scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING DIQQAT VA MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNING AHAMIYATI

Xolmurodova Husniya Ismatullo qizi

Full text

35 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz O‘QUVCHILARNING DIQQAT VA MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNING AHAMIYATI Xolmurodova Husniya Ismatullo qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17346412 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqat va mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan darslarning ahamiyati yoritilgan. Integratsiyalashga yondashuv o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Kalit so‘zlar: Integratsiya, tafakkur, mantiqiy fikrlash, diqqat, boshlang‘ich ta’lim, ijodiylik. ЗНАЧЕНИЕ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ В РАЗВИТИИ ВНИМАНИЯ И ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ Аннотация: В данной статье освещается значение уроков, организованных на основе междисциплинарной интеграции, в формировании внимания и способности логического мышления младших школьников. Комплексный подход активизирует познавательную деятельность учащихся, повышает интерес к чтению, развивает самостоятельное мышление. Ключевые слова: Интеграция, мышление, логическое мышление, внимание, начальное образование, креативность. THE IMPORTANCE OF INTEGRATED LESSONS IN DEVELOPING STUDENTS' ATTENTION AND LOGICAL THINKING Abstract: This article highlights the importance of classes organized on the basis of interdisciplinary integration in the formation of attention and logical thinking skills of elementary students. An integrated approach activates the cognitive activity of students, promotes interest in reading and develops independent thinking. Keywords: Integration, thinking, logical thinking, attention, primary education, creativity. KIRISH. Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, unda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish va muammolarga ijodkorlik bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi — o‘quvchining keyingi ta’limdagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi poydevor hisoblanadi. Shu sababli bu davrda o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur va mantiqiy fikrlash jarayonlarini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. An’anaviy ta’lim tizimida darslar ko‘pincha alohida fanlarga bo‘linib o‘tiladi. Bu esa o‘quvchining olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lashda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Integratsiyalashgan yondashuv esa bu kamchilikni bartaraf etadi. Integratsiyalashgan darslar — turli fanlar mazmunini yagona maqsad asosida birlashtirish, 36 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘quvchining dunyoqarashini kengaytirish va bilimlarni tizimli shaklda egallashga imkon beruvchi zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Bunday darslarda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta fan elementlari bilan tanishadilar, bu esa ularning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, diqqatni jamlashni, tahlil qilish va taqqoslashni, sabab-natija bog‘lanishlarini aniqlashni o‘rganishlariga yordam beradi. Misol uchun, matematika darsini ona tili yoki tabiatshunoslik bilan bog‘lab o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nafaqat hisoblash, balki o‘qilgan matndan ma’no chiqarish, tushunilgan fikrni ifodalash ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Integratsiyalashgan darslarning asosiy afzalligi shundaki, ular o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. O‘quvchi dars jarayonida turli faoliyat turlarini bajaradi: kuzatadi, taqqoslaydi, tahlil qiladi, xulosa chiqaradi va natijalarni boshqalar bilan muhokama qiladi. Shu orqali uning mantiqiy fikrlash darajasi oshadi, e’tiborini bir nuqtaga jamlash, fikrni izchil bayon etish va asoslash qobiliyati shakllanadi. Bundan tashqari, integratsiyalashgan yondashuv o‘quvchilarda fanlararo aloqani tushunish, real hayotdagi muammolarga kompleks yondashish, ijodkorlik va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi. Bu esa ta’limning asosiy maqsadi -kompetensiyaga asoslangan shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, integratsiyalashgan darslar o‘qituvchidan ham yangicha metodik yondashuvni talab etadi. Bunday darslarni samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi fanlararo bog‘lanishlarni to‘g‘ri tanlay olishi, mavzularni hayotiy misollar bilan boyitishi va o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga jalb etishi zarur. Shu yo‘l bilan o‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, balki izlanish, tahlil va tajriba orqali egallaydi. Shu bois integratsiyalashgan ta’lim boshlang’ich bosqichda o’quvchilarning intelektual salohiyatini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. ASOSIY QISM. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni amalga oshirish pedagogik sharoitlarini joriy etish matematika, ona tili va o’qish savodxonligi, tabiiy fanlarni o‘zlashtirish doirasida darsda va darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ma’lum imkoniyatlarni ochib berdi. Integratsiya - bu aniq bilimlar doirasida yangi g’oyalarni qabul qilish usuli. Avvalo tabaqalashtirilgan bilimlar orasidagi boʻshliqlarni toʻldirish, ular o’rtasida aloqalar oʻrnatish kerak deganidir. Integratsiyalashgan darslar — bu o‘quv jarayonida ikki yoki undan ortiq fanlarning mazmunan birlashuvi orqali o‘quvchilarning kompleks bilim olishini ta’minlovchi yondashuvdir. Bunday darslarda o‘quvchi faqat ma’lum bir fanni emas, balki uning hayotdagi amaliy ahamiyatini ham anglay boshlaydi. Masalan, matematika darsida sonlar ustida ishlash jarayonida ona tili yoki yozuv darslarida o‘rganilgan so‘z va jumlalar bilan misollar tuzish mumkin. Bu nafaqat diqqatni jamlaydi, balki mantiqiy fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantiradi. Integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilar: o‘z fikrlarini aniq ifodalashni o‘rganadi, mantiqiy bog‘lanishlarni topishga harakat qiladi, o‘rganilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay oladi. Bu jarayon o‘quvchilarning diqqatini oshiradi, tafakkurini mustahkamlaydi hamda darslarni qiziqarli va samarali qiladi. 37 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ta'limni integratsiyalashtirishdan koʻzlangan asosiy maqsad boshlangʻich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini oʻrgatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Biroq, integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻliq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "yoz", "issiq", "quyosh", kabi tushunchalar oʻqish, rus tili, tabiiy fan, musiqa, tasviriy san’at darslarida koʻrib chiqiladi. Bu esa oʻz oʻrnida darslarning qiziqarli va maroqli boʻlishini taminlaydi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa oʻquv darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda integratsiyani birbiriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida koʻrish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich ta’limda bir nechta fanlardan bitta o‘qituvchi dars o‘tadi va bu o‘z -o‘zidan o‘qituvchi o‘zining fanlarini albatta bog‘lab o‘tadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, matematika, texnologiya, tabiiy fan, ingliz tili va o‘qish fanlari bilan integratsiyalash mumkin. Masalan, ona tili fanini oladigan bo‘lsak, bu fanni o‘qish, matematika, tabbiy fan bilan bog‘lash mumkin. Misol tariqasida yangi avlod darsliklari turkumidan ona tili darsini olsak. Ona tili kitobi o‘quvchiga mavzularni qismlarga bo‘lib samarali tushunish uchun hamda kichik yoshdagi o‘quvchilarning fiziologik xususiyatlarni hisobga olib kitob to‘rtta qismga bo‘lib, har bir chorakka moslab kichik kitob shaklidan bosib chiqarilgan. Buning yaqqol misolini ona tili 2-sinf 3-qism darsligidagi 7mashqda ko‘rishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqat va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda integratsiyalashgan darslarning ahamiyati beqiyosdir. Ular nafaqat o‘quvchilarning aqliy salohiyatini oshiradi, balki o‘qishga qiziqishini kuchaytiradi, fikrni mustaqil ifoda etish va hayotiy muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bois, ta’lim jarayoniga integratsiyalashgan yondashuvni tatbiq etish zamon talabi bo‘lib, u boshlang‘ich ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘taradi. Shunday qilib, integratsiyalashgan yondashuv boshlang’ich ta’limda nafaqat bilim sifatini, balki tafakkur madaniyatini ham yuksaltiruvchi muhim pedagogik vositadir. Refrences: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, PQ–6108. — Toshkent, 2021. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti. — Toshkent, 2022. 3. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018. — 240 b. 4. To‘raqulova Sh.X. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. — 156 b. 5. Ziyomuhammedov B. Pedagogika nazariyasi va tarixi. — Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2020. — 312 b. 38 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 6. Yo‘ldosheva N. Boshlang‘ich ta’limda fanlararo bog‘lanishning ahamiyati. // Ta’lim va innovatsiya jurnali. — 2023. — №2. — B. 45–50. 7. O‘rozboyeva N. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodlari. // Pedagogik mahorat jurnali. — 2022. — №4. — B. 63–68.