scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING CHAQQONLIK QOBILIYATINI RIVOJLANISHINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Yusupov A.D

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning chaqqonlik qobiliyati yoshga oid rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish masalalari boʻyicha ma'lumotlar berilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yusupov A.D Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali stajyor-oʻqituvchisi Qoraqalpogʻiston, Nukus shahri MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING CHAQQONLIK QOBILIYATINI RIVOJLANISHINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning chaqqonlik qobiliyati yoshga oid rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish masalalari boʻyicha maʼlumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari, chaqqonlik, chaqqonlik koʻrinishlari, chaqqonlikni tarbiyalash. Аннотация: В данной статье представлены сведения о развитии ловкости у дошкольников с учетом особенностей возрастного развития. Ключевые слова: дошкольное образование, занятия по физическому воспитанию, ловкость, вариативность ловкости, развитие ловкости. Annotation: This article provides information on the development of agility in preschool children, taking into account the specific features of age-related development. Key words: preschool education, physical education classes, dexterity, variability of dexterity, agerelated development of dexterity. Maktabgacha yoshdagi bolalar chaqqonlik qobiliyati yoshga oid rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari hisoblangan integral koʻrsatkich asosida ehtimoliy sharoitda ratsional harakat qilish qobiliyatini baholash mashqlari, qoʻl va harakatlar faoliyatidagi (lokomotor) chaqqonlik qobiliyati koʻrsatkichlarining oʻzaro taʼsiri va chaqqonlikning asosiy koʻrinishlarini harakat sohasining funksional holati koʻrsatkichlari bilan bogʻliqligi yetarlicha oʻrganilmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirishning asosiy imkoniyati, ushbu jarayon mexanizmlari oʻrganilmaganligiga qaramay, mualliflar tomonidan mubolagʻa tugʻilishiga olib kelmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Tadqiqotning maqsadi. Maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolalarning chaqqonlik qobiliyati rivojlantirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL – maktabgacha yoshdagi 5-6 yoshli bolalarning chaqqonlik qobiliyati rivojlanish boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish; – maktabgacha yoshdagi 5-6 yoshli bolalarning chaqqonlik qobiliyatini rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish va tahlil qilish; Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolalarda chaqqonlik qobiliyatining rivojlanish darajasi harakatli oʻyinlarni oʻrganish va takomillashtirishning muhim sharti hisoblanib, oʻzgaruvchan muhitga kerakli vaziyatlarda tez moslashish qobiliyati, zarur boʻlgan faoliyat turlarida muhim rol oʻynaydi. Chaqqonlik qobiliyatining turli koʻrinishlari yosh dinamikasining tahlili shuni koʻrsatadiki, qoʻl harakatidagi chaqqonlik qobiliyati koʻrsatkichlarining yanada jadal oʻsishi oʻgʻil bolalarda 5 yoshda, qizlarda esa bu holat 6 yoshda kuzatiladi. Harakatlar faoliyatidagi chaqqonlik qobiliyatining jadal oʻsish davri qizlarda 5 yoshda, oʻgʻil bolalarda esa 6 yoshda qayd etiladi. Binobarin, oʻgʻil va qizlarda qoʻl va harakatlar faoliyatidagi (lokomotor) chaqqonlik qobiliyati koʻrsatkichlarining jadal oʻsishining yosh davrlari bir - biriga toʻgʻri kelmasligi, ushbu qobiliyatning murakkab oʻziga xos xususiyatlarga ega ekanligini koʻrsatib berganligi orqali isbotini topganligini aytishimiz oʻrinli boʻladi. Maʼlumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashgʻulot oldidan aniq vazifalar qoʻyilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat boʻlib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli oʻyinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, tayyorgarligiga, jinsiga mos boʻlishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan boʻlishi shart. Shundagina bolalarda harakat koʻnikmasi hosil boʻlishi va malakaga aylanishiga erishish mumkin. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati zamonaviy usul va shakllarni qoʻllagan holda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan toʻgʻri qoʻyilganligiga bogʻliqdir. A.N.Liviskiy bergan maʼlumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli bolalarda 30 metrga yugurishning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻgʻil bolalarda 5-6 yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda 5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan maʼlumotlarimizda esa, 10,0-10,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba oʻtkazishga tayyorlangan 5-6 yoshli bolalarning chaqqonlik sifati natijalari nisbatan pastligini koʻrishimiz mumkin (1-jadvalga qarang). 1-jadval 5-6 yoshli tajriba guruh bolalarning chaqqonligi boʻyicha koʻrsatgan natijalari № Harakat qobiliyatining koʻrsatkichlari Oʻg‘il bolalar Qiz bolalar 5 yosh 6 yosh 5 yosh 6 yosh 1 Bo‘yi (sm) 102,8±0,9 108,1±0,5 100,6±0,4 105,3±0,5 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2 Og‘irligi (kg) 16±0,3 17,3±0,5 15,3±0,2 16,2±0,6 3 Panja kuchi o'ng qo‘l (kg): 4,9±0,2 7,1±0,2 4±0,1 6,1±0,3 4 Panja kuchi chap qo‘l (kg): 4,8±0,3 6,9±0,1 3,8±0,5 5,8±0,2 5 30 metr soniya 11,0±0,31 10,0±0,55 11,5±0,3 11±0,4 6 Moksimon yugurish 4x10 m 18,2±1,5 17,5±0,5 18,7±0,68 17,9±0,6 5 yoshli oʻgʻil bolalarda bo‘yi (sm) 102,8±0,9 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 108,1±0,5 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda esa 100,6±0,4 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 105,3±0,5 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli oʻgʻil bolalarda og‘irligi (kg) 16±0,3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 17,3±0,5 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda esa 15,3±0,2 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 16,2±0,6 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli oʻgʻil bolalarda panja kuchi o'ng qo‘l (kg): 4,9±0,2 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 7,1±0,2 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda esa 4±0,1 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 6,1±0,3 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli oʻgʻil bolalarda panja kuchi o'ng qo‘l (kg): 4,8±0,3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 6,9±0,1 sm ga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda esa 3,8±0,5 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 5,8±0,2 sm ga teng bo‘ldi. Oʻgʻil bolalarda 30m. ga yugurishda koʻrsatilgan natijalar 5 yoshlilarda 11 soniyaga teng boʻlsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 10 soniyaga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda 11,5±0,3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 11±0,4 sm ga teng bo‘ldi. Oʻgʻil bolalarda moksimon yugurish 4x10 m koʻrsatilgan natijalar 5 yoshlilarda 18,2±1,5 soniyaga teng boʻlsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 17,5±0,5 soniyaga teng bo‘ldi. 5 yoshli qiz bolalarda 18,7±0,68 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 6 yoshlilarda esa bu ko‘rsatkich 17,9±0,6 sm ga teng bo‘ldi. Maktabgacha yoshda tananing yirik mushaklari endigina shakllana boshlaydi, shuning uchun bolalar (ayniqsa, 4 yoshda) hali bu mushaklar ishtirok etadigan koordinatsion harakatlarni yaxshi oʻzlashtirmagan boʻladi. Bu vaqtda qoʻl harakatlarini tez oʻzlashtirib olishiga yordam beruvchi mayda mushaklar intensiv shakllanishi yuzaga kela boshlaydi. Bu bilan bolalarning antropometrik xususiyatlarini qoʻl harakati chastotasi koʻrsatkichlari, harakatlanayotgan obyekt reaksiyasini, umumiy va harakat reaksiya vaqti bilan ishonchli oʻzaro bogʻliqligini tushuntirish mumkin. Chaqqonlik qobiliyati qoʻrsatkichlari bilan bilak dinamometriyasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, qizlarda ishonchli oʻzaro bogʻliqliklar mavjud emas. Bolalar ulgʻaygan sari, oʻgʻil bolalarda harakat faoliyati, yaʼni tezlik qobiliyati va mushak kuchi ushbu turlarda oʻzaro bogʻliqliklar bilan ifodalanadi, qizlarda esa, egiluvchanlik koʻrsatkichlari tobora muhim ahamiyat kasb etib boradi. Yoshi ulgʻaygan sari qizlarda ishonchli bogʻliqlik soni kamayib boradi JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL (3 yoshdan 7 yoshgacha), oʻgʻil bolalarda esa, aksincha, koʻpayib boradi (4 yoshdan 7 yoshgacha). Shunday qilib, harakatlar faoliyati (lokomotor) dagi chaqqonlik qobiliyati asosan tezlik koʻrsatkichi bilan, qoʻlniki esa – kuch va egiluvchanlik qobiliyati bilan bogʻliq boʻladi. Oʻgʻil bolalar ulgʻaygan sari yugurish koordinatsiyasini oʻzlashtirganda, biomexanik tarkibida oʻxshash harakatlar faoliyati oʻrtasida ijobiy bogʻliqliklar koʻpayadi, qizlarda esa, bu tamoyil koʻproq qoʻldagi chaqqonlik qobiliyati koʻrsatkichlari oʻrtasida koʻrinadi. Oʻgʻil bolalar va qizlarda asosiy jismoniy sifatlar rivojlanish darajasini belgilovchi koʻrsatkichlar oʻrtasida oʻz-aro bogʻliqliklar kuzatiladi. Ularning har birini “toza shaffof” baholash mumkin emas, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida isteʼdodli suzuvchilar, gimnasikachi va yengil atletchilarni tanlashdan boshlash kerak, lekin umuman olganda, bolalarni harakat qobiliyatiga qarab tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar ulgʻaygan sari harakat qobiliyati koʻrsatkichlari bilan ruhiy (aqliy) jarayonlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik aniqroq namoyon boʻlishi kuzatiladi. Xulosa: Ilmiy – uslubiy adabiyotlar tahlili davomida maʼlum boʻldiki, 5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha yetarlicha maʼlumotlar juda kam. Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashgʻulotlarni tashkil etish masalalari ishlab chiqilmagan, pedagogik jarayon yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tasdiqlangan maʼlumotlar yetarli emas. Maktabgacha yoshdagi bolalarning chaqqonlik qobiliyatining oʻziga xos xususiyatlari va uning yoshga nisbatan oʻzgaruvchanligini oʻrganish va tahlil qilish jarayonida aniqlandiki, bolalarning yoshga oid rivojlanishi bilan chaqqonlik qobiliyati turli koʻrinishlarining oʻziga xosligi ortadi, uning tuzilishi oʻzgaruvchan boʻladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tarbiya jarayoniga milliy oʻyinlar va musobaqa tarzidagi oʻyin uslublarini kiritish bolalarda mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishni uygʻotishga, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishga hamda dastur materiallarini yanada mustahkam egallashga yordam berdi. Adabiyotlar 1. Саламов Р.С. “Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти”. 1 том. Дарслик. ИТА-ПРЕСС. Т. – 2014 й. 269 б. 2. Зациорский В.М., “Исследование переноса тренировонности в циклических локомоциях” кан.диссертация. М.1961 г. 3. Фарфель В.С. Двигательные способности. Теория и практика физической культуры. – 1977. – №12. – с.27 – 30. 4. Лях В.И. «Основные закономерности взаимосвязей показателей, характеризуюўих координационные способности детей и молодежи: попытка анализа в свете концепции» Н.А. Бернштейна / В.И. Лях // Теория и практ. физич. культуры. – 1996. – № 11. – С.20-25. 5. “Илк қадам” Мактабгача таълим муассасасининг Давлат ўқув дастури. Т.: 2018 й. 6. Arnst N.V., Ponomarev V.V. - Motor preparedness of children of preschool age. ТиМФК: 2016. № 7. 31-35 с. 7. Ливицкий А.Н. умумий таҳрири остида. Мактабгача ёшдаги болалар жисмоний тарбиясининг назарияси ва методикаси. Дарслик. Т.1995. 458 б. 8. Лях В. И.Развитие координационных способностей у дошкольников. изд., «Спорт» – М.: 2016. – 96 с. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 9. Usmonxajayev T.S., Islomova S.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.