgi bilan mustaqil, yordamchi so`zdan, shuningdek, yoxud qo`shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) mustaqil holda gap bo`la olish; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik; 3) o`ziga xos g`ayriodddiy ma’noga ega bo`lish; 4) bog`lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs-son shakllariga ega emaslik. So`z-gap sirasiga shu to`rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi ( bu tipdagi birliklar kirish so`z vazifasida ham keladi, lekin ularning substansial belgisiso`zgap bo`lib kelish).[3.] Bu yerda keltirilgan fikr biroz munozarali. Kirish so`z ba’zan so`zgap bo`ladi,- deyilgan. Aslida kirish so`zlarning ham o`z sintaktk vazifasi bor. Tipik sintaktik vazifasi. Masalan: Bugun kinoga boramizmi? – Balki. So`z-gap tasnifi. So`z-gap o`z ichida bir necha ma;noviy guruhga ajraladi: 1. Modal. 2. Undov. 3. TAsdiq-inkor. 4. Taklif-ishora. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda biz so`z-gaplarni modallar, undovlar, tasdiq-inkor so`zlar va taklif-ishora so`zlardan tashkil topadi,- deyimiz mumkin. Xo`sh, ular gap tarkibida qanday ko`rinishga ega bo`lishlari mumkin? Kampirning dodiga odamlar tez to`plandi. Bu gapda so`z-gap dodiga bo`lib, u so`z-gapning udov ko`rinishidir. Aftidan, bugun havo issiq bo`ladi. Bu gapda esa, aftidan so`zi so`z-gap bo`lib, so`z-gap, modal so`z, vazifadosh modal so`z, chama-taxmin ma’noda. Bugun kinoga boramizmi? –Albatta. Bu gapda albatta so`zi so`z-gapning tasdiq-inkor ko`rishiga misol bo`ladi. Qani, ketdik darsga. Bu gapdagi qani so`zi so`z-gapning taklifishora ko`rinishidir. 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 30 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Ko`pgina tilshunos olimlarimiz so`z-gapni polisemiya deyishadi. Terminologiya Polisemiya bo`lish ijobiy hodisa emas. O`zbek tilida polisemiya – bu bir so`zning bir necha turli ma’nolarni ifodalashidir. Polisemiya so`zning semantik ko`p tomonliligi tufayli yuzaga keladi. Bu hodisa, bir so`zning turli kontekslarda turlicha ma’nolarni anglashi natijasida paydo bo`ladi. Tereminologiyada esa, bu hodisa ijjobiy hodisa hisoblanmaydi. Chunki, unda termin aniq bo`lishi muhim o`rin egallaydi. So`z-gaplarni morfologiya va sintaksisda quyidagi ko`rinishda bo`lishadi: So`z-gaplar So`z-gap 1. Bo`laklarga ajralmaydigan gaplar. So`z turkumi 2. Egasiz gap. ( so`z-gap, atov gap) Gap Gap Sintakik vazifa So`z-gaplarda ham munozarali fikrlar mavjud. Masalan, sof morfologik yondashuv bor. U mana bu turlarga bo`linadi ( morfologiyaso`z-gap, so`z turkumi, gap) deyilishi bir muncha munozara chunki, bu yerda sintaktik planda yondashgan holda bo`ladi. Ya’ni to`liq WPmlashgan so`z-gaplashgan to`la-to`kis semantik funksional xususiyatlari bilan har-xil guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o`z aloqasini boshqa so`z turkumlaridanto`la-to`kis uzmagan bo`ladi degan fikrni aytadi lekin bu yerda WPm bilamiz bu gapning eng kichik qurilish qolipi. Ya`ni u sintaktik mohiyat. Uni boshqa turkumdan ananaviy ravishda fuksional deb kelgan vazifadoshdeb kelgan termini WPmlashgan deb beradi, so`z-gaplashgan. Uni, balki, funksional gaplar yoki vazifadosh gaplar deb berilganda o`quvchilar trushunishi uchun qulayroq bo`lgan bo`lar edi. Chunki WPm sintaktik mohiyat bo`lgani sababli o`quvchida shubha uyg`otadi. So`z-gap har doim WPm bo`ladi degani emas-ku. U boshqa funksiyalarda ham kelishi mumkin. Shuning uchun WPmlashgan so`zini vazifadosh so`z-gaplar desa, an’anaviy tizim sifatida, hamma tomondan qabul qilingan 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 31 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 termi sifatida anglash ossonroq bo`lar edi. Mualliflarning Wpmlashgan, WPmlashayotgan va Wpmsimon degani vazifadosh, funksionalligi chunki, fuksionallashuv shunday jarayonki, o`sha funksionallashish jarayonida bo`lishi mumkin, fuksionallashib butkul fuknsionallashib ketgan bo`ladi. Yoki unga o`xshash bo`ladi. Shuning uchun buni vazifadosh yoki funksional deyish maqsadga muvofiq. Boshqa turkumlarda ham vazifadoshik bor, masalan, yuklamada, bog`lovchida, fe’lda. Ko`ryabsizmi ya’ni vazifadoshlik deb boshq aturkumlarga umum qabul qilingan termin sifatida anglash bir muncha ossonroq bo`ladi. Bu yerda sintaktik qoidani qo`yib, morfologik tahlil qilyabdi. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev [va boshqalar]. Maktab darsligi 8-sinf T.: 2019. 69-71-b. 2. https://in-academy.uz Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi 4-bet. 3. Sayfullayeva R. va boshqalar Hozirgi o`zbek adabiy tili – T.:2009 278-282-b.