OILA TIZIMINING EVOLYUSION JARAYONLARI
Abstract
Ushbu maqolada oila tizimining evolyusion jarayonlari: oila afsonasi, oila tarixi, oilaviy hayot davri tushunchalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada oilaviy hayotning asosi: oila me’yorlari va qoidalari, oilaviy qadriyatlar, oilaviy urf-odat va marosimlar kabi tushunchalar bilan ifodalanib, atroflicha yoritiladi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari OILA TIZIMINING EVOLYUSION JARAYONLARI Muallif: Arapbayeva Damegul Kurbanovna 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17348796 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada oila tizimining evolyusion jarayonlari: oila afsonasi, oila tarixi, oilaviy hayot davri tushunchalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada oilaviy hayotning asosi: oila me’yorlari va qoidalari, oilaviy qadriyatlar, oilaviy urf-odat va marosimlar kabi tushunchalar bilan ifodalanib, atroflicha yoritiladi. Kalit soʻzlar: oila, oila afsonasi, oila tarixi, oilaviy hayot davri, oila me’yorlari va qoidalari, oilaviy qadriyatlar. KIRISH Oila ijtimoiy guruh sifatida qurilayotgan paytidayoq unga ikki kishi uchun bir umrga avlodlar davom ettirishi kerak bo‘lgan maskan. Oiladagi barcha munosabatlar zaminida ijobiy yoki salbiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs mukammal shakllanishi va komil inson darajasiga еtishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi buzuq odam bo‘lib tarbiyalanishi mumkin. Oila psixologiyasida oila tizimining evolyusion jarayonlari sifatida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: oila afsonasi, oila tarixi, oilaviy hayot davri [4]. ASOSIY QISM Oila tarixi – bu oilaning tarixiy kontekstiga ishora qiluvchi va bir necha avlodlar davomida oila hayotidagi muhim voqealar xronologiyasini ifodalovchi tushuncha. E.G.Eydemiller (1993) “mavzu” tushunchasini oila tarixi bilan qo‘llashga kiritadi, bu orqali u, o‘ziga xos hissiy yukni tashuvchi muammoni nazarda tutadiki, uning atrofida oilada vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan ziddiyat vujudga keladi [7]. Mavzu hayot hodisalarining qay tarzda tashkil etilishini belgilaydi va avloddanavlodga o‘tadigan xatti-harakatlarning stereotiplarida tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi [4]. Xulq-atvor stereotiplarining siljish fenomenini o‘rganish M.Bouen tomonidan boshlangan bo‘lib, u oilada avloddan-avlodga disfunksional shakllarning to‘planishi va uzatilishini aniqladi, bu esa oila a’zolari uchun individual qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kuzatuvlar uning transmissiya konsepsiyasida rivojlantirilgan hamda qayd etilgan. Oila afsonasi – bu makrotizim darajasida shakllanadigan hamda ma’lum bir oila a’zolarining u haqidagi tasavvurlari to‘plami ko‘rinishida o‘zini mikrotizimli darajada namoyon qiluvchi ko‘p funksiyali oilaviy hodisadir. Ushbu konsepsiyani belgilab olishda “oila qiyofasi”, “bizning qiyofamiz”, “iymon”, “e’tiqod”, “mushtarak taxminlar”, “sodda oila psixologiyasi” kabi atamalar ham qo‘llaniladi. Oila afsonasining vazifasi butun oila va uning a’zolari haqidagi rad etilgan ma’lumotlarni aql-idrokdan “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari (ongdan) yashirishdir. Demak, oila afsonasi himoya vazifasini bajaradigan va oila tizimining yaxlitligini saqlashga yordam beradigan o‘ziga xos psixologik himoya mexanizmi sifatida qabul qilish mumkin [6]. Oila afsonalarining salbiy ta’siri oilaning qattiqlashishida o‘z aksini topadi; ular oilaviy hayot davrining dinamikasi bilan bog‘liq bo‘lgan uning me’yoriy o‘zgarishlariga to‘sqinlik qiladi. Ya’ni, oilaning yagonalik va tanlanganlik mifi birinchi avlodda kompensatsion strategiya rolini o‘ynashi mumkinki, bunda o‘zini yuksaltirish istagi, o‘tmishdagi muammolarga reaksiya sifatida hamda kuchli, ammo real muvaffaqiyat motivatsiyasini amalga oshirishi bilan mumkin bo‘ladi. Biroq, keyingi avlodlarda voqelikdan holi markaziy oilaviy qadriyatga aylanib borayotgan bu afsona (“Biz har doim va hamma joyda eng yaxshi bo‘lishimiz kerak”) oila a’zosining (a’zolarining) og‘ir narsistik kasalliklariga va ular harakatlarining to‘liq samarasizligiga olib kelishi mumkin [4]. Oila masali – bu oila tarixining haqiqiy faktlarini buzib ko‘rsatadigan, oilaviy farovonlik haqidagi afsonani saqlab qolishga imkon beradigan individual voqealar talqini [4]. Oila afsonasi himoya vazifasini bajaradi. Bu oilaning psixologik faoliyatining mikro, makrotizimli yoki individual darajasiga tegishli bo‘lishi mumkin. Oila mifidan farqli o‘laroq, oilaviy afsona yolg‘on, ma’lumotni buzib ko‘rsatish sifatida qabul qilinadi (masalan, xiyonat mavjud bo‘lgan nikoh sadoqati afsonasi, o‘z joniga qasd qiluvchining tabiiy o‘limi afsonasi va boshqalar). Vaqt o‘tishi bilan, oilaviy masal (ertak) oilaviy afsonaning bir qismiga aylanishi mumkin. Oila tarixi, avloddan-avlodga takrorlanadigan o‘zaro munosabat shakllari bilan shartlangan – oila ssenariysi hisoblanadi [4]. “Oilaviy ssenariy” tushunchasi M.Bouenning transmissiya nazariyasi g‘oyalaridan kelib chiqadi. Oiladagi evolyusion jarayonlarni ifoda etuvchi navbatdagi tushuncha “oilaning hayot davri” bo‘lib, u har qanday o‘rtacha oila o‘z rivojlanishida boshidan o‘tkazadigan bosqichlar ketma-ketligidir. Oila bilan ishlash strategiyasini belgilashda oilaviy hayot davri g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etadi. misol uchun, bolalar ulg‘ayishi etapida – “bo‘sh uya” bosqichida – terapevtik amaliyot ajralish yo‘lidan o‘tish zarurligiga muvofiq tuziladi: ota-onalar o‘z hayotlariga yangi mazmun berishi va farzandlariga ko‘proq mas’uliyat yuklash orqali nazoratni yumshatishlari lozim, bu esa o‘z navbatida keyingilarga ko‘proq muxtoriyatga ega bo‘lish imkonini beradi [4]. Oilaviy hayotning mazmun asosi quyidagi tushunchalar bilan ifodalanadi: oila me’yorlari va qoidalari, oilaviy qadriyatlar, oilaviy urf-odat va marosimlar [5]. E.G.Eydemiller ularni oilaviy stabilizatorlar deb ataydi [7]. Oilaviy me’yor va qoidalar – oilaviy hayot asosi va talablari to‘plami. Ular kundalik rejimga ham, his-tuyg‘ularning ochiq ifoda etish ehtimoliga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Qoida va me’yorlarning yo‘qligi oila tizimida tartibsizlikni keltirib chiqaradi, shuningdek, oila a’zolarining ruhiy salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi [4]. Ko‘pgina tarbiyasi qiyin bola va o‘smirlar tartibsizlik bilan ajralib turadigan oilalarda o‘sib ulg‘aygan bo‘lishadi [4]. Qoida va me’yorlarning noaniqligi, ularning uqtirilmaganligi oila a’zolari o‘rtasida vahimaning kuchayishiga sabab bo‘ladi va stressga olib kelishi hamda butun oila tizimi va uning alohida a’zolarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qoidalar oila a’zolarini voqelikka yo‘naltirishi va butun oilaga barqarorlik imkonini beradi, zero bunda har bir kishi o‘z huquq va majburiyatlaridan voqif bo‘ladi. Ko‘pincha qoidalarning еtishmasligi norozilik va
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari nizolarning asosiy manbai bo‘lib chiqadi. Eng ko‘p uchraydigan misol, onaning bolalari va turmush o‘rtog‘ining unga еtarlicha yordam bermayotganidan va uning iltimoslarini bajarishdan bosh tortayotganidan shikoyat qilishidir. Bunday oilalarda doim barcha oila a’zolari tomonidan qabul qilingan va ularning mas’uliyatini tartibga soluvchi aniq qoidalar mavjud bo‘lmaydi. Oiladagi talab va umidlarning bildirilishi agar ular (ayniqsa, ota-onalar tomonidan ilgari surilganda) qarshilikni keltirib chiqaruvchi va o‘zaro kelishilmagan bo‘lsa, juda halokatli bo‘lishi mumkin. Bu ularning integratsiyalashuvini imkonsiz qiladi, bu esa bolaning shaxsiyatining rivojlanishida ichki ziddiyatlar va qaramaqarshiliklarga olib keladi. Ota-onalar o‘zlarining amalga oshmagan rejalarini o‘zlariga yuklangan hayotiy maqsadlar shaklida bolalarga topshirishlari bolaning o‘z xohishlari va ehtiyojlarini qondirishda to‘siq bo‘lib, oxir-oqibat depressiv holatlarga olib kelishi mumkin [4]. Oilaviy qadriyatlari – oila ma’naviyati va axloqiy qiyofasiga daxldor bo‘lib, ularning ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, huquqiy, diniy jihatlardan barkamolligini ta’minlashga, oila va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan qadriyatlar. Oilada ota-ona, farzandlar va shu bilan birga, qarindosh-urug‘lar turmushi jarayonida, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muntazam tarzda amal qilinadigan, ularning oilaviy hayot tarzida qaror topgan udumlar, urf-odatlar, marosimlar, an’analar tizimini ifodalovchi tushuncha. Oilaviy qadriyatlar deganda, muayyan oila sulolasi, ya’ni qarindosh oilalar ma’naviyatini yuksaltiruvchi, ular o‘rtasidagi insoniylik fazilatlaridan iborat xattiharakatlar, turmushda milliy urf-odatlar, marosimlar va an’analardan foydalanish borasidagi o‘zaro madaniy munosabatlarini ifodalovchi, oilaning barcha a’zolari, shu jumladan, bolalar va o‘smirlar tarbiyasi va kamolatida ijobiy ahamiyat kasb etadigan shakllari tushuniladi [3]. An’ana va marosimlar: An’ana – madaniy tajribaning u yoki bu unsurlarini saqlaydigan, kelajak avlodga o‘tadigan, o‘tmishdan kelajakka meros qoladigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan, ijtimoiy jarayonlarning tarixiy-genetik (nasliy) uzviyligini bog‘lashga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. An’ana uzoq vaqtlardan beri ajdodlarimizdan o‘tib kelayotgan va bizgacha еtib kelgan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan tartib va qoidalar. Psixolog va sotsiologlar an’ananing ijtimoiy integratsiya funksiyasini ajratishadi. Xususan, E.Dyurkgeym asosiy e’tiborni ijtimoiy birdamlik (hamfikrlik, bir-birining fikrini, harkatini qo‘llash, quvvatlash)ka qaratib, an’anaga insonlarni birlashtiruvchi omil sifatida qaraydi. Marosim – diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in marosimdir [3]. Hozirgi jamiyatda marosim asosan, maishiy turmush, siyosiy, ijtimoiy tizimlar hayotida namoyon bo‘ladi. Marosim va udumlar kuchli psixologik va hissiy ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, ular yordamida urf-odat va an’analar bevosita yuzaga chiqadi. XULOSA Oilaviy munosabatlarning asrlar davomida shakllanib bir me’yorga kelishi, rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatidir. Oilaviy munosabatlar o‘zaro munosabatlarning oddiy turi bo‘lib, oilaviy hayotning eng muhim talabi, salomatlikka ta’sir qiluvchi eng kuchli omil. Oila
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari psixologiyasida oila tizimining evolyusion jarayonlari: oila afsonasi, oila tarixi, oilaviy hayot davri tushunchalari bilan hamda mazmun asosi esa oila me’yorlari va qoidalari, oilaviy qadriyatlar, oilaviy urf-odat va marosimlar bilan izohlanadi. Shuning uchun oilaviy hayot tizimida tushuncha va malakaga ega bo‘lmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oila – jamiyat hayotining bir bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyatning taraqqiyoti va shakllanishida muhim o‘rin tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Arapbayeva, D.K. (2023). Oila tipologiyasi va funksiyalarining o‘ziga xos talqini. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences jurnali. – Toshkent. – B. 894-901. / https://www.oriens.uz/uz/journal/article/oilatipologiyasi-va-funksiyalarining-oziga-xos-talqini/ 2. Arapbaeva, D.K., Arapbaeva, D.K. (2016). Yoshlarning oilaviy hayotga moslashuvida ma’naviy-ahloqiy masalalar. “Zamonaviy ta’lim” jurnali №5 – Toshkent. – B. 36-41. https://cyberleninka.ru/article/n/yoshlarning-oilaviyayotga-moslashuvida-manaviy-ahlo-iy-masalalar/viewer 3. Oila ensiklopediyasi [Matn] / Tuzuvchilar: Akramova F.A., Bilolova Z.B., Jovliev I.S. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2019. – 240 b. 4. Олифирович, Н.И., Зинкевич-Куземкина, Т.А., Велента, Т.Ф. (2006). Психология семейных кризисов. – СПб.: Реч. – 360 с. 5. Xolmogorova, A.B. (2002). Научные основания и практические задачи семейной психотерапии // Московский психотерапевтический журнал. № 1. С. 93-119. 6. Ейдемиллер, Э.Г., Добряков, И.В., Николская И.М. (2003). Семейный диагноз и семейная психотерапия: Учебное пособие для врачей и психологов. СПб. 7. Эйдемиллер, Э.Г., Юстискис, В.В. (2000). Психология и психотерапия семи. СПб. – С. 672.