STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG'ICH TA'LIMDA IJODIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH
Full text
58 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJODIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH Ibragimova Zulxumor Rahimovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 7-BT-S-22 taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi +99891 734 75 80 https://doi.org/10.5281/zenodo.17346543 Annotatsiya: Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi asosida boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mazkur yondashuv o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, muammoni hal etish, texnik tafakkur va ijodkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi. STEAM-integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilar fanlararo bog‘liqlikni anglaydilar hamda o‘z bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rganadilar. Kalit so‘zlar: STEAM, ijodiy faoliyat, integratsiya, innovatsiya, boshlang‘ich ta’lim. Annotation: This article highlights the development of students’ creative activities in primary education through the STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) approach. The STEAM method enhances logical thinking, problem-solving skills, technical imagination, and creativity. Integrated STEAM lessons help students understand interdisciplinary connections and apply their knowledge in practice. Keywords: STEAM, creative activity, integration, innovation, primary education. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы развития творческой активности учащихся начальных классов на основе STEAM-подхода (наука, технологии, инженерия, искусство, математика). Данный подход способствует формированию логического мышления, технического воображения и креативности. STEAM-интегрированные уроки позволяют учащимся осознать взаимосвязь между предметами и применять знания на практике. Ключевые слова: STEAM, творческая деятельность, интеграция, инновация, начальное образование. Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, xususan STEAM konsepsiyasini joriy etish orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich sinf — bu o‘quvchining shaxs sifatida shakllanish bosqichi bo‘lib, unda ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun samarali sharoit yaratish zarur. STEAM yondashuvi o‘quv jarayonida fanlarni bir-biriga bog‘lab, o‘quvchini real hayotiy muammolarni hal etishga yo‘naltiradi. Masalan, matematika va texnologiya darslarini san’at bilan integratsiyalash orqali o‘quvchi nafaqat hisob-kitoblarni bajaradi, balki estetik fikrlashni ham o‘rganadi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangicha g‘oyalarni ilgari surish, muammolarga kreativ yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Boshlang‘ich sinfda STEAM-loyihalarini joriy etishning quyidagi afzalliklari mavjud: o‘quvchilarni jamoada ishlashga o‘rgatadi; tahliliy va amaliy fikrlashni rivojlantiradi; o‘quv motivatsiyasini oshiradi; har bir o‘quvchining individual ijodiy salohiyatini namoyon etishga imkon beradi.
59 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Shuningdek, o‘qituvchi STEAM yondashuvini dars rejalashtirishda o‘quv maqsadlari bilan uyg‘unlashtirishi, fanlararo integratsiyani ta’minlashi lozim. Bunda o‘yin texnologiyalari, loyiha metodlari, tajribalar va raqamli vositalardan samarali foydalanish ijodiy faoliyatni yanada kuchaytiradi. Bolalar ta’lim dargohi bo‘lmish maktabga ilk qadamlarini qo‘yarkan, ularning qanday inson bo‘lib kamol topishi, vatan uchun qay darajada kerakli inson bo‘lib ulg‘ayishi, bir so‘z bilan aytganda butun bir kelajagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bog‘liq bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Haqiqatdan ham barchamizga ayonki boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining zimmasiga juda kata ma’suliyatlar yuklatilgan. Ayniqsa bugungi kunga kelib zamonaviy yoshlarga bilim berish o‘ta mashaqqatli ish. Chunki hozirgi yoshlar ilm-fanni texnologiyalarsiz tasavvur qila olishmaydi, shuning uchun pedagoglar tarixni, milliy qadriyatlarimizni bilish bilan birgalikda, bugun kun innovatsiyalarni, ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarga ega bo‘lgan davlatlarning ta’lim tizimlaridan xabardor bo‘lishlari va ulardan samarali foydalanishni ham bilishlari kerak. Fanlarga asoslangan eski maktab dasturi endi zamonaviy o’qituvchining ehtiyojlarini qondirmaydi. Fizika, tarix, biolagiya, matematika va boshqa fanlar hech qanday tarzda bir-biri bilan kesishmaydi, bolaning boshida tarqoq ma’lumotlar bo’laklarini qoldiradi. STEAM ta’limi fanlar o’rtasida kuchli, mantiqiy aloqalarni yaratish orqali ushbu muammoni hal qiladi. Bu o’quvchilarga global miqyosda qarashga, faoliyatning turli sohalarida qonuniyatlar va o‘xshashliklarni payqashga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvini qo‘llash o‘quvchilarda innovatsion tafakkur, ijodkorlik va muammolarni yechish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Bu esa zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan “bilimni amaliyotga tatbiq etuvchi shaxs”ni shakllantirishga xizmat qiladi. References: 1. Karimova R. “Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyalarini joriy etish tajribalari”. – Toshkent, 2023. 2. Yakubova G. “Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish”. – Samarqand, 2022. 3. Beers, S. “21st Century Skills: Preparing Students for the Future”. – USA, 2019.