2025 BAKALAVR TALABALARINIG MAQOLALARI TO‘PLAMI №7 MAXSUS SON
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 2 Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir oʻrinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich Muharrir: Qurbonov Sherzod Ismatillayevich Elektron nashr. 25 sahifa. E’lon qilishga 2025-yil sentyabrda ruxsat etildi. Tahrir hay’ati: Salimov Oqil Umrzoqovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abduraxmanov Kalandar Xodjayevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Rae Kvon Chung, Janubiy Koreya, TDIU faxriy professori, “Nobel” mukofoti laureati Osman Mesten, Turkiya parlamenti a’zosi, Turkiya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati rahbari Axmedov Durbek Kudratillayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Samadov Asqarjon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Slizovskiy Dimitriy Yegorovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Musayeva Shoira Azimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Ali Konak (Ali Ko‘nak), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor (Turkiya) Cham Tat Huei, falsafa fanlari doktori (PhD), professor (Malayziya) Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots. Utayev Uktam Choriyevich, O‘z.Respub. Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Farkhod, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi IJQKD boshlig‘i Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Axmedov Javohir Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi Bobobekov Ergash Abdumalikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dots. Djudi Smetana, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Krissi Lyuis, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Glazova Marina Viktorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi (Moskva) Nosirova Nargiza Jamoliddin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sevil Piriyeva Karaman, falsafa fanlari doktori (PhD) (Turkiya) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon o‘g‘li, TDIU ITI departamenti rahbari Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘li, TDIU katta o‘qituvchisi
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 3 Editorial board:Editorial board: Salimov Okil Umrzokovich,Salimov Okil Umrzokovich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich,Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich,Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Rae Kwon Chung, South Korea,Rae Kwon Chung, South Korea, Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Osman Mesten,Osman Mesten, Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Akhmedov Durbek Kudratillayevich,Akhmedov Durbek Kudratillayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Sayfullo Normatovich,Akhmedov Sayfullo Normatovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna,Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich,Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Siddikova Sadokat Gafforovna,Siddikova Sadokat Gafforovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Khudoykulov Sadirdin Karimovich,Khudoykulov Sadirdin Karimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Makhmudov Nosir,Makhmudov Nosir, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich,Yuldashev Mutallib Ibragimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Samadov Askarjon Nishonovich,Samadov Askarjon Nishonovich, Candidate of Economic Sciences, Professor Candidate of Economic Sciences, Professor Slizovskiy Dmitriy Yegorovich,Slizovskiy Dmitriy Yegorovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich,Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Ikrom Akramovich,Akhmedov Ikrom Akramovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Eshtayev Alisher Abduganiyevich,Eshtayev Alisher Abduganiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich,Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khakimov Nazar Khakimovich,Khakimov Nazar Khakimovich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Doctor of Philosophy (DSc), Professor Musayeva Shoira Azimovna,Musayeva Shoira Azimovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Ali Konak,Ali Konak, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Cham Tat Huei,Cham Tat Huei, Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli,Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Utayev Uktam Choriyevich,Utayev Uktam Choriyevich, Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Ochilov Farkhod,Ochilov Farkhod, Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich,Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Akhmedov Javokhir Jamolovich,Akhmedov Javokhir Jamolovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli,Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Bobobekov Ergash Abdumalikovich,Bobobekov Ergash Abdumalikovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Judi Smetana,Judi Smetana, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Chrissy Lewis,Chrissy Lewis, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Glazova Marina Viktorovna,Glazova Marina Viktorovna, Candidate of Economic Sciences (Moscow) Candidate of Economic Sciences (Moscow) Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi,Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Sevil Piriyeva Karaman,Sevil Piriyeva Karaman, Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli,Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli, Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli,Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli, Senior lecturer at TSUI Senior lecturer at TSUI
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 4 Muassis: “Ma’rifat-print-media” MChJ Hamkorlarimiz: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, OʻzR Tabiat resurslari vazirligi, OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamenti. Ekspertlar kengashi: Berkinov Bazarbay, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Po‘latov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Isakov Janabay Yakubbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xalikov Suyun Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Rustamov Ilhomiddin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Hakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kamilova Iroda Xusniddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘afurov Doniyor Orifovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Fayziyev Oybek Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Yaxshiboyeva Laylo Abdisattorovna, katta o‘qituvchi Babayeva Zuhra Yuldashevna, mustaqil tadqiqotchi Board of Experts: Berkinov Bazarbay, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Pulatov Bakhtiyor Alimovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Isakov Janabay Yakubbayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khalikov Suyun Ravshanovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Rustamov Ilkhomiddin, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Khakimov Ziyodulla Akhmadovich, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Kamilova Iroda Khusniddinovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics Gafurov Doniyor Orifovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy Fayziyev Oybek Rakhimovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Tukhtabayev Jamshid Sharafetdinovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Khamidova Faridakhon Abdulkarimovna, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Yakhshiboyeva Laylo Abdisattorovna, Senior Lecturer Babayeva Zuhra Yuldashevna, Independent Researcher 08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 Makroiqtisodiyot 08.00.03 Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 Ekonometrika va statistika 08.00.07 Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 Marketing 08.00.12 Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 Menejment 08.00.14 Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 Turizm va mehmonxona faoliyati Jurnalning ilmiyligi: ““Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2023-yil 28-fevraldagi 333/5-sonli qarori bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami 5 MUNDARIJA METHODS USED IN BUSINESS DECISION-MAKING ........................................................................................................10 Ochildiev Bekhruz To‘lqin ogli, Safarov Alisher YASHIRIN IQTISODIYOTNING AMALIY TAHLILI O‘ZBEKISTON MIQYOSIDA VA UNING XUFYONA JIHATI .............................................................................................................................................................................15 Yuldasheva Nargiza Rashidovna, Koshanov Abdimurat Azat uli BIZNESDA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA KASBIY KOMMUNIKATSIYALAR ...............................20 Gulmurodova Marjona Olimjon qizi, Normamatova Sitora Nozim qizi, Umida Yuldasheva Anasaliyevna
IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 20 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami BIZNESDA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA KASBIY KOMMUNIKATSIYALAR Gulmurodova Marjona Olimjon qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” fakulteti talabasi E-mail: [email protected] ORCID: 0009-0006-4068-7339 Normamatova Sitora Nozim qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” fakulteti talabasi E-mail:
[email protected] Ilmiy rahbar: Umida Yuldasheva Anasaliyevna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro moliya” kafedrasi professori, DSc. Annotatsiya: Mazkur maqolada biznes va raqamli texnologiyalar davrida kasbiy kommunikatsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida tashkilotlar ichki va tashqi kommunikatsiya jarayonlarini samarali boshqarish va optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Maqolada tezkor xabar almashish tizimlari, elektron pochta, video konferensiyalar, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun’iy intellekt asosida ishlovchi vositalarning biznes jarayonlariga, korporativ madaniyat va boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, jahon olimlarining tadqiqotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan raqamli rivojlanish strategiyalari, IT-parklarning kengayishi va elektron hukumat tizimini joriy etish natijalari tahlil etiladi. Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi, IT-ta’limning takomillashuvi va startap ekotizimining rivojlanishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida kasbiy kommunikatsiyaning innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Kalit soʻzlar: kasbiy kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, biznes kommunikatsiyasi, elektron hukumat, IT-parklar, video konferensiyalar, sun’iy intellekt, tezkor xabar almashish, startap ekotizimi, elektron tijorat. Abstract: This article analyzes the role and importance of professional communication in the era of business and digital technologies. As a result of the development of modern information technologies, organizations have gained the opportunity to optimize internal and external communication processes. The article examines the impact of instant messaging systems, email, video conferences, social media, and tools based on artificial intelligence on business processes. Additionally, the article presents the results of research conducted by global scholars and relevant decisions made in the Republic of Uzbekistan, the development of IT parks, and the electronic government system. Statistical data on the growth of the digital economy, the development of IT education, and the startup ecosystem are also provided. Key words: Professional communication, digital technologies, business communication, electronic government, IT parks, video conferences, artificial intelligence, instant messaging systems, startup ecosystem, e-commerce. Аннотация: В данной статье анализируется роль и значение профессиональной коммуникации в эпоху бизнеса и цифровых технологий. В результате развития современных информационных технологий организации получили возможность оптимизировать внутренние и внешние процессы коммуникации. В статье рассматривается влияние систем мгновенных сообщений, электронной почты, видеоконференций, социальных сетей и инструментов, основанных на искусственном интеллекте, на бизнес-процессы. Также приведены результаты исследований, проведенных мировыми учеными, и соответствующие решения, принятые в Республике Узбекистан, развитие ИТ-парков и системы электронного правительства. Приводится статистическая информация о росте цифровой экономики, развитии ИТ-образования и экосистемы стартапов. Ключевые слова: Профессиональная коммуникация, цифровые технологии, бизнес-коммуникация, электронное правительство, ИТ-парки, видеоконференции, искусственный интеллект, системы мгновенных сообщений, стартап-экосистема, электронная торговля.
IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 21 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami KIRISH Bugungi zamonaviy biznes va raqamli texnologiyalar davrida kasbiy kommunikatsiya muvaffaqiyat kalitlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida insonlar o‘rtasidagi muloqot usullari tubdan o‘zgardi, natijada samaradorlik oshdi va global miqyosda hamkorlik qilish imkoniyatlari yanada kengaydi. Kasbiy kommunikatsiya — bu tashkilot ichida va tashqarisida samarali axborot almashinuvini ta’minlovchi jarayon bo‘lib, u bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Avvalo, samarali boshqaruvni ta’minlaydi — rahbarlar va xodimlar o‘rtasidagi to‘g‘ri muloqot ish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. Jamoaviy ishlashni rivojlantirish esa xodimlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tushunish, tinglash va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratadi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, brend va mijozlar bilan aloqani mustahkamlash ham kasbiy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, kompaniya mijozlarning taklif va shikoyatlarini o‘z vaqtida qabul qilib, ularga tezkor va professional javob berish orqali sodiq auditoriyani shakllantiradi. Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va kasbiy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilinmoqda. Shulardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 5-oktabrda imzolangan ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son1li Farmondir. Ushbu strategiya mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni nazarda tutadi [1]. Mazkur strategiya asosida so‘nggi yillarda muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi, xususan, IT sohasining rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangicha tizimda o‘qitiladigan IT maktablar ochildi, yoshlar o‘rtasida bu sohaga qiziqishni oshirish va malakali kadrlar tayyorlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Yana bir muhim qaror — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-178-son2li qaroridir [2]. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning bu yo‘nalishda bilim olishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat. Qaror doirasida seminarlar, treninglar va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur raqamli kompetensiyalarni shakllantirish nazarda tutilgan. Shu orqali mamlakatda IT sohasida kasbiy kommunikatsiya madaniyatini mustahkamlash, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun qulay muhit yaratilmoqda. Umuman olganda, zamonaviy raqamli texnologiyalar davrida kasbiy kommunikatsiya nafaqat tashkilot ichidagi boshqaruvning ajralmas qismi, balki iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida ham qaralmoqda. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Kasbiy kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar mavzusida bir qator jahon olimlari ham o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib borganlar. Ularning ishlari kommunikatsiyaning samaradorligi, texnologik rivojlanish natijasida o‘zgarayotgan ish muhiti hamda biznesdagi innovatsion yechimlarning ta’sirini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mashhur sotsiolog Manuel Castells o‘zining “The Rise of the Network Society” (“Tarmoq jamiyatining yuksalishi”) nomli asarida zamonaviy texnologiyalar axborot almashinuvini tezlashtirish orqali biznes muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tahlil qilgan. Uning fikricha, raqamli texnologiyalar kommunikatsiya jarayonlarini tubdan o‘zgartirdi va global tarmoqlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar an’anaviy korporatsiyalarga nisbatan ko‘proq ustunliklarga ega bo‘ldilar [3]. Shuningdek, taniqli psixolog Albert Mehrabianning tadqiqotlari ham kasbiy va shaxsiy kommunikatsiya samaradorligini tushunishda muhim o‘rin tutadi. Mehrabian modeliga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi muloqotda so‘zlarning ta’siri atigi 7 foizni, ovoz ohangi 38 foizni, tana tili esa 55 foizni tashkil etadi. Bu nisbatlar shuni ko‘rsatadiki, biznes uchrashuvlari va videoqo‘ng‘iroqlar kabi yuzma-yuz muloqot shakllari tashkilotlarda o‘zaro ishonch, samimiylik va hamkorlikni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega [4]. Shunday qilib, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda, insoniy omil — ya’ni noverbal kommunikatsiyaning ahamiyatini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu maqolaning metodologiyasi tahlil va sintez, ilmiy abstraksiya, umumlashtirish hamda qiyosiy nazariy talqin usullariga asoslanadi. Tadqiqotning ilmiy manbai sifatida mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy jurnallarda 1 https://lex.uz/docs/-5030957 2 https://lex.uz/uz/docs/-6927663
IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 22 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami chop etilgan maqolalari, xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan hisobotlar hamda statistik ma’lumotlar tahlili ishlatilgan. Shuningdek, real iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga asoslanib, raqamli texnologiyalar va kasbiy kommunikatsiyaning o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan baholangan. Ushbu yondashuv tadqiqot natijalarining ishonchliligini oshiradi hamda ularni amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi. TAHLIL VA NATIJALAR Raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida kasbiy kommunikatsiyaning an’anaviy usullari tubdan o‘zgarib, yangi formatdagi muloqot vositalari shakllanmoqda. Hozirda tashkilotlar, korxonalar va davlat muassasalari o‘z faoliyatida raqamli aloqa kanallaridan keng foydalanmoqda, bu esa tezkor, qulay va interaktiv muloqot imkoniyatlarini yaratmoqda. Avvalo, elektron pochta va tezkor xabar almashish tizimlari kasbiy kommunikatsiyaning asosiy vositalaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Elektron pochta rasmiy yozishmalar va hujjatlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, biroq Telegram, Slack va Microsoft Teams kabi tezkor xabar almashish dasturlari real vaqt rejimida muloqotni tashkil etib, jamoaviy qarorlar qabul qilish jarayonini tezlashtirmoqda. Vidio konferensiyalar va onlayn uchrashuvlar zamonaviy korporativ hayotning ajralmas qismiga aylandi. Zoom, Google Meet va Microsoft Teams kabi platformalar turli hududlarda faoliyat yurituvchi jamoalarning masofadan turib uchrashuvlar o‘tkazishiga imkon bermoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida bu texnologiyalar ish jarayonlarini uzluksiz davom ettirishda muhim vositaga aylandi. Bugungi kunda ham ular xalqaro biznes uchrashuvlari va masofaviy ta’limda keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va professional platformalar ham kasbiy kommunikatsiyaning muhim kanallaridan biri sifatida shakllanmoqda. LinkedIn, Twitter va Facebook kabi platformalar biznes aloqalarni kengaytirish, mijozlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish va kompaniya brendini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Korxonalar ushbu tarmoqlar orqali o‘z mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilmoqda, yangi hamkorlar bilan aloqa o‘rnatmoqda hamda brend obro‘sini oshirmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlar biznes kommunikatsiyasi sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Chat-botlar, virtual yordamchilar va aqlli tahlil tizimlari mijozlar bilan muloqotni soddalashtirib, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirmoqda. Masalan, banklar, sug‘urta kompaniyalari va onlayn savdo platformalari sun’iy intellekt asosidagi yordamchi tizimlardan keng foydalanib, mijozlarga kechayu kunduz xizmat ko‘rsatmoqda. Bu esa inson resurslariga tushadigan yukni kamaytirib, samaradorlikni oshiradi. Yana bir muhim yo‘nalish — bulutli texnologiyalar va fayl almashish tizimlaridir. Google Drive, Dropbox va OneDrive kabi platformalar hujjatlar ustida birgalikda ishlash, fayllarni real vaqt rejimida tahrir qilish va ulashish imkonini beradi. Bunday tizimlar jamoaviy ishni qulaylashtiradi, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi hamda korporativ kommunikatsiyani soddalashtiradi. Umuman olganda, raqamli texnologiyalarning biznes kommunikatsiyasiga joriy etilishi ish unumdorligini oshirish, vaqt va resurslarni tejash, shuningdek xalqaro raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Kelajakda sun’iy intellekt, bulut texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlarning yanada rivojlanishi natijasida kasbiy kommunikatsiya sifatining oshishi, interaktiv hamkorlikning yangi shakllari paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida biznes jarayonlarini optimallashtirish, innovatsion o‘sishni jadallashtirish hamda global iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi (1-rasm). 2-rasm. 2023-2027-yillarda texnologiyalar joriy etilishining ish o‘rinlariga nisbatan kutiladigan ta’siri
IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 23 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami Texnologik taraqqiyotning rivojlanishi, birinchi navbatda, ommaviy ishlab chiqarish kasblarini, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasini hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan bog‘liq kasblarni o‘zgartiradi. Bugungi kunda bu sohalardagi ishlar avtomatlashtirilgan tizimlar va sun’iy intellekt tomonidan almashtirilmoqda. Ish o‘rinlarining yo‘qolishi nuqtayi nazaridan, ma’lumotlarni kiritish operatorlari eng katta xavf ostida turibdi; besh yil ichida 8 million ish o‘rni qisqarishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, kotiblar va buxgalterlar kabi kasblar ham xavf ostida. Shu bilan birga, texnologiyalarni uzluksiz joriy etish va tobora ortib borayotgan raqamlashtirish jarayoni mehnat bozorida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Xususan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun sanoatni ugleroddan xoli qilish bo‘yicha global sa’yharakatlar, robototexnika rivojlanishi, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq muammolar ushbu sohalarda ish o‘rinlari sonining sezilarli darajada ko‘payishiga olib keladi. Umuman olganda, JIF tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, raqamli platformalar va ilovalar, elektron tijorat, raqamli savdo hamda sun’iy intellekt mehnat bozorida muhim burilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mehnat bozori prognozlari haqidagi hisobotiga ko‘ra, avtomatlashtirish texnologiyalari, jumladan, sun’iy intellekt yordamida hozirgi ish o‘rinlarining taxminan 27 foizini raqamlashtirish imkoniyati mavjud. IHTT o‘tkazgan so‘rovlarda qatnashgan respondentlar sun’iy intellekt moliyaviy (51 foiz) va ishlab chiqarish (45 foiz) sohalardagi ishchilarning ayrim malakalarini “ahamiyatsizlantirgan” deb hisoblashmoqda. Bugungi kunda jahonda katta talabga ega bo‘lgan kasblarning ko‘pchiligi texnologiyaga aloqador. 2023–2027-yillardagi istiqboldagi kasblar ro‘yxatida sun’iy intellekt va mashina o‘rganish mutaxassislari birinchi o‘rinda turibdi. Eng yaxshi beshlikka yana barqaror rivojlanish bo‘yicha menejerlar, biznes-analitiklar, axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar hamda “Fintech” mutaxassislari kirgan. Bundan tashqari, keyingi 4–5 yil ichida ma’lumotlar tahlilchilari va muhandislari, robototexnika bo‘yicha mutaxassislar, elektrotexnika muhandislari, qishloq xo‘jaligi texnikasi operatorlari va raqamli o‘zgarishlar bo‘yicha mutaxassislarga talabning tobora ortib borishi taxmin qilinmoqda. Texnologiyaning rivojlanishi mehnat bozorida qatnashuvchilar oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Raqamlashtirish malakalariga ega bo‘lgan xodimlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bunday malakalar jumlasiga raqamli (digital skills) va media savodxonlik (media skills), internetdan foydalanish (Internet skills), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish (ICT skills) hamda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalari kiradi. Aholining barcha tabaqalari bunday malakalarga ega bo‘lishi iqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, texnologik o‘zgarishlar ishchilarning kognitiv, ya’ni tahliliy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, shuningdek “yumshoq malakalar”ni (“soft skills” — kundalik faoliyatda va ish joyida zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar, moslashuvchanlik, odatlar, shaxslararo va muloqot mahoratlarini) yanada muhimlashtirmoqda (2-rasm). 2-rasm. Talab kuchayib borayotgan ko‘nikmalar