scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGI O'ZBEKSITONDA KIBERXAVFSIZLIK VA MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

Turonov Dostonbek Murodqobulovich

Abstract

Yangi O‘zbekiston sharoitida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish milliy siyosat, huquqiy baza, texnologik infratuzilma va kadrlar tayyorlashni o‘zaro uyg‘unlashtirishni talab etadi. Maqolada so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar, strategik tashabbuslar, davlat va xususiy sektor hamkorligi, shuningdek, raqamli infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Kiberxavfsizlik sohasida muammolar, xatarlar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelajak uchun takliflar keltiriladi.

Full text

Sentabr, 2025-Yil 131 YANGI O‘ZBEKSITONDA KIBERXAVFSIZLIK VA MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH Turonov Dostonbek Murodqobulovich E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17347457 Annotatsiya. Yangi O‘zbekiston sharoitida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish milliy siyosat, huquqiy baza, texnologik infratuzilma va kadrlar tayyorlashni o‘zaro uyg‘unlashtirishni talab etadi. Maqolada so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar, strategik tashabbuslar, davlat va xususiy sektor hamkorligi, shuningdek, raqamli infratuzilmani himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Kiberxavfsizlik sohasida muammolar, xatarlar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelajak uchun takliflar keltiriladi. Kalit so‘zlar: kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli infratuzilma, xalqaro hamkorlik, huquqiy mexanizmlar. KIRISH Zamonaviy dunyoda yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborotkommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib borayotganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanmoqda. Bugungi kunda axborot jamiyatini rivojlantirishning zaruriy sharti bu kiberxavfsizlikdir, uni xavfsizlikning texnik va qonunchilikgacha bo‘lgan deyarli cheksiz ro‘yxati va ularni hal qilish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. kiberxavfsizlik masalalari alohida kompyuter vositasida axborot xavfsizligi darajasidan har bir davlatning axborot va milliy xavfsizligining ajralmas qismi sifatida yagona kiberhavfsizlik tizimini yaratish darajasigacha boradi. Shu sababli, har bir tashkilot uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan doimiy tanishtirib boorish uchunqator seminartreyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Yangi O‘zbekiston raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirib, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning ko‘plab sohalarini elektron shaklga o‘tkazmoqda [1,2,3]. Bu jarayon ma’lumotlar hajmi va ularning ahamiyatini oshirarkan, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish masalalari ustuvor vazifa sifatida ko‘tarilgan. Milliy va sektorlararo siyosat, qonunlar, texnologik yechimlar hamda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish orqali raqamli xavflarga qarshi samarali kurash olib borish zarur. Kirishda amaliy va huquqiy asoslar, mavjud holat va dolzarb muammolar qisqacha ko‘rib chiqiladi [4]. ASOSIY QISM Yangi O‘zbekiston raqamli transformatsiya jarayonida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga katta e’tibor qaratmoqda [5]. Davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlik kuchaytirilmoqda, qonunchilik bazasi yangilanmoqda hamda milliy strategiyalar qabul qilinmoqda. Bu jarayonlar ma’lumotlar oqimini tartibga solish, fuqarolar va tashkilotlarning elektron xizmatlardan xavfsiz foydalanishini ta’minlash hamda davlat infratuzilmasini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, texnologik jihatdan zaif bo‘lgan tizimlarni modernizatsiya qilish va xavfsizlik standartlarini joriy etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Sentabr, 2025-Yil 132 Kiberxavfsizlik sohasidagi yuridik va institutsional tizimni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda yangi qonun va normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Ma’lumotlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va kiberxurujlar oldini olish bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilinib, mahalliy sharoitga mos tushadigan qonunlar qabul qilinmoqda. Ushbu hujjatlar davlat organlarining xavfsizlik talablariga rioya etishini majburiy qilishi, jarayonlarni nazorat qilish va jazo choralari mexanizmlarini belgilashi muhimdir [6,7,8,9,10]. Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsadqiladi. Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg‘unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Har qanday turdagi xavfsizlikni buzish mumkin deya kibermutaxassislar ta’kidlab o‘tishadi,qachonki bu xavfszilikka inson omili aralashsa. Buni oddiy misol asosida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Jamshid amazon.com onlayn do‘konidan biror narsani sotib olmoqchi, deylik. Buning uchun Jamshid turli kriptografik usullarga tayanadigan SSL (Secure Sockets Layer) protokoli yordamida Amazon bilan ishonchli bog‘lanish uchun vebbrauzerdan foydalanishi mumkin. Ushbu protokol barcha zarur amallar to‘g‘ri bajarilganida kafolatli xavfsizlikni ta’minlaydi. Biroq, ushbu protokolga qaratilgan ba’zi hujum turlari (O‘rtada turgan odam hujumi, Manin-the-middle attack) mavjudki, ularni amalga oshishi uchun foydalanuvchi “ishtirok”i talab etiladi. Texnologik infratuzilma va tizimlarni himoya qilish sohasida investitsiyalar ajratilmoqda. Bulutli xizmatlar, ma’lumotlar markazlari va keng polosali internet tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy uskunalar va dasturiy yechimlar joriy etilmoqda [11]. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik operatsiyalari markazlari tashkil etilib, real vaqtda tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish imkoniyatlari yaxshilanmoqda. Bu esa davlat va biznesni yuqori malakali texnik va analitik resurslar bilan ta’minlashga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish sohasida oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar markazlari hamkorligi kuchaytirilmoqda. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yetishtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirish va amaliy laboratoriyalar yaratish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bundan tashqari, xususiy sektor bilan hamkorlik orqali stajirovkalar va treninglar tashkil etilib, kadrlarning real tajribaga ega bo‘lishi ta’minlanmoqda [12]. Fuqarolarni ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha xabardor qilish va xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Elektron xizmatlardan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va parollarni boshqarish Sentabr, 2025-Yil 133 bo‘yicha ommaviy kampaniyalar o‘tkazilmoqda [13, 14]. Bu chora-tadbirlar fuqarolarni ijtimoiy muhitda yuzaga keladigan xatarlar haqida xabardor qilishi va oddiy foydalanuvchilarni ham kiberxavfsizlik jarayoniga jalb etadi [15]. Xalqaro hamkorlik va standartlarga muvofiqlik Yangi O‘zbekistonning raqamli xavfsizligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro tashkilotlar, qo‘shni mamlakatlar hamda yetakchi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik orqali tajriba almashinuvi, birgalikdagi mashg‘ulotlar va tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlari rivojlantirilmoqda. Shuningdek, global standartlar va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish orqali mahalliy tizimlar xalqaro talab darajasiga olib chiqilmoqda [16]. Kiberxatarlar doimiy ravishda rivojlanib borayotgani sababli monitoring va tahdidlarni bashorat qilish tizimlarini takomillashtirish zarur. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar analitikasi yordamida tahdidlarni aniqlash, hujumlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish va avvaldan profilaktika choralari ko‘rish imkoniyati oshirilmoqda. Bu esa resurslarni samarali taqsimlash va hujumlarga tezkor javob berish imkonini beradi. Uzoq muddatli istiqbolda Mahalliy sanoatni rivojlantirish, kiberxavfsizlik mahsulotlari va xizmatlarini mahalliylashtirish iqtisodiy mustaqillikni oshiradi. Milliy kiberxavfsizlik mahsulotlarini ishlab chiqish va eksport qilish iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi hamda tashqi bozorlar bilan raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi. Buning uchun ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish va startaplarni qo‘llabquvvatlash lozim[17, 18, 19, 20, 21]. Yangi O‘zbekistonda kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish kompleks yondashuvni talab etadi. Qonunchilik, texnologiya, kadrlar, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik xabardorligi bir-biri bilan uyg‘unlashganda raqamli transformatsiyaning xavfsizligi ta’minlanadi. Kelgusida barqaror rivojlanish uchun investitsiyalarni oshirish, standartlar va amaliyotlarni takomillashtirish, shuningdek, mahalliy kadrlar va mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish lozim. Yangi O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni rivojlantirish tarixiy tajriba va meros bilan chambarchas bog‘liq. Markaziy Osiyo hududida axborot almashinuvi va savdo yo‘llari qadimdan mavjud bo‘lib, bu an’analar kommunikatsiya va xavfsizlik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustahkam poydevor yaratadi. Tarixdan o‘rganilgan xatolar — masalan, axborot yetishmovchiligi yoki tashqi ta’sirlardan himoyasizlik — bugungi raqamli davr uchun saboq bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa tarixiy tahlil siyosat ishlab chiqishda va xavfsizlik strategiyalarini shakllantirishda yo‘lyo‘riq beradi. Falsafa axborot va ma’lumotlarni himoya qilish masalalarida axloqiy mezonlarni belgilaydi. Shaxsiy hayotga hurmat, fuqarolarning erkinligi va davlat xavfsizligi o‘rtasidagi muvozanatni aniqlashda falsafiy tahlil zarur. Yangi O‘zbekiston kontekstida bu muvozanatni topish – raqamli huquqlarni kafolatlash va zaruriy xavfsizlik choralarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Axborot etikasi siyosat va qonunchilikka insoniy qadriyatlarni singdirish imkonini beradi. Tibbiyot sohasida bemorlar ma’lumotlari maxfiyligi ayniqsa muhim. Elektron sog‘liqni saqlash tizimlari orqali uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar noto‘g‘ri qo‘llarga tushmasligi uchun kuchli shifrlash, autentifikatsiya va kirish nazorati talab etiladi. Bundan tashqari, tibbiy qurilmalar va telemeditsina xizmatlarining kiberxavfsizligi bevosita bemor xavfsizligiga ta’sir qiladi — hujumlar diagnostika va davolash jarayonlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Sentabr, 2025-Yil 134 Tarixda epidemiyalar va tibbiy inqirozlar mobaynida axborotning noto‘g‘ri tarqalishi yoki sir saqlanmasligi bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Bugungi kunda tibbiyot sohasidagi ma’lumotlarni himoya qilish siyosatiga tarixiy saboqlarni qo‘shish orqali, sog‘liqni saqlash kommunikasiyalarida ishonchni mustahkamlash mumkin. Bu bemorlar va jamiyat o‘rtasida ma’lumot almashinuvining shaffof va xavfsiz mexanizmlarini yaratadi. Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashda texnologik yechimlarni joriy etishda falsafiy yondashuv qo‘llanilishi kerak: inson markaziyligini saqlab qolgan holda texnologik samaradorlikni oshirish. Shuningdek, tibbiy axborot tizimlarining dizayni etik printsiplarga — masalan, zararni kamaytirish va foydasini maksimal qilish — asoslanishi lozim. Bu yondashuv bemorlarga nisbatan hurmat va xavfsizlikni birgalikda ta’minlaydi. Kelajakda tarixiy bilim, falsafiy tahlil va tibbiyot tajribasini birlashtirgan holda kiberxavfsizlik siyosatini rivojlantirish Yangi O‘zbekiston uchun muhim bo‘ladi. Amaliy tavsiyalar: tarixiy tahlil asosida xavf modellari yaratish, axborot etikasi bo‘yicha milliy normativlarni ishlab chiqish, tibbiy ma’lumotlar uchun maxsus xavfsizlik standartlarini joriy etish hamda sog‘liqni saqlash xodimlarini kiberxavfsizlik bo‘yicha doimiy tayyorlash. Bu choralar milliy sog‘liqni saqlash tizimining ishonchliligini oshiradi va fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi. XULOSA Yangi O‘zbekistonda kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish samarali davlat boshqaruvi, kuchli huquqiy bazasi, texnologik yangilanish va malakali kadrlar tayyorlashni talab qiladi. Jamiyatda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro standartlarga mos keluvchi siyosatni amalga oshirish orqali raqamli xatarlarni minimallashtirish mumkin. Kelajak uchun tavsiya etiladigan asosiy yo‘nalishlar: xalqaro tajriba va standartlarni joriy etish, mahalliy kadrlarni o‘qitish, kiritilgan qonunchilikni takomillashtirish va texnologik yechimlarga investitsiyalarni oshirish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Misri, M. E. (2025, April). Stock Market Price Prediction using Ebola Optimization Search Algorithm with Bi-Directional Gated Recurrent Unit. In 2025 4th International Conference on Distributed Computing and Electrical Circuits and Electronics (ICDCECE) (pp. 1-6). IEEE. 2. Norkulov, D. T., Narkulov, S. D., & Iskandarov Sh, A. (2022). Alimova SG, Pardayev AA Umarova FS, Khudoykulov AB THE ROLE OF PHILOSOPHICAL THINKING AND PHILOSOPHICAL KNOWLEDGE IN UNDERSTANDING NATIONAL IDENTITY. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, 39(4), 605-613. 3. Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE. 4. Ниёзова, Н. Ш. (2022). Сущность и значения книга Абу Райхан Беруний «Минерология»(«Китаб ал-джамахир фи ма ‘рифат алджавахир») (Doctoral dissertation, Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o ‘rni). Sentabr, 2025-Yil 135 5. Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE. 6. Ниёзова, Н. (2022). Teletibbiyotni rivojlantirish–inson salomatligini saqlashda yangi bosqich. Materials of International student’s conference: Digitalization is the future of medicine. 7. Бўриев, О., Искандаров, Ш., & Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411. 8. Ниёзова, Н. Ш. (2022). ИНСОН ҚАДР–ҚИММАТИ ВА ҲУҚУҚИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ–ФАРОВОНЛИК ГАРОВИ. Academic research in educational sciences,, 222223. 9. Абилов, Ў. М. (2024). Социальные и гносеологические основы оптимизмапессимизма (Doctoral dissertation, Filologiya, falsafa, madaniyat va san’at: umumiy muammolar va yechimlar). 10. Kholikova, R. E., Narkulov, D. T., Abilov, U. M., Khudoykulov, A. B., Karimov, N. R., Iskandarov, S. A., ... & Niyozova, N. S. (2023). Impact of Renaissances in The History of Uzbekistan And Causative Factors of The Third Renaissance. Journal of Law and Sustainable Development, 11(12), e2518-e2518. 11. Abilov, U. M., & Shakasimovich, M. B. (2022). Spirituality is a Light from the Mirror of the Soul. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(6), 104-109. 12. Абилов, У. М. (2022). Садоқатли дўст тимсолига молик ҳаёт фалсафасига амал қилган инсон (Doctoral dissertation, Орзуларга ҳамоҳанг ҳаёт. Профессор ДТ Норқуловнинг 70 йиллигига бағишланган илмий анжуман материаллари). 13. Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИГА ЭЪТИБОР-МИЛЛИЙ ЎЗЛИКНИ АНГЛАШ ВА УНИ НАМОЁН ҚИЛИШ АСОСИДИР. МАМЛАКАТИМИЗДА УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ҒОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ МАВЗУСИДА ИЛМИЙАМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ. 14. Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР. МАМЛАКАТИМИЗДА УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ГОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ МАВЗУСИДА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ. 15. Абилов, У. (2022). Миллий-маданий меъросимиз бўлган давлат тили ҳақида мулоҳазалар (Doctoral dissertation). 16. Абилов, У. (2022). Учинчи ренессанс давлат тилига эътибордан бошланади (Doctoral dissertation). 17. Ниёзова, Н. Ш. (2014). Здоровый образ жизни и гигиеническая культура. The Way of Science, 50. 18. Iskandarov, S. (2020). O ‘zbekiston arablarining til xususiyatlari va etnolingvistik o ‘zgarishlar. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2). 19. Misri, M. E. The Impact Of Devops Practices On Software Development Lifecycle. Sentabr, 2025-Yil 136 20. Искандаров, Ш. А. (2017). ОБ ЭТНИЧЕСКОЙ ИСТОРИИ АРАБОВ УЗБЕКИСТАНА И СВЯЗАННЫХ С НЕ ЭТНОТОПОНИМАХ. Вестник антропологии, (4), 38-46. 21. Агабабян, И. Р., Тошназарова, Н. Ш., Тошназаров, Ш. М., & Журакулов, Ф. Н. (2020). Рациональная гипотензивная терапия в профилактике хронической сердечной недостаточности у больных гипертонической болезнью. Вестник науки и образования, (24-3 (102)), 63-67.