BOSHLANG'ICH TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA INSONPARVARLIK VA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDAGI PEDAGOGIK SALOHIYAT TATBIQI
Full text
250 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INSONPARVARLIK VA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDAGI PEDAGOGIK SALOHIYAT TATBIQI Turdialiyeva Dilshoda Yuldosheva Sojidaxon Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 9BT-22 guruh talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17357043 ANNOTATSIYA Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish zaruriyati asoslangan bo'lib, aniqlovchi tajriba bosqichi natijalari tahlil qilingan. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda tejamkorlik, iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish bo'lib, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim belgisi ma 'naviy asosga ega iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish hisoblanadi. Kalit so'z va tushunchalar: boshlang'ich sinf o'quvchisi, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta'lim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat, kuzatish, tajriba-sinov, Sharq mutafakkirlari. АННОТАЦИЯ В основу статьи положена необходимость развития навыков творческого мышления у учащихся начальных классов, анализируются результаты тестового этапа. Главной целью экономического образования является формирование у человека таких качеств, как бережливость, экономические знания, экономическое мышление, а важнейшим признаком современного экономического образования является развитие экономической культуры, имеющей духовную основу. Ключевые слова и понятия: младший школьник, экономическое образование, экономическое образование, экономические знания, экономическая культура, наблюдение, эксперимент, восточные мыслители. ABSTRACT The article is based on the need to develop creative thinking skills in elementary school students, and the results of the test stage are analyzed. The main goal of economic education is the formation of qualities such as thrift, economic knowledge, economic thinking in a person, and the most important sign of modern economic education is the development of economic culture with a spiritual basis. Key words and concepts: primary school student, economic education, economic education, economic knowledge, economic culture, observation, experiment, Eastern thinkers. KIRISH Dunyoda boshlang'ich ta'limning nazariy-metodologik jihatlarini takomillashtirish, o'quvchilarda iqtisodiy bilimlami shakllantirish jarayoni modelini yaratish, iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv vaziyatlarining didaktik-pedagogik imkoniyatlari va metodlarini aniqlashtirish bo'yicha tadqiqotlar alohida ahamiyatga molikdir. Bu esa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantiruvchi ta'lim jarayonini tashkil etishga yo'naltirilgan metodik tizimni yaratish zaruriyatini izohlaydi. Rivojlangan davlatlar ta'lim tajribasida o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, didaktik, kreativ, integrativ, iqtisodiy, kasbiy bilimlardan samarali foydalanish texnologiyalarini hayotga tadbiq etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi
251 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Respublikamizda umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo'lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini shakllantirish, iqtisodiy tafakkuri va tasavvuri shakllangan o'quvchilarni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratilgan. Bunda "yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish"[1] masalasi muhim vazifalar sifatida belgilangan. Bunda o'quvchining intellektual sifatlarini rivojlantirish, ta'lim va tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot usullari. Kuzatish, ilmiy manbalar va ilmiy tadqiqot ish natijalarini pedagogikpsixologik tahlil qilish, taqqoslash, pedagogik tajriba-sinov. Adabiyotlar tahlili. Yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish, ularda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish va tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino [3], Abu Rayhon Beruniy [5], Abu Nasr Forobiy [4] hamda A.Avloniy [2] kabi jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida o'z aksini topgan. Sharq mutafakkirlari o'zlarining asarlarida komil inson ega bo'lishi zarur bo'lgan tejamkorlik, ishbilarmonlik, mas'uliyatlilik, intizomlilik, har ishda mo'tadillik, iqtisodchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, savdo va savdodagi halollik malakalarini bayon etganlar. Mazkur manbalarda isrof, xiyonat, o'g'rilik, buzg'unchilik, yolg'onchilik, beburdlik kabi salbiy illatlarning nafaqat noaxloqiy jihatlari, balki ularning insonga iqtisodiy zarar keltiruvchi mohiyati, mazmuni va oqibatlari ham yoritilgan. Iqtisodiy ta'lim-tarbiya masalasi Sharq mutafakkirlari tomonidan doimo dolzarb hisoblanib kelingan. "Har bir kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin" - deb ta'kidlaydi Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy. Abu Nasr al-Forobiy inson o'z mablag'ini sarflashni bilishi kerakligi, pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish xasislikka olib kelishi va pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklashini ta'kidlaydi. Shuningdek, insonning ilm-ma'rifatli bo'lishi, kasb-hunarni mukammal egallashi, halol mehnat qilishi uni iqtisodiy tanazzuldan chiqishi va baxt-saodatga erishuvida yordam beruvchi asosiy omil ekanini bayon etgan. Forobiy "Baxt-saodatga erishuv" asarida u bolalarga yoshlikdan hayot to'g'risida bilim berish zarurligi, yoshlar kasb-hunar, ish-tajribaga ega bo'lishlari, nazariy bilimlarni o'z vujudlariga singdirgachgina, asta-sekin egallagan kasblarida yutuqga erishib borishlari, doimo mantiqiy fikrlash yo'li bilan uni amalda sinab ko'rishga odatlanishlari kerakligini uqtiradi. [4, 78-81-b.]. Ibn Sino bolaga hisob-kitob ilmini o'rgatish va ularda ishbilarmonlik, tashabbuskorlik xususiyatlarini shakllantirish zaruriyatini ta'kidlab, bu avvalo bolalarga hunar o'rgatish zamirida o'ziga ishonch paydo qilish, vaqt, undan unumli foydalanish, iqtisod qilishga doir bilimlarni rivojlantrish orqaligina amalga oshirish mumkin [3]. Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilik" asari muhim o'rin tutadi. Yusuf Xos Hojib ma'naviy merosida insonlarning mehnatiga loyiq haq to'lash, mehnatni to'g'ri baholab taqdirlash, har bir aqliy-jismoniy mehnatni qadriga yetish,
252 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz moddiy manfaat, kasb-hunar egallash hamda kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o'rin berilgan. "Iqtisod" grekcha so'zdan olingan bo'lib, "oykos" - uy, uy xo'jaligi, "nomos" - qonun degani. Ya'ni uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma'nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati" nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Mehnat darslari va darsdan tashqari jarayonlarda maktab, oila, mahalla hamkorligida boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiyotga oid tushunchalarni shakllantirish samaradorligini ilmiy o'rganish maqsadiga qaratilgan yana bir tadqiqot ishi X.J.Xudoyqulov tomonidan amalga oshirilgan. Izlanuvchi "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari" muammolari ustida ish olib borib, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijodkorlik hissini o'stirish va iqtisodiy ta'lim-tarbiya berishda Sharq mutafakkirlari adabiy merosidan foydalanish, bunda davlat iqtisodiy siyosatining o'mi va ahamiyatini yoritib bergan [10, 235-b.]. Boshlang'ich 1-4-sinf o'quvchilari iqtisodiy bilimdonligini modulli texnologiya asosida rivojlantirishning didaktik asoslarini tadqiq etgan X.A.Umarova, "O'qish", "Ona tili", "Matematika" fanlari mazmunida boshlang'ich sinf ta'lim oluvchilariga fanlar mazmunida iqtisodiy bilim berish uslublarini tavsiya etgan [9, 202-b.]. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy ta'lim-tarbiyasining umumpedagogik asoslarini o'rgangan T.V.Drobisheva muammoni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tadqiq etib, iqtisodiy ta'limtarbiyaning to'g'ri yo'lga qo'yilishida tashqi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri kuchli ekanini e'tirof etgan. U kam ta'minlangan oila farzandlarining o'zlarini o'rab turgan narsalar, atrofmuhit, unda kechayotgan voqea-hodisalarga munosabati, o'ziga to'q, yaxshi ta'minlangan oilada tarbiya topayotgan bolalarnikiga qaraganda o'zgacha ekanini kuzatgan. Tadqiqotchi buni ehtiyojmand oila bolalarining oila muhitida ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga erta duch kelishi oqibatida tengdoshlaridan ancha barvaqt orttirgan hayotiy tajribalari natijasi hamda shu asosda ular xulqida yuzaga kelgan o'zgarishlar sifatida baholagan. Umumiy o'rta ta'lim bosqichlari ta'lim oluvchilariga turli yo'nalishlarda uzviy ta'limtarbiya berish muammolari nazariy va amaliy jihatdan ko'plab olimlar tomonidan o'rganilganiga qaramay, ular ichida umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich bosqichida ta'lim oluvchilarga ilk iqtisodiy ta'lim-tarbiya berish uzviyligiga bag'ishlangan tadqiqot ishlari olib borishni talab etadi. Tahlillar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga turtki bo'lgan tushunchalar, ularga eng yaqin bo'lgan olam, ularni o'rab turgan atrof-muhit, narsa-hodisalar va bolalarning undagi faoliyati bilan bog'liq bo'lishi zarur degan xulosani beradi. Iqtisodiy ta'lim - murakkab intégral ta'lim jarayoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy - iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish, shakllantirish, saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi. Boshlang'ich ta'lim ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga doir zamonaviy yondashuvlar mazmuni hamda unga ta'sir etuvchi omillar, boshlang'ich sinf
253 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bosqichlari va jarayonni tashkil etishning alohida metodik tizimini takomillashtirish ehtiyoji mavjud. Mazkur jihatlar boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish yuzasidan ilmiy izlanish olib borishni taqozo etadi. Buning uchun, umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinfida ta'lim oluvchilar yosh xususiyati o'rganilishi, bolalarda ilk iqtisodiy bilimlarning shakllanishiga turtki bo'ladigan iqtisodiy atamalar va ular o'zlashtira oladigan tushunchalarni aniqlash, iqtisodiy ta'limtarbiyani pedagogik hamkorlikda, uzviy tashkil etishning samarali shakl, usul, vositalari belgilanishi talab etiladi. Shu maqsadda, avvalo boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlari hamda bu yoshda ularda ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirish imkoniyatlarini yoritish o'rinlidir. Xulosa. Ta'limiy amaliyot tahlili boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish, boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'lim-tarbiya mazmunini iqtisodiy mavzularda integratsiyalashtirish, ilg'or o'qitish texnologiyalarini qo'llash asosida bosqichlararo uzviy tashkil etishga bog'liq ekanini ko'rsatdi. References: 1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son. 2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: Cho'lpon, 1994. - 182 b. -62-63, 64 b. 3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Saylanma. 1-jild. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1993. - 304 b. 4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - 222 b. - 78-81 b. 5. Abu Rayhon Beruniy. Feruza (Javohirlar haqida naql va hikoyatlar). - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi nashriyot, 1993. - 96 b. 6. Artiqova M.B. Oilada o'smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shartsharoitlari: Ped.fan.nom. ... diss. - T.: 2008. -B. 155. 7. Ismailov, M. K. (2021). REFLECTIVE TECHNOLOGIES OF DEVELOPMENT OF SANOGEN THINKING IN STUDENTS. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 167-170).