scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI DARSLARIDA MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH

H.Allayeva; R.Bo'ritoshova

Full text

90 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ONA TILI DARSLARIDA MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH H.Allayeva DTPI Boshlang'ich ta'lim metodikasi Kafedrasi o'qituvchisi [email protected] R.Bo‘ritoshova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17346851 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darslarida multimedia ilovalaridan foydalanish haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bundan tashqari ushbu ilovalarning samarasi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Multimedia vositalari, pedagogik texnologiyalar, an’anaviy ta’lim, interaktiv metodlar, video, audio, animatsiya. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha b o‘g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va k o‘nikmalarini shakllantirishni, o‘z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. B o‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida b o‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, k o‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga k o‘tarilgan. Ona tili fanini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Multimedia vositalari o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, ularning bilim va k o‘nikmalarini mustahkamlash, darslarni qiziqarli va interaktiv qilish imkonini beradi. Ona tili darslarida multimedia texnologiyalarini qo‘llash nafaqat o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki ularning nutq madaniyatini rivojlantirishda ham katta yordam beradi. Multimedia vositalari - bu insonga o‘zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda b o‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni q o‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng k o‘p tarqalgan va barcha turdagita’lim muassasalarida keng q o‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha q o‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. 91 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik b o‘laklarga b o‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, y o‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni q o‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O‘qitishning interfaol usullarini tanlashdata’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. Quyida multimedia ilovalardan foydalanishning afzalliklari haqida k o‘rib chiqamiz. 1. Multimedia ilovalari ta’lim jarayonida. Ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish o‘quvchilarda qiziqishni kuchaytiradi. Video, audio, animatsiya va elektron darsliklardan foydalanish mavzuni o‘zlashtirishni yengillashtiradi. 2. Pedagogik texnologiyalarning afzalliklari. -Dars samaradorligi oshadi, vaqt tejaydi. - O‘quvchilar mustaqil fikrlashga va tahlil qilishga o‘rganadi. -Interaktiv metodlar (klaster, aqliy hujum, insert, Venn diagrammasi) ona tili mashg‘ulotlarini jonli qiladi. Mavlonova R. va boshqalarning “Pedagogika” kitobida qayd etilishicha, pedagogik texnologiya – bu ta’lim jarayonini oldindan loyihalash, natijaga yo‘naltirilgan holda samarali tashkil etish demakdir. Interaktiv metodlardan foydalanish (klaster, Venn diagrammasi, aqliy hujum, insert, baliq skeleti va boshqalar) o‘quvchilarda: -mustaqil fikrlash, -mantiqiy xulosa chiqarish, -hamkorlikda ishlash, -ijodkorlik kabi k o‘nikmalarni rivojlantiradi. 3. O‘qituvchining roli. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi bilim beruvchi manba sifatida qaralsa, zamonaviy texnologiyalarda u y o‘naltiruvchi va tashkilotchi rolini bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga tayyor bilim bermaydi, balki ularni izlanishga, mustaqil o‘rganishga undaydi. Multimedia vositalari va interaktiv metodlar aynan shu maqsadga xizmat qiladi. 4. Amaliy qo‘llanish. Ona tili fanini o‘qitishda multimedia vositalari darsni qiziqarli, tushunarli va samarali qilish uchun juda muhim. Quyida asosiy multimedia vositalari va ularning qanday qo‘llanilishi haqida aytib o‘tilgan: 1. Audio vositalar (eshitish vositalari) Misollar: Nutq, she’r, hikoya yoki dramatik asarlarning audio yozuvlari To‘g‘ri talaffuz, urg‘u va ohangni o‘rgatadigan audio fayllar Qo‘llanishi: 92 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz O‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish Tinglab tushunish malakasini rivojlantirish She’rlarni his bilan o‘qish mashqlarida foydalanish 2. Video vositalar Misollar: Ona tili mavzulariga oid dars videolari Badiiy asarlardan sahna ko‘rinishlari yoki multfilmlar Qo‘llanishi: Matn mazmunini vizual tarzda tushuntirish 3. Interaktiv taqdimotlar (PowerPoint, Prezi va boshqalar) Qo‘llanishi: Yangi mavzuni tushuntirishda slaydlar orqali asosiy tushunchalarni ko‘rsatish Rasmlar, misollar, matn va audio/video elementlarni birlashtirib darsni boyitish 4. Elektron darsliklar va ta’lim platformalari Misollar: eduportal.uz, ziyouz.uz, kundalik.com, testlar.uz va boshqalar Qo‘llanishi: Mustaqil o‘qish va mashq bajarish Darsdan tashqari onlayn testlar yechish 5. Mobil ilovalar va interaktiv o‘yinlar Misollar: “Ona tili testlari”, “So‘z boyligini oshirish”, “Imlo mashqlari” kabi ilovalar QR-kod orqali topshiriqlar yoki videolarga o‘tish Qo‘llanishi: O‘quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga o‘rgatish O‘yin orqali o‘rganish metodini joriy etish 6. Test va baholash dasturlari Misollar: Kahoot, Quizizz, Wordwall, LearningApps, Google Forms Qo‘llanishi: O‘tilgan mavzuni mustahkamlash Tezkor nazorat o‘tkazish Xulosa qilib aytganda, darsning sifati, samaradorligi o`qituvchi tomonidan unga puxta tayyorgarlik ko`rishiga bog’liqdir. Bunda dars ishlanmasining hozirgi zamon ilg‘or texnologiyalariga muvofiq holda loyihalanishi alohida o‘rin tutadi. Ta’lim soxasida pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalardan, internet axborot ta’lim resurslaridan hamda konferentsiya usulidan foydalanish o‘quvchilarining olayotgan bilimlarni yuqori saviyada bo‘lishida samarali yordam beradi va ularning kelgusida malakali mutaxassislar bo‘lib chiqishiga imkoniyat yaratadi. Ona tili fanida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish – o‘quvchini faollikka undash, mustaqil izlanishga o‘rgatish va bilimlarni mustahkamlashning eng samarali y o‘lidir. 93 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz References: 1. (Boshlang'ich ta ’lim fakulteti talabalari uchun darslik): |K. Qosimova|, S.M atchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev. — Т.: «NOSHIR», - 2009.352 b. 2. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O‘qituvchi. 2010 y. 254-263-b. 3. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73. 4. Ta’lim sifatini baholash b o‘yichaxalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O’quvchilarning savodxonligini baholash bo„yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo’llanma.- T. 5. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O‘qituvchi. 2010 y 6. N.B.Adizova, “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv q o‘llanma 7. Abdusharipova Dilorom X o‘simovna, “ Ona tili o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish”