TEXNOLOGIYA FANI MASHG'ULOTLAIRDA AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH
Abstract
Mazkur maqolada texnologiya fani mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda akmeologik yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Unda o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish darajasini aniqlash, ularning kasbiy faoliyatga tayyorlanishiga individual va tizimli yondashuvni shakllantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani oshirish, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Akmeologik yondashuv orqali o‘quvchilarni o‘z kasbiga ongli va puxta tayyorlash yo‘llari ochib beriladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL NamDPI Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Xusayinova Go‘zal Abdurasulovna p.f.f.d.(PhD) [email protected] https://orcid.org/0009-0003-3845-0322 TEXNOLOGIYA FANI MASHG‘ULOTLAIRDA AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH Annotatsiya: Mazkur maqolada texnologiya fani mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda akmeologik yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Unda o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanish darajasini aniqlash, ularning kasbiy faoliyatga tayyorlanishiga individual va tizimli yondashuvni shakllantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani oshirish, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Akmeologik yondashuv orqali o‘quvchilarni o‘z kasbiga ongli va puxta tayyorlash yo‘llari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: akmeologiya, akmeologik yondashuv, akmeologik qobiliyatlar, akmeogramma, psixogramma, avtopsixologik kompetentlik, kreativlik, professiogramma, akmeotexnologiya, avtokognitiv qobiliyat, kasbiy tayyorgarlik, ijodkorlik qobiliyati, akmeolog, kasbiy ijodkorlik, shaxsiy-professional rivojlanish. Аннотация:В данной статье раскрывается значение акмеологического подхода в эффективной организации занятий по предмету «Технология». Рассматриваются методы определения уровня личностного и профессионального развития учащихся, а также формирования индивидуального и системного подхода к их подготовке к профессиональной деятельности. Особое внимание в статье уделяется повышению профессиональной мотивации учащихся, развитию самостоятельного мышления и практических навыков на основе современных педагогических технологий. Акмеологический подход открывает пути к осознанной и всесторонней подготовке учащихся к будущей профессии. Ключевые слова: aкмеологического подхода, профессиональной подготовки, профессиональной зрелости, профессиональной направленность подготовка к профессиональной деятельности, Abstract:This article highlights the importance of the acmeological approach in effectively organizing Technology lessons. It explores methods for identifying students’ personal and professional development levels, as well as forming individual and systematic approaches to preparing them for professional activities. The article pays special attention to increasing students’ professional motivation, developing independent thinking, and enhancing practical skills based on modern pedagogical technologies. Through the acmeological approach, pathways are revealed for thoroughly and consciously preparing students for their future professions. Key words: acmeological approach, professional activity, personality tasks, preparation for professional activity, displayed in this article.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va uni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini erta aniqlash, ularni mehnat bozorining real ehtiyojlariga mos ravishda tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Shu nuqtai nazardan, umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitish mazmuni va metodikasini yangilash, uni amaliyotga yo‘naltirish, o‘quvchilarning ijodiy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Yurtimizda kasbiy ta’limni takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular orasida texnikaviy va innovatsion fikrlashni shakllantirishga qaratilgan qator dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, pedagogik jarayonda zamonaviy yondashuvlardan, xususan, akmeologik yondashuvdan foydalanish orqali o‘quvchilarning shaxsiy o‘sishiga, kasbiy o‘zini anglashiga va maqsadli rivojlanishiga asoslangan ta’lim muhiti yaratilmoqda. Dunyoning yetakchi mamlakatlarida o‘quv-bilish faoliyatini akmeоlоgik kasbiy yo‘naltirish, oliy ta’lim tаlаbаsining kasbni egallashida akmega yetishi, yuqori malakaga ega bo`lishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeоlоgik yоndаshuvdan kengroq foydalanish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni modernizatsiyalash, pedagogik kasbiy ta’lim sharoitida raqobatbardosh pedagoglar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Akmeologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish, maqsadga yo‘naltirilgan psixologopedagogik shartini tashkil etish, (shuningdek, shaxsni akmeologik yo‘naltirishni shakllantiruvchi metodlar va usullar), pedagogik ta’sir yo‘nalishining ijobiyligi o‘zgarishiga rioya etishni ta’minladi. V.D. Shadrikovning e’tirofiga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim tizimi har qanday pedagogni yuksak darajadagi tilni bilish madaniyatiga, o‘z fikr va mulohazalarini aniq va ravon turli til imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ifodalay bilish, o‘zining predmeti yuzasidan har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishi va uni o‘qitish usullarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.B.G. Ananyev (psixolog va pedagog)-"Shaxsning rivojlanishida eng yuqori cho‘qqilarni (akme holatni) egallashi uchun pedagogik jarayon individual yondashuv, motivatsiya va o‘z-o‘zini anglash asosida qurilishi lozim."Bu fikr texnologiya fanida akmeologik yondashuvdan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.A.A. Derkach – akmeologiya asoschilaridan biri:"Akmeologiya – bu shaxsning kasbiy va shaxsiy yuksalish jarayonini o‘rganadigan fan bo‘lib, u orqali inson o‘z kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishadi."Bu yondashuv texnologiya darslarida o‘quvchilarning kasbiy shakllanishida muhim omil bo‘la oladi.Sh.Sh. Sharipov- "Bugungi ta’lim jarayonida shaxsni kasbga yo‘naltirish emas, balki uni kasbiy faoliyatga kompleks tayyorlash masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda."Bu fikr kasbiy tayyorgarlikda faqat nazariy bilim emas, balki amaliy va psixologik tayyorgarlik ham muhimligini ta’kidlaydi.N.A. Musina – "Ta’limda akmeologik yondashuv qo‘llanganda, o‘quvchilarning kasbiy o‘zini anglash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalari shakllanadi."A.V. Brushlinsky – psixolog: "Shaxs rivoji – bu faoliyat jarayonida yuzaga chiqadigan dinamik holat bo‘lib, uni faqat faol, motivatsiyalangan ta’lim orqali rivojlantirish mumkin."Bu texnologiya darslarini faoliyatga asoslash zarurligini ko‘rsatadi. Akmeologiya majmuaviy, integrativ fan sifatida, insonning rivojlanish va tiklanish dinamikasida, shaxs ijodiy potensialida o‘z-o‘zini namoyon etish qonuniyatlari va omillari hamda ta’limiy va kasbiy yutuqlarga erishish yo‘llarini tadqiq etadi. Subyyektning kasbiy faoliyat muammosi akmeologiyada dolzarb hisoblanadi. Kasbiy ta’limning akmeologik modeli shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlashda yangi sifatga erishishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL akmeologik yo‘naltirilgan ta’lim yangi integrativ fikrlash usullari, zamonaviy hayotga moslashtirishda va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ega bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni yaxlit va barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy mutaxassisda akmeologik fikrlashni shakllantirish va kreativ faoliyat usullari, innovatsiyaga, muvaffaqiyatga, kasbiy mohirlikka intilish, ijodiy potensialni namoyon etish qobiliyati, akmeologik va umumiy kasbiy madaniyatning zaruriy komponentlari hisoblanadi. Mutaxassislarni tayyorlashning refleksivli o‘z-o‘zini faollashtirish texnologiyasi keng qo‘llaniladi va kasbiy faoliyatni predmetli va ijtimoiy mazmunini yaratish imkonini beradi. Insonni yoshligidanoq ma’lum bir sohaga yo‘naltira oluvchi texnologiyalarning eng birinchisi va muhim mexanizmi – akmeogrammadir. Akmeogramma– shaxsning kasbiylashuvi va muayyan mehnat ob’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Akmeogramma doim individual bo‘ladi, u shaxsning imkoniyatlari va istiqbollarini, xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma ma’lumotlar bazasi orqali olib boriladi, uning ko‘rsatkichlar mumkin qadar foizlarda belgilanadi. Akmeogramma akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda shaxsning professionalizmi konkret mehnat sub’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Talabalar akmeogrammasi individual tavsifga ega, rasmiy ravishda bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektning individual “kesimi”ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individuallikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanadi. Akmeogramma talaba faoliyatining barcha jihatlari (kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va faoliyatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, bo‘lajak kadrning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. Akmeologiya pedagogika bilan hamkorlikda quyidagi uncha oddiy bo‘lmagan masalani yechishi zarur: inson o‘zining hayoti yo‘lida qanday alohida xususiyatga ega bo‘lgan, ta’kidlangandek mikroakmalarga erishib borishi kerakki, ya’ni u kelgusida katta “makroakma”ni hosil qilsin. Shunga ko‘ra, mutaxassislar tayyorlash jarayonida fanlarni integratsiyalab kredit modulli o‘qitish bilan bir vaqtda, talabaning individual istiqbol rejalarini ishlab chiqish, individual rivojlantirish dasturi bilan ishlash, kasbiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quv portfolioni yuritish, kasbiy ta’lim akmeologiyasi fakultativ maxsus kursni olib borish, akmetexnologiyalarni, kreativlikni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash, guruh rahbarining ma’naviyat mashg‘ulotlarini mukammallashtirish, kasbiy yo‘naltirish faol o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish kabi ishlarni amalga oshirish natijasida har bir talabada o‘ziga xos mikro akmelarga va ularning majmuasida kasbiy tayyorlik makroakmega erishishga harakat qilinadi. Xulosa qilib aytganda, texnologiya fani mashg‘ulotlarini akmeologik yondashuv asosida tashkil etish o‘quvchilarning nafaqat kasbiy tayyorgarligini, balki shaxsiy rivojlanishini ham ta’minlaydi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z kasbiga ongli yondashish va hayotiy maqsadlarni belgilash ko‘nikmalari shakllanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va akmeologik metodlar uyg‘unligi, o‘quv jarayonini faollashtiradi, natijada o‘quvchilar mehnat bozorining real talablariga mos bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. Shu boisdan, texnologiya fanini o‘qitishda akmeologik yondashuvni qo‘llash zamon talabi bo‘lib, bu orqali kelajak kasb egalarining puxta va sifatli tayyorgarligi ta'minlanadi.Akmeologik yоndаshuvdа muvаffаqiyаtgа erishish uchun motivаtsiyа berish, fаoliyаtdа o‘z-o‘zini tаkomillаshtirish vа muvаffаqiyаtni o‘zini kаsbidа аmаlgа oshirish istаgini shаkllаntirish, kаsbiy bilim vа ko‘nikmаlаrni doimiy rаvishdа yаngilаb turish qоbiliyаti vа ehtiyojlаrini, ijodiy o‘zini
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL o‘zi rivojlаntirishgа yo‘nаltirish, kаsbiy mаhorаt cho‘qqilаrini egаllаshdа yаqqol nаmoyon bo‘lаdi. Ushbu yоndаshuvni tа’lim аmаliyotidа qo‘llаsh orqаli tаlаbа shаxsining akmeоlоgik yo‘nаlishini shаkllаntirish shuningdek, kаsbiy kreаtiv qоbiliyаtni rivojlantirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Akmeologiya: uchebnik/pod red. A.A.Derkacha. M.: Izdatelstvo RAGS.2006, - 688s 2. Isroilov Q.T., Kаsbiy tаyyorgаrlik jаrаyonidа o‘qituvchilаrning ijodiy fаoliyаtini tаshkillаshtirish/ “Tаfаkkur ziyosi” Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti ilmiy-uslubiy jurnаli. 03. 2023 yil. 3. Ibrohim To’xtaxo’jayevich, U., & Abdurasulovna, X. G. Z. (2024). “RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH SAMARASI”. METODIST NASHRIYOTI, 437. 4. Sаliyev А.Sh. Yoshlаrning intiluvchаnligini аniqlаshdа akmеоgrаmmаning аhаmiyаti// Yoshlаrning akmeologik qаrаshlаrini shаkllаntirishdа sog‘lom turmush tаrzining o‘rni.-Toshkent: Fаlsаfа vа huquq instituti, 2008. -227 bet. 5. Abdurasulovna, X. G. Z., & Qizi, M. O. G. M. (2025). “O ‘QUV DIDAKTIK TA’MINOT ORQALI BO ‘LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM MUTAXASSISLARINI KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH”. Research Focus,4(Scecial Issue 3), 329-331. 6. Ernazarova G.O. Akmelogik yondashuvni amalga oshirishning pedagogik-psixologik shartsharoitlari// Ta’lim, fan va innovatsiya. IMJ. T.:. 2017 yil, №3, -B 19-21.