scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Sabohiddin Nosirov; Mohiniso Abdullayeva; Javlon Hafizullayev; Zilola Kasimova

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari,ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodologik yondashuvlar tahlilqilingan. Tadqiqotda muammo holati, metodologik asoslar, tahliliy natijalar va xulosalar bayon etilgan. Maqolada raqamlitransformatsiya, smart-turizm, elektron vizalar, sun’iy intellekt marketingi va ma’lumotlar analitikasi kabi zamonaviytendensiyalar o‘rganilgan. Olingan natijalar turizm innovatsiyalarining iqtisodiy samaradorlik, xizmat sifati hamda hududiyraqobatbardoshlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi

Full text

2025 BAKALAVR TALABALARINIG MAQOLALARI TO‘PLAMI №7 MAXSUS SON https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 2 Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir oʻrinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich Muharrir: Qurbonov Sherzod Ismatillayevich Elektron nashr. 48 sahifa. E’lon qilishga 2025-yil sentyabrda ruxsat etildi. Tahrir hay’ati: Salimov Oqil Umrzoqovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abduraxmanov Kalandar Xodjayevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Rae Kvon Chung, Janubiy Koreya, TDIU faxriy professori, “Nobel” mukofoti laureati Osman Mesten, Turkiya parlamenti a’zosi, Turkiya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati rahbari Axmedov Durbek Kudratillayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Samadov Asqarjon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Slizovskiy Dimitriy Yegorovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Musayeva Shoira Azimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Ali Konak (Ali Ko‘nak), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor (Turkiya) Cham Tat Huei, falsafa fanlari doktori (PhD), professor (Malayziya) Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots. Utayev Uktam Choriyevich, O‘z.Respub. Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Farkhod, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi IJQKD boshlig‘i Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Axmedov Javohir Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi Bobobekov Ergash Abdumalikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dots. Djudi Smetana, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Krissi Lyuis, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Glazova Marina Viktorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi (Moskva) Nosirova Nargiza Jamoliddin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sevil Piriyeva Karaman, falsafa fanlari doktori (PhD) (Turkiya) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon o‘g‘li, TDIU ITI departamenti rahbari Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘li, TDIU katta o‘qituvchisi https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 3 Editorial board:Editorial board: Salimov Okil Umrzokovich,Salimov Okil Umrzokovich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich,Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich,Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Rae Kwon Chung, South Korea,Rae Kwon Chung, South Korea, Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Osman Mesten,Osman Mesten, Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Akhmedov Durbek Kudratillayevich,Akhmedov Durbek Kudratillayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Sayfullo Normatovich,Akhmedov Sayfullo Normatovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna,Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich,Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Siddikova Sadokat Gafforovna,Siddikova Sadokat Gafforovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Khudoykulov Sadirdin Karimovich,Khudoykulov Sadirdin Karimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Makhmudov Nosir,Makhmudov Nosir, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich,Yuldashev Mutallib Ibragimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Samadov Askarjon Nishonovich,Samadov Askarjon Nishonovich, Candidate of Economic Sciences, Professor Candidate of Economic Sciences, Professor Slizovskiy Dmitriy Yegorovich,Slizovskiy Dmitriy Yegorovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich,Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Ikrom Akramovich,Akhmedov Ikrom Akramovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Eshtayev Alisher Abduganiyevich,Eshtayev Alisher Abduganiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich,Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khakimov Nazar Khakimovich,Khakimov Nazar Khakimovich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Doctor of Philosophy (DSc), Professor Musayeva Shoira Azimovna,Musayeva Shoira Azimovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Ali Konak,Ali Konak, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Cham Tat Huei,Cham Tat Huei, Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli,Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Utayev Uktam Choriyevich,Utayev Uktam Choriyevich, Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Ochilov Farkhod,Ochilov Farkhod, Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich,Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Akhmedov Javokhir Jamolovich,Akhmedov Javokhir Jamolovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli,Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Bobobekov Ergash Abdumalikovich,Bobobekov Ergash Abdumalikovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Judi Smetana,Judi Smetana, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Chrissy Lewis,Chrissy Lewis, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Glazova Marina Viktorovna,Glazova Marina Viktorovna, Candidate of Economic Sciences (Moscow) Candidate of Economic Sciences (Moscow) Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi,Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Sevil Piriyeva Karaman,Sevil Piriyeva Karaman, Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli,Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli, Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli,Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli, Senior lecturer at TSUI Senior lecturer at TSUI https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 4 Muassis: “Ma’rifat-print-media” MChJ Hamkorlarimiz: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, OʻzR Tabiat resurslari vazirligi, OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamenti. Ekspertlar kengashi: Berkinov Bazarbay, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Po‘latov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Isakov Janabay Yakubbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xalikov Suyun Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Rustamov Ilhomiddin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Hakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kamilova Iroda Xusniddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘afurov Doniyor Orifovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Fayziyev Oybek Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Yaxshiboyeva Laylo Abdisattorovna, katta o‘qituvchi Babayeva Zuhra Yuldashevna, mustaqil tadqiqotchi Board of Experts: Berkinov Bazarbay, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Pulatov Bakhtiyor Alimovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Isakov Janabay Yakubbayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khalikov Suyun Ravshanovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Rustamov Ilkhomiddin, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Khakimov Ziyodulla Akhmadovich, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Kamilova Iroda Khusniddinovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics Gafurov Doniyor Orifovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy Fayziyev Oybek Rakhimovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Tukhtabayev Jamshid Sharafetdinovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Khamidova Faridakhon Abdulkarimovna, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Yakhshiboyeva Laylo Abdisattorovna, Senior Lecturer Babayeva Zuhra Yuldashevna, Independent Researcher 08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 Makroiqtisodiyot 08.00.03 Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 Ekonometrika va statistika 08.00.07 Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 Marketing 08.00.12 Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 Menejment 08.00.14 Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 Turizm va mehmonxona faoliyati Jurnalning ilmiyligi: ““Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2023-yil 28-fevraldagi 333/5-sonli qarori bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami 5 MUNDARIJA METHODS USED IN BUSINESS DECISION-MAKING ........................................................................................................10 Ochildiev Bekhruz To‘lqin ogli, Safarov Alisher YASHIRIN IQTISODIYOTNING AMALIY TAHLILI O‘ZBEKISTON MIQYOSIDA VA UNING XUFYONA JIHATI .............................................................................................................................................................................15 Yuldasheva Nargiza Rashidovna, Koshanov Abdimurat Azat uli BIZNESDA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA KASBIY KOMMUNIKATSIYALAR ...............................20 Gulmurodova Marjona Olimjon qizi, Normamatova Sitora Nozim qizi, Umida Yuldasheva Anasaliyevna ИНТЕГРАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЙ МОДЕЛИРОВАНИЯ В ОБРАЗОВАНИЕ ПО БУХГАЛТЕРСКОМУ УЧЁТУ: ПОВЫШЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ДЛЯ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ............................................................................................................................................ 25 Муратова Наргиза Тахировна MIGRATSIYA JARAYONLARI VA IQTISODIY TENGSIZLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO TA’SIR XUSUSIYATLARI ...............................................................................................................................................................................30 E.T. Samadova, M.Sh.Raximova O‘ZBEKISTON KORXONALARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA MENEJMENTNING YANGI YONDASHUVLARI .....................................................................................................................36 Shoydulova Maftuna Zafar qizi, Meliyeva Nargiza Eshboyevna TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR ............................................................................................................................................................................43 Nosirov Sabohiddin, Abdullayeva Mohiniso, Hafizullayev Javlon, Kasimova Zilola G‘ulomiddinovna IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 43 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR Nosirov Sabohiddin Alfraganus universiteti Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Abdullayeva Mohiniso Alfraganus universiteti Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Hafizullayev Javlon Alfraganus universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Kasimova Zilola G‘ulomiddinovna iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Alfraganus universiteti “Xalqaro munosabatlar va tarix” kafedrasi mudiri ORCID: 0000-0002-4447-2443 Email: [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqotda muammo holati, metodologik asoslar, tahliliy natijalar va xulosalar bayon etilgan. Maqolada raqamli transformatsiya, smart-turizm, elektron vizalar, sun’iy intellekt marketingi va ma’lumotlar analitikasi kabi zamonaviy tendensiyalar o‘rganilgan. Olingan natijalar turizm innovatsiyalarining iqtisodiy samaradorlik, xizmat sifati hamda hududiy raqobatbardoshlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi. Kalit soʻzlar: turizm, innovatsiya, raqamli texnologiyalar, elektron viza, smart-turizm, iqtisodiy samaradorlik, barqaror rivojlanish. Abstract: This article analyzes the directions of innovative development in the tourism sector of the Republic of Uzbekistan, their impact on economic efficiency, and the methodological approaches developed based on international experience. The study outlines the problem statement, methodological framework, analytical results, and conclusions. The article examines modern trends such as digital transformation, smart tourism, electronic visas, artificial intelligence-based marketing, and data analytics. The findings demonstrate that tourism innovations have a positive impact on economic efficiency, service quality, and regional competitiveness. Key words: tourism, innovation, digital technologies, electronic visa, smart tourism, economic efficiency, sustainable development. Аннотация: В данной статье анализируются направления инновационного развития туристической отрасли Республики Узбекистан, их влияние на экономическую эффективность, а также методологические подходы, разработанные на основе международного опыта. В исследовании раскрываются сущность проблемы, методологическая база, аналитические результаты и выводы. В статье рассматриваются современные тенденции, такие как цифровая трансформация, смарт-туризм, электронные визы, маркетинг на основе искусственного интеллекта и аналитика данных. Результаты показывают положительное влияние туристических инноваций на экономическую эффективность, качество услуг и региональную конкурентоспособность. Ключевые слова: туризм, инновации, цифровые технологии, электронная виза, смарт-туризм, экономическая эффективность, устойчивое развитие. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 44 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Prezident Sh. M. Mirziyoyev 2023-yil 16-oktabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro sessiyadagi nutqida turizm sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va istiqboliga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, “turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi”1. Ushbu fikr mamlakatda turizmni innovatsion rivojlantirish, uning iqtisodiy o‘sishdagi hissasini oshirish va xalqaro miqyosda O‘zbekistonning turistik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy yondashuvni ifodalaydi. Prezidentning ushbu fikrlari O‘zbekistonda turizmni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida shakllantirish siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanganligini ko‘rsatadi. Bu yondashuv, avvalo, davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy, investitsion va infratuzilmaviy shart-sharoitlar orqali mustahkamlanmoqda. Jumladan, turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmon va qarorlar, elektron viza tizimining joriy etilishi, “Smart Tourism” va “E-Tourism Portal” kabi raqamli loyihalarning yo‘lga qo‘yilishi bu yo‘nalishda olib borilayotgan izchil islohotlarning dalilidir. Global miqyosda ham turizm sohasida transformatsion jarayonlar kuzatilmoqda. BMT Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda xalqaro sayohatlar soni 1,3 milliardga yetgan bo‘lib, bu pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 87 foizlik tiklanishni anglatadi2. O‘zbekiston ham bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylangan. Mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2023-yilda 6,4 million nafarga yetgan (Stat.uz, 2024), bu esa 2021-yilga nisbatan 3,3 baravar ko‘pdir3. Uushbu tadqiqot O‘zbekistonda turizmni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Smart tourism va raqamli transformatsiya masalalari zamonaviy turizm innovatsiyalarining markazida turadi. D. Buhalis o‘z tadqiqotlarida turizm hududlarini va mehmondo‘stlik tizimini “aqlli” ekotizimga aylantirish konsepsiyasini ilgari suradi. Uning nuqtayi nazaricha, bu tizimning markazida o‘zaro bog‘liq platformalar, interoperabilitet va foydalanuvchi yo‘nalishidagi personalizatsiya yotadi. Gretzel va hamkorlari esa smart turizmni texnologiya, ma’lumotlar almashinuvi va real vaqt rejimidagi moslashuvchan xizmatlar orqali sayyoh tajribasini yaxshilash tizimi sifatida izohlaydi. Ular smart turizmni besh asosiy qatlam — resurslar, infratuzilma, ma’lumotlar, xizmatlar va boshqaruv — orqali tahlil qiladi. Ushbu olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalar, IoT va sun’iy intellekt (AI) joriy etilishi orqali turistik destinatsiyalar xizmatlarni individuallashtirish, oqimlarni boshqarish va talab prognozini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Texnologik imkoniyatlar bilan bir qatorda, turizm innovatsiyasiga yo‘l ochuvchi institutsional va siyosiy mexanizmlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon miqyosidagi tahlillar turizmni tiklash va barqarorlashtirish strategiyalarida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiyalarni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Bu esa davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni, siyosat va investitsion mexanizmlarni raqamli yechimlar bilan mahalliy madaniy resurslarni integratsiyalashga yo‘naltirishni talab etadi. Biroq barqarorlik va ekologik xavotirlar turizm innovatsiyalarini cheklovchi omillardan biri bo‘lib qolmoqda. S. Gössling va hamkorlari turizmning iqlim o‘zgarishlariga ta’siri va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida modernizatsiya jarayonlarida ekologik omillarni inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, har qanday texnologik yangilik atrof-muhit va ijtimoiy barqarorlik tamoyillari bilan uyg‘un holda amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, adabiyotlarda smart tourism va raqamli transformatsiyani tanqidiy tahlil qiluvchi yondashuvlar ham mavjud. Williams va hamkorlari smart destinatsiyalar konsepsiyasi innovatsion bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy tengsizlik, ma’lumotlar monopoliyasi va madaniy merosning tijoratlashtirilishi kabi xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etadi. Ular texnologik yondashuvlar bilan bir qatorda ularning ijtimoiy, mehnat va siyosiy oqibatlarini ham o‘rganish zarurligini urg‘ulaydi. Kontogianni va hamkasblarining tahlillari esa smart turizmning ilmiy metodik asoslarini tizimlashtirib, kelgusidagi izlanishlar uchun tahliliy maydonni aniq belgilab beradi. Ko‘plab empirik tadqiqotlar turizmda raqamli notenglik, infratuzilma yetishmasligi, kadrlar malakasining pastligi va qonunchilikdagi nomuvofiqliklarni amaliy to‘siq sifatida qayd etadi. Global xulosalar esa shuni ko‘rsatadiki, texnologiyalarni joriy etish turizmning raqobatbardoshligini oshiradi, biroq bu jarayon muvaffaqiyatli kechishi uchun mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, ekologik cheklovlar va inson resurslari salohiyati hisobga olinishi zarur. 1 Mirziyoyev Sh.M. (2023). Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro sessiyadagi nutq. Yuz.uz elektron nashri. 16 oktabr, 2023. URL: https://yuz.uz/file/newspaper/7a76546a8bee4f7ccb0503cb06252836.pdf 2 UNWTO (2024). World Tourism Barometer, Vol.22, Issue 1. Madrid: United Nations World Tourism Organization. 3 Stat.uz (2024). O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi rasmiy hisobotlari, www.stat.uz. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 45 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami Xulosa qilib aytganda, adabiy manbalar turizmni rivojlantirishda innovatsiyalar — ayniqsa raqamli va intellektual yechimlar — katta imkoniyatlar yaratishini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ularning muvaffaqiyati siyosiy iroda, investitsion faollik, ilg‘or kadrlar tayyorlash va barqarorlik me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy tafakkur texnologiyani o‘z maqsadi sifatida emas, balki tadbirkorlik, madaniyat va ekologiyani uyg‘unlashtiruvchi strategik vosita sifatida ko‘rishni tavsiya etadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda O‘zbekiston turizm sohasida innovatsion yondashuvlarning amaliyotga joriy etilishi va ularning samaradorligini baholashga qaratilgan kompleks metodologik yondashuv ishlab chiqilgan. Tadqiqot metodologiyasi turizm tizimining ko‘p qatlamli tuzilmasini, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u tizimli, statistik, SWOT va PEST tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. TAHLIL VA NATIJALAR Tizimli yondashuv turizm infratuzilmasining barcha elementlarini — transport-logistika tizimi, mehmonxona tarmog‘i, axborot-kommunikatsiya platformalari, marketing kanallari hamda davlat boshqaruvi mexanizmlarini — yagona ekotizim sifatida o‘rganishga imkon beradi. Ushbu metod asosida ishlab chiqilgan “Turizm innovatsion ekotizimi” modeli davlat siyosati, xususiy sektor va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi. Mazkur modelda Triple Helix konsepsiyasi4 hamda J. Schumpeterning innovatsion rivojlanish nazariyasi asosiy metodologik poydevor sifatida xizmat qiladi5. Ushbu tizimda davlat boshqaruvi strategik yo‘nalishlarni belgilaydi, xususiy sektor innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etadi, ilmiy muassasalar esa ilmiy-analitik yechimlar bilan ta’minlaydi. Natijada “Smart Tourism” va “E-Governance” elementlarini o‘z ichiga olgan integratsion model shakllanadi. Tizimli tahlil yondashuvi turizm infratuzilmasining barcha elementlarini — transport, mehmonxona tarmog‘i, axborot platformalari, marketing kanallari va boshqaruv tizimlarini — yagona ekotizim sifatida o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston turizm tizimining innovatsion salohiyati SWOT modeli yordamida baholandi. Kuchli tomonlar sifatida davlat siyosiy qo‘llab-quvvatlovi, raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va boy madaniy meros resurslari qayd etilgan. Zaif tomonlar esa kadrlar salohiyatining yetarli emasligi, hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovut hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining past ulushi bilan izohlanadi. Imkoniyatlar sifatida xalqaro hamkorlik dasturlarining kengayishi, yoshlar startaplarining o‘sishi va ekologik turizmga bo‘lgan talabning ortishi qayd etilgan. Tahdidlar esa pandemik xavflar, global raqobatning kuchayishi hamda mintaqaviy infratuzilma cheklovlari bilan bog‘liq. SWOT tahlil natijalariga asoslanib, O‘zbekiston turizmida innovatsion rivojlanishni jadallashtirish maqsadida bir qator strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Birinchidan, hududiy innovatsion markazlar tarmog‘ini yaratish orqali turizmda ilmiy-tadqiqot, startap va biznes-inkubatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarur. Ikkinchidan, turizm boshqaruvida sun’iy intellekt asosida qaror qabul qilish tizimlarini joriy etish turizm oqimini prognozlash, xizmatlar sifatini monitoring qilish va marketing samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Uchinchidan, mahalliy brendlarni ilgari surish maqsadida raqamli marketing infratuzilmasini kuchaytirish, xususan, “digital storytelling” va “destination branding” yondashuvlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Metodologik asoslarning bunday uyg‘unligi O‘zbekiston turizm sektorida innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini aniqlash imkonini berdi. Natijada, “Turizm innovatsion ekotizimi” modeli asosida turizmda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Iqtisodiy omillar nuqtayi nazaridan, 2024-yilda turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 4,7 foizni tashkil etib, bu 2016-yilga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Ijtimoiy omillar kesimida yoshlar va xotin-qizlar startaplarining soni 2020–2024-yillar davomida 2,8 baravar oshgan. Texnologik omillar nuqtayi nazaridan esa “Smart Destination” va “AI-based Tourism Analytics” tizimlarining ishlab chiqilishi raqamli transformatsiya jarayonini tezlashtirmoqda. PEST tahlil metodikasi global miqyosda turizm siyosati, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy tendensiyalar hamda texnologik innovatsiyalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahlil qilishda keng qo‘llaniladigan strategik instrument hisoblanadi (Kotler et al., 2017). O‘zbekiston tajribasida esa ushbu model milliy turizm siyosatini innovatsion transformatsiya kontekstida baholash hamda barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish uchun metodologik asos sifatida xizmat qilmoqda. 4 Etzkowitz H., & Leydesdorff L. (2000). The Dynamics of Innovation: From National Systems and “Mode 2” to a Triple Helix of University–Industry–Government Relations. Research Policy, 29(2), 109–123. 5 Schumpeter, J.A. (1934). The Theory of Economic Development. Harvard University Press. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 46 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami Siyosiy omillar turizmning innovatsion rivojlanishiga eng muhim tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar turizmni milliy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2023 yildagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–238-son6li qarorda turizmda raqamli boshqaruv tizimini rivojlantirish, “E-Visa” va “E-Tourism Portal” platformalarini kengaytirish vazifalari belgilab berilgan. Shu tariqa, siyosiy omillar innovatsion turizm ekotizimining shakllanishida asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayon davlat siyosati, xususiy sektor va texnologik innovatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydigan “Triple Helix” modelining amaliy ifodasini yaratmoqda7. Iqtisodiy omillar turizm innovatsiyalarining moliyaviy asosini belgilaydi. 2016–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston turizm sohasida iqtisodiy ko‘rsatkichlar sezilarli o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Jumladan, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,3 foizdan 4,7 foizga yetgan8. Xorijiy turistlardan tushgan tushum 0,54 milliard AQSH dollaridan 2,1 milliard dollarga oshgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm sohasi har yili o‘rtacha 12,8 foizlik iqtisodiy o‘sish sur’atini ko‘rsatmoqda, bu esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Shuningdek, 2020–2024-yillarda xorijiy investitsiyalar hajmi ortgan bo‘lib, bu “Invest in Tourism Uzbekistan” dasturi doirasida chet el sarmoyadorlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarining kengaytirilgani bilan bog‘liq9. Iqtisodiy omillar tarkibida raqamli turizm xizmatlari bozori ham alohida ahamiyat kasb etadi. 2023-yilda onlayn bronlash, raqamli gid xizmatlari va “smart payment” tizimlarining ulushi umumiy turistik xizmatlarning 35 foizini tashkil etgan10. Bu esa turizmda innovatsion yechimlarning moliyaviy samaradorligini sezilarli darajada oshirganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy omillar turizmning rivojlanishida inson kapitali, demografik tarkib, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy innovatsiyalar darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 2020–2024-yillar davomida O‘zbekistonda yoshlar va xotinqizlar tomonidan tashkil etilgan turizm startaplari soni 2,8 baravar oshgani kuzatilgan11. Bu holat mamlakatda ijtimoiy faollikning ortib borayotgani, yangi avlod tadbirkorlarining turizm ekotizimida faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi12. Bu jarayon ijtimoiy inklyuziya va gender tengligini mustahkamlashga, shuningdek, turizmda “social entrepreneurship” konsepsiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Aholining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etgani sababli, turizm sohasida yangi g‘oyalar, kreativ xizmatlar va ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan brendlar paydo bo‘lmoqda13. Ijtimoiy innovatsiyalar, xususan, “mahalliy brendlashuv” (local branding), “eko-turizm” va “communitybased tourism” (CBT) kabi shakllar turizmning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda14. Shu bilan birga, madaniy merosning qayta talqin qilinishi va milliy qadriyatlar asosida kontent ishlab chiqish turizm marketingining ijtimoiy komponentini kuchaytirmoqda. So‘nggi yillarda texnologik omillar turizm innovatsion transformatsiyasining asosiy drayveri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, “Smart Destination” tizimi sun’iy intellekt (AI), raqamli tahlil (Big Data) va geolokatsiya asosidagi servislar orqali sayyohlarning ehtiyojlarini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini bermoqda. Shuningdek, “E-Tourism Portal”, “Digital Heritage”, “Virtual Museum”, “AI-based Tourist Analytics” va “Chatbot Travel Assistant” kabi raqamli yechimlar ishlab chiqilgan. Bunday texnologiyalar turizm xizmatlarining sifatini oshirib, turistlar tajribasini individuallashtirish imkonini yaratmoqda. Texnologik innovatsiyalar, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasidan so‘ng, xavfsizlik, masofaviy xizmat ko‘rsatish va onlayn marketing tizimlarining muhimligini yanada oshirdi. Shu tariqa, raqamli transformatsiya O‘zbekiston turizmini yangi bosqichga olib chiqmoqda va mintaqaviy raqobatbardoshlikni ta’minlayotgan asosiy omilga aylanmoqda. Innovatsion yondashuvlar nafaqat texnologik, balki ekologik barqarorlikni ham o‘z ichiga olmoqda. JST tavsiyalariga binoan, O‘zbekiston 2025-yilgacha “Green Tourism” dasturi doirasida 100 ta ekologik yo‘nalish yaratishni maqsad qilgan edi. Hozirda eko-mehmonxonalar, chiqindisiz marshrutlar va quyosh energiyasida 6 https://lex.uz/ru/docs/-6549286 7 Etzkowitz, H., & Leydesdorff, L. (2000). The dynamics of innovation: From National Systems and “Mode 2” to a Triple Helix of university–industry–government relations. Research Policy, 29(2), 109–123. 8 Davlat statistika qo‘mitasi (2024). O‘zbekiston Respublikasi turizm ko‘rsatkichlari. www.stat.uz 9 WTTC (2024). Travel & Tourism Economic Impact 2024: Uzbekistan Country Report. World Travel & Tourism Council. 10 World Bank (2023). Uzbekistan Economic Update: Tourism and Digital Transformation. Washington, D.C.: World Bank. 11 OECD. (2023). Tourism Trends and Policies: Digitalization in Central Asia. OECD Publishing, Paris. 12 Elmurodov, T.S. (2023). Social Innovations and Gender Inclusion in Tourism Startups in Uzbekistan. Journal of Central Asian Development Studies, 5(1), 44–52. 13 Richards, G. (2022). Cultural Tourism and Local Development: The Role of Social Innovation. Tourism Management Perspectives, 44, 101037. 14 GSTC. (2022). Global Sustainable Tourism Criteria and Implementation Framework. Global Sustainable Tourism Council.