scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQIL TA'LIM VA SUN'IY INTELLEKT INTEGRATSIYASI: MUVAFFAQIYAT OMILLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Xolmurodov Behzod Botir oʻgʻli

Abstract

Mazkur tezisda mustaqil ta'lim va sun'iy intellekt integratsiyasining zamonaviy ta'lim tizimidagi oʻrni hamda uning muvaffaqiyat omillari va rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Mustaqil ta'lim talabalarda mustaqil fikrlash, izlanish va ijodkorlikni shakllantirishning muhim shakli sifatida qaraladi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi esa ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etishga, individual ta'lim traektoriyalarini shakllantirishga, diagnostika va baholashni avtomatlashtirishga hamda oʻqituvchi faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, integratsiyaning muvaffaqiyat omillari sifatida oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi, talabalarning motivatsiyasi, pedagogik dizayn, raqamli resurslar sifati va texnologik infratuzilma alohida ahamiyat kasb etadi. Prognoz tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2025–2030 yillarda SI integratsiyasi mustaqil ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Mazkur natijalar mustaqil ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari MUSTAQIL TAʼLIM VA SUNʼIY INTELLEKT INTEGRATSIYASI: MUVAFFAQIYAT OMILLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Muallif: Xolmurodov Behzod Botir oʻgʻli 1 Affiliyatsiya: Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17357441 ANNOTATSIYA Mazkur tezisda mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasining zamonaviy taʼlim tizimidagi oʻrni hamda uning muvaffaqiyat omillari va rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Mustaqil taʼlim talabalarda mustaqil fikrlash, izlanish va ijodkorlikni shakllantirishning muhim shakli sifatida qaraladi. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi esa ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etishga, individual taʼlim traektoriyalarini shakllantirishga, diagnostika va baholashni avtomatlashtirishga hamda oʻqituvchi faoliyatini qoʻllabquvvatlashga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, integratsiyaning muvaffaqiyat omillari sifatida oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi, talabalarning motivatsiyasi, pedagogik dizayn, raqamli resurslar sifati va texnologik infratuzilma alohida ahamiyat kasb etadi. Prognoz tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2025–2030 yillarda SI integratsiyasi mustaqil taʼlim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Mazkur natijalar mustaqil taʼlim jarayonini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: Mustaqil taʼlim, sunʼiy intellekt, integratsiya, taʼlim samaradorligi, motivatsiya, pedagogik dizayn, taʼlim texnologiyalari, diagnostika, baholash. KIRISH Hozirgi davrda taʼlim jarayonida mustaqil taʼlimning oʻrni tobora ortib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasida ham taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Xususan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda taʼlimning asosiy vazifalaridan biri sifatida shaxsning mustaqil taʼlim olish qobiliyatini rivojlantirish belgilangan [1]. Prezident Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Bugungi kunda bilim olishning zamonaviy usullarini joriy etish, yoshlarni mustaqil fikrlashga, izlanishga oʻrgatish bizning ustuvor vazifamizdir” [2]. Bu fikrlar, bir tomondan, talabalarning mustaqil taʼlim olish jarayonini jadallashtirish zarurligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, uni sunʼiy intellekt kabi ilgʻor texnologiyalar bilan uygʻunlashtirishni taqozo etadi. ADABIYOTLAR TAHLILI Mustaqil taʼlim – talabaning shaxsiy izlanishlariga, oʻz-oʻzini rivojlantirishga asoslangan jarayon boʻlib, zamonaviy taʼlimda uning ahamiyati yanada ortmoqda. Sunʼiy intellekt esa talabaning individual ehtiyojlarini hisobga oluvchi, moslashtirilgan (adaptiv) oʻqitish, bilimlarni diagnostika qilish va baholash imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu bois, mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasini oʻrganish “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir. Sunʼiy intellekt (SI) esa, insonning aqliy faoliyatini modellashtiruvchi texnologiyalar majmuasi boʻlib, taʼlim sohasida u oʻquvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchi oʻquv dasturlarini yaratish, bilimlarni testlash va baholashni avtomatlashtirish, hamda taʼlim jarayonini monitoring qilish imkoniyatlarini beradi. Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellektning integratsiyasi nazariy jihatdan ikki muhim asoslarga tayanadi: • Pedagogik asos – oʻquvchi va talabalarning mustaqil taʼlim faoliyatini samarali tashkil etish uchun sunʼiy intellektdan yordamchi vosita sifatida foydalanish. Bu jarayonda oʻqituvchi – yoʻnaltiruvchi va maslahat beruvchi, SI esa – individual bilimlarni boshqaruvchi tizim vazifasini bajaradi. • Psixologik asos – talabaning oʻquv motivatsiyasini oshirish, oʻz qobiliyatlarini rivojlantirish hamda individual taʼlim traektoriyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Sunʼiy intellekt orqali talaba oʻzining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, shunga mos ravishda mustaqil oʻquv strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Demak, mustaqil taʼlim va sunʼiy intellektning uygʻunlashuvi – taʼlim jarayonini individuallashtirish, shaxsiy yondashuvni kuchaytirish va bilimlarni samarali egallashni taʼminlovchi yangi bosqichni yuzaga keltiradi(1-jadval). Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt (SI) integratsiyasi samaradorligi koʻplab omillarga bogʻliq boʻlib, ularning taʼlim sohasiga aloqador jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Integratsiyaning muvaffaqiyatli boʻlishi, avvalo, oʻquv jarayonining metodik asoslariga tayanadi. SI vositalari oʻquv dasturlariga shunchaki qoʻshib qoʻyilmasligi, balki mustaqil taʼlim faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi lozim. Shu bois, topshiriqlarni individuallashtirish, talabalarning mustaqil ishlash darajasiga moslashtirish va baholash mexanizmlarini integratsiya qilish muhim hisoblanadi. SI texnologiyalaridan samarali foydalanish oʻqituvchilarning raqamli va metodik savodxonligiga bogʻliq. Oʻqituvchi – talaba uchun yoʻnaltiruvchi va koʻmakchi rolini bajaradi, SI esa mustaqil taʼlimni boshqaruvchi vosita sifatida namoyon boʻladi. Shu sababli, pedagoglarning zamonaviy texnologiyalarni oʻquv jarayoniga qoʻshishdagi malakasi integratsiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillardandir. 1-jadval. Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasining taʼlim jarayoniga taʼsiri Yoʻnalishlar Mustaqil taʼlim imkoniyatlari Sunʼiy intellekt orqali qoʻshimcha imkoniyatlar Bilim olish Talabaning mustaqil izlanishi Individual oʻquv traektoriyasi yaratish Axborot manbalari Kitob, maqola, darsliklar Raqamli kutubxona, intellektual qidiruv tizimlari Oʻzlashtirish monitoringi Oʻqituvchi tomonidan baholash Real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tahlil Motivatsiya Ichki ragʻbat asosida Gamifikatsiya, shaxsga moslashtirilgan maslahatlar Oʻqituvchi roli Yoʻnaltiruvchi va nazoratchi Mentor + SI yordamchisi 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari Mustaqil taʼlimning muvaffaqiyatli boʻlishi talabadan yuqori darajada masʼuliyat va oʻzini boshqarish koʻnikmalarini talab etadi. SI asosidagi platformalar talabalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, individual tavsiyalar berish orqali motivatsiyani oshirishi mumkin. Ammo bu jarayon samaradorligi talabaning mustaqil ishlashga tayyorgarligiga bevosita bogʻliq. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda oʻquv mazmunini modul va bloklarga ajratish, ularni talabalarning individual oʻzlashtirish surʼatiga moslashtirish zarur. Moslashuvchan mazmun talabaning qiziqish va ehtiyojlariga qarab yoʻnaltirilgan mustaqil taʼlimni tashkil etish imkonini beradi. SI integratsiyasida muvaffaqiyat omillaridan biri — samarali baholash tizimini yaratishdir. Avtomatlashtirilgan diagnostika vositalari talabalarning bilim darajasini tez va aniq baholash imkonini beradi, oʻqituvchiga esa individual yondashuvni tanlashda yordam beradi. Natijada, mustaqil taʼlim jarayoni muntazam nazorat ostida boʻladi va talabaning rivojlanish dinamikasi kuzatib boriladi. 1-rasm. Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt bilan integratsiyalashgan mustaqil taʼlim rivojlanish tendensiyalari Yuqoridagi 1-rasmda keltirilgan raqamlar — yaʼni 2025-2027-2030 yillarda mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt bilan integratsiyalashgan mustaqil taʼlim rivojlanishi prognozlari (Grand View Research) “AI in education” bozorining 2025-2024 yillardagi hajmi baholanib, 2025-2030 davrida taxminiy oʻsish surʼatlari — CAGR (Compound Annual Growth Rate) asosida hamda A Narrative Review on Artificial Intelligence in Education: Transforming Teaching, Learning, and Assessment (Bernal va boshqalar, 2025) nomli maqolada keltirib oʻtilgan AI ning taʼlimga kirib kelishi, oʻquv, baholash va pedagogik amaliyotda qanday oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi, tayyorgarlik va infratuzilma kabi maʼlumotlar asosida prognoz qilingan[3-4]. Taʼlim jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini integratsiyalash muvaffaqiyati bir qator omillarga bogʻliq boʻlib, ushbu omillar nisbiy ulushi boʻyicha farqlanadi (2-rasm). Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, eng muhim omil sifatida oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi (25%) ajralib turadi. Bu holat oʻqituvchilarning yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish va ularni oʻquv jarayoniga samarali tatbiq eta olish qobiliyatiga bevosita bogʻliqdir. Ikkinchi oʻrinda pedagogik dizayn (22%) qayd etilgan boʻlib, taʼlim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan toʻgʻri loyihalash SI integratsiyasining samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Talabalarning 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari motivatsiyasi (20%) ham muhim omil boʻlib, oʻquv jarayonida talabalarning faol ishtiroki va oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqishi innovatsion yondashuvlarning natijadorligini belgilaydi. Shuningdek, raqamli resurslar sifati (18%) SI texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatli elektron darsliklar, multimediya materiallari va interaktiv platformalar sunʼiy intellekt imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi. Texnologik infratuzilma (15%) esa zarur texnik baza, internet tarmogʻi va dasturiy vositalarning yetarliligi orqali taʼlim jarayonining uzluksizligini taʼminlaydi. Mazkur natijalar xalqaro tajribalar[5-8] hamda soʻnggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarga tayangan holda shakllantirilgan boʻlib, ular SI integratsiyasining muvaffaqiyati faqat texnik shart-sharoitlargagina emas, balki pedagoglarning malakasi va taʼlim jarayonining ilmiy asosda tashkil etilishiga ham bogʻliqligini tasdiqlaydi. 2-rasm. SI integratsiyasining taʼlim jarayonining muvaffaqiyat omillariga taʼsiri SI asosidagi taʼlimiy platformalar talabaning bilim darajasi, qiziqishi va oʻzlashtirish surʼatiga qarab, individual oʻquv yoʻnalishlarini shakllantirishi mumkin. Bu esa mustaqil taʼlim jarayonini talabaning ehtiyojlariga maksimal darajada moslashtirish imkonini beradi. Soʻnggi yillarda SI asosidagi virtual oʻqituvchilar, suhbatdosh dasturlar (chatbotlar) va intellektual tutor tizimlari keng qoʻllanilmoqda. Ular talabaga 24/7 rejimda maslahat berish, savollarga javob qaytarish, mustaqil topshiriqlarni bajarishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish imkoniyatini yaratmoqda. Taʼlim jarayonida yigʻilayotgan katta hajmdagi maʼlumotlarni (big data) SI yordamida tahlil qilish orqali oʻquvchilarning oʻzlashtirish dinamikasini kuzatish, qiyinchiliklarni erta aniqlash hamda samarali taʼlim strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati kengaymoqda. Bu esa mustaqil taʼlim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Ochiq taʼlim resurslari (OER), raqamlashtirilgan darsliklar va SI asosida tavsiya etiladigan qoʻshimcha materiallar mustaqil taʼlim jarayonini boyitmoqda. Bunda talaba oʻz qiziqishiga mos kontentni tanlash imkoniga ega boʻladi. XULOSA Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasi zamonaviy taʼlim tizimida taʼlim jarayonini yangicha sifat bosqichiga olib chiqadigan muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini samarali tashkil etish, individual taʼlim traektoriyalarini shakllantirish, oʻqituvchi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim mazmunini moslashuvchan boshqarish imkonini beradi. Integratsiyaning muvaffaqiyati, eng avvalo, pedagogik 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari yondashuvlarning toʻgʻri tanlanishi, oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, talabalar motivatsiyasi va raqamli resurslarning sifatiga bogʻliqdir. Shuningdek, SI vositalaridan foydalanish natijasida diagnostika va baholash jarayonlarida shaffoflik oshadi, taʼlim samaradorligi monitoringi muntazam olib boriladi va bu oʻz navbatida taʼlim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi [9-10]. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, OʻRQ–637. 2. Mirziyoyev Sh.M. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”dan. – Toshkent, 2022. 3. Grand View Research. Artificial Intelligence in Education Market Size, Share & Trends Analysis Report. 2024. 4. Mordor Intelligence. AI in Education Market Report – Growth, Trends, Forecasts (2025–2030). 2025. 5. Anderson J. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications. – New York: Springer, 2019. – P. 57–69. 6. OECD. AI in Education: Challenges and Opportunities. – Paris: OECD Publishing, 2021. [Elektron resurs]. URL: https://www.oecd.org/education. 7. UNESCO. Artificial Intelligence in Education: A Roadmap for Policy Makers. – Paris: UNESCO Publishing, 2020. [Elektron resurs]. URL: https://unesdoc.unesco.org. 8. Qodirov A. Raqamli taʼlim texnologiyalarining taʼlim samaradorligiga taʼsiri. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021. – 156 b. 9. Xolmurodov, B. (2025). Sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali talabalar qobiliyatlarini baholash va ularga mos dasturlarni taklif qilish. «ACTA NUUz», 1(1.3. 1), 205-207. 10. Z. Mansurov (2024). Informal taʼlimning oʻqitish samaradorligini oshirishdagi roli. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(54), 232-237.