MADANIY FESTIVALLARNING JAMIYATDAGI O'RNI
Abstract
Ushbu tezisda festivallarning kelib chiqishi, ularning turlari, madaniy va tarixiy ahamiyati, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan milliy va xalqaro festivallarning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Festival, madaniyat, an’ana, san’at, “Sharq taronalari”, “Asrlar sadosi”, “Lazgi”, “Toshkent Jazz festivali
Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 22 MADANIY FESTIVALLARNING JAMIYATDAGI O‘RNI Erkinova Munavvar Zoxidjon qizi NamDTU qoshidagi 2-sonli Akademik litseyi Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi El.pochta: [email protected] Annotatsiya: Ushbu tezisda festivallarning kelib chiqishi, ularning turlari, madaniy va tarixiy ahamiyati, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan milliy va xalqaro festivallarning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Festival, madaniyat, an’ana, san’at, “Sharq taronalari”, “Asrlar sadosi”, “Lazgi”, “Toshkent Jazz festivali”. Kirish “Festival” atamasi fransuzcha festival so‘zidan olingan bo‘lib, u o‘z navbatida lotincha festivus (“bayramona”, “quvnoq”) so‘zidan kelib chiqqan. Dastlab bu so‘z diniy marosimlar va bayram kunlarini anglatgan bo‘lsa, keyinchalik san’at, madaniyat, texnologiya va boshqa sohalardagi ommaviy tantanalarni ifodalash uchun qo‘llanila boshlandi. Festivallar insoniyat madaniyatida qadimdan muhim o‘rin tutgan. Ular xalqni birlashtiruvchi, madaniy merosni avloddan avlodga yetkazuvchi, ijtimoiy muloqotni kuchaytiruvchi vosita sifatida shakllangan. Festival so‘zi turli tillarda turlicha izohlangan bo‘lib, uning ingliz va turk tilaridagi izohlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ingliz tilida 1 “festival” so‘zi 1580-yillarda “bayram kuni” yoki “tantanali kun” ma’nosida ishlatilgan. Bu so‘z qisqacha “festival day” (14-asr oxiri) iborasidan kelib chiqqan. U eski fransuz tilidagi festival (sifat) so‘zidan olingan bo‘lib, “ziyofat uchun mos, tantanali, ajoyib, xursand” degan ma’nolarni bildirgan. Bundan tashqari, o‘rta lotin tilidagi festivalis 1 https://www.etymonline
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 23 (“ibodat bayramiga oid”) so‘zidan, u esa festum (festival, bayram) va festus (“ziyofatga oid”) so‘zlariga borib taqaladi. Mazkur tushuncha 19-asrda ba’zi maxsus ma’nolarda ingliz tilidan yana fransuz tiliga qaytgan. Asosiy qism: Ilk bor XVIII asr boshlarida Buyuk Britaniyada yuzaga kelgan. XX asrdan xalqlararo keng tarqalgan hisoblanadi. O‘zbekiston festivallari asosan xalqning tarixiy, madaniy va diniy qadriyatlarga asoslangan. Ularning kelib chiqishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi va turli davrlarning madaniy qatlamlarini aks ettiradi. “Navro‘z” bayrami, Qovun sayli kabi festivallar tarixiy jarayonlar davomida shakllanib, milliy o‘zlikni saqlab qolishda muhim rol o‘ynagan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin festivallar yangi ahamiyat kasb eta boshladi.Ushbu davrdan boshlab festivallar milliy madaniyat, an’analar va tarixni ulug‘lash, xalqni birlashtirish va milliy o‘zlikni tiklash vositasi sifatida qayta tashkil etildi. Milliy festival va bayramlar o‘zbek xalqining tarixiy merosini, madaniy boyliklarini va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish uchun muhim vosita bo‘ldi. Bugungi kunda festivallar turli shakllarda namoyon bo‘ladi: 1. Musiqa festivallari (masalan, “Sharq taronalari”) 2. Gastronomiya festivallari 3. Texnologiya festivallari 4. Madaniyat va san’at festivallari (“Asrlar sadosi”) 5. Mahalliy milliy festivallar (“Navro‘z”, “Qovun sayli” va boshqalar) O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng festivallar milliy o‘zlikni tiklash, tarixiy qadriyatlarni ulug‘lash va madaniyatni rivojlantirish vositasi sifatida keng rivojlandi. Misol uchun: “Sharq taronalari” – Samarqandda o‘tkaziladigan xalqaro musiqa festivali bo‘lib, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 24 “Asrlar sadosi” – milliy madaniyat, hunarmandchilik, urf-odat va xalq og‘zaki ijodini targ‘ib etuvchi an’anaviy festival. “Lazgi xalqaro raqs festivali” – Xiva shahrida o‘tkazilib, O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosini jahon miqyosida tanitadi. “Toshkent Jazz festivali” – zamonaviy musiqa yo‘nalishini targ‘ib etuvchi xalqaro madaniy loyiha. Barchamizga ma`lum bo`lgan Gullar festivali – Namangan shahrida har yili o‘tkaziladigan gulchilikka asoslangan festival. 2 Namangan shahrida ilk bor gul koʻrgazmasi 1961-yilning 24-27-avgust kunlari tashkil etilib, u bayram sifatida anʼanaga aylandi. Keyingi uch yil ichida bogʻ, gulchilik, gullar festivali misli koʻrilmagan darajaga koʻtarildi. Hatto, turnaqator gullar karvoni tashkil etildi. XIX asrda ushbu xiyobon(Bobur bogʻi) oʻrnida „Gulzor“ nomli mahallasi mavjud boʻlgan. Bu yerda aholi gullar yetishtirish, gulli ichimliklar, nektarlar, gullardan turli xil shirinliklar va ziravorlar hamda guldan asal ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Baʼzi gul turlarining barglaridan va ildizlaridan shifobaxsh damlamalar tayyorlangan. Gul ishlab chiqaruvchilar mahallasining shuhrati Qoʻqon xoni Xudoyorxonga yetib bordi va u bu yerda madrasa qurishga qaror qildi. Aholini shaharning boshqa qismlariga koʻchirib, binolar qurilishi boshlanadi. Har yili oʻtkaziladigan tantanalarda ham gul ishlab chiqaruvchilarning ishtirokchilari, ham goʻzallikning muxlislari tobora koʻpaya bora boshladi. Bayram tantanalari may oyining oxirida, gullar eng chiroyli koʻrinishda boʻlganda va gul ishlab chiqaruvchilar oʻz sanʼatlarining barcha zavqlarini namoyish etishlari mumkin boʻlgan paytda oʻtkazish anʼanaga aylandi. 2018-yildan boshlab „Gullar bayrami“ „Gullar festivali“ deb oʻzgartirildi va Xalqaro maqomga ega boʻldi. Chunki unda nafaqat Oʻzbekiston, balki qoʻshni mamlakatlarning gul ishlab chiqaruvchilari ham ishtirok eta boshladi. Xulosa: Festivallar — millatning madaniy xotirasini saqlovchi, xalqaro do‘stlikni 2 https://namangan.uz/uz/yangiliklar-2/2556-namangan-shahrida-bo-lib-o-tadigan-60-xalqaro-gullar-festivali
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 25 mustahkamlovchi, san’at va ijodkorlikni rivojlantiruvchi muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. Ular nafaqat xalqning tarixiy o‘zligini ifodalaydi, balki zamonaviy madaniyatni global miqyosda namoyon etadi.