scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MEHNAT MIGRATSIYASI VA PUL O'TKAZMALARINING IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Diyora Chintemirova; Barno Akbarova

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining iqtisodiyotgata’siri empirik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda 2018–2024-yillardagi statistik ma’lumotlar asosida pul o‘tkazmalari(remittances) hajmi hamda ularning iste’mol bozori, kambag‘allik darajasi, ishsizlik va valyuta tushumlariga ta’siri tahlilqilingan. Empirik natijalarga ko‘ra, migrantlar tomonidan yuborilgan pul o‘tkazmalari qisqa muddatda makroiqtisodiybarqarorlikni ta’minlashda ijobiy rol o‘ynagani aniqlangan, biroq uzoq muddatda mehnat resurslarining qisqarishi, “miyaoqimi”ning kuchayishi va tashqi iqtisodiy qaramlik xavflari yuzaga kelgani qayd etilgan. Shuningdek, xalqaro tajribava qiyosiy tahlil asosida O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini samarali investitsiyalarga yo‘naltirish, moliyaviy xizmatlarnikengaytirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflarishlab chiqilgan.

Full text

2025 BAKALAVR TALABALARINIG MAQOLALARI TO‘PLAMI №7 MAXSUS SON https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 2 Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir oʻrinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich Muharrir: Qurbonov Sherzod Ismatillayevich Elektron nashr. 48 sahifa. E’lon qilishga 2025-yil sentyabrda ruxsat etildi. Tahrir hay’ati: Salimov Oqil Umrzoqovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abduraxmanov Kalandar Xodjayevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Rae Kvon Chung, Janubiy Koreya, TDIU faxriy professori, “Nobel” mukofoti laureati Osman Mesten, Turkiya parlamenti a’zosi, Turkiya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati rahbari Axmedov Durbek Kudratillayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Samadov Asqarjon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Slizovskiy Dimitriy Yegorovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Musayeva Shoira Azimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Ali Konak (Ali Ko‘nak), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor (Turkiya) Cham Tat Huei, falsafa fanlari doktori (PhD), professor (Malayziya) Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots. Utayev Uktam Choriyevich, O‘z.Respub. Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Farkhod, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi IJQKD boshlig‘i Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Axmedov Javohir Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi Bobobekov Ergash Abdumalikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dots. Djudi Smetana, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Krissi Lyuis, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Glazova Marina Viktorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi (Moskva) Nosirova Nargiza Jamoliddin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sevil Piriyeva Karaman, falsafa fanlari doktori (PhD) (Turkiya) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon o‘g‘li, TDIU ITI departamenti rahbari Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘li, TDIU katta o‘qituvchisi https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 3 Editorial board:Editorial board: Salimov Okil Umrzokovich,Salimov Okil Umrzokovich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich,Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich,Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Rae Kwon Chung, South Korea,Rae Kwon Chung, South Korea, Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Osman Mesten,Osman Mesten, Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Akhmedov Durbek Kudratillayevich,Akhmedov Durbek Kudratillayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Sayfullo Normatovich,Akhmedov Sayfullo Normatovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna,Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich,Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Siddikova Sadokat Gafforovna,Siddikova Sadokat Gafforovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Khudoykulov Sadirdin Karimovich,Khudoykulov Sadirdin Karimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Makhmudov Nosir,Makhmudov Nosir, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich,Yuldashev Mutallib Ibragimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Samadov Askarjon Nishonovich,Samadov Askarjon Nishonovich, Candidate of Economic Sciences, Professor Candidate of Economic Sciences, Professor Slizovskiy Dmitriy Yegorovich,Slizovskiy Dmitriy Yegorovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich,Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Ikrom Akramovich,Akhmedov Ikrom Akramovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Eshtayev Alisher Abduganiyevich,Eshtayev Alisher Abduganiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich,Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khakimov Nazar Khakimovich,Khakimov Nazar Khakimovich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Doctor of Philosophy (DSc), Professor Musayeva Shoira Azimovna,Musayeva Shoira Azimovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Ali Konak,Ali Konak, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Cham Tat Huei,Cham Tat Huei, Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli,Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Utayev Uktam Choriyevich,Utayev Uktam Choriyevich, Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Ochilov Farkhod,Ochilov Farkhod, Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich,Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Akhmedov Javokhir Jamolovich,Akhmedov Javokhir Jamolovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli,Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Bobobekov Ergash Abdumalikovich,Bobobekov Ergash Abdumalikovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Judi Smetana,Judi Smetana, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Chrissy Lewis,Chrissy Lewis, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Glazova Marina Viktorovna,Glazova Marina Viktorovna, Candidate of Economic Sciences (Moscow) Candidate of Economic Sciences (Moscow) Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi,Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Sevil Piriyeva Karaman,Sevil Piriyeva Karaman, Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli,Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli, Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli,Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli, Senior lecturer at TSUI Senior lecturer at TSUI https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 4 Muassis: “Ma’rifat-print-media” MChJ Hamkorlarimiz: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, OʻzR Tabiat resurslari vazirligi, OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamenti. Ekspertlar kengashi: Berkinov Bazarbay, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Po‘latov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Isakov Janabay Yakubbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xalikov Suyun Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Rustamov Ilhomiddin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Hakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kamilova Iroda Xusniddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘afurov Doniyor Orifovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Fayziyev Oybek Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Yaxshiboyeva Laylo Abdisattorovna, katta o‘qituvchi Babayeva Zuhra Yuldashevna, mustaqil tadqiqotchi Board of Experts: Berkinov Bazarbay, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Pulatov Bakhtiyor Alimovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Isakov Janabay Yakubbayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khalikov Suyun Ravshanovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Rustamov Ilkhomiddin, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Khakimov Ziyodulla Akhmadovich, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Kamilova Iroda Khusniddinovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics Gafurov Doniyor Orifovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy Fayziyev Oybek Rakhimovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Tukhtabayev Jamshid Sharafetdinovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Khamidova Faridakhon Abdulkarimovna, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Yakhshiboyeva Laylo Abdisattorovna, Senior Lecturer Babayeva Zuhra Yuldashevna, Independent Researcher 08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 Makroiqtisodiyot 08.00.03 Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 Ekonometrika va statistika 08.00.07 Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 Marketing 08.00.12 Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 Menejment 08.00.14 Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 Turizm va mehmonxona faoliyati Jurnalning ilmiyligi: ““Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2023-yil 28-fevraldagi 333/5-sonli qarori bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami 5 MUNDARIJA METHODS USED IN BUSINESS DECISION-MAKING ........................................................................................................10 Ochildiev Bekhruz To‘lqin ogli, Safarov Alisher YASHIRIN IQTISODIYOTNING AMALIY TAHLILI O‘ZBEKISTON MIQYOSIDA VA UNING XUFYONA JIHATI .............................................................................................................................................................................15 Yuldasheva Nargiza Rashidovna, Koshanov Abdimurat Azat uli BIZNESDA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA KASBIY KOMMUNIKATSIYALAR ...............................20 Gulmurodova Marjona Olimjon qizi, Normamatova Sitora Nozim qizi, Umida Yuldasheva Anasaliyevna ИНТЕГРАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЙ МОДЕЛИРОВАНИЯ В ОБРАЗОВАНИЕ ПО БУХГАЛТЕРСКОМУ УЧЁТУ: ПОВЫШЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ДЛЯ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ............................................................................................................................................ 25 Муратова Наргиза Тахировна MIGRATSIYA JARAYONLARI VA IQTISODIY TENGSIZLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO TA’SIR XUSUSIYATLARI ...............................................................................................................................................................................30 E.T. Samadova, M.Sh.Raximova O‘ZBEKISTON KORXONALARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA MENEJMENTNING YANGI YONDASHUVLARI .....................................................................................................................36 Shoydulova Maftuna Zafar qizi, Meliyeva Nargiza Eshboyevna TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR ............................................................................................................................................................................43 Nosirov Sabohiddin, Abdullayeva Mohiniso, Hafizullayev Javlon, Kasimova Zilola G‘ulomiddinovna MEHNAT MIGRATSIYASI VA PUL O‘TKAZMALARINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI .............................................48 Chintemirova Diyora Shuxrat qizi, Akbarova Barno Shuxratovna IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 48 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami MEHNAT MIGRATSIYASI VA PUL O‘TKAZMALARINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI Chintemirova Diyora Shuxrat qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi E-mail: [email protected] Ilmiy rahbar: Akbarova Barno Shuxratovna TDIU Iqtisodiy statistika kafedrasi dotsenti, Phd E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining iqtisodiyotga ta’siri empirik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda 2018–2024-yillardagi statistik ma’lumotlar asosida pul o‘tkazmalari (remittances) hajmi hamda ularning iste’mol bozori, kambag‘allik darajasi, ishsizlik va valyuta tushumlariga ta’siri tahlil qilingan. Empirik natijalarga ko‘ra, migrantlar tomonidan yuborilgan pul o‘tkazmalari qisqa muddatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ijobiy rol o‘ynagani aniqlangan, biroq uzoq muddatda mehnat resurslarining qisqarishi, “miya oqimi”ning kuchayishi va tashqi iqtisodiy qaramlik xavflari yuzaga kelgani qayd etilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba va qiyosiy tahlil asosida O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini samarali investitsiyalarga yo‘naltirish, moliyaviy xizmatlarni kengaytirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: mehnat migratsiyasi, pul o‘tkazmalari, iqtisodiy ta’sir, O‘zbekiston, YAIM, aholi daromadi, kambag‘allik, valyuta tushumi, ishsizlik, makroiqtisodiy barqarorlik, xalqaro tajriba, tashqi qaramlik, miya oqimi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. Abstract: This article examines the impact of labor migration and remittances on the economy of the Republic of Uzbekistan through empirical analysis. Based on statistical data for the period 2018–2024, the study analyzes the volume of remittances and their effects on the consumer market, poverty level, unemployment, and foreign currency inflows. The empirical results reveal that remittances sent by migrants played a positive role in ensuring macroeconomic stability in the short term, however in the long term, the reduction of labor resources, the intensification of “brain drain” and increasing external economic dependence have posed significant risks. Furthermore, drawing on international experience and comparative analysis, the study develops practical recommendations aimed at channeling remittances into effective investments, expanding financial services, and strengthening social protection mechanisms to enhance Uzbekistan’s economic resilience. Key words: labor migration, remittances, economic impact, Uzbekistan, GDP, household income, poverty, foreign exchange inflows, unemployment, macroeconomic stability, international experience, external dependence, brain drain, socio-economic development. Аннотация: В данной статье исследовано влияние трудовой миграции и денежных переводов на экономику Республики Узбекистан на основе эмпирического анализа. В исследовании, охватывающем статистические данные за 2018–2024 годы, проанализированы объем денежных переводов (remittances), их воздействие на потребительский рынок, уровень бедности, безработицу и валютные поступления. Эмпирические результаты показали, что в краткосрочной перспективе денежные переводы мигрантов сыграли положительную роль в обеспечении макроэкономической стабильности, однако в долгосрочной перспективе сокращение трудовых ресурсов, усиление «утечки мозгов» и рост внешнеэкономической зависимости создают серьезные риски. Кроме того, на основе международного опыта и сравнительного анализа разработаны практические предложения по направлению денежных переводов в эффективные инвестиции, расширению спектра финансовых услуг и усилению механизмов социальной защиты для укрепления экономической устойчивости Узбекистана. Ключевые слова: трудовая миграция, денежные переводы, экономическое воздействие, Узбекистан, ВВП, доходы населения, бедность, валютные поступления, безработица, макроэкономическая стабильность, международный опыт, внешняя зависимость, «утечка мозгов», социально-экономическое развитие. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 49 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami KIRISH Mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalari bugungi globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning yuborayotgan mablag‘lari nafaqat uy xo‘jaliklari daromadlarining muhim manbayi, balki makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda migrantlar tomonidan global miqyosda yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 860 milliard AQSh dollaridan ortiqni tashkil etgan. Rivojlanayotgan davlatlar kesimida pul o‘tkazmalarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatan ulushi yuqoriligi kuzatilgan. Masalan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Tonga va Livan kabi davlatlarda pul o‘tkazmalari yalpi ichki mahsulotning 30–50 foizgacha yetgani qayd etilgan[3]. Ushbu mablag‘lar bir tomondan iste’molni kengaytirsa, ikkinchi tomondan investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish orqali iqtisodiy o‘sishga kuchli turtki bermoqda. O‘zbekiston ham mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining iqtisodiyotga ta’sirini sezilarli darajada boshdan kechirayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Ma’lumki, respublikamiz aholisi tarkibida mehnatga layoqatli yoshlarning ulushi yuqori bo‘lib, iqtisodiyotda bandlik masalasi doimiy dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar sonining ortishi va ular tomonidan yuborilayotgan pul mablag‘lari milliy iqtisodiyotning turli jabhalarida sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, 2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 16,6 milliard AQSh dollaridan oshib[4], mamlakat to‘lov balansining ijobiy shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Ushbu mablag‘lar milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, importni moliyalashtirish va ichki iste’mol bozorini qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etgan. O‘zbekiston Hukumati so‘nggi yillarda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish hamda xorijdagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Mehnat migratsiyasi masalalarini tartibga solish va ushbu sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3839-son qarori asosida Migratsiya agentligi tashkil etilgan va xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga nisbatan tizimli yondashuv joriy etilgan1. Shuningdek, davlat tomonidan mehnat migratsiyasining iqtisodiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil 27-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida xorijdagi fuqarolarni faqat vaqtinchalik daromad topuvchi kuch sifatida emas, balki barqaror investitsiya manbai sifatida ko‘rish zarur”, deb alohida ta’kidlangan2. Shu bilan birga, mehnat migratsiyasining murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular milliy mehnat bozorining tarkibiy o‘zgarishlarini shakllantiradi. Xususan, mehnat resurslarining xorijiy bozorga chiqishi ichki iqtisodiyotda malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirib, yangi kasbiy tayyorlov tizimlarini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Yuqori malakali mutaxassislarning chet elda tajriba orttirishi esa, kelgusida ularning qaytishi orqali “revers miya oqimi”ni shakllantirish imkonini beradi. Oilalarning vaqtincha ajralib yashashi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kuchaytirish ehtiyojini ko‘rsatmoqda, bu esa davlatning ijtimoiy siyosatini takomillashtirish uchun yangi yo‘nalishlarni belgilaydi. Shu sababli, pul o‘tkazmalarini faqat iste’molni rag‘batlantiruvchi vosita emas, balki investitsiyalarni moliyalashtirishga xizmat qiluvchi barqaror iqtisodiy resurs sifatida boshqarish muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, balki moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlik muhiti va innovatsion faollikni ham kengaytiradi. Yuqorida qayd etilgan jihatlar mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining O‘zbekiston uchun murakkab, ammo istiqbolli iqtisodiy-ijtimoiy jarayon ekanini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – migratsiya va pul o‘tkazmalarining iqtisodiyotga ta’sirini statistik tahlil asosida baholash, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitida bu jarayonlarni yanada samarali boshqarishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Xalqaro tadqiqotlarda mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalari masalasi keng o‘rganilgan. Amerikalik iqtisodchi R. Adams o‘z maqolasida remitanslarning qisqa muddatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi, biroq uzoq muddatda tashqi iqtisodiy qaramlikni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlagan [5]. Yangi Zelandiya va Jahon banki tadqiqotchilari – A. Bollard, D. McKenzie, M. Morten hamda H. Rapoport o‘z maqolalarida yuqori malakali migrantlarning ko‘proq pul o‘tkazmalari amalga oshirishi haqidagi empirik dalillarni keltirishgan [6]. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi ‘‘Mehnat migratsiyasi masalalarini tartibga solish va ushbu sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi PQ–3839-son qarori. https://lex.uz/docs/-3811317 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27.12.2022 yildagi SQ-669-IV-son qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6371092 IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 50 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) o‘zining muntazam ravishda chop etiladigan hisobotlarida remitanslarni rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy farovonlikni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy moliyaviy oqim sifatida baholagan [7]. Fransuz iqtisodchilari H. Rapoport va F. Docquier o‘z monografiyalarida remitanslarning “miya oqimi” jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligini ilmiy asoslab berganlar [8]. O‘zbekiston olimlari ham ushbu masalani turli jihatlarda tadqiq etishgan. Iqtisodchi olim A. Vohidov o‘z maqolasida mehnat migratsiyasini qisqa muddatda farovonlikni oshiruvchi, biroq uzoq muddatda tashqi qaramlikni kuchaytiruvchi omil sifatida talqin qilgan [9]. B. Qodirov o‘zining ilmiy maqolasida remitanslarning kambag‘allikni kamaytirishdagi rolini asoslab, ularni aholi daromadlarini oshiruvchi asosiy instrument sifatida baholagan [10]. D. Ergashev o‘z tadqiqotida remitanslarning valyuta zaxiralari va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini chuqur tahlil qilgan [11]. S. Mavlanova esa o‘z maqolasida pul o‘tkazmalari O‘zbekiston YAIMining 10–12 foizini tashkil etishini ta’kidlab, ularni milliy iqtisodiyot uchun muhim moliyaviy manba sifatida e’tirof etgan [12]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu tadqiqotda mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 2018– 2024-yillar statistik ma’lumotlari asosida o‘rganilgan. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) bazalaridan olinib, ular asosida ilmiy tahlillar amalga oshirilgan. Tahlil jarayonida ilmiy tadqiqot metodologiyasida keng qo‘llaniladigan kuzatish, umumlashtirish, guruhlash va taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Empirik ma’lumotlarni qayta ishlashda statistik, grafik va sintez usullari qo‘llanilib, dinamik tendensiyalar hamda o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan. Shuningdek, oddiy eng kichik kvadratlar (OLS) usuli asosida ko‘p omilli regressiya modeli tuzilgan. YAIM o‘sishi bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida tanlanib, mustaqil omillar sifatida pul o‘tkazmalari hajmi, inflyatsiya va ishsizlik darajalari kiritilgan. Natijada shakllangan model pul o‘tkazmalarining iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash, shuningdek, ularning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sirini aniqlash imkonini bergan. Tahlil va natijalar O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalarining 2018–2024-yillardagi dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, migrantlar yuborgan moliyaviy resurslar hajmi yildan-yilga o‘zgarib borgan, ularning YAIMdagi ulushi va aholi jon boshiga hisoblangan ko‘rsatkichlari esa barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etgan (1-rasm). 1-rasm. O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari dinamikasi3 Xususan, pul o‘tkazmalari 2018-yilda 7,6 milliard AQSh dollaridan 2024-yilda 16,6 milliard dollargacha ko‘tarilib, qariyb ikki baravar oshgan. 2020-yilda pandemiya sababli qisqa muddatli pasayish kuzatilgan 3 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Jahon banki ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 51 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 7-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami bo‘lsa-da, 2021-yildan boshlab tezkor tiklanish jarayoni boshlangan va 2022-yilda 15,5 milliard dollarga yetib, davr mobaynidagi eng yuqori darajalarni qayd etgan. Keyingi yillarda biroz pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy yo‘nalish ijobiyligicha qolmoqda. YAIMga nisbatan ulush ko‘rsatkichlari iqtisodiy qaramlik darajasini baholash imkonini beradi. 2018-yilda pul o‘tkazmalari ulushi 14,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda 10,7 foizgacha kamaygan. Biroq pandemiyadan keyingi tiklanish davrida bu ko‘rsatkich keskin oshib, 2022-yilda 19,1 foizni tashkil etgan. Keyingi yillarda esa 14–16 foiz oralig‘ida barqarorlashgan. Bu holat pul o‘tkazmalarining tashqi moliyaviy manba sifatidagi muhim rolini tasdiqlaydi. Pul o‘tkazmalarining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori ham ijobiy dinamikani namoyish etgan. 2018yilda bu ko‘rsatkich 232 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 443 dollargacha ko‘tarilgan. 2023-yilda 394 dollargacha pasaygan bo‘lsa-da, 2024-yilda 451 dollargacha yetib, rekord darajani qayd etgan. Bu esa uy xo‘jaliklari daromadlarining ortishini va iste’mol imkoniyatlarining kengayganini ifodalaydi (1-rasm). 1-jadval. Mehnat migratsiyasi va iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik4 Yil Migrantlar soni (mln) Pul o‘tkazmalari (mlrd. $) Kambag‘allik darajasi (%) Ishsizlik (%) YaIM o‘sishi (%) Valyuta zaxiralari (mlrd. $) Inflyatsiya (%) 2018 2,9 7,6 11,4 5,4 5,6 27 14,3 2019 2,5 8,5 11 4,9 6,8 29,3 15,2 2020 1,2 7,1 10,5 5,3 1,6 34,9 11,1 2021 1,7 9,3 17 5,4 8 35,4 10 2022 2,3 15,5 14 4,5 6 35,8 12,3 2023 2 14,2 11 4,5 6,3 34,6 8,8 2024 1,9 16,6 8,9 4,5 6,5 41,2 9,8 Yuqoridagi 2-jadval natijalaridan ko‘rinib turibdiki, 2018–2024-yillarda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi oqimlari va unga bog‘liq iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi sezilarli bo‘lgan. Migrantlar soni 2018–2019-yillarda nisbatan barqaror o‘sish ko‘rsatgan bo‘lsa, 2020-yilda pandemiya oqibatida 1,2 million kishigacha keskin kamaygan. Keyinchalik bu ko‘rsatkich qisman tiklanib, 2022-yilda 2,3 millionga yetgan, ammo 2024-yilda 1,9 million atrofida shakllanib, avvalgi yuqori darajalarni qayd etmagan. Ushbu o‘zgarishlar pul o‘tkazmalari hajmiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatib, ularning umumiy hajmi 2018-yildagi 7,6 milliard dollardan 2024-yilda 16,6 milliard dollargacha oshgan. Muhim jihati shundaki, migrantlar soni qisqargan yillarda ham pul o‘tkazmalari hajmi ortishda davom etgan. Bu esa har bir migrant tomonidan yuborilayotgan mablag‘ miqdorining oshgani bilan izohlanadi. Pul o‘tkazmalarining o‘sishi aholining ijtimoiy farovonligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Kambag‘allik darajasi pandemiya davrida 17 foizgacha oshgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda pasayib, 2024-yilda 8,9 foizgacha tushgan. Ishsizlik darajasi butun davr davomida 4,5–5,4 foiz oralig‘ida saqlanib, mehnat migratsiyasi ichki mehnat bozoridagi bosimni yumshatgan. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham o‘zgaruvchan bo‘lgan: YAIM pandemiya yili 1,6 foizgacha pasaygan, biroq 2021-yilda 8 foizgacha tiklanib, keyinchalik 6–6,5 foiz oralig‘ida barqarorlashgan. Xalqaro valyuta rezervlari 2018-yildagi 27 milliard dollardan 2024-yilda 41,2 milliard dollargacha oshib, tashqi iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlagan. Inflyatsiya 2018–2019-yillarda 14–15 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 8,8 foizgacha pasaygan va 2024-yilda 9,8 foizni tashkil etgan. Umuman olganda, pul o‘tkazmalar qisqa muddatda iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlab, kambag‘allikni kamaytirgan va aholi daromadlarini oshirgan. 2018–2024-yillar ma’lumotlari asosida O‘zbekiston iqtisodiyotida mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganilgan. YAIM o‘sishi (%) bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida tanlanib, mustaqil omillar sifatida pul o‘tkazmalari hajmi (milliard AQSh dollari), inflyatsiya (%) va ishsizlik (%) kiritilgan. Oddiy eng kichik kvadratlar (OLS) usuli yordamida shakllantirilgan ko‘p omilli regressiya modeli quyidagi ko‘rinishda ifodalangan[13]: GDP_growth= β₀ + β₁ Remit+ β₂ Inflation+ β₃Unemployment+ε 4 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qo‘mitasi, Jahon banki, ILO va IOM ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.