scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI TASHKIL ETISH. XORIJ TAJRIBASI

Yo'ldosheva Ziyodaxon

Full text

109 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI TASHKIL ETISH. XORIJ TAJRIBASI Yo’ldosheva Ziyodaxon Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 8BT-22-S guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17347037 ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim bosqichidan oliy ta'lim osqichiga o'tish jarayonlarini tashkil etishning turli davlatlardagi mavjud mexanizmlari tahlil qilindi. Bu orqali ular orasidan samarali modellar, usullar, mexanizmlarni tanlab olish va bu boradagi yutuqlarni O'zbekiston ta 'lim tizimiga tatbiq etish yuzasidan mulohazalar bildirildi. Kalit so'zlar: yakuniy davlat attestatsiyasi, kirish imtihonlari, yagona imtihon tizimi, unifikatsiya, standartlashgan imtihonlar. ABSTRACT This article analyzed the existing mechanisms of organizing transition processes from general secondary education to higher education in different countries. Through this, opinions were expressed regarding the selection of effective models, methods, mechanisms and the implementation of achievements in this regard in the educational system of Uzbekistan. Key words: final state certification, entrance exams, unified exam system, unification, standardized exams. АННОТАЦИЯ В статье анализируются существующие механизмы организации переходного процесса от общего среднего образования к высшему в разных странах. В связи с этим рассматриваются вопросы выбора эффективных моделей, методов и механизмов среди них, а также внедрения достижений в этой области в систему образования Узбекистана. Ключевые слова: итоговая государственная аттестация, вступительные экзамены, единая система экзаменов, унификация, стандартизированные экзамены. KIRISH "Umumiy o'rta ta'limni boshqarish sohasida umumta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta'lim sifatini yuqori bosqichga ko'tarish hamda mavjud muammolarni o'z vaqtida hal etish talab etilmoqda"6. Shunday muammolardan biri umumiy o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini tashkil etish va ta'limning keyingi bosqichi, ya'ni oliy ta'lim bilan aloqaning uzviyligini ta'minlovchi samarali mexanizmning mavjud emasligidir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Umumiy o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini tashkil etish bo'yicha qo'llanayotgan samarali mexanizmlar yuzasidan G'arbda bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, Betell J., Krayton J., Vest R., Lord F., Novick M., Postman N., Christopher S., Rowntree D., Stobart G., 6 "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI" 2-bob, 5-band. Murrphy R., Drummond T., Capper J. ilmiy tadqiqotlarida ta'limda baholashning ahamiyati, baholashni tashkil etish usullariga e'tibor berishgan. 110 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MDH mamlakatlarida V.A.Bolotov, I.A.Valdman, V.Avanesov, L.V.Karavaeva, V.I.Zvonnikov, S.V.Vorobeva, A.N.Kireseva, E.V.Lopatkina, A.N.Mayorov, M.V.Karnauxova, T.A.Usmanova, D.A.Shamatovlar ta'lim tizimida o'quvchilar bilimini baholashni tashkil etish, ta'lim sifatini nazorat qilish, yagona imtihon tizimini joriy etishning afzallik va kamchiliklari haqida ilmiy izlanishlar olib borishgan. NATIJALAR Umumiy o'rta ta'limdan oliy ta'limga o'tish jarayonlarini tashkil etishning turli davlatlardagi mavjud mexanizmlarini tahlil qilish orqali ular orasidan samarali modellar, usullar, mexanizmlarni tanlab olish va bu boradagi yutuqlarni O'zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etish uchun takliflar ishlab chiqish mumkin. Ilmiy tahlillarimiz natijasida ushbu jarayonlarni tashkil etishning bir necha ko'rinishlari mavjudligi aniqlandi. 1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruv imtihonlari va OTMga kirish imtihonlari yagona tizimga keltirilgan, ya'ni unifikatsiya qilingan. Bunda maktab bitiruvchilari bitta yagona standartlashgan imtihon topshiradilar va uning natijasi maktabni bitirganlik haqida shahodatnoma olish hamda oliy ta'lim muassasasiga qabul uchun hisobga olinadi. Bu guruhga Avstraliya, Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Italiya, Islandiya, Kipr, Kolumbiya, Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Braziliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Isroil, Indoneziya, Norvegiya kabi mamlakatlarni kiritishimiz mumkin. Bir qator mamlakatlarda (Germaniya, Fransiya, Estoniya) esa tanlov katta bo'lgan taqdirda oliy o'quv yurtlarida qo'shimcha imtihonlar o'tkaziladi. Yagona imtihon tizimining Litva tajribasi diqqatga sazovordir. Bu mamlakatda markazlashtirilgan imtihonlarning ikki turi mavjud: maktab (faqat bitiruv) va milliy (bitiruv va universitetga kirish o'rnini bosuvchi). Bitiruvchi imtihon turini tanlash huquqiga ega. Maktab imtihonlari maktabda markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqilgan materiallar asosida o'tkaziladi va tekshiriladi. Milliy imtihonlar imtihon markazlarida yagona materiallar bo'yicha o'tkaziladi, natijalar yagona shkala bo'yicha taqdim etiladi.7 Bizningcha, ushbu tizimning afzalligi shundaki, maktab bitiruvchisi oldida tanlov imkoni bo'ladi, ya'ni kelajakda oliy ta'limda o'qishini davom ettirishig a qarab imtihon turini tanlaydi va shunga asosan tayyorlanadi. Braziliyada ham 1997-yildan beri yagona milliy imtihon tizimi mavjud. Milliy o'rta ta'lim imtihoni (ENEM) test shaklida amalga oshiriladi va ikkita maqsadga mo'ljallangan bo'ladi: o'rta maktab bitiruvchilarini attestatsiyadan o'tkazish va oliy o'quv yurtlariga kirishning birinchi bosqichidan o'tish. ENEM natijalariga ko'ra, bitiruvchilar o'rta maktab dasturi bo'yicha bilimlarining ikki yuz balli shkalasi bo'yicha baholangan sertifikatlarga ega bo'ladilar. Oliy ma'lumot olishni istaganlar ushbu sertifikatlarni universitetlarga kirish to'g'risidagi arizalariga ilova qiladilar.8 Avstraliya va Germaniyada ushbu imtihonlar faqat alohida mintaqalarda (shtatlar, federal yerlar), masalan, Germaniyada 16 tadan 6 tasida o'tkaziladi. Imtihonlar ayrim federal yerlarida markazlashtirilmagan holda o'tkaziladi (materiallar maktabda, ta'lim vazirligi tavsiyasiga binoan ishlab chiqiladi). Bunda oliy o'quv yurtlarida qo'shimcha imtihonlar yoki suhbatlar tashkil etilishi mumkin. Fransiyada OTMga kirish uchun akademik litseyni tamomlash talab etiladi. Bitiruvchilar litseyda o'rganiladigan fanlar bo'yicha og'zaki va yozma imtihon topshirishadi. Faqat fransuz 111 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz adabiyotini barcha birdek topshiradi. Ta'lim vazirligi imtihonlar mavzusi, o'tkazish tartibi va jadvalini aniqlab beradi. Imtihon varaqalari akademiyalar tomonidan ishlab chiqiladi, javoblarni o'qituvchilar tekshiradi.9 Janubiy Koreyada abituriyentlarni oliy o'quv yurtlariga qabul qilishni tashkil etish uchun CSAT - Comprehensive Scholastic Ability Test (xalq tilida SUNIN deyiladi) shaklida yagona davlat imtihoni tizimi qo'llaniladi, u har yili o'quv yili oxirida mamlakatning barcha maktablarida o'tkaziladi. Agar maktab bitiruvchisi CSAT test natijalaridan qoniqmasa, unga 1 yildan keyin uni qayta topshirish imkoniyati beriladi. Janubiy Koreyaning ko'pchilik universitetlari xususiy (353 ta universitet) bo'lib, abituriyentlarni qabul qilish tizimida ham, mezonlarida ham farqlarga ega. Shu bilan birga, ularning aksariyati kirish imtihonlari natijalari sifatida CSAT test natijalarini ham, ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha nomzodlarning maktabdagi faoliyatini baholashni ham tan olishadi. Abituriyentning maktab ta'limi to'g'risidagi hujjatlari va CSAT test natijalari yuborilishi mumkin bo'lgan mutaxassisliklar yoki o'quv yurtlari sonida qat'iy cheklovlar mavjud emas.10 MDH mamlakatlarida kirish imtihonlarini standartlashgan yagona tizimga keltirishda bir necha umumiy omillarni sabab sifatida keltirish mumkin. Jumladan, kirish imtihonlari jarayonidagi korrupsion holatlarning ildiz otganligi, kam ta'minlangan yoki qishloq joylarida yashovchi oila farzandlarining oliy ta'lim olish imkoniyatlarining cheklanganligi, abituriyentlar bilimini baholashda subyektiv yondashuvning yuqoriligi kabilar. Eng muhim omillardan biri esa maktablarda ta'lim sifatini baholovchi ishonchli mexanizmning mavjud emasligi hisoblanadi. Armaniston, Qozog'iston, Rossiya tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bir o'quv yilida juda ko'p sonli bitiruvchilarning qisqa muddat ichida ikki marta imtihonlarda qatnashishi kuchli emotsional bosimga sabab bo'lardi. Shuningdek, davlat tomonidan belgilab beriladigan grant va kontrakt kvotalari uchun kurash jarayoni ham bitiruvchilar uchun qo'shimcha stressni keltirib chiqarardi. Shu boisdan 2000-yillar boshidan standartlashtirilgan umumiy imtihonlarni joriy qilish ustida tadqiqot ishlari boshlandi. Masalan, Rossiyada yagona imtihon tizimi (ЕГЭ) joriy etilgan bo'lsa, Qirg'iziston, Tojikiston, Qozog'istonda esa bit iruv va kirish imtihonlari alohida tarzda o'tkaziladi. Armanistonda birinchi va ikkinchi usulning gibrid shaklidan foydalaniladi, ya'ni yagona davlat imtihoni A va B qismlardan iborat bo'lib, A qismi barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanlardan iborat, B qismini esa faqat oliy ta'limda o'qish istagini bildirgan bitiruvchilar topshiradilar. Biz yagona imtihon tizimining quyidagi ijobiy jihatlarini ko'rsatishimiz mumkin: - maktab bitiruvchilarining muayyan fanlardan bilim, ko'nikma va malakalarini baholashga yagona talabning joriy etilganligi; - standartlashtirilgan tekshiruv usullarining mavjudligi; - imtihon jarayonida nazoratni birlashtirish orqali bitiruv imtihoni yoki oliy o'quv yurtlariga kirish jarayonidagi korrupsiyaviy holatlarning oldi olinishi yoki kamaytirilishi; - imtihon natijalarini baholashda shaxsiy subyektiv omilning yo'qligi, abituriyentlar geografiyasini kengaytirish. 2. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruv imtihonlari va OTMga kirish imtihonlari ajratilgan, ya'ni har biri alohida mustaqil tarzda o'tkaziladi. 112 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Bunda barcha o'rta maktab bitiruvchilari maktab imtihonlarini topshiradilar. Ushbu imtihonlar natijalariga ko'ra ularga yetuklik shahodatnomasi beriladi. Oliy ta'lim muassasasiga kirishni istagan bitiruvchilar alohida ma'lum vaqtdan keyin kirish imtihonlarini topshiradilar. Ushbu test tizimi, masalan, 1992-yildan beri O'zbekistonda respublikaning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan. 2017-yildan boshlab Qozog'iston ham ushbu tizimga (ЕНТ) o'tdi. Ushbu guruhda Latviya, Gretsiya, Belarus Respublikasi va boshqalar ham bor. Masalan, Belarus Respublikasida imtihonning ikkita mustaqil bosqichi mavjud: yakuniy davlat attestatsiyasi (ИГА) - maktabda olingan bilimlar natijalarini sarhisob qilish (yakuniy imtihon); OTMga kirish imtihoni -markazlashtirilgan test.11 Yuqoridagi tizimning yana bir o'ziga xos usuli ham mavjud bo'lib, bunda universitetga kirishni istagan bitiruvchilar tanlangan universitetning ixtisosligi bo'yicha 1-3 yil davomida qo'shimcha tayyorgarlikdan o'tis hlari kerak, shundan so'ng ular universitetga kirish imtihonlarini topshiradilar. Bu tizimni joriy etgan mamlakatlar sirasiga Yaponiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Kanada, Gonkong va boshqalar kiradi. Yaponiya ta'lim tizimi shuni ko'rsatadiki, maktabni tugatgandan so'ng, o'quvchilar o'tilgan fanlar bo'yicha odatda yozma testlar shaklida imtihon topshiradilar, ularning natijalari o'rta ta'lim to'g'risidagi guvohnomaga kiritiladi. 11 Edu.gov.by. Yagona davlat imtihonini o'tkazish ko'zda tutilmagan. Oliy o'quv yurtlariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, 1990-yilda tashkil etilgan Oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarini o 'tkazish Milliy markazi mustaqil davlat tashkiloti tomonidan o'tkaziladi.12 Maktab dasturi yakunlari bo'yicha olingan o'zlashtirish baholari ma'lumot uchun qabul qilinadi, lekin kirish imtihonlari natijalari sifatida tan olinmaydi. Qoida bo'yicha ushbu imtihon beshta fanni o'z ichiga oladi: yapon tili, matematika, ijtimoiy fanlar, tabiatshunoslik va chet tili. Abituriyent sinovga uzrli sabablarga ko'ra kelmagan taqdirda, uni Milliy markaz tomonidan belgilangan boshqa kunda o'tkazishga yana bir imkon beriladi. Sinovni qayta topshirish ko'zda tutilmagan. Bunday imtihon davomida to'plangan ballar soniga qarab universitet, shuningdek maktab bitiruvchisi hujjat topshirishi mumkin bo'lgan fakultet aniqlanadi. Keyin test natijalari tegishli universitetga yuboriladi. Ikkinchi bosqichda abituriyentlar tanlangan ta'lim muassasasi talablari asosida qo'shimcha test sinovlaridan o'tadilar (ushbu testlarning mazmuni universitetning o'zi tomonidan belgilanadi), shu bilan birga tanlangan mutaxassislik mavzusi bo'yicha esse yozilishi shart. Mazkur ikkala test natijalari bo'yicha olingan ballar umumlashtiriladi va universitetga qabul qilish to'g'risida qaror qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi. Yakuniy bosqichda intervyu o'tkaziladi, unda test natijalari va insho mazmuni batafsil muhokama qilinadi. MUNOZARA Maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMga kirish imtihonlarini o'tkazish bo'yicha xorij tajribasini o'rganish natijalari bo'yicha quyidagi umumiy xususiyatlar aniqlandi: 1. Eng keng tarqalgan shakl yagona standartlashtirilgan imtihon tizimi bo'lib, uning natijalari maktabni bitiruv yakuniy attestatsiyasi sifatida ham, oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlari sifatida ham hisobga olinishi mumkin. Shu bilan birga, imtihon jarayonini markazlashtirish darajasi, imtihon shakllarini ishlab chiqish, natijalarni qayta ishlash va tahlil 113 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz qilishda o'ziga xoslik kuzatiladi. Eng ko'p kuzatilgan holat esa markazlashtirilgan yagona imtihonlar asosida abituriyentlar universitetga kirishlari mumkinligidir. Ular ko'pincha mustaqil tashkilotlar tomonidan markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqilgan imtihon materiallari bo'yicha o'tkaziladi. Shu bilan birga ko'plab mamlakatlarda har bir maktab alohida umumiy standart asosida ishlab chiqilgan materiallar bo'yicha imtihonlarni o'tkazishga ishonishadi. Imtihon odatda tashqi kuzatuvchilar ishtirokida o'tkaziladi. 2. Ko'pgina mamlakatlarda o'rta ta'lim (yoki majburiy umumiy ta'lim) kursi uchun yakuniy attestatsiya nazoratning ikki shakli asosida amalga oshiriladi: tashqi markazlashtirilgan va ichki maktab. Attestatsiyaning maktab qismini o'tkazishda ishlatiladigan shakllarda xilma-xillik kuzatiladi. Ko'pgina hollarda, bu standartlashtirilgan yozma ishlar emas, balki ularni to'ldiradigan va turli xil intellektual, umumiy ta'lim yoki amaliy ko'nikmalar, kompetensiyalarni baholaydigan shakllar (og'zaki imtihonlar, ommaviy ma'ruzalar tayyorlash va o'tkazish, yozma ishlarni himoya qilish, amaliy topshiriqlar va tajriba-sinov ishlarni bajarish va boshqalar). 3. Ko'pgina mamlakatlarda yakuniy attestatsiya imtihonlari o'tkaziladigan fanlarni tanlashda majburiy va ixtisoslik fanlarning uyg'unlashuvi kuzatiladi. Masalan, aksariyat mamlakatlarda matematika fanidan yakuniy imtihon majburiydir. Keyingi o'rinlardagi majburiy fanlarga ona tili, chet tili va tabiatshunoslik fanlari kiradi. 4. Maktabni bitiruv imtihoni natijalari oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda inobatga olinadigan mamlakatlarda ushbu imtihonlarni tashkil etishda turli vazifalar hal etiladi. Bir qator mamlakatlarda imtihonlarning asosiy maqsadlaridan biri maktab bitiruvchilarning umumta'lim fanlari bo'yicha tayyorgarlik darajasini baholashdir. Bundan tashqari, ba'zi mamlakatlarda ushbu tayyorgarlik asosiy fanlar bo'yicha baholansa, boshqalarida esa abituriyentlardan bir qator fanlar bo'yicha chuqur tayyorgarlikni namoyish etish talab etiladi. Ba'zilarida aksincha, turli xil bilim sohalari bo'yicha tayyorgarlikning kengligini ko'rsatish kerak, boshqa birlarida bir vaqtning o'zida ham kenglikni, ham chuqurlikni namoyish etish talab etiladi. Imtihonlarning maqsadi abituriyentning oliy o'quv yurtida o'qish qobiliyatini aniqlash (prognoz qilish) bo'lgan mamlakatlar mavjud. Bularning barchasi imtihonlarning xususiyatlariga, imtihon uchun ajratilgan vaqtga, imtihon ishlarining tuzilishiga, topshiriqlar turiga va baholash tizimiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. XULOSA Yuqoridagilarni umumlashtirib, biz bir qator xulosalar chiqarishimiz mumkin. Aksariyat mamlakatlardagi umumta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi oliy o'quv yurtlariga qabul qilish bilan bog'liq holda amalga oshiriladi. O'rta (to'liq) umumiy ta'lim natijalari bo'yicha to'plangan ballar miqdori oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish uchun tanlovda ishtirok etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, jahonda zamonaviy vositalar va usullar bilan umumta'lim muassasalarida egallangan bilim va ko'nikmalar darajasini nazorat qilishni tashkil etish sohasida yetarlicha qimmatli tajriba to'plangan. Biz yuqorida tadqiqot jarayonida o'rgangan mamlakatlardagi imtihon tizimlarining umumiy xususiyatlarini tahlil qilib, ularda imtihonning barcha bosqichlarida ish sifatini nazorat qilishni ta'minlaydigan mexanizmlar va tashkiliy tuzilmalar mavjudligini, baholash natijalarning keng jamoatchilik uchun ochiq va shaffof tarzda taqdim etilishini ta'kidlashimiz kerak. Xorijiy tajribani o'rganish O'zbekiston Respublikasida 114 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz umumta'lim maktablari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirishda samarali mexanizm va usullarni tanlash imkonini beradi. References: 1. Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2. "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI" 3. 2022-yil 11-maydagi "Xalq ta'limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-241-son qarori 4. Данилова Л. Н. Экзаменационная система в японском образовании. Народное образованиею - 2016 5. Лысова Е.Б. Итоговая аттестация выпускников французских общеобразовательных школ. «Науки об образовании» 2012. 6. Ответственные вступительные экзамены: бразильский взгляд Симон Шварцман, Марселу Кнобель.2016. 7. Эрмаматов М.Дж., Сулайманов А.А., Баратов А.А. Америка Кушма Штатлари таълим тизими ва унинг бах,олаш усуллари. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камаси Давлат тест маркази АХБОРОТНОМА 2020