Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 586 ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION METODLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI Gʻaniyeva Malika Sherali qizi Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17352277 Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik metodlarning mazmun-mohiyati, ularning turlari, amaliyotdagi qo‘llanilishi va ta’lim samaradorligiga ko‘rsatayotgan ta’siri chuqur tahlil etilgan. Innovatsion metodlar o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qilish, ularning mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, interaktiv uslublar, loyiha asosida o‘qitish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, konstruktiv va differensial yondashuvlar ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchining innovatsion yondashuvlarga bo‘lgan munosabati va ularni puxta o‘zlashtirishi ta’lim natijalarining sifati bilan bog‘liq ekani alohida ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Innovatsion metodlar, zamonaviy ta’lim, interaktiv yondashuv, loyiha asosida o‘qitish, AKT, pedagogik samaradorlik, o‘qituvchi roli. Аннотация. В статье подробно рассматривается сущность и значимость инновационных педагогических методов в контексте современного образовательного процесса. Анализируются их виды, формы реализации и влияние на повышение эффективности обучения. Инновационные подходы, такие как интерактивные методы, проектное обучение, использование информационно-коммуникационных технологий, конструктивный и дифференцированный подходы, способствуют формированию у учащихся навыков критического мышления, самостоятельности и креативности. Особое внимание уделяется роли преподавателя как основного проводника инноваций и важности его профессиональной подготовки в этом направлении. Ключевые слова: инновационные методы, современное образование, интерактивный подход, ИКТ, проектное обучение, педагогическая эффективность, роль преподавателя. Abstract. This article provides an in-depth analysis of the nature and significance of innovative pedagogical methods within the framework of modern education. It explores various types of innovative teaching strategies, their practical applications, and their impact on improving the overall effectiveness of the teaching and learning process. Methods such as interactive learning, project-based education, the use of information and communication technologies (ICT), and differentiated instruction are shown to play a crucial role in fostering students' critical thinking, independent learning, and creativity. Additionally, the article emphasizes the role of the teacher as a key agent in the successful implementation of innovations, highlighting the necessity of continuous professional development. Keywords: innovative methods, modern education, interactive teaching, ICT, projectbased learning, pedagogical effectiveness, teacher’s role.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 587 Kirish. Zamonaviy jamiyatda inson kapitali – ya’ni malakali, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, innovatsion qarorlar qabul qila oladigan shaxslar tayyorlash ta’lim tizimining bosh maqsadiga aylangan. Bunday shaxslarni shakllantirish uchun esa faqatgina an’anaviy ta’lim uslublari bilan cheklanib bo‘lmaydi. XXI asr ta’limi o‘quvchini o‘qitish ob’yekti sifatida emas, balki faol subyekt sifatida ko‘radigan, uning shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, innovatsion metodlar zamonaviy ta’limning ajralmas va strategik jihatdan muhim bo‘g‘inidir. Asosiy qism. Hozirgi davrda dunyo miqyosida kuzatilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar ta’lim tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bilimlar tez eskirayotgan, yangi kasblar va malakalar doimiy ravishda paydo bo‘layotgan bugungi kunda o‘quvchilarni mustahkam bilim bilan birga, o‘rganishni o‘rganishga, tanqidiy va tizimli fikrlashga, muammolarni hal qila olish va moslashuvchan bo‘lishga o‘rgatish zarur. Bu esa ta’lim jarayonini qayta ko‘rib chiqish, uni interaktiv, amaliy va o‘quvchiga yo‘naltirilgan metodlar asosida tashkil etishni talab qiladi. Innovatsion metodlar deganda o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, o‘quvchini dars jarayonining markaziy ishtirokchisiga aylantiruvchi, mustaqil bilim olish, axborotni tahlil qilish, yaratish va amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan usullar tushuniladi. Bunday metodlar qatoriga “Aqliy hujum”, “Munozara”, “Rol o‘ynash”, “Loyiha asosida o‘qitish”, “Kichik guruhda ishlash”, “Blits-so‘rov”, “Insert”, “Klaster” kabi usullarni hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish orqali amalga oshiriladigan interaktiv vositalarni kiritish mumkin. Ta’lim jarayonida innovatsion metodlarning joriy qilinishi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, muloqot qilish, qaror qabul qilish, jamoada ishlash kabi zamonaviy kompetensiyalarni shakllantiradi. Bu esa ta’limning asosiy maqsadiga - shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, innovatsion metodlar o‘qituvchidan yangilikka ochiqlik, doimiy izlanish, metodik tayyorgarlik va kasbiy kompetensiyani talab qiladi. O‘qituvchi - bu o‘z sohasining bilimdoni bo‘lish bilan birga, yangi metodlarni o‘zlashtira oladigan, dars jarayonini kreativ va samarali tashkil etuvchi mutaxassis bo‘lishi kerak. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Prezidentning sohaga oid farmon va qarorlarida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchilarni zamonaviy metodikalarga o‘rgatish, darslik va o‘quv dasturlarini yangilash masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Shu bilan birga, ta’limda raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, onlayn ta’lim platformalari va masofaviy o‘qitish tizimlarining rivojlanishi ham innovatsion metodlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Zamonaviy jamiyatda inson kapitaliya’ni malakali, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, innovatsion qarorlar qabul qila oladigan shaxslar tayyorlash ta’lim tizimining bosh maqsadiga aylangan. Bunday shaxslarni shakllantirish uchun esa faqatgina an’anaviy ta’lim uslublari bilan cheklanib bo‘lmaydi. Bilimlar tez eskirayotgan, yangi kasblar va malakalar doimiy ravishda paydo bo‘layotgan bugungi kunda o‘quvchilarni mustahkam bilim bilan birga o‘rganishga, tanqidiy va tizimli fikrlashga, muammolarni hal qila olish va moslashuvchan bo‘lishga o‘rgatish zarur.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 588 Bu esa ta’lim jarayonini qayta ko‘rib chiqish, uni interaktiv, amaliy va o‘quvchiga yo‘naltirilgan metodlar asosida tashkil etishni talab qiladi. 1. Nazariy asoslar: Innovatsion metodlar konstruktivizm, humanistic pedagogika, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim (activity-based learning) kabi nazariyalarga tayanadi: Konstruktivizm (J. Bruner, L. Vygotskiy, J. Piaget) - bilim inson tomonidan tajriba asosida “quriladi”, u tayyor shaklda berilmaydi.Humanistik pedagogika (K. Rojers, A. Maslou) - har bir o‘quvchi noyob shaxs sifatida qaraladi. Kognitiv ta’lim nazariyasi - bilimlar faqat yodlash orqali emas, balki anglash, tahlil qilish orqali shakllanadi. Innovatsiya tushunchasining keng talqini so‘zma-so‘z tarjima qilganda “innovatsiya” lotincha “innovation” – “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradi. Ta’limdagi innovatsiyalari – bu yangi metodlar, texnologiyalar, o‘quv jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish, ta’limni shaxsiylashtirish va informatizatsiyalashni o‘z ichiga oladi. Ta’limda innovatsiyalar kiritilishi sabablari bilimlar hajmining keskin ortishi o‘quvchilarning avvalgi yondashuvlarga nisbatan sust reaktsiyasi, zamonaviy kasblar uchun mos kompetensiyalarni shakllantirish zarurati, hayotga moslasha oladigan shaxslar tayyorlash ehtiyojidir. Innovatsion metodlarning turlari va ularning xususiyatlari: Innovatsion metodlar turli mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: Interaktiv o‘qitish metodlaribu o‘qituvchining faol ishtirokchilar (o‘quvchilar) bilan hamkorlikda bilimlarni shakllantirish jarayonidir. Masalan, “Aqliy hujum” (Brainstorming): tez fikr ishlab chiqish, ijodiy yondashuvga rag‘bat berish, “Fishbone” (sabab–natija tahlili): muammolar ildizini aniqlashda foydali, “Insert”, “Klaster”, “Venn diagrammasi” tushunchalarni grafik asosda tahlil qilishga xizmat qiladi. Ularning afzalliklari: Faollikni oshiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi, darsda zerikish kamayadi. 2. Loyiha asosida o‘qitish (Project-based learning)- bu metod shaxsning tanqidiy fikrlashi, ijodkorligi va o‘z mustaqil g‘oyalarini ilgari surishiga xizmat qiladi. Loyihalar real hayotdagi muammolarga asoslanadi, natija sifatida esa mahsulot yaratiladi (prezentatsiya, taqdimot, tadqiqot). Misol: 4-sinf o‘quvchilari “Iqlim o‘zgarishi” mavzusida loyiha tayyorlab, videorolik va bahsli taqdimot orqali o‘z g‘oyalarini ifoda etadi. 3. AKT asosida ta’limvizual materiallar orqali tushunishni osonlashtiradi, masofaviy ta’lim imkonini beradi, fikr almashinuvini kuchaytiradi. 4. Platformalar: Kahoot, Quizlet, Google Forms, Moodle, Zoom. 5. Muammoli o‘qitish (Problem-based learning)- o‘quvchilar berilgan muammoni hal qilish orqali yangi bilimlarni egallaydi. Bu metod muammoga analitik, tanqidiy yondashishni rivojlantiradi. Misol: Tabiiy fan darsida: “Nima uchun antibiotiklar viruslarga qarshi foydasiz?” - o‘quvchilar izlanib, fikr yuritadi, dalillar keltiradi. XULOSA. XXI asr - bu axborot va texnologiyalar asri bo‘lib, u insoniyat hayotining barcha sohalarini, xususan ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirmoqda. An’anaviy yondashuvlar asosidagi ta’lim endi zamon talablariga javob bermaydi. Yangi davr o‘zining yangi ehtiyojlarini, kompetensiyalarini va pedagogik yondashuvlarini talab qilmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 589 Ushbu ish doirasida olib borilgan tahlillar va kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion pedagogik metodlar -zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning muhim omilidir. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Abduqodirov A. A., “Pedagogik innovatsiyalar”,- Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.- 245 b. 2. Xolmurodova M. Sh., “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”, – Samarqand: Zarafshon, 2020. – 198 b. 3. G‘ulomova Z. M., “Ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish”, – Ilmiy-amaliy jurnal “Pedagogik mahorat”, 2022, №3, – B. 45–49. 4. Turayeva D. A., “Innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularning samaradorligi”, – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborotnomasi, 2021, №2. – B. 61–64. 5. Bobojonova M. T., “Ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari”, – Ilmiy-metodik jurnal “O‘qituvchi”, 2020, №4. – B. 33–36. 6. Davletshin S. R., “Interaktiv metodlar: nazariya va amaliyot”, -Toshkent: Fan, 2018. - 162 b. 7. Mirzayeva G. U., “Faol ta’lim metodlari: nazariy asoslar va amaliy yechimlar”, – TDPU magistrlik dissertatsiyasi, 2021. – 89 b. 8. Rasulova S. N., “Innovatsion texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish”, – Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Buxoro, 2022. – B. 102–106. 9. Azizov B. R., “Konstruktivizm nazariyasining ta’limdagi o‘rni”, – “Yangi O‘zbekiston” ilmiy pedagogik jurnali, 2023, №1. – B. 17–21.