scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHIFRLANGAN VATAN YOXUD RAQAMLI DUNYODA INSON QALBI

Karimbayeva Mardona Ravshanbek qizi

Abstract

Ushbu maqola Den Braunning eng mashhur asarlaridan biri- “Raqamli qal’a” romaniga bag’ishlangan . Asarda muhabbat va sadoqat,davlat xavfsizligi va shaxsiy daxlsizlik ,do’stlik va xiyonat kabi inson hayotidagi eng muhim tushunchalar yoritiladi. Maqolada qahramonlarning murakkab shaxsiyati ,asarda ko’tarilgan axloqiy va siyosiy muammolar tahlil qilinadi hamda yozuvchining o’z hayoti va ijodiy tajribasi bilan bog’liqligi ochib beriladi . Den Braunning asarlari orqali o’quvchilar raqamli davrda ogoh va ehtiyotkor bo’lish ,bilim va vijdonni uyg’unlashtirishni o’rganishadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Karimbayeva Mardona Ravshanbek qizi O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili 3-fakultet 2-bosqich 2402-guruh talabasi SHIFRLANGAN VATAN YOXUD RAQAMLI DUNYODA INSON QALBI Annotatsiya : Ushbu maqola Den Braunning eng mashhur asarlaridan biri- “Raqamli qal’a” romaniga bag’ishlangan . Asarda muhabbat va sadoqat,davlat xavfsizligi va shaxsiy daxlsizlik ,do’stlik va xiyonat kabi inson hayotidagi eng muhim tushunchalar yoritiladi. Maqolada qahramonlarning murakkab shaxsiyati ,asarda ko’tarilgan axloqiy va siyosiy muammolar tahlil qilinadi hamda yozuvchining o’z hayoti va ijodiy tajribasi bilan bog’liqligi ochib beriladi . Den Braunning asarlari orqali o’quvchilar raqamli davrda ogoh va ehtiyotkor bo’lish ,bilim va vijdonni uyg’unlashtirishni o’rganishadi. Kalit so’zlar: Den Braun,triller,bestseller,kodli xabar,raqamli xavfsizlik,shaxsiy daxlsizlik,muhabbat ,Enzay Tankado, Susan Fletcher, zamonaviy texnologiyalar, sirli voqealar, insoniylik,ilm va ma’rifat,ogohlik davri,raqamli dunyo, axloq va vijdon Annotation: This article is devoted to one of Dan Brown’s most famous works – Digital Fortress. The novel highlights fundamental aspects of human life such as love and loyalty, national security and personal privacy, friendship and betrayal. The article analyzes the complexity of the characters, the ethical and political issues raised in the novel, and reveals the connection between the writer’s personal life and creative experience. Through Dan Brown’s works, readers come to realize the importance of being vigilant and cautious in the digital age, as well as the necessity of harmonizing knowledge and conscience. Keywords: Dan Brown, thriller, bestseller, coded message, digital security, personal privacy, love and integrity, Ensei Tankado, Susan Fletcher, modern technologies, mysterious events, humanity, science and enlightenment, era of awareness, digital world, ethics and conscience Аннотация: Данная статья посвящена одному из самых известных произведений Дэна Брауна – «Цифровая крепость». Роман освещает фундаментальные аспекты человеческой жизни, такие как любовь и верность, национальная безопасность и личная неприкосновенность, дружба и предательство. В статье анализируется сложность характеров героев, затронутые в романе этические и политические проблемы, а также раскрывается связь между личной жизнью писателя и его творческим опытом. Через произведения Дэна Брауна читатели осознают важность бдительности и осторожности в цифровую эпоху, а также необходимость гармонии знаний и совести. Ключевые слова: Дэн Браун, триллер, бестселлер, зашифрованное сообщение, цифровая безопасность, личная неприкосновенность, любовь и порядочность, Энсей Танкадо, Сьюзан Флетчер, современные технологии, загадочные события, человечность, наука и просвещение, эпоха осознанности, цифровой мир, этика и совесть JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Asosiy qisim Ushbu maqolada Den Braunning eng bestseller asarlaridan biri bo’lgan Raqamli qal’a haqida yozaman. Ushbu asar mehr muhabbat ,yurtga bo’lgan sevgi,siyosiy vaziyatlar, davlat xavfsizligi,insoniy tuyg’ular,do’stlik va dushmanlik,daholik kabi tushunchalarni o’zida mujassam qilgan. Asar odamlarga bu hayotning asl mohiyatini anglatadi.Bu orqali insonlar raqamli dunyoda ogoh va ehtiyotkor bo’lishni o’rganishadi ,nazarimda,yozuvchi odamlarni bu asar orqali ogohlikka chaqirgan.Den Braun 1966-yil 22-iyunda tug’ilgan. U bir qator bestseller kitoblarning muallifi,jumlada, Da vinchi siri asari barcha davrlarning eng ko’p sotilgan romanlaridan biriga aylangan hamda kitobxonlar va olimlar o’rtasida intellektual munozaralarga sabab bo’lgan. Braunning romanlari dunyo bo’ylab 57 tilga tarjima qilinib umumiy hisobda 200mln nusxadan ortiq nashr qilingan. 2005-yilda Braun Times jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100ta odamlari ro’yxatiga kiritilgan bo’lib , muharrirlari unga nashriyot sanoatini saqlab qolgan deb ta’rif berishadi. Braunning Farishtalar va shaytonlar Inferno Da vinchi siri romanlari filmlarga moslashtirilgan bo’lib katta ekran yuzini ko’rgan . Adibning Raqami qala , Da vinchi siri ibtido shuningdek Farishtalar va Shaytonlar romanlar o’zbek tilida chop qilingan .Den Braun o’zini asarlariga o’zini hayotini ham qo’shgan , barcha voqealar aslida to’qima emas hammasi hayotdan ilhomlangan holda yozilgan . Misol uchun Da vinchi kodi kitobida va shu romanning 23-bobida uning bolalik davrlaridagi xazina o’yinlaridan biri tasvirlangan. Fillips Eksterni tugatgandan so’ng Braun Amherist kollejida o’qidi ,u yerda Psi Upsilon birodarligi a’zosi edi. U skovsh o’ynashni sevar Amherst klubida qo’shiq aytar va tashrif buyurgan romanchi Alan Lelchukning talaba shogirdi edi . Bu voqealarning barchasi kitoblariga syujet sifatida qo’shilgan. Braun 1985yil o’quv yilini Ispaniyaning Sevilya shahrida o’tkazdi va u yerda Sevilya universitetining san’at tarixi kursiga o’qishga kirdi. 1993-yilda Taitida ta’tilda bo’lganida Den Braun Sidni Sheldonning Qiyomat fitnasi romanini o’qigan va triller yozuvchisi bo’lishga ilhomlangan . U o’zining birinchi asari Raqamli qal’a ustida ishlay boshladi va uning barcha asarlaridagi voqealar asosan 24 soat davom etadi.1996yil musiqani butunlay tashlagan Den Braun 1998-yilda Raqamli qal’ani to’liq yozib tugatdi. 2000-yilda Farishtalar va shaytonlar 2001-yilda Aldash nuqtasi romanlari dunyo yuzini ko’rdi lekin unga haqiqiy mashhurlik Da vinchi siri asari olib keldi. 2009-yil ma’lumotlariga ko’ra 81 mln nusxada sotilgan bu asar barcha davrlarning eng yaxshi asarlari sifatida e’tirof etilgan . Asardagi bosh qahramon Robert lengdon obrazi uning keying yozilgan ko’plab asarlari jumladan Yo’qolgan belgi 2009 do’zax 2013 Ibtido 2017 da ham davom etdi. Raqamli qal’a hamma davrlarning eng mashhur va ommabop kitoblaridan bo’lib qoladi chunki har bir bob o’quvchida qiziqish uyg’otadi va ko’plab savollarni tug’diradi . Eng qiziqarli tomoni shundaki kitob 500 sahifaga yaqin lekin undagi voqealar rivoji bir kunda sodir bo’lgan shuning uchun ham kitobxonni o’tirgan joyiga mixlab qo’yadi va o’qishga majbur qiladi . Har bir bobda keskin o’zgarishlarga va burilishlarga duch kelasiz . Asar syujetida juda ham ko’p murakkab shaxsiyatga ega bo’lgan qahramonlarni ko’rish mumkin. Misol uchun Strartmourmen hech qachon MXA direktori o’rinbosaridan shon-shavkat obro’ va muhabbat qozonish uchun Greg Xeylni o’ldirib kamiga uchta insonni umriga zomin bo’lishni rejalashtirganni miyyamga sig’dirolmayman ,lekin xudbinlikning umri qisqa emasmi o’zini bosh direktor Fonteyn kuzatayotganini ham sezmaydi ,davlat xavfsizligiga aloqador hisoblangan jarayonni yolg’iz o’zi o’zbilarmonlik bilan boshqarishga harakat qiladi va oxir-oqibat nima bo’ladi Syuzan ta’riflagandek Xudo qarg’agan Milliy Xavfsizlik Agentligida alang ichida qolib halok bo’ladi . Men shu joyda bir narsaga amin bo’ldim ki, hech kim o’z boshimchalik bilan hech narsaga erisha olmaydi ,agar u maqsadiga erishish uchun barcha insoniy tuyg’ularni cheklab o’tadigan bo’lsa . JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Enzay Tankado ko’pchilikka yomon ko’rinish mumkin lekin menga emas u yozuvchi ta’kidlaganidek …..o’zi to’g’ri deb bilgan narsa –shaxsiy daxlsizlik huquqi uchun hayotini qurbon qildi . Syuzan Fletcher va Devid Bekker menda eng yaxshi taassurotlarni qoldirgan obrazlardan biri bo’ldi . Ular xafa bo’lsa xafa bo’ldim quvonsa o’zim ham quvondim ,ikkalasida ham daholik va insoniy tuyg’ular bor bu esa har bir insonni mukammal qiladi. ,aslini olganda hech kim mukammal bo’lib tug’ilmaydi bilim insonni yuksaltiradi . Yozuvchi ham buni ko’zdan qochirmagani yaqqol sezilib turadi , buni Startmour timsolida ham ko’rish mumkin ya’ni kitobda unda faqat boshlang’ich ta’lim bor edi u hamma dasturlash tizimlarini to’liq tushuna olmas edi deyilgan,aytmoqchimanki yetuk salohiyatli insonlar hech qachon yomonlik qilmaydi ko’p hollarda chunki ular qilayotgan harakatlari qanday natijaalarga olib kelishini yaxshi bilishadi Ushbu maqolani yozishimdan maqsadim shuki , har bir inson bu hayotda o’z o’rniga mavqeyiga va yaxshi mansabga ega bo’lishi uchun eng avvalo insoniylik mansabida mustahkam o’tirishi va vijdon yo’lida sobit tura bilishi lozim,zero insonlarning nafsi o’zi kutmagan narsalarni boshiga soladi . 21-asr talabi ogohlik davri,shuning uchun ayni hayotimizda telefonimizga har doimgidan ham e’tiborliroq bo’lishimiz lozim . Bilim yaxshi narsa agar u yaxshilikka xizmat qilsa ,kimyoni o’rganib insonlarni dardiga shifo bo’ladigan dori o’ylab topish ham mumkin yoxud millionlab insonlarni umriga zomin bo’ladigan atom bombasini ham ,hamma bilimli bo’la oladi lekin hayotimizda bundan ham muhimroq narsalar bor.Majruh Tankado afsuski bolalar uyida ulg’aydi ,bir oila uni savob yo’lida asrab oldi ,Tankado hech qachon yomonlikni reja qilmagan ,aksincha u shaxs daxlsizligi tarafdori edi ,lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bor ,davlatlar qanday qilib urushlarning,bombalarning ,terrorchilarning, va narkobiznes bilan shug’illnadiganlarning jinoyatini va kirdikorlarini fosh qilishadi agar nazorat bo’lmasa . Vaziyatga faqat bir tarafdan qarash hech qachon o’zini oqlamagan .Den Braun haqiqiy histuyg’ularni sodda yetkazib bera oladigan yozuuvchidir,u murakkab o’yinlar o’ylab topishi mumkin lekin his-tuyg’ular borasida emas .Men uning hayoti va ijodini o’rganar ekanman ,shuni angladimki ,u hamma narsani chin ko’ngildan his qilib yozgan boshidan o’tkazganlarini qog’ozga tushurgan . Sevilyada bo’ladigan voqealar ayniqsa hududlar joylar shunchalar aniq tiniq qilib yozilganki bir inson o’z tasavvurida buncha narsani o’ylab o’zidan to’qib yoza olmaydi keyin ba’zi manbalarni o’qib bilsam u o’z rafiqasi bilan Sevilyada tanishgan ekan .Devid Bekker Den braunning o’zi aslida. Mumsiz Devid . buni tushinish qiyin emas edi . Syuzan vatan oldidagi burchini bajardi ,u o’z his-tuyg’ulariga ,o’z shaxsiy hayotiga qarab o’tirmadi,kasbiga fidoyi qoldi,hech qanday qing’ir rejalarga aralashmadi. Milliy xavfsizlik Agentligining faqat bir maqsadi bor bu ham bo’lsa insonlarning hayotini xavfsiz saqlash ularning daxldorligiga hujum qilish emas. Xulosa qilib aytganda,Den Braunning Raqamli qal’a romani nafaqat sirli va hayajonli voqealar ketma-ketligidan iborat. Asar nafaqat raqamli dunyoning xavflari haqida o’ylashga balki o’z hayotida ham ogoh va ehtiyotkor bo’lishga undaydi..Muallif qahramonlari orqali insonning nafs va manfaati uchun xizmat qilishi lozimligini ta’kidlaydi.zero, haqiqiy kuch insoniylik va vijdonning mustahkamligida Foydalangan adabiyotlar: 1.Den Braun romanlarida tragik obrazlar o’ziga xos xususiyatlari 2025 Scientific conference on multidisciplinary studies 387-389 https://econfseries.com/index.php/3/article/view/2083 2.Brown,D.Digital fortress St Martin’s Press,1998 3.Brown,D. The Da Vinci Code/ Doubleday ,2003 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 4. Quronov, D. Adabiyot nazariyasi asoslari . Toshkent :Akademnashr,2018. 5.Sharafiddinov ,O.Ijodni anglash baxti .G’afur G’ulom,2004 6. Google Wikipedia