scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABLARDA INGLIZ TILI TA'LIMINING HOZIRGI HOLATI VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDANFOYDALANISH MUAMMOLARI

Shoisayeva Dilxumora Shojalil qizi

Abstract

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida ingliz tili oʻqitishning hozirgi holati va bujarayonda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ingliz tili ta'limini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuvlarning oʻrni, xususan, sun'iy intellektning afzalliklari va qoʻllashdagi mavjud muammolar yoritib beriladi. Shuningdek, texnologik vositalarni joriy etishda uchraydigan metodik va texnik cheklovlar, oʻqituvchilarning malakasi hamda oʻquvchilarning qabul qilish imkoniyatlari oʻrganiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari MAKTABLARDA INGLIZ TILI TAʼLIMINING HOZIRGI HOLATI VA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDANFOYDALANISH MUAMMOLARI Muallif: Shoisayeva Dilxumora Shojalil qizi 1 Affiliyatsiya: Doktorant, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik milliy mahorat instituti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17355841 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada umumtaʼlim maktablarida ingliz tili oʻqitishning hozirgi holati va bujarayonda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ingliz tili taʼlimini samarali tashkil etishda innovatsion yondashuvlarning oʻrni, xususan, sunʼiy intellektning afzalliklari va qoʻllashdagi mavjud muammolar yoritib beriladi. Shuningdek, texnologik vositalarni joriy etishda uchraydigan metodik va texnik cheklovlar, oʻqituvchilarning malakasi hamda oʻquvchilarning qabul qilish imkoniyatlari oʻrganiladi. Kalit soʻzlar: ingliz tili taʼlimi, sunʼiy in tellekt texnologiyalari, zamonaviy oʻqitish vositalari, oʻqitish samaradorligi, metodik muammolar, taʼlim jarayoni. KIRISH Bugungi globallashuv davrida ingliz tili taʼlimining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ingliz tilinafaqat xalqaro muloqot vositasi, balki ilm-fan, texnologiya va biznesning yetakchi tili sifatida ham tan olingan. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida ingliz tilini oʻqitish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, umumtaʼlim maktablarida ingliz tili darslari sifatini oshirish, zamonaviy metodikalar va texnologiyalarni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida taʼlim jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalari keng kirib kelmoqda. Sunʼiy intellekt (SI) oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqish, individual taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, interaktiv mashgʻulotlarni tashkil etish hamda oʻquvchilarning bilim darajasini tezkor baholash imkoniyatlarini yaratmoqda. Ingliz tili taʼlimida SI asosidagi platformalar — chat-botlar, ovozli yordamchilar, avtomatik tarjimon dasturlar, onlayn test tizimlari va adaptiv oʻqitish vositalari keng qoʻllanilmoqda. Biroq amaliyotda bu imkoniyatlardan samarali foydalanishda bir qator muammolar ham mavjud. Jumladan, maktablarda texnik jihozlarning yetishmasligi, internet tezligi va barqarorligining pastligi, oʻqituvchilarning yangi texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalari yetarli emasligi jarayonni sekinlashtirmoqda. Shuningdek, metodik jihatdan SI texnologiyalarini ingliz tili darslariga toʻgʻri integratsiya qilish masalasi ham dolzarbligicha qolmoqda. Shunday qilib, ushbu maqolada umumtaʼlim maktablarida ingliz tili oʻqitishning hozirgi holati, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda amaliyotda uchraydigan muammolar ilmiy tahlil qilinadi. Mazkur masalani yoritish orqali ingliz tili taʼlimida samaradorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda metodik hamda tashkiliy takliflar ishlab chiqish koʻzda tutiladi. Oʻzbekiston Respublikasida ingliz tilini umumtaʼlim maktablarida oʻqitish tizimi tarixiy, ijtimoiy va siyosiy omillar taʼsirida shakllangan “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari boʻlib, uning rivojlanish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshib kelmoqda. Ingliz tili oʻqitishining hozirgi metodik asoslari va tizimiy yondashuvlari, avvalo, mustaqillikdan keyingi taʼlim siyosatida xorijiy tillarga, ayniqsa ingliz tiliga berilgan eʼtibor bilan chambarchas bogʻliqdir. ASOSIY QISM Mustaqillik yillaridan soʻng Oʻzbekistonda xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini oʻqitish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ayniqsa 2012-yil 10dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–1875sonli Qarori ushbu jarayonda tub burilish yasadi. Qarorga koʻra, ingliz tilini oʻqitish maktabgacha taʼlimdan boshlanishi belgilandi, boshlangʻich sinflardan boshlab majburiy oʻqitish joriy qilindi, yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqildi va malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. 2017-yilda qabul qilingan “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” va 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026)” hujjatlarida chet tillarini oʻrganishning samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha aniq vazifalar belgilanadi. Bu esa ingliz tilini oʻqitish tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. 2021-yilda qabul qilingan PQ–5050-sonli Prezident qaroriga binoan, chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitish, moslashuvchan metodikalar ishlab chiqish, interaktiv platformalardan foydalanish, hamda baholashni avtomatlashtirish mexanizmlarini tatbiq etish ustuvor vazifa sifatida koʻrsatildi. Rasmiy statistik maʼlumotlarga murojaat qiladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (2023) bergan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda jami 10 300 dan ortiq umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritmoqda. Shulardan: ⎯ 700 dan ortiq maktabda ingliz tili chuqurlashtirib oʻqitiladi; ⎯ 220 dan ortiq ixtisoslashtirilgan chet tillar maktablari tashkil etilgan; ⎯ Prezident maktablari, ijod maktablari, temurbeklar maktablari va AKTga ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tili zamonaviy texnologiyalar asosida oʻqitilmoqda; ⎯ 2024-yil holatiga koʻra, umumtaʼlim maktablarida ishlayotgan ingliz tili oʻqituvchilari soni 65 mingdan ortiq boʻlib, ularning atigi 18% i CEFR tizimi boʻyicha B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega. Hozirgi paytda umumtaʼlim maktablarining koʻpchiligida ingliz tili haftasiga 2–3 soat oʻqitiladi. Ayrim ixtisoslashgan maktablarda bu 5–6 soatgacha yetadi. Taʼlim 1-sinfdan boshlanib, 11sinfgacha davom ettiriladi. 5–11-sinflar uchun ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari davlat standartlari asosida yangilangan boʻlsa-da, ularning sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan integratsiyalashgan variantlari hali toʻliq ishlab chiqilmagan. Metodik taʼminotga kelsak, “Fly High”, “Teens English”, “Prepare” kabi darsliklar asosiy manba boʻlib qolmoqda. Ayrim maktablarda “Oxford”, “Cambridge”, “Macmillan” nashriyotlarining resurslaridan foydalanish amaliyoti mavjud. Biroq, AI vositalariga moslashtirilgan, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq mashgʻulotlar yoki diagnostik modellar hali keng joriy etilmagan. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish tizimi tarixan muayyan bosqichlardan oʻtgan boʻlsa-da, aynan hozirgi bosqichda uning rivojlanishi davlat 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Bu sohada olib borilayotgan islohotlar, texnologik yangilanishlar va xalqaro tajribalarni tatbiq etish zarurati taʼlim sifati, oʻquvchilar kompetensiyasi va oʻqituvchilarning malakasiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Ammo mavjud metodikalar, resurslar va oʻqituvchilik salohiyati zamonaviy sunʼiy intellekt vositalari bilan chuqur uygʻunlashmaganligi tufayli, yangi pedagogik yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Ushbu ehtiyojni qondirish esa innovatsion lingvodidaktik model ishlab chiqishni talab etadi Ingliz tili taʼlimining amaliy holati va tizimdagi dolzarb muammolar Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablarida ingliz tilini oʻqitishning davlat siyosati darajasida qoʻllabquvvatlanishiga qaramay, amaliyotda ushbu fanni sifatli oʻqitishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Ingliz tili taʼlimining bugungi holati murakkab va koʻp omilli muammolar tizimida namoyon boʻlib, bu sohada chuqur islohotlarni talab etadi. Quyida mavjud muammolar toʻrt asosiy yoʻnalish boʻyicha ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Birinchidan, ingliz tili oʻqituvchilarining malaka darajasi va metodik tayyorgarligi hali ham yetarli darajada emas. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil holatida respublika boʻyicha 65 mingdan ortiq ingliz tili oʻqituvchisi faoliyat yuritmoqda, biroq ularning faqatgina 18 foizi CEFR (Common European Framework of Reference) darajasida B2 yoki undan yuqori malaka sertifikatiga ega. 2020–2024-yillarda amalga oshirilgan sertifikatlash jarayonlari ularning aksariyati CEFR A2 yoki B1 darajasida qolayotganini koʻrsatdi. Bu holat oʻqituvchilarning mustaqil dars rejalashtirishi, interaktiv metodlardan foydalanishi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashi imkoniyatini cheklaydi. Aksariyat ingliz tili oʻqituvchilari darslarni anʼanaviy, grammatikaga yoʻnaltirilgan, passiv metodlar asosida olib boradi, bu esa kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga toʻliq xizmat qilmaydi. Ikkinchidan, oʻquv-metodik taʼminot sifati va yangilanish surʼati hozirgi taʼlim talablariga toʻla javob bermaydi. Respublika umumtaʼlim maktablarida 5–11sinflar uchun “Fly High” va ““Teens English”, “Prepare nomli darsliklar keng qoʻllanilmoqda. Ushbu darsliklar 2012–2015-yillarda tayyorlangan boʻlib, zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar, sunʼiy intellekt texnologiyalari, virtual interaktiv mashgʻulotlar yoki adaptiv topshiriqlarni oʻz ichiga olmaydi. Aksincha, koʻplab darsliklar qoidalarga asoslangan, muloqotga yoʻnaltirilmagan, real hayotiy situatsiyalar bilan integratsiyalanmagan. Qoʻshimcha materiallar va oʻquv qoʻllanmalar (masalan, ish daftarlari, audio fayllar, mobil ilovalar) koʻplab maktablarda mavjud emas yoki faqat bosma shaklda taqdim etilgan. Bu esa multimodal taʼlim tamoyillariga zid holatni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishdagi cheklovlar va infratuzilma muammolari mavjud. Aksariyat maktablarda yuqori tezlikdagi internetga ulanish cheklangan yoki mavjud emas, kompyuter sinflari yetarli emas, planshet, noutbuk, monitor, proyektor kabi vositalar kam sonli maktablarga taqsimlangan. Oʻqituvchilarning koʻpchiligi electron platformalardan (Google Classroom, Quizlet, Kahoot, LearningApps, Duolingo, Grammarly) foydalanish koʻnikmasiga ega emas, yoki faqat nazorat ishlarini yozish uchun ishlatadi, dars jarayonini metodik jihatdan AI vositalar bilan integratsiyalash imkoniyati yetarlicha oʻzlashtirilmagan. Elektron baholash, diagnostika, avtomatik feedback tizimlari amalda joriy etilmagan. Natijada oʻquvchi individual oʻzlashtirish darajasiga mos topshiriqlarni ololmaydi, differensial yondashuv amalga oshmaydi. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Toʻrtinchidan, baholash tizimi, oʻqitish uslublari va yondashuvlar anʼanaviyligicha qolmoqda. Oʻquvchilarning bilim darajasi asosan grammatik bilimlar asosida baholanadi, yozma va ogʻzaki nutq koʻnikmalarining shakllanishiga doir indikatorlar amaliyotda yetarlicha qoʻllanilmaydi. Aksariyat sinovlar va testlar variantli (multiple choice) shaklda boʻlib, muloqotga asoslangan baholash vositalari (rubrik, portfolio, self-assessment) juda kam hollarda ishlatiladi. Mavjud baholash tizimi sunʼiy intellekt vositalari tomonidan tahlil qilishga yaroqli emas, bu esa AI asosidagi real-vaqtli tahlil, differensial baholash, oʻz-oʻzini monitoring qilish imkoniyatlarini cheklaydi.Yuqoridagi muammolar Oʻzbekiston taʼlim tizimida ingliz tilini oʻqitish jarayonini zamonaviy, texnologik va lingvodidaktik tamoyillarga asoslangan yondashuvga oʻtkazish zaruratini ochiq koʻrsatadi. Oʻqituvchi malakasi, metodik taʼminot, texnologik infratuzilma va baholash tizimi oʻrtasida mavjud tafovutlar sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilishda eng muhim toʻsiq boʻlib qolmoqda. Shunday ekan, bu muammolarni hal qilishning innovatsion yoʻli sifatida oʻquvchilarning ehtiyojiga mos, diagnostik va adaptive metodikaga ega boʻlgan AIyordamli taʼlim modeli ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb vazifadir. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Respublikamizda xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini oʻqitish tizimini tubdan modernizatsiya qilish yoʻlida taʼlim siyosatining strategik asoslari yaratilgan. Bu siyosat doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarining maktab taʼlimiga keng joriy etilishi nafaqat zamonaviy didaktik yondashuv, balki davlat miqyosidagi ilmiy-texnik ustuvorlik sifatida shakllanmoqda. Shunday ekan, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyatiga tayanib, maktab darslari uchun sunʼiy ntellektga asoslangan metodik model ishlab chiqish va u orqali oʻquvchilarning lingvodidaktik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kun taʼlimi oldida turgan muhim ilmiyamaliy vazifa boʻlib qolmoqda. Yuqorida koʻrib chiqilgan tahliliy jihatlar – amaliy holat, mavjud muammolar va rivojlanish strategiyalari – shuni yaqqol koʻrsatadiki, Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida ingliz tilini oʻqitish tizimi jadal modernizatsiyalash bosqichiga kirgan boʻlsa-da, bu jarayonda hal qilinishi lozim boʻlgan tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan, oʻqituvchilarning malaka darajasi va metodik tayyorgarligi pastligi, mavjud darslik va oʻquv-uslubiy materiallarning didaktik jihatdan eskirganligi, baholash tizimining AI vositalari bilan ntegratsiyalanmaganligi, texnologik infratuzilma va raqamli resurslarning taqchilligi, shuningdek sunʼiy intellekt texnologiyalarining oʻqitish jarayoniga metodik jihatdan moslashtirilmaganligi ushbu sohada kompleks yangilanishni taqozo etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. – Toshkent, 2012. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida ingliz tili oʻqitishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori. – Toshkent, 2021. 3. Xoʻjayev, M. va boshq. Ingliz tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2019. 4. Abdullaeva, S. Ingliz tili taʼlimida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari 5. Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. – New York: Pearson Education, 2014. 6. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. –Cambridge: Cambridge University Press, 2015. 7. Luckin, R., Holmes, W., Griffiths, M., & Forcier, L. B. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. – London: UNESCO, 2016.