scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O'STIRISH

Umirova Xakima Bahodir qizi

Abstract

Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 599 KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O‘STIRISH Umirova Xakima Bahodir qizi Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17352535 Annotatsiya. Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: modernizatsiya, ijtimoiy hayot, kompetensiya, kommunikativlik, boshlang‘ich ta’lim, lug‘at boyligi. KIRISH. Bugungi globallashuv jarayonida, modernizatsiyalanayotgan, shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ta’limga innovatsion pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish bilan bir qatorda ta’limda o‘quvchilarning fanga doir bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish yetarli emasligi qayd etilmoqda. Hozirgi kunda o‘quvchilarda o‘quv predmetlari bo‘yicha faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emasligi ma’lum bo‘lmoqda. ASOSIY QISM. Hozirda ta’lim kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan ekan, kompetensiya so‘zining ma’nosini ko‘rib chiqamiz. “Competence” so‘zi “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi. Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim. Ta’lim kompetensiyasi o‘quvchini kelajakdagi to‘laqonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ba’zi bir kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani ularni o‘quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda biz ta’lim kompetensiyasi haqida gapiramiz. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqorolik kompetensiyasini o‘zlashtirsada, uni to‘laqonli ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi. Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar, o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan Shvetsariyaning va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan. Kommunikativ kompetensiya: jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish; o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 600 chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish. Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan yosh o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim. Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida shakllanadi va rivojlanadi. Bu o‘rinda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o‘qituvchi o‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur. O‘qituvining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchining o‘quv yurtidagi asosiy ishidir. Shuning uchun u ilmiy g‘oyaviy jihatdan yetuk va ommabop bo‘lishi, turmush bilan, o‘quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador bo‘lishi zarur. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so‘z, quruq nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lgan, rasmiyat uchun yuzaki o‘tkaziladigan dars (ma’ruza) va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‘oyaviy jihatdan yetarli darajada oziqlantirmaydi. Shu sababli, darslarni shunday tashkil qilish kerakki, ularning ta’sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak. Inson o‘z oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni til yordamida muloqot qilish orqali hal qiladi. Hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish ko‘proq ularni muhokama qilish, boshqalarga tushuntirib bera olish bilan chambarchas bog‘liq. Dunyo taraqqiyotida internatsionallashuv, globallashuv va axborotlashtirish tendensiyalarining kuchayib borishi kuzatilayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi ishtirokchilarini samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning samarali muloqotga tayyorlashni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchi va talabalarda tildan shunchaki foydalanuvchi shaxs sifatida emas, bu jarayonda til orqali o‘z shaxsiy sifatlarini namoyon etuvchi, unga milliy-madaniy, etnik belgilarni singdiruvchi, tilni saqlovchi va kelajak avlodlarga uzatuvchi lisoniy shaxs sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 601 Ta’limning uzluksizligi sharoitida ushbu maqsadga erishish uchun har qanday ta’lim muassasasi bitiruvchisi nafaqat kasbiy kompetensiyalarga, balki poydevorlari maktabda shakllanadigan, so‘ngra oliy ta’limda talabaning kasbiy yo‘nalishiga mos ravishda rivojlanib boradigan kommunikativ xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim bitiruvchisi tomonidan kommunikativ kompetensiyani egallashi “uning mehnat bozoridagi raqobatdoshligiga, kelajakda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi “ [1]. O‘qituvchilarimiz kognitiv-pragmatik usulda ishlashni – talabaga bilim berishni emas, uni yo‘naltirib, izlantirib, o‘ylantirib kuzatayotgan hodisalari asosida o‘z hukmini chiqarishini va uni ifodalashi lozimligini – o‘zlari uchun asosiy me’yor sifatida belgilab olishlari shart. Biroq kuzatgan darslarimizning ko‘pchiligida maktab o‘qituvchilarimiz o‘quvchini dars davomida, odatda, ta’limiy o‘yinlar vaqtidagina mustaqil izlanishlariga yo‘l beradilar. Boshqa paytlarda esa, “darsning asosi” ni o‘qituvchi tushuntiradi, o‘qituvchi dastur va darslikda belgilangan mavzuni o‘quvchiga (og‘zaki bayon usulida) tayyor holda beradi. Talabaning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar - bu ijtimoiy buyurtma, Davlat standarti, muassasaning ta’lim maydoni, ta’limning uzluksizligi, shuningdek, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga turtki (motiv) berish, integratsion aloqalar, o‘quv-uslubiy ta’minot, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullaridir. Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda uzluksizlik prinsipidan foydalanish bu “ta’lim dasturlarini moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, dastlabki tayyorgarlikdan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Bir o‘quv dasturidan “chiqish” tabiiy ravishda ikkinchisiga “kirish” bilan “bog‘lanish” kerak, deb taxmin qilinadi. Uzluksiz ta’lim sharoitida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun barcha tizimlarning umumiy maqsadlari asosida barcha dasturlarni boshidan oxirigacha standartlashtirish zarur”. [5]. Oliy ta’limda talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish barcha fanlar bo‘yicha (gumanitar, tabiatshunoslik, kasbiy, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarda) amalga oshiriladi. Gumanitar fanlarning mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma matn tuzish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi. Tabiatshunoslik fanlari yuqori darajadagi umumlashtirishni, sabab-oqibat aloqalarining mavjudligini nazarda tutadi, bu esa kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda bilimlarni oshirishga imkon beradi. Oliy ta’limda didaktik materiallar kommunikativ faollik, o‘quvchilar faolligi, interaktiv faollik, topshiriq va kompetensiyalar faolligini o‘z ichiga olgan didaktik prinsipga asoslangan bo‘lishi kerak. XULOSA VA MUNOZARA Xulosa, mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida joriy etilgan yangi ta’lim standartlari va fan dasturlari o‘quvchilarda kommunikativ qobiliyatni shakllantirish va takomillashtirish bilan uzviy bog‘liq ekanligi sababli istiqbolda katta o‘zgarishlarga olib keladi. Ularning amalga oshishi esa, ta’lim tizimining asosiy shaxslari – o‘qituvchi va o‘quvchilarning oldilariga qo‘yilgan vazifalarni qanchalik his etishlari, ularni sidqidildan bajarishga intilishlari hamda har bir fan mutaxassisi o‘z fanining kommunikativ jihatini ochib bera olishi bilan uzviy bog‘liq. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 602 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Zimnyaya, I.A. Ta’limda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning natija-maqsadli asosi sifatida asosiy kompetensiyalar. Muallif versiyasi / I.A. Qish - M .: Tadqiqot. Mutaxassislar tayyorlashda sifat muammolari markazi, 2014.–40 b. 2. Safonova V.V. Madaniyatlar va tsivilizatsiyalar muloqoti kontekstida xalqaro muloqot tillarini o'rganish [Matn] / V.V. Safonov. Voronej: Origins, 2016. - 237 p. 3. Sedov, K.F. Nutq va shaxsiyat: kommunikativ kompetentsiya evolyutsiyasi / K.F.Sedov.- M., 2014. 4. Smorodinova M.V. Maktab ta’limi tizimida kompetensiyaviy yondashuvning o‘rni//Yosh olim. -2010. - № 12. T.2. -C.110-112. URLhttps://molouch.ru/archive/23/2353/ (kirish sanasi: 26.02.2020) 5. Xutorskoy A.V. Ta'lim standartlarining umumiy fan mazmuni / A.V. Xutorskaya. - M .: Yangi ta'lim texnologiyalari instituti, 2012 yil.