MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Full text
167 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Bobomurodov Abdumurod Normo‘minovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix yo‘nalishi 4-kurs sirtqi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17352395 Annotatsiya: Hozirgi davrda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bugungi kun bolasi mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, axborotni tahlil qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalanishi zarur. Bu esa o‘qituvchidan yangi yondashuvlar, ilg‘or metodlarni qo‘llashni talab etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli va natijador tarzda tashkil etish usullaridir. Ular o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, o‘qishni qiziqarli va samarali qiladi. Maktabgacha ta’limda o‘yin asosidagi o‘qitish texnologiyalari yetakchi o‘rinda turadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘yin asosidagi o‘qitish texnologiyalari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, interfaol metodlar, loyiha metodi, muammoli o‘qitish, axborot texnologiyalari, pedagog, qobiliyat, yondashuv, bolalarning faolligi, ijodkorlik. Abstract: In the current era, the use of modern pedagogical technologies in the educational process is of great importance. Because today’s child needs to be raised as an independent thinker, creative person who can analyze information. This requires the teacher to use new approaches and advanced methods. Modern pedagogical technologies are methods for organizing the educational process in a goal-oriented, systematic and effective way. They strengthen the cooperation between the teacher and the student, make learning interesting and effective. Game-based educational technologies play a leading role in preschool education. Keywords: preschool and primary education system, modern pedagogical technologies, game-based teaching technologies, teacher-student cooperation, interactive methods, project method, problem-based learning, information technologies, pedagogue, abilities, approach, children’s activity, creativity. Анотатция: В современную эпоху применение современных педагогических технологий в образовательном процессе имеет большое значение. Ведь современного ребёнка необходимо воспитывать как самостоятельно мыслящую, творческую личность, умеющую анализировать информацию. Это требует от педагогика использования новых подходов и передовых методов. Современные педагогические технологии-это способы целенаправленной, системной и эффективной организации образовательного процесса. Они укрепляют взаимодействие педагога и ученика, делают обучение интересным и эффективным. Игровые образовательные технологии играют ведущую роль в дошкольном образовании. Ключевые слова: система дошкольного и начального образования, современные педагогические технологии, игровые технологии обучения, сотрудничество учителя и ученика, интерактивные методы, метод проектов, проблемное обучение, информационные технологии, педагог, способности, подход, детская активность, творчество.
168 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an’anaviy ta’lim yo’sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o’zgarishlardan iborat bo’lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo’yayotgan yoshlar ana shunday o’zgarishlarga ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo’lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o’z o’rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta’lim tizimida boy tajribalar yig’ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o’yinlari, kompyuterli o’qitish, individuallashtirilgan o’qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va hokazo. Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quvmetodik adabiyotlar, o’quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha sohaga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “20172021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 9sentyabrdagi PQ3261-son qarorlari, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017yil 30sentyabrdagi PF-5198 sonli Farmoyishi shular jumlasidandir. “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”ning paydo bo’lishi maktabgacha ta’lim mazmunini yangilash, umumiy amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni sinovdan o’tkazish va pedagoglar tomonidan o’qitishning yangi usullari va shakllarini o’rganish bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni qizg’in muhokama qilishning boshlanishi bo’ldi. Mahalliy maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlarni rivojlantirish normativ va dasturiy-metodik hujjatlarda aks ettirilgan. Ushbu ishda ta’limning barcha darajalari, metodologiya xizmati, ilm-fan va amaliyotning barcha darajadagi mutaxassislar ishtirok etib, birlashtirilgan ta’lim maskani yaratildi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida Respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda. Jumladan, MTTda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik topshiriqlar va ishlanmalar, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha zamonaviy shakl va usullarni ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada tahlil qilinmaganligi hamda ular singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo’naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati ijodkor emasligi, ta’limtarbiya sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi faktorlarni keltirish mumkin. Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va
169 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limni takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etishga qaratilgan. Hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi. Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Pedagogik faoliyatning samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lmog’i lozim: 1. Bilish qobiliyati . - Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushunt ira olish qobiliyat i - o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda to`g’ri fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o`quvchilarga etkaza olishi lozim. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati . - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’lik bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o`qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan tashqi belgilar asosida o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg’amas o`zgarishlarni ham faxmlab oladi. Ta’lim tizimida sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlar o’quvchilarga yangi bilim, ko’nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda yoshlarimizni o’ziga va boshqa insonlarga jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o’zgarishning vatanparvarlik g’oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham ko’zda tutadi. Demak, o’qituvchi pedagog o’z oldiga qo’yilgan murakkab mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish uchun hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak: -- zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi; -- dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazarda yangilashi; --axborot ta’lim texnologiyalarini va o’qitish vositalarini ta’lim berishda tadbiq etish, internet tarmog’i to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi va undan o’z bilimini oshirishda foydalana olishi. -- pedagogika mehnatining samaradorligini tahlil etish yo’llarini bilish va o’ziga o’zi baho bera olishi. --oilaviy ta’lim-tarbiya muammolari bo’yicha tasavvurlarini rivojlantirishi. -- umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar milliy g’oya va milliy mafkura iqtisodiy islohotlar mohiyatini tushunib olishi. --dars jarayonida pedagogika texnologiyalaridan unumli foydalanish yo’llarini bilishi. -- o’quvchilarning fikrlashlari va bir-birdari bilan fikr
170 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz almashishlari hamda do’stona muhit yaratish uchun sharoit yaratishi. --darsning samaradorligini oshirish uchun labaratoriya jihozlaridan foydalanish va mashg’ulotlar o’tkazishni o’zlashtirib olgan bo’lishi. --texnik vositalar va o’quv vositalardan foydalanish yo’llarini bilishi bolalarning barkamol inson bo’lib etishishida o’zining izlanishlari, ijodkorligi, tashabbuskorligi hamda betinim mehnatlari orqali ta’lim-tarbiya berish kabilardir. Maktabgacha ta’limda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar Maktabgacha ta’limda o‘yin asosidagi o‘qitish texnologiyalari yetakchi o‘rinda turadi. Eng samarali texnologiyalar quyidagilar: • Loyiha metodi-bolalar kichik loyihalar orqali o‘rganadi(masalan, “Tabiatni asraylik” mavzusi). • Interfaol metodlar-“Aqliy hujum”, “Rolli o‘yini”, “Rasm asosida hikoya tuzish” usullari. • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)-multimediali darslar, animatsion videolar, ta’limiy o‘yin dasturlari. • Montessori texnologiyasi-bolaning mustaqilligini va tabiiy rivojlanishini qo‘llabquvvatlaydi. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayoni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan texnologiyalar: • “Klaster” metodi-mavzuni tarmoqlab, tushunchalarni bog‘lash orqali o‘rganish. • “Insert” texnologiyasi-o‘quvchilar o‘qigan matndan yangi, tushunarsiz yoki qiziqarli ma’lumotlarni ajratib belgilaydilar. • Muammoli o‘qitish-o‘quvchiga muammo vaziyati beriladi, u yechim topadi. • “Aqliy hujum” va “Blits so‘rov”-fikrlashni rivojlantiruvchi interfaol usullar. • Axborot texnologiyalari-kompyuter, planshet, interaktiv doska orqali dars o‘tish. O‘qituvchining roli. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchi endi faqat ma’lumot beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, maslahatchi va hamkor sifatida ishtirok etadi. U o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, izlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Afzalliklari: 1) Ta’lim samaradorligini oshiradi; 2) O‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi; 3) Mustaqil fikrlashni rivojlantiradi; 4) Dars jarayonini qiziqarli va interfaol qiladi; 5) Shaxsiy yondashuvni ta’minlaydi. Xulosa. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash-bu kelajak avlodni zamon talablari asosida tarbiyalashning eng muhim sharti hisoblanadi. Har bir pedagog yangicha yondashuvni qo‘llab, bolalarning faolligi va qobiliyatlarini ochib bera olishi kerak. References: 1. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat-H.T.Omonov, M.B.Xattabov. Pedagogik qo‘llanma. 2. Pedagogik texnologiya-N.X.Avliyakulov, N.N.Musayeva darslik. 3. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat-N.N.Azizxodjayeva pedagogik qo‘llanma.
171 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 4. https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/boshlang-ich-ta-lim-fanlarini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texnologiyalarning-qo-llanilishi 5. https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/boshlang-ich-ta-lim-fanlarini-oqitishda-pedagogik-mahoratning-ahamiyati 6. https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/1520 7. https://yandex.ru/search/?clid=24229187&text=boshlang%27ich+ta%27lim+tizimida+zamonaviy+texnologiyalar&lr=10335