MAHMUDXO'JA BEHBUDIY- MA'RIFAT VA MA'NAVIYAT YO'LIDA YO'LCHI YULDUZ
Abstract
Mazkur maqolada jadidchilik harakatining rahnamosi,milliy matbuot va taetr asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi beqiyos o‘rni va uning ma‘naviyatimizdagi roli qolaversa, yosh avlod uchun qoldirgan boy merosi haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar:Turkiston,jadidchi,taraqqiyparvar, ma‘rifat, drama, teatr
Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 16 MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYMA‘RIFAT VA MA‘NAVIYAT YO‘LIDA YO‘LCHI YULDUZ Ahrorova Jasmina Asror qizi Alfraganus universiteti O‘zbek tili va adabiyoti 4-bosqich talabasi [email protected] Annotatsiya:Mazkur maqolada jadidchilik harakatining rahnamosi,milliy matbuot va taetr asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi beqiyos o‘rni va uning ma‘naviyatimizdagi roli qolaversa, yosh avlod uchun qoldirgan boy merosi haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar:Turkiston,jadidchi,taraqqiyparvar, ma‘rifat, drama, teatr Annotation: This article discusses the unique role of Mahmudkhoj Behbudi, the leader of the Jadid movement and the founder of the national press and theater, in the Jadid movement, his role in our spirituality, and the rich legacy he left for the younger generation. Keywords: Turkestan, jadidist,progressive,enlightenment, drama, theater KIRISH:O‘zbek milliy uyg‘onish davrining yirik namayondalaridan Turkiston xalqining milliy qahramoni, jadidchilik harakatining karvonboshisi, ma‘rifatchi, o‘zbek milliy matbuotining asoschisi, o‘zbek teatriga tamal toshini qo‘ygan buyuk siymo, yangi usuldagi maktablarni tashkil etish tashabbuskori, birinchi o‘zbek dramaturgi, noshir, jurnalist, qozilikdan muftilik darajasiga ko‘tarilgan diniy va dunyoviy ilmlarni baravar egallagan katta bilim egasi sifatida tarixda va qalbimizda o‘chmas iz qoldirgan. Jadidchi bobomizning yosh avlod qolaversa, o‘zbek millati uchun qoldirgan boy merosi “Padarkush” dramasi misolida o‘rganamiz. Behbudiy tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab tahlikali davrda yashadi.O‘z zamonining ilg‘or namayondasi bo‘lmish taraqqiyparvar jadidlar
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 17 g‘oyat qiyin vaziyatda bilim va ma‘rifatni yoyish, ta‘lim tarbiyani tubdan isloh isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan jadidchilik maydoniga kirib kelgan. Behbudiy nomi faqatgina Turkiston ziyolilariga emas,balki mamlakat sarhadlaridan oshib Osiyo va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ham ma‘lum va mashhur.Shu bois uning hayoti, faoliyati deyarli bir asrdan buyon tarixchi, adabiyotshunos, huquqshunos, san‘atshunos olimlar qolaversa, keng jamoatchilik nazar-e‘tiborida.Uning ijtimoiy-ijodiy faoliyati turli soha mutaxassislari tomonidan tadqiq qilinmoqda, adabiy merosi chop etilmoqda.Behbudiy jamiyatimizning eng og ‘ir davrida yashab xalq ommasining parokandaligi,ijtimoiy-huquqiy ongining pastligidan aziyat chekib,buning yechimini topishga kirishadi.Dastlab taraqqiyparvar bobomiz Behbudiy safdoshlari bilan hurriyat uchun kurashning dastlabki va zaruriy bosqichi millatni ma‘rifat bilan “qurollantirish” ni tanlaydi.Jadidchilik harakatining asoschilaridan biri sifatida yangicha tizimni shakllantirishga harakat qilgan.U an‘anaviy madrasalar o‘rniga yangi usul maktablarini tashkil etib, zamonaviy fanlarni o‘qitish tarafdori bo‘lgan.Samarqandda ochgan yangi usul maktabi orqali yosh avlodga tarix, geografiya, matematika, tibbiyot kabi fanlarni o‘qitish muhim ekanligini targ‘ib qiladi.Behbudiy ayollarning ta‘limiga katta e‘tibor qaratib, ularning zamonaviy ta‘lim olishlarini yoqlagan.So‘ng Behbudiya nomi bilan mashhur bo ‘lgan “Qiroatxonayi Behbudiya” kutubxonasini ochadi.Savod alifbodan boshlanadi.Turkiston o‘lkasida birinchi bo‘lib alifbo darsligini yaratadi va uni “Risolayi asbobi savod” deb nomlanadi.Ushbu alifbo jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatida bir necha bor nashr qilinadi.Shu bilan cheklanibgina qolmay milliy matbuotga asos solishga kirishadi.Jumladan “Samarqand”, gazetasi “Oyina” jurnalini tashkil etib,unda xalqni ma‘rifatli qilish, ularning dunyoqarashini kengaytirish yo‘lida ulkan ishlar olib bordi.Millatni qoloqlikdan,ilmsizdan olib chiqish uchun ma‘rifatga chorlovchi shunday maqolallar chiqara boshlaydi. Behbudiyning fikrlari barcha zamon uchun birday ahamiyatli.Zero,mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlardan
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 18 ko‘zlagan bosh maqsad ham, ulug ‘ millatparvar orzu qilganidek,mamlakat boshqaruvida har bir fuqaro ishtirok eta oladigan mutaraqqiy jamiyatni barpo etishdan iboratdir. Turkiy xalqlarni o‘zaro hamkorlikka chaqiradi.Adabiy va forsiyni imkon qadar kamroq qo’llab, taraqqiy etgan turkiy shevalardagi ilmiy va fanniy kitoblarni anglashga sa‘y va g‘ayrat etmoq kerakligini ta‘kidlaydi.Mahmudxo‘ja Behbudiy usuli jadid maktablari tarmoqlarini kengaytirish, zamonaviy o ‘qituvchilar tarbiyalash sohasidagi Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li faoliyatini qo‘llab-quvvatladi, unga madadkor bo ‘ldi: “Turkistonda muallim chiqormak uchun dorulmuallimin bo‘lmasa ham, har shaharda usuli ta‘limdan xabardor bir-ikki nafar muallim albatta bordur.Ana muallimlikka tolib kishilarni alarning huzuriga yuborub, uch-to‘rt oy zarfida usuli ta‘limdan xabardor qildirmoq mumkundir.Agar bilfarz, ushbu xizmatni muallimlarimiz iltizom qilmasalar, ul holda muallimlikka havaskor yoshlarni biroz zahmatlik bo‘lsa ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentda Munavvarqori janoblarining maktabig‘a yubormoq kerakdurki, mushorun ilayhning munday toliblarni mamnuniyat qabul qilmoqlarig‘a amindurmiz. Ishta,muhtaram qarindoshlar,millatimizning tilagi va eng zo‘r ehtiyoji ushbu shaylar ediki, nazari oliylaringiza arz-u taqdim etduk”. Behbudiy o‘z rahnamoligida ochgan maktablari uchun darslik yozgan,nashr ettirgan va ularni “tekinga tarqatgan” yagona muallim edi.Kutubxonalar tarkibiga kiruvchi nashriyotlar faoliyati bugungi kunda ham davom etayotgan jarayondir. “Behbudiya kutubxonasi” hamda “Nashriyoti Behbudiya” ham birgalikda xalqqa xizmat qilgan,Behbudiyning jadid qiyofasini yoritib turuvchi ziyo maskanlari edi desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. U qrim-tatar ma‘rifatparvari, Rossiya musulmonlari orasida yoyilgan jadidchilik—yangilanish harakatining asoschisi Ismoil Gasprinskiyning sodiq muxlislaridan, shogirdlaridan biri desam aslo xato bo‘lmas.Chunki uning fikrlari, qarashlari ko‘pda Gasprinkiy tutgan yo‘lga, olib borgan ishlariga muvofiq tushgan.Bu holni taraqqitparvar bobomiz o‘z maqolalarida ham tilga oladi.Nemis olimasi professor Ingeborg Balduaf ta‘kidlashicha, Behbudiy Gasprinskiyning “musulmon jamiyati ijtihod
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 19 eshiklarini lang ochib, yaxshilik tomon yuz tutadi, hozirda hukm surib turgan bi‘at, xurofotdan xolos bo ‘ladi” degan fikrlarni jon-dildan ma‘qullar o‘zi ham shu fikrda edi.Behbudiy o‘z maqolalarida “taraqqiyparvarlar g‘ofil bo‘lmasun degan gapni ko‘p takrorlaydi. “Qulil haqqa valav kana murran” -Achchiq bo‘lsa ham haqiqatni aytgin”. Ha, haqiqat-achchiq.Hikmatdan murod-tarixga,zamonga,taraqqiyotga tegishli achhiq haqiqatni o‘z ‘rni va o ‘z vaqtida aytish lozim.Jadidlarning dunyo va taraqqiy zamon bilan hamnafas bo‘lish degan g‘oyasi zaminida benihoya ulkan g‘oya mujassam.Behbudiy bu yorug‘ olamda bo‘layotgan voqeahodisalardan,yangiliklardan,kashfiyotlardan,nashr bo‘layotgan kitoblardan boxabarlikni tashviq qiladi.Buning uchun zamondoshlarini ma‘rifatga, ilm olishga, tillarni o‘rganishga, ayniqsa, dunyoning to‘rt tarafidan bet‘xtov kelib turgan gazeta va jurnallarni o‘qishga chaqiradi.Zamon bilan hamqadam bo‘lish mutaraqqiy dunyo ahli bilan hamnafas bo‘lish yo‘lida Behbudiy ulamo bilan yoshlarni tayanch deb biladi.Yoshlarni o‘qitish kerakligini takror va takror ta‘kidlaydi. Qaysi mavzuni yozib muhokama qilishdan qat ‘iy nazar , hamisha taraqqiy va yuksalishdan so‘z ochadi; hamisha taraqqiy etgan yuksalgan dunyo millatlari va mamlakatlariga havaslanib qaraydi.Eng muhimi, taraqqiyot negizi bo‘lgan islohotga, bilim olishga,dunyoning rivojlangan mamlakatlari holiga nazar solishga undaydi.Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi dramatik asar yaratdi.Ungacha mazkur hududda na turkiy, na forsiy tilda drama janrida bironta asar yaratilmagan edi.Behbudiy davri uchun bu katta hodisa edi.O‘zbek teatriga tamal toshini qo‘ydi.Jumladan yosh avlodga qoldirgan boy merosi “Padarkush” (Yoxud o ‘qimagan bolaning holi) asari dunyo yuzini ko‘rishi oson kechmadi. “Padarkush” – o ‘zbek dramachiligining hamma yakdil e‘tirof etgan birinchi namunasidir.Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan birinchi asar sifatida baholaydilar.Asarda jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi.Behbudiyning o‘zi ixcham “milliy tragediya” deb ta‘riflagan bu asar millatning o‘z farzandlarni o‘qitish, ma‘rifatli qilish, o‘zi mansub bo‘lgan
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 20 jamiyatni yuksaltirishga har jihatdan qodir bo‘lishga qaramay, bu ezgu amallarni bajarishdan bosh tortgan kishilarning qismati haqidagi bashorat edi.Behbudiy asar g‘oyasini keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar,xarakterlar kurashi asosida ko‘rsatishdan ko‘ra dramaning ayrim qismlarida ta‘lim-tarbiya orqali mamlakatni rivojlantirish mumkinligini hamda turkistonlik yoshlarning ilm olishdan bosh tortishlari yomon oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatishga, ya‘ni didaktik tasvirga urg‘u beradi.Orqa-oldini o‘ylamagan boy va uning o‘qimagan o‘g‘li Toshmurod. Boy atrofdagilarning gapiga kirmaydi, o‘g‘lini o‘qitmaydi, oqibatda u ko‘cha bezorilariga qo‘shiladi.Restoranda maishatga puli yetmay,sheriklarini tunda uyiga boshlab keladi.Boy ularni sezib qoladi.Boyni o‘ldirib, pulini olib ketadilar.Asarning xuloasi shundan iboratki, jaholat va nodonlik otaning ham, bolaning ham boshiga yetdi. XULOSA.Tarixga murojaat qilar ekanmiz to‘g‘risi , Behbudiy yozgan asarlari tarkibida kelgan dunyoga mashhur allomalar, shaxsiyatlarning nomlari va ular qoldirgan meros sanog‘i ning o‘ziyoq odamni hayratga soladi.Behbudiy o‘z maqola va risolalarida sanagan kitoblarini o‘qib, mag‘zini chaqib, hammasini siz-u bizga taqdim etgan. Hayhot, hayhot Behbudiyni anglamaganlar va anglashni xohlamaganlar, o‘qimaganlar va o‘qishni istamaganlar hali bugun ham mug‘ombirona miyig‘ida kulib qo‘yishadi; ezgu g‘o‘yalarni avvaldan qolgan asotirlar” deb atashadi.Holbuki,bugun iymon va vijdonga ko‘z tutadigan zamondir.Behbudiyni anglaydigan va uning borlig‘ini har kimga anglatadigan zamondir.Bugun ilm zamoni, Behbudiy xohlagan hurriyat zamoni.Bu kunlar qadriga yetmoq kerak.Dunyo ahli bilan,mutaraqqiy millatlar bilan do‘st, inoq, hamkor, hamfikr bo‘lmoq kerak.Biz ham aql zahiralarini ishlatadigan zamon muhitida yashamoqdamiz.Zotan, ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritmoq uchun inson o‘laroq, komil inson o‘laroq yashamoq kerak.Behbudiy hazratlari shunday saboq beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 21 1. Jadidlar Mahmudxo ‘ja Behbudiy Yoshlar nashriyoti uyi Toshkent2022. 2. Behbudiy, Mahmudxo ‘ja .Tanlangan asarlar. Tuzilgan va to ‘ldirilgan 3-nashri (Nashrga tayyorlovchi, so ‘zboshi va izohlar muallifi Begali Qosimov)- Toshkent: Ma ‘naviyat , 2006. 3. Bahodir Karimov 2025-yil 8-aprel Konfrensiya to ‘plam. 4. Behbudiy Mahmudxo ‘ja .Tanlangan asarlar. -Toshkent. Ma ‘naviyat ,1997 -232 b. Mahmudxo ‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar 1-jild.- Toshkent : Akademnashr 2018.