scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUNʼIY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI

Jurakulova Dildora Ziyodullayevna

Abstract

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt inson hayotida asosiy oʻrin egallayotganini koʻrishimiz mumkin. Katta hajmli maʼlumotlarni misollar orqali keltirish, ularni qayta ishlash jarayonida insonlarga sodda va qulay tarzda yetkazishdan iboratdir. Sunʼiy intellektning afzalliklaridan biri bunday tizimlar vaqtni tejaydi, navbat kutish yoki qoʻl bilan bajariladigan ishlarga sarf etiladigan vaqtda insonga boshqa unumli mehnat bilan shugʻullanish, oʻz ustida ishlash imkonini berishi haqida fikrlar oʻz tasdigʻini topgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari SUNʼIY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI Mualliflar: Jurakulova Dildora Ziyodullayevna 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti dotsenti, p.f.f.d. (PhD) 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17350359 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada sunʼiy intellekt inson hayotida asosiy oʻrin egallayotganini koʻrishimiz mumkin. Katta hajmli maʼlumotlarni misollar orqali keltirish, ularni qayta ishlash jarayonida insonlarga sodda va qulay tarzda yetkazishdan iboratdir. Sunʼiy intellektning afzalliklaridan biri bunday tizimlar vaqtni tejaydi, navbat kutish yoki qoʻl bilan bajariladigan ishlarga sarf etiladigan vaqtda insonga boshqa unumli mehnat bilan shugʻullanish, oʻz ustida ishlash imkonini berishi haqida fikrlar oʻz tasdigʻini topgan. Kalit soʻzlar: sunʼiy intellekt, MAGATE, ilm-fan,muammo, yutuq, analiz, sintez, murakkab kashfiyorlar, imitatsiya, raqamli modellar. KIRISH Bugungi kunda texnologik taraqqiyot kundan-kunga yangi bosqichlarga koʻtarilib, inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, sunʼiy intellekt sohasidagi yutuqlar nafaqat ishlab chiqarish, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimini, balki eng kichik yoshdagi bolalarning ham hayotini tobora oʻzgartirib bormoqda. Sunʼiy intellektning qamrovi tobora kengaymoqda.Baʼzan sohaga oid yangiliklarni oʻqib, sunʼiy intellekt qoyil qilgan ishlarni fantastik hikoyaga oʻxshatasiz, aql bovar qilmaydi. Lekin ular bugungi kun haqiqati. Chindan-da sunʼiy intellekt yetakchilikni qoʻldan boy bermayapti. Sunʼiy aqlning mashinani boshqarish, jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish, uy yumushlarini bajarishga qodirligi, advokatlik, psixologlik, bogʻbonlik, oʻqituvchilik kabi ishlarni uddalashi hayratingizni oshirishi tabiiy. Yana katta afzalliklaridan biri bunday tizimlar vaqtni tejaydi, navbat kutish yoki qoʻl bilan bajariladigan ishlarga sarf etiladigan vaqtda insonga boshqa unumli mehnat bilan shugʻullanish, oʻz ustida ishlash imkonini beradi. METODOLOGIYA Sunʼiy intellekt odatda inson intellektini talab qiladigan vazifalarni bajara oladigan kompyuter tizimlari yigʻindisi hisoblanadi. Bu vazifalarga oʻrganish, mulohaza yuritish, muammoni hal qilish, idrok etish, tilni tushunish va qaror qabul qilish kiradi. Sunʼiy intellekt murakkab muammolarning yechimini topish va samaradorlikni oshirish uchun inson aql-idrokiga taqlid qiladi. 16-iyul – Sunʼiy intellekt eʼtirof etilgan kun. Sunʼiy intellektning bir qancha turlari mavjud. Masalan, tor sunʼiy intellekt – (zaif sunʼiy intellekt deb ham ataladi) muayyan vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan va cheklangan imkoniyatlarga ega. Boshqa tomondan, umumiy SI – (kuchli SI deb ham ataladi) hali ham faraziy tushuncha “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari hisoblanadi. U inson kabi fikrlash va oʻrganish qobiliyatiga ega, ongli va oʻz-oʻzini anglaydigan mashinalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. NATIJALAR Birinchi soha – inson salomatligi. Sunʼiy intellekt turli kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkin. Undan allaqachon saraton xastaligini aniqlash va davolash maqsadida foydalanilmoqda. Saraton xastaligini davolashda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashga oid yangi tajriba dunyoning koʻplab mamlakatlari, xususan, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiyada izchil oʻrganilmoqda. Yaqinda MAGATE bu sohadagi muvofiqlashtirilgan tadqiqotlar loyihasini ishga tushirdi. Ikkinchi soha – oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi. Sunʼiy intellektdan yadro texnologiyalari bilan uygʻun holda foydalanish oziq-ovqat tizimidagi barqarorlikni oshirishga xizmat qilishi mumkin. Bunda iqlim oʻzgarishining nobop taʼsirlariga qarshi turish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanmagani bilan bogʻliq muammolarga yechim topish mumkin boʻladi. Soha ekspertlari sunʼiy intellektni asosan hosildorlikni oshirishga oid maʼlumotlarni tayyorlash va tahlil qilish, tuproqning namligini baholash, sugʻorish tizimlarini yaxshilash, oziq-ovqat bilan bogʻliq koʻzboʻyamachiliklarni aniqlash hamda bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, radioaktiv chiqindilar bilan zararlangan yer maydonlarini sogʻlomlashtirish kabi yoʻnalishlarda qoʻllamoqdalar. Uchinchi soha – suv zaxiralari va atrof-muhit. Sunʼiy intellekt texnologiyalari gidrologik jarayonning turli bosqichlarida suv oqimi yoʻnalishlarini, ayni jarayonda iqlim oʻzgarishi taʼsirida yuzaga keladigan holatlarni aniqlash va nazorat qilish imkonini beradi. Bu boradagi keng koʻlamli maʼlumotlarning sunʼiy intellekt koʻmagida samarali va amaliy tahlil qilinishi, oʻz navbatida, olimlarga iqlim oʻzgarishi va uning butun dunyo miqyosida suv havzalaridan foydalanishga koʻrsatadigan taʼsiriga oid jarayonlarni yanada aniq bilib olish uchun qoʻl kelmoqda. Toʻrtinchi soha – yadroviy ilm-fan va termoyadroviy sintez tadqiqotlari. Sunʼiy intellekt yadroviy ilm-fan sohasida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Undan ayni sohada nazariy modellashtirish va sinovlar oʻtkazish orqali texnologik innovatsiyalarni ilgari surish va amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish, jumladan, yadro va atomga aloqador maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishda foydalanilmoqda. Termoyadroviy sintez tadqiqotlari sohasida sunʼiy intellekt qoʻllanilayotgani, ayniqsa, ulkan foyda bermoqda. Sunʼiy intellekt oʻta koʻlamdor va nihoyatda murakkab vazifalarni ham hal etishga qodirligi tufayli ushbu qaltis yoʻnalishda modellashtirish va imitatsiya yoʻli bilan sinovlar oʻtkazish evaziga yangidan yangi ilmiy kashfiyotlarni qoʻlga kiritish imkoniyatlari ortmoqda. Beshinchi soha – yadro energiyasi. Sunʼiy intellektning tatbiq etilishi hisobiga yadro energiyasi yoʻnalishida ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Yadroviy uskunalarning raqamli modellari bilan sunʼiy intellekt tizimlarining oʻzaro birlashtirilishi, bir tomondan, yadroviy sohadagi murakkab tartib-taomillarni maqbullashtirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yadroviy reaktorlar ishining samaradorligi oshishi va xavfsizligi yaxshilanishiga xizmat qiladi. Bunday maqbullashtirish, oʻz navbatida, yadroviy uskunalardan foydalanish natijadorligini oshirgan holda, ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt elektr stansiyalarining 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari ishlash jarayonlarini nazorat qilishda ularda yuz beradigan nosozliklarni oldindan aniqlash va tahlil etish borasida bemisl salohiyatga ega. Oltinchi soha – yadroviy xavfsizlik va radiatsiyadan himoyalanish. Yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida tobora koʻproq mamlakatlar foydalanmoqda. Ular tomonidan yadro energetikasini rivojlantirish dasturlari amaliyotga izchil tatbiq etilayotganini hisobga olib, MAGATE insonlar va atrofmuhitni zararli darajadagi ehtimoliy nurlanishdan himoya qilish ustida muntazam ishlamoqda. Sunʼiy intellektning yadroviy xavfsizlikni taʼminlash va radiatsiyadan himoyalanish borasida foydali tomonlari koʻp. Masalan, radiatsiyaviy nazorat tizimlari maʼlumotlarini tahlil etishda undan foydalanilganda, shubhasiz, yadroviy va boshqa xil radioaktiv moddalarni aniqlash hamda tasniflash ishida ulkan samaradorlikka erishish mumkin. Yettinchi soha – yadroviy kafolatlar. Kafolat – tekshirish natijalari bilan bogʻliq texnik chora, degani. Yadro energiyasidan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanuvchi mamlakatlar bu boradagi huquqiy majburiyatlarini qanday bajarayotganligi haqidagi ishonchli dalillar MAGATE tomonidan kafolatlar misolida taqdim etiladi. Ayni vaqtda sunʼiy intellekt ushbu kafolatlar bilan shugʻullanadigan MAGATE nozirlari va tahlilchilariga tegishli maʼlumotlarni oʻrganish borasida yaqindan yordam bermoqda. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ayrim ekspertlar sunʼiy intellekt maʼlum toifa va buyruqlarga boʻysungan holda ishlaydi, unda ijodkorlik yoʻq, inson aqli esa bunga qodir, deya fikr bildiradilar. Ammo, gap shundaki, sunʼiy intellekt jalb qilingan jabhalar har doim ham ijodkorlikni talab qilavermaydi, ularda aniq faktlar bilan ishlash ustuvorlik kasb etadi. Sanash, saralash, hisoblash kabi yumushlarni sunʼiy intellektga yuklagan inson tayyor natijani tahlil qilishga kelganda oʻzining tabiiy aqli, tugʻma isteʼdodlari va ijodkorlik qobiliyatlaridan foydalangani nur ustiga aʼlo nur. Ana shunday uygʻunlikda ishlash muvaffaqiyatga yetaklaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Laptev. V.A Sunʼiy intelekt tushunchasi va uning ishi uchun huquqiy javobgarlik. “Qonun. Oliy iqtisodiyot maktabi” jurnali.2019 y No 2.-bet 83. 2. Filipova I.A Sunʼiy intelektni huquqiy tartibga solish. - Samarqand, 2022-yil, 4bet. 3. Pardayeva D.N. Niyozov F.X. Xushboqov I.U. Sunʼiy intelekt tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda insonlar hayotidagi oʻrni. Экономика и социум №3(106)-2 2023. 4. Feokitsitova O. Sunʼiy intelekt rivojlanish surati hatto olimlarni ham qoʻrqitmoqda: aqlli robotlar insoniyatga qanday tahdid solmoqda. Forum kuni.3.11.2021. 5. Bakhromov A. Juraeva N. Nurfayziyeva M. Oppokkhonov N. Egamnazarov K. Sunʼiy intelektning turizm sohasida xizmat koʻrsatish sifatini oshirishdagi roli. Multidisciplinary Scientific Journal. Iyun-2023.