scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish

Farhodov, Alisher

Abstract

Mazkur ilmiy ishda yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish muammolari chuqur tahlil qilinadi. Sportchilar faoliyatida texnika va taktikaning o‘zaro uyg‘unlashuvi, zamonaviy raqobat sharoitida ularning o‘ziga xos rolini belgilovchi omillar aniqlanadi. Tadqiqot doirasida jangovar holatlardagi qaror qabul qilish tezligi, individual va guruh taktik modellarini shakllantirish, texnik arsenalni optimallashtirish hamda ularni musobaqaviy sharoitda qo‘llash samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar va ilmiy-nazariy asoslar asosida taklif etilgan mashg‘ulot tizimlari dzyudochilarning musobaqalardagi natijalarini oshirishga qaratilgan.

Full text

− Founder: LLC “Academy of Educational Research” Scientific-theoretical journal 3/2025 INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH Director: D.A.Mamajonov Editor-in-Chief: S.T.Turgunov Associate Editors: M.Y.Sulaymonov B.J.Urinov S.X.Mutalov The journal was registered by the Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan on January 20, 2023 as a mass media under the № 059 413 When using materials published on the pages of the journal, it is necessary to indicate that they are taken from the scientific-theoretical journal "International education research". The editors have no obligation to review and return the submitted articles. The author is responsible for the facts and information provided in the article. All articles placed electronically on the journal’s website are considered published and are considered copyrighted. ©Academy of Educational Research Turgunov Sobitkhan Tashpolatovich Editor-in-Chief Rector of Namangan State University, doctor of pedagogical sciences, professor Sulaymanov Mominjon Yusubjonovich Deputy editor-in-chief Namangan State University associate professor, candidate of philological sciences Urinov Baxrom Jamoliddinovich Deputy editor-in-chief Senior teacher of Namangan State University Editorial board Askarova Ogilkhan Mamashakirovna Chairman of the editorial board Professor of Namangan State University, Doctor of Pedagogical Sciences Boyboboyev Baxodir Gulamovich Deputy Chairman of the Editorial Board Namangan State University Associate Professor, Candidate of Pedagogical Sciences Kadirkhanov Murodkhan Rashidkhanovich Namangan State Pedagogical Institute vice-rector for educational affairs, candidate of chemical sciences, associate professor Honkeldiyev Sher Hakimovich Professor of Fergana State University, doctor of pedagogical sciences Hasanjon Rozibobo Shomurodzoda Professor of International University of Foreign Languages of Tajikistan named after Sotim Ulugzoda (Tajikistan) Larisa Nikolaevna Lazutkina Ryazan State University Vice-Rector for Educational Affairs, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor (Russia) Tojiboyev Soyib Samijonovich Professor of Uzbekistan State University of Physical Education and Sports, Doctor of Pedagogical Sciences Egamberdiyeva Turgunoy Akhmadjanovna Professor of Fergana State University, doctor of pedagogical sciences Akramov Abdumalik Abdumutalovich Deputy of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Pedagogy, Professor Baltabayeva Aida Tinaybekovna Professor of Kyrgyz-Uzbek International University named after B. Sidikov, doctor of philosophy (Kyrgyzstan) Ibragimova Gulsanam Nematovna Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, professor, doctor of pedagogical sciences Erkabayeva Nigora Shermatovna Associate Professor of Kokan State Pedagogical Institute, Doctor of Pedagogical Sciences Artikova Muhaiyokhan Botiralievna Professor of Andijan State Pedagogical Institute, Doctor of Pedagogical Sciences Zamilova Rimma Ramilevna Professor of Namangan State University, doctor of philosophy Panjiyev Kurbanniyoz Berdievich Professor of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Doctor of Pedagogical Sciences Abdullayev Abduvali Professor of Fergana State University, Candidate of Pedagogical Sciences Ulukhujayev Narzullokhan Ziyovadinovich Namangan State University Associate Professor, Candidate of Pedagogical Sciences Tokhtaboev Nizomjon Tursunalievich Director of the Fergana branch of Uzbekistan State University of Physical Education and Sports, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor Shukurov Kamoliddin Elbobo ugli Associate Professor of Tashkent University of Information Technologies, Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD) Akmalova Dildora Tokhirovna Associate Professor of Namangan State University, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD) Tashnazarov Djasur Yuldashevich Associate Professor of the Institute of Physical Education and Sports Scientific Research, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD) SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES Farhodov Alisher Farhod o‘g‘li Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Chirchiq shahri, Oʻzbekiston E-mail: [email protected] YUQORI MALAKALI DZYUDOCHILARNING TEXNIK VA TAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17351371 Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish muammolari chuqur tahlil qilinadi. Sportchilar faoliyatida texnika va taktikaning o‘zaro uyg‘unlashuvi, zamonaviy raqobat sharoitida ularning o‘ziga xos rolini belgilovchi omillar aniqlanadi. Tadqiqot doirasida jangovar holatlardagi qaror qabul qilish tezligi, individual va guruh taktik modellarini shakllantirish, texnik arsenalni optimallashtirish hamda ularni musobaqaviy sharoitda qo‘llash samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar va ilmiy-nazariy asoslar asosida taklif etilgan mashg‘ulot tizimlari dzyudochilarning musobaqalardagi natijalarini oshirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, psixofiziologik modulatsiya, mashg‘ulot tizimi, video-analiz, musobaqa samaradorligi. Kirish Zamonaviy sport dzyudo musobaqalarida yutuqga erishish uchun texnik va taktik tayyorgarlik mutlaq zaruratdir. Jahon dzyudo sport turida raqobat shiddati ortib, jahon chempionatlari va Olimpiada kabi turnirlarda yagona kichik xato ham gʻalabaga yoki magʻlubiyatga olib kelishi mumkin. Masalan, “Characteristics of Technical and Tactical Preparation of Elite Judokas during the World Championships and Olympic Games” maqolasida yuqori darajadagi janglarda texnik va taktika indekslari bilan umumiy reyting o‘rtasida sezilarli bogʻliqlik aniqlangan [1]. Shuningdek, yosh dzyudochilarda turnir-oldi tayyorgarlik davrida sportchilarning jismoniy xususiyatlari, texnik ko‘rsatkichlari va jangga maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishi kuzatilganligi ma’lum [2]. Bu esa texnik-taktik tayyorgarlikni faqat texnika elementlarini takrorlashdan iborat emas, balki musobaqa sharoitlarini hisobga olgan, taktik qarorlar, qoʻllanadigan harakatlar va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks jarayon ekanini ko‘rsatadi [3, 4]. Oʻzbekistonda dyuzdo sportining rivojlanishi va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari texnik va taktik tayyorgarlikdagi salohiyatning oshirilishini talab qilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston yoshlari va chempionlari Osiyo va Jahon chempionatlarida ko‘plab medal va sovrinli oʻrinlarga erishmoqdalar [5, 6]. Shunga qaramay, jahon standartlariga mos texnik-taktik profilni chuqur tahlil qilish, ilgʻor metodik va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish orqali natijalarni sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud. Yuqori malakali dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarligining mavjud holatini baholash, jahondagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, hamda Oʻzbekistonda mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bu esa milliy murabbiylar maktabini kuchaytirish, sportchilarning musobaqaviy samaradorligini oshirish va O‘zbekiston dyuzdo sportida barqaror muvaffaqiyatga erishishda muhim omil boʻladi [6, 7]. Adabiyotlar tahlili va metodlar Characteristics of Technical and Tactical Preparation of Elite Judokas during the World Championships and Olympic Games (W.Błach va boshqalar) ushbu maqolada yuqori malakali dzyudochilarning musobaqalardagi texnik va taktik ko‘rsatkichlari videotasvir tahlili bilan o‘rganilgan. London SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES 2012 Olimpiadasi va Rio de Janeyro 2013 Jahon chempionatidagi janglar asosida texnik‑taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va umumiy reytingdagi o‘rinlar o‘rtasida statistik jihatdan sezilarli bog‘liqlik aniqlangan [1]. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hujum va himoya texnikalari samaradorligi yuqori sport natijalariga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Age and Maturity Effects on Morphological and Physical Performance Measures of Adolescent Judo Athletes. Ushbu tadqiqotda 11–14 yoshdagi dzyudochilarda xronologik yosh va biologik yetuklik (maturation) omillari antropometrik va jismoniy ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, biologik yetuklik yoshdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi - tana tuzilishi, mushak massasining oshishi, kuch, chidamlilik kabi ko‘rsatkichlar yetuk sportchilarda yuqori bo‘ladi [2]. Bu holat, ayniqsa, o‘smirlik davrida mashg‘ulot va tanlov bosqichlarini biologik marshrutga moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Model Characteristics of Special Physical, Technical and Tactical Training of Qualified Judoists Rossiyadan olingan ushbu ilmiy‑amaliy tadqiqotda 18‑23 yoshdagi “Master of Sports” unvoni bilan malakaga ega dzyudochilarda texnik‑taktik tayyorgarlik jihatlari modellari tuzilgan [7]. Modelda texnik arsenal, taktik qaror qabul qilish, moslamalar bilan ishlash samaradorligi va jismoniy tayyorgarlikning maxsus jihatlari belgilangan. Yosh sportchilarda mavsum davomida tana tarkibi, kuch‑quvvat, mushak massasining o‘sishi va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari kichik guruhlar bo‘yicha kuzatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadi: yigitlarda mushak massa va kuch quvvat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshadi; ayollarda ham biroz farqlar mavjud. Shuningdek, tana tarkibi va antropometrik o‘zgarishlarning musobaqadagi muvaffaqiyatga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri ta’siri kamroq ekanligi aniqlangan. Bu late specialization (“kech ixtisoslashuv”) yondashuvining salmog‘i haqidagi muammolarni ko‘taradi. The Young Judo Athlete: Biological Issues Underpinning Selection and Performance. Ushbu tezis ishida yosh dzyudochilarda biologik maturation, tana o‘sish xususiyatlari va jismoniy salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqliklar sistematik o‘rganilgan. Shu jumladan, bio‑banding yondashuvi - ya’ni yosh va tana massa asosida guruhlashtirish orqali teng sharoit yaratish - tanlov va tayyorgarlik jarayonlarida moslashuvchanlikni oshirishga yordam berar ekanligi ta’kidlanadi. Planning of Effort Parameters in the Training of Elite Male Judo Athletes. Ushbu maqolada yuqori darajadagi erkak dzyudochilarda uchta tayyorgarlik mesotsikli (bazaviy, musobaqa‑1, musobaqa‑2) orqali texnik, taktika, jismoniy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining dinamikasi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mezotsikllarda maqsadli texnik‑taktik yuklamalar samaradorligi oshadi va umumiy musobaqa natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijalar va muhokama Olib borilgan tadqiqotlar natijasida yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlar asosida shakllantirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, texnik va taktik tayyorgarlik sportchining raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardandir. Ayniqsa, bu tayyorgarlik komponentlarining o‘zaro integratsiyalashuvi sport natijalari samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Texnik tayyorgarlik jihatidan dzyudochilarda asosiy va yordamchi usullarni yuqori aniqlikda bajarish, ular o‘rtasida to‘g‘ri kombinatsiyalarni tanlay olish, vaziyatga mos texnik harakatlarni tanlab qo‘llay bilish ko‘nikmalari shakllanishi aniqlangan [1, 6]. Taktik tayyorgarlik esa jang davomida qaror qabul qilish tezligi, raqibga nisbatan moslashuvchanlik, tashabbusni qo‘lga olish va uni ushlab turish qobiliyatlari bilan belgilanadi [7]. Kuzatuv va statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, jangda texnik usullarning muvaffaqiyatli qo‘llanilishi ko‘p hollarda sportchining taktik qaroriga bog‘liq bo‘ladi. SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES Eksperimental mashg‘ulotlar davomida o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga jang holatlari modellashtirilgan mashqlar, texnik harakatlar ketma-ketligini senariy asosida mashq qilish, shuningdek, video-analiz metodlarining joriy etilishi sportchilarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirdi. Xususan, sportchilarning jangdagi texnik aniqligi 17–22 foizga yaxshilangan bo‘lsa, texnik xatoliklar chastotasi kamaygani kuzatildi. Muhokamalar jarayonida aniqlanishicha, yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirishda individual yondashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir sportchining jismoniy, psixologik, morfologik va funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar tashkil etilishi zarur. Shu bilan birga, texnik harakatlarning sportchining yoshi, jinsiy yetukligi va biologik o‘sish bosqichlariga moslashtirilgan holda shakllantirilishi mashg‘ulot samaradorligini oshiradi. Ilg‘or xalqaro tajriba va nazariy manbalar tahlili yuqori natijalarga erishgan sportchilarda texnik tayyorgarlikdan tashqari, taktik qaror qabul qilish tezligi va jang strategiyasining aniqligi asosiy omillardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, musobaqa sharoitida muvaffaqiyatli chiqish ko‘p jihatdan tayyorgarlik jarayonida shakllantirilgan jangovar fikrlash, holatni tez baholash va raqibga moslashish strategiyasiga bog‘liq. Shuningdek, psixofiziologik omillar sportchining jang vaqtida stressga bardoshliligi, vizual va kinestetik reaksiyalari, markaziy asab tizimining holati va sezgi-motorik muvofiqligi texnik va taktik tayyorgarlik samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Bu esa murabbiy va sportchi o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish, mashg‘ulotlar mazmunini kompleks yondashuv asosida rejalashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Yuqori malakali dzyudochilar tayyorgarligini takomillashtirish uchun texnik va taktik jihatlarni izchil va tizimli integratsiyalashgan holda rivojlantirish, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlar tashkil etish, psixofiziologik va metodik omillarni uyg‘unlashtirish dolzarb metodologik yo‘nalish hisoblanadi. Tadqiqot natijalari amaliy murabbiylik faoliyatida hamda sportchilarni musobaqaga kompleks tayyor1-jadval Yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgrligini takomillashtirishning asosiy komponentlari T/r Tayyorlov komponenti Kontseptual mohiyati Metodologik yondashuv Kutilgan sport natijasi 1 Texnik integratsiya Kombinatorika va biomexanik mukammallik, harakat sintezi Kompleks polimorf mashqlar, ssenariyli drill Aniqlik va optimal jang harakatlari 2 Taktik adaptatsiya Dinamik qaror qabul qilish, jangovar razvedka Simulyatsiya, real vaqtli strategik o‘rgatish Tezkor reaksiyalar va holatga moslashuvchanlik 3 Psixofiziologik modulatsiya Stressgacha chidamlilik va neyromuskulyar koordinatsiya Sensorli-motor testlar, biofeedback mashg‘ulotlari Barqaror psixomotor performans 4 Individualizatsiyalash Sportchining morfo-funksional profile asosida tayyorlash Diferensial mashg‘ulot metodlari Maksimal kompetitiv samaradorlik SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES lash jarayonida samarali qo‘llanishi mumkin. Mazkur tadqiqot yuqori malakali dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini samarali takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, jarayonning tarkibiy qismlari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Dzyudo sporti o‘z mohiyatiga ko‘ra, nafaqat jismoniy kuch va chidamlilikni, balki tezkor fikrlash, koordinatsiya va holatga moslashuvchanlikni ham talab etadi. Shu bois, tayyorgarlik jarayonini ilmiy asosda rejalashtirish sportchining yuksak natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishning asosiy komponentlari sifatida texnik integratsiya, taktik adaptatsiya, psixofiziologik modulatsiya va individualizatsiyalash ajratiladi. Har bir komponent o‘zining konseptual mohiyatiga, metodologik yondashuviga va kutilgan sport natijalariga ega. Texnik integratsiya bosqichida sportchining harakat texnikasini mukammallashtirish, kombinatorika va biomexanik uyg‘unlikni ta’minlash muhim hisoblanadi. Bu bosqichda kompleks polimorf mashqlar va ssenariyli drill uslublari qo‘llaniladi. Ushbu metodlar yordamida sportchi turli jang holatlarida harakatlarni avtomatik tarzda uyg‘unlashtira oladi, natijada aniq va optimal jang harakatlarini amalga oshirish ko‘nikmasi shakllanadi. Taktik adaptatsiya esa sportchining dinamik qaror qabul qilish qobiliyati va jangovar razvedka malakasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Simulyatsiya va real vaqtli strategik o‘rgatish uslublari yordamida sportchi tezkor reaksiya va holatga moslasha olish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu jarayon sportchining kognitiv faoliyatini faollashtiradi, jang davomida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish tezligini oshiradi va natijada taktik samaradorlik yuqori darajaga ko‘tariladi. Psixofiziologik modulatsiya komponenti sportchining stressga chidamliligi va neyromuskulyar koordinatsiyasini takomillashtirishga qaratilgan. Sensorli-motor testlar va biofeedback mashg‘ulotlari yordamida markaziy asab tizimi bilan mushak faoliyati o‘rtasidagi muvofiqlik mustahkamlanadi. Bu esa sportchining psixomotor barqarorligini, diqqatni jamlash darajasini va ruhiy tayyorgarligini oshiradi. Natijada, sportchi murakkab musobaqa sharoitlarida ham barqaror psixologik holatda harakat qila oladi. Individualizatsiyalash esa dzyudochining morfo-funksional xususiyatlariga asoslangan shaxsiy tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Diferensial mashg‘ulot metodlari orqali har bir sportchining individual fiziologik, psixologik va texnik imkoniyatlari hisobga olinadi. Ushbu yondashuv natijasida maksimal kompetitiv samaradorlikka erishiladi, ya’ni sportchi o‘zining eng yuqori natijalarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, yuqoridagi komponentlar dzyudochilarning tayyorgarlik jarayoniga kompleks va ilmiy yondashuvni ta’minlaydi. Bunda texnik, taktik, psixologik va fiziologik jihatlar bir-biri bilan integratsiyalashgan holda rivojlantiriladi. Natijada, sportchilar nafaqat jismonan, balki aqliy va ruhiy jihatdan ham musobaqalarga to‘liq tayyor bo‘ladi. Bu esa ularning raqobatbardoshligini oshiradi, musobaqalarda yuqori natijalar qayd etish imkonini yaratadi. Dzyudochilarning texnik va taktik tayyorgarligini ilmiy asosda tashkil etish, zamonaviy metodologiyalarni qo‘llash va individual yondashuvni joriy etish yuqori sport natijalariga erishishning eng muhim sharti hisoblanadi. Ushbu yondashuv sportchini har tomonlama yetuk, holatga tez moslasha oladigan va yuqori musobaqa samaradorligiga ega sportchi sifatida shakllantiradi. Xulosa Olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yuqori malakali dzyudochilarning musobaqalardagi muvaffaqiyati ularning texnik va taktik tayyorgarlik darajasiga bevosita bog‘liq. Zamonaviy dzyudo sportida raqobatning keskinlashuvi, har bir jangdagi kichik xatolik ham g‘alaba yoki mag‘lubiyatga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Shu bois, texnik-taktik tayyorgarlikni chuqur va tizimli tashkil etish sportchining