scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XX ASR MUSIQA MADANIYATINI MUSIQA DARSLARIDA OʻQITISHNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Sayfiddinov Muzaffar Mahammadjanovich

Abstract

Ushbu maqola musiqa darslarida XX asr musiqa madaniyatini o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan. Maqolada zamonaviy va an’anaviy metodlarning uyg‘unligi, interaktiv usullar, texnologiyalardan foydalanish, loyiha va muhokama mashg‘ulotlari, shuningdek, noan’anaviy dars turlari (konsert, viktorina, bahs-munozara) orqali o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini, milliy madaniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Musiqa madaniyati

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sayfiddinov Muzaffar Mahammadjanovich Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi XX ASR MUSIQA MADANIYATINI MUSIQA DARSLARIDA OʻQITISHNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI Annotatsiya: Ushbu maqola musiqa darslarida XX asr musiqa madaniyatini o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan. Maqolada zamonaviy va an’anaviy metodlarning uyg‘unligi, interaktiv usullar, texnologiyalardan foydalanish, loyiha va muhokama mashg‘ulotlari, shuningdek, noan’anaviy dars turlari (konsert, viktorina, bahs-munozara) orqali o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini, milliy madaniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Musiqa madaniyati Kalit so‘zlar: XX asr musiqasi, metodika, interaktiv usullar, integrativ yondashuv, milliy musiqa merosi, noan’anaviy dars turlari, ijodiy faollik, musiqa tahlili, o‘quvchilar qiziqishi. Аннотация: Данная статья посвящена повышению качества и эффективности преподавания музыкальной культуры XX века на уроках музыки. В статье освещаются вопросы интеграции традиционных и современных методов, использования интерактивных подходов, технологий, проектных и дискуссионных занятий, а также нетрадиционных типов уроков (концерт, викторина, дебаты) для формирования музыкальных способностей учащихся и их отношения к национальным культурным ценностям. Ключевые слова: музыка XX века, методика, интерактивные методы, интегративный подход, национальное музыкальное наследие, нетрадиционные виды уроков, творческая активность, анализ музыки, интерес учащихся. Annotation. This article is devoted to improving the quality and effectiveness of teaching 20thcentury music culture in music lessons. The article highlights the integration of traditional and modern methods, the use of interactive approaches, technologies, project-based and discussionbased classes, as well as non-traditional lesson types (concert, quiz, debate) to develop students' musical abilities and their attitude towards national cultural values. Keywords: 20th century music, methodology, interactive methods, integrative approach, national musical heritage, non-traditional lesson types, creative activity, music analysis, students’ interest. Musiqa darsi oʻz tabiatiga koʻra ham san’at, ham tarbiya darsidir. Uni rang-barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir oʻqituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab qiladi. “Bolalarni san’atga oʻrgatish nihoyatda murakkab” – deb ta’kidlaydi taniqli kompozitor – pedagog D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkabligi shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san’atga oʻrgatish mutlaqo mumkin emas. [1.45-b.] JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bu oʻrinda musiqiy mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilarning ijodiy faolligini ta’minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning hissiy-emotsional ta’siridan bahramand boʻlish bilim, malaka va koʻnikmalar qatori emotsional his-tuygʻularning ishtirokiga ham bogʻliq. Asarni ijro va idrok etishda his-tuygʻular qanchalik faol va chuqur boʻlsa, ularni tushunish va oʻzlashtirish, ta’sirlanish shuncha ongli va samarali boʻladi. Bu holatlar esa oʻz oʻrnida ijodiy faollik natijasida sodir boʻladigan jarayondir. Zero, zerikarli va bir xillik sinfda jonli hissiyot holatini vujudga keltira olmaydi. Oʻquvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar va uslublarga (an’anaviy yoki interfaol metodlar) bogʻliq. Boshlangʻich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, qiziqishi, bilim va malakalari, koʻnikmalari darajasiga bogʻliq. Shunga muvofiq qoʻllaniladigan metodlar ham koʻproq oʻyin xarakterida boʻlishi maqsadga muvofiq boʻladi. Shoʻx, oʻyinbop, raqs ishtirokida turli musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar dunyosiga mos ertak qahramonlari, hayvonlar, parrandalar, oʻsimliklar, tabiat manzaralari, qushlar obrazlari bilan bogʻliq asarlar oʻquvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uygʻota oladi, estetik hissiyotlarini, musiqiy qobilyatlarini oʻstirib boradi. Bu oʻrinda zamonaviy qoʻshiqlar qatori xalq qoʻshiqlaridan, qardosh xalqlar va kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol boʻlishini ta’minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga boʻlgan mehr va muhabbat tuygʻularini shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi. Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Chunki uni oʻqituvchi oʻz individual ijodidan va tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning badiiy – pedagogik gʻoyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham oʻquvchilarda musiqaga, oʻquv materiallariga qiziqishni oʻstirish, ularga musiqa san’ati va madaniyatining ma’naviy mazmunini singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi oʻqituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi. [2.84-b.] Oʻzbek xalq musiqa merosi milliy madaniyatimizning muhim tarkibiy qismi sifatida nafaqat ta’lim jarayonida, balki yosh avlodning ma’naviy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Maktab musiqa darslari davomida XX asr milliy musiqa madaniyatini oʻqitishning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodikalar zamonaviy ta’lim usullariga tayanib, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni milliy va xalqaro musiqa madaniyati bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yoʻnalishda bir necha asosiy metodik yondashuvlar mavjud boʻlib, ular quyidagilardan iborat: 1. Integrativ yondashuv -XX asr musiqa madaniyatini boshqa fanlar bilan bogʻliq holda oʻrgatish. Masalan, tarixiy voqealar yoki adabiyot bilan bogʻlangan holda darslarni oʻtish oʻquvchilarning umumiy bilimlarini kengaytiradi hamda musiqa madaniyatini tushunishga imkon yaratadi. 2. Amaliy koʻnikmalar va tinglash usuli -Musiqa asarlarini jonli tinglash va oʻzlashtirish orqali oʻquvchilarning madaniy ma’naviyatini oshirish. Oʻquvchilar oʻzlari milliy musiqalarni tinglash va tahlil qilish orqali oʻz musiqiy tafakkurlarini boyitadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3. Texnologik vositalardan foydalanish -Darslarda video, audio materiallar va boshqa multimedia resurslardan foydalanish oʻquvchilarga XX asr musiqa madaniyatini yanada yaqinroq tushunishga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar darslarni qiziqarli va interaktiv qilishga koʻmaklashadi. 4. Muammoli vaziyatlar yaratish va loyihalar usuli -Oʻquvchilarga muayyan mavzuda mustaqil ish yoki loyiha yaratish topshirigʻini berish. Bu yondashuv oʻquvchilarda mustaqil fikrlash va tadqiqot olib borish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, XX asr Oʻzbek musiqa ijodkorlari haqida loyiha qilish oʻquvchilarning mavzuni yanada chuqurroq oʻrganishiga yordam beradi. 5. Musiqa asarlarini tahlil qilish va munozara oʻtkazish -Oʻquvchilar orasida taniqli milliy musiqa asarlarini tahlil qilish va ular ustida muhokama tashkil etish orqali oʻquvchilarni faol oʻquv jarayoniga jalb etish mumkin. Bu yondashuv yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undaydi. [3.198-b.] XX asr musiqa madaniyatini musiqa darslarida oʻqitish nafaqat milliy identifikatsiyani rivojlantiradi, balki oʻquvchilarda madaniy muloqot, ijodiy fikrlash va musiqiy idrokni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shu metodikalarni amaliyotga tadbiq etish orqali oʻqituvchilar ta’lim sifatini oshirishi mumkin boʻladi. Oʻzbekistonda XX asr musiqa madaniyatini musiqa darslarida oʻqitishning sifat va samaradorligini oshirish metodikasi boʻyicha zamonaviy tadqiqotlar xalqning madaniy merosi, musiqa tarixi va milliy qadriyatlarini yoshlarga oʻrgatishning yangi metodlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu metodika Oʻzbekistonning musiqiy tarixi va jahon musiqasi bilan uygʻunlashtirilgan holda, oʻquvchilarning musiqa sanʼati bilan tanishuvi va tushunchalarini kengaytiradi. Quyida metodikaning asosiy yoʻnalishlari va metodlarini yoritib berilgan: 1. Musiqiy madaniyatning tarixiy ahamiyatini koʻrsatish -XX asr musiqa madaniyati darslarida xalq va zamonaviy musiqaning oʻziga xos tomonlari yoritilib, oʻquvchilarga tarixiy va madaniy boyliklarimizni aniq koʻrsatib beriladi. Bu jarayon milliy oʻzlikni shakllantirish va yoshlarda milliy iftixorni rivojlantirishga yordam beradi. 2. Musiqa darslarini interaktiv metodlardan foydalanish orqali takomillashtirish - Innovatsion yondashuvlar – video va audio materiallardan foydalanish, musiqiy asarlarni raqamli talqin qilish orqali oʻquvchilarning qiziqishini oshiradi. Bundan tashqari, interaktiv dasturlar va platformalardan foydalanish oʻquvchilarning darslarga jalb etilishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Masalan, “Flipped Classroom” yoki “Gamification” usullari orqali oʻquvchilar faqat dars davomida emas, balki uyda ham oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi. 3. Musiqiy analitika va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish -Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida ularni muayyan musiqa asarlarining tahliliga jalb qilish, ularning muhim tomonlarini aniqlash va qadriyatlar nuqtai nazaridan baholash usullaridan foydalaniladi. Bu yoʻl bilan oʻquvchilar asarlarning mazmun va mantiqiy rivojlanish jarayonlarini toʻgʻri anglaydilar. 4. Musiqa madaniyatini tarixiy davrlar misolida tushuntirish JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL -XX asrda Oʻzbekistonda rivojlangan musiqa janrlari va uslublarini xalq musiqasi bilan bogʻlash orqali oʻquvchilar XX asr davrining oʻziga xos xususiyatlarini kengroq anglaydi. Bu usul oʻquvchilarning musiqiy bilimlarini chuqurlashtirib, ular oʻrtasida tarixiy ongni shakllantiradi. 5. Musiqani baholashning yondashuvlari va ijodiy mashgʻulotlar -Musiqa darslarida oʻquvchilarga ijodiy topshiriqlar berish va ularning yondashuvlarini baholash orqali dars samaradorligi oshadi. Yangi yondashuv sifatida oʻquvchilarga milliy va zamonaviy musiqalardan ijro etish, ularga musiqiy asarlarni sharhlash imkoniyatlarini berish ham mumkin. Bu usullar nafaqat oʻquvchilarning musiqiy madaniyatni anglashlarini chuqurlashtiradi, balki ularning madaniy bilimlarini kengaytirib, milliy qadriyatlarimizni oʻzlashtirishlariga katta hissa qoʻshadi. Shu bilan birga, XX asr musiqa madaniyatini oʻrganish jarayonida oʻquvchilar zamonaviy asarlar bilan tanishib, oʻzlarining kelajakdagi ijodiy faoliyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadilar. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarni e’tiborga olgan holda oʻqituvchi darsga tayyorgarlik koʻrayotganida tanlayotgan asari mavzu jihatdan, harakatlanish malakasi dars mavzusiga mos boʻlishi, aniq musiqiy eshituv taasurotlarni, musiqiy bilimlarni chuqurlashtiradigan va mustahkamlaydigan, ijrochilik malakalarini rivojlantiruvchi boʻlishi zarur. Dars boshida va oʻrta qismida qanday harakatlarni qoʻIlash maqsadga muvofiq boʻlishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar tomonidan harakatning sifatli va aniq bajariiishi musiqiy obrazning tushunishlari hamda oʻqituvchining asarni ifodali ijrosiga bogʻliqdir. Oʻqituvchi oʻquv materialini yoddan bilishi kerak. Harakat paytida u oʻquvchilarni kuzatishi, koʻrishi va xatolarini tuzatishi zarur. Oʻquvchi barcha harakatlarni avval oʻzi koʻrsatib berishi zarur, ayniqsa 1-2 sinflar uchun. Chunki birgina tushuntirish bilangina kerakli natijaga erishib boʻlmaydi. Harakatlarni koʻrsatish musiqaga boʻlgan emotsional hissiy munosabatni faolashtiradi. Hozirgi kunda zamonamiz taqozosi bilan musiqiy ta’lim tizimiga ham noan'anaviy dars turlari kirib kelmoqda. Biz mavjud pedagogik texnologiyalar asosida musiqa ta’limida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bir necha noan'anaviy dars turlarini ishlab chiqdik. Endi har bir dars turiga izoh berib oʻtamiz. Konsert darslari - oʻquvchilardagi bor musiqiy-nazariy bilimlami amalda qoʻllash, oʻzlari va boshqalarning bilimlariga baho berish, sahnada oʻzini tutishni oʻrganish, jamoa boʻlib kuylash va yakkanavozlik malakalarini shakllantirish, bolalar musiqiy cholgʻularida joʻr boʻlish, raqs elementlarini bajarish va hokazolarga keng imkoniyat yaratadi. Bunday darslarni asosan bir chorak tugab, boshqasi boshlanganda uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu dars turida oʻquvchilar chorak davomida oʻzlari oʻrgangan qoʻshiqlari asosida “konsert” oʻtkazadilar. Bunday darslar oʻquvchilar bilim darajasini aniqlashga va baholashga keng imkoniyat beradi. Dars avvaldan rejalashtiriladi. Oʻquvchilar oʻzlari oʻrgangan qoʻshiqlarini tayyorlab keladilar. Oʻqituvchi avvalgi darsida har bir oʻquvchiga vazifa belgilab bergan boʻlishi kerak. Darslar hammaning birgalikda davlat madhiyasini kuylashlaridan boshlanadi. Bu darslar shunisi bilan ahamiyatliki, oʻquvchilar oʻzlarining barcha ijodiy qobiliyatlarini, ijrochilik mahoratlarini ishga soladilar. Bunday darslar oʻquvchilarning musiqiy did va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantirishga asos soladi. Shuningdek, oʻquvchilarda sahnada oʻzlarini tuta olish, artistizm, jamoa boʻlib kuylash, mustaqillik, tashabbuskorlik malakalari shakllanadi. Viktorina darslari asosan musiqa tinglash jarayonlarida oʻtkaziladi. Oʻqituvchi biror texnik cholgʻu yordamida oʻquvchilarga musiqa qoʻyib beradi. Oʻquvchilar oʻz navbatida bu JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL musiqaning nomi, ijrochisi, kompozitorini topadilar. Bunday darslar “Kompozitor, ijrochi va tinglovchi” mavzusi oʻtilganda juda qoʻl keladi. Bunday darslarda oʻqituvchi oʻquvchilarni qatorlarga, ya’ni jamoalarga boʻladi. Har bir jamoaning faoligiga, toʻgʻri berilgan javoblariga qarab bal berib boriladi. Viktorina darslari oʻquvchilarni nafaqat musiqa tinglash, balki qoʻshiq kuylash jarayonida ham qoʻllanilishi mumkin. Bunda oʻquvchilar musiqiy asarlarning yaratuvchilari-kompozitor, shoirlari va ijrochilari haqida ham ma’lum tushunchalarga ega boʻlish kerakligini oʻrgatadi. Bunday darslarni har bir mavzuga moslab oʻtish mumkin. Masalan, oʻqituvchi oʻquvchilarga qardosh xalqlar musiqalarini oʻrgatganda har xil millat va xalqlar musiqasini tinglab, ularni qaysi xalqqa, qaysi millatga mansubligini aniqlash oʻquvchilarning musiqiy idroklarini rivojlantiradi. Ular boshqa millat musiqalarini bir-biridan ajratishni oʻrganadilar. Shuningdek ularning musiqiy dunyoqarashlari shakllana boradi. Viktorina darslari musiqiy did, musiqiy idrok va musiqiy dunyoqarashning shakllanishiga asos soladi. Bahs munozara darslari - musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilish, musiqa savodiga oid bilimlar - musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili, musiqa shakli kabi musiqiy nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan boʻladi. Bu mashgʻulot turida asosan chorak yoki yarim yil davomida olingan musiqiy nazariy bilimlarga asoslangan boʻladi. Bahs munozara darslari oʻquvchilarning avval egallagan bilimlari asosida tashkil etiladi. Imkoni boʻlmagan masalalarni anglatish, munozarali qarashlarda bir toʻxtamga kelish va shu asosda oʻquvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga erishish, musiqiy tafakkur, musiqiy idroklarini, musiqiy madaniyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan dars sanaladi. Bahs munozara darslari boshqa darslardan oʻziga xos jihatlari bilan farq qiladi. [4.45-b] Ya’ni bu darslarda biror bir masala yuzasidan tortishuv boʻladi. Oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻz fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashadilar. Bunday darslarda bahs kuchli boʻladi va har bir fikr oʻz isboti bilan tasdiqlanadi va eng maqbul variant qabul qilinadi. Bahs munozara darslari oʻquvchilardan katta tayyorgarlikni talab etadi. Bu darslar oʻquvchilarni hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga, voqealarga ijodiy yondashishga, nutqlarining teranlashishiga asos soladi. Bir musiqiy asardan sinfdagi oʻquvchilar turli xil taassurotlar oladilar. Shuning uchun oʻz fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashishlari ularning tafakkurlarini va tasavvurlarini yanada boyitishga imkon beradi. Bahs-munozara darslari pedagogik jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U oʻquvchilarning estetik tuygʻularini tarbiyalashda ham muhim vositalardan hisoblanadi. XX asr musiqa madaniyatini musiqa darslarida oʻrgatish jarayonida zamonaviy va ijodiy metodikalarni qoʻllash oʻquvchilarning bilim darajasini oshiradi va ularning musiqiy madaniyatga qiziqishini ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, ular musiqiy asarlarni tahlil qilish, tarixiy jarayonlar bilan bogʻlash va ijodiy ifodalash koʻnikmalarini mustahkamlaydilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Абдуллин Э. О начальном этапе музыкального образования в общеобразовательных школах Японии // Музыкальное образование в школе, т. 9. Москва, 1984. C -45. 2. Soipova D. Musiqiy-nazariy bilimlami o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish. T.:Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2005 y., -84 bet. 3. Soipova D. Musiqiy-nazariy bilimlami o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchi shaxsini shakllantirish. P.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. (13.00.01.), 2006 y.,-198 b. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 4. Mustafoyev B.I. Musiqa o‘qitish metodikasi [ Matn]: o‘quv qo‘llanma/ B. MustafoyevBuxoro: OOO “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021. B-45.