Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 95 ALISHER NAVOIYNING “HAYRATU-L-ABROR” DOSTONI HIKOYATLARIDA TARIQAT SHAYXLARI OBRAZINING ESTETIK VAZIFASI Xolmurodov Islomiddin Xasan o‘g‘li Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17358276 Alisher Navoiy “Hayratu-l-abror” dostonida turli xil mavzularda maqolatlar keltirar ekan ushbu maqolatlarning davomida ularga o‘rnak-misol tariqasida mavzu asosida hikoyatlar keltirib o‘tadi. Aynan shu hikoyatlarda esa asosiy obraz sifatida, asosan, tasavvuf shayxlari va din peshvolari tanlanadi. Hikoyatlarda keltirilgan obrazlarni shartli ravishda to‘rt toifaga bo‘lgan edik. Ayni damda mazkur faslda biz birinchi tur toifa obrazlari haqida mushohada yuritamiz. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, “Navoiyning “Xamsa” dostonida jami o‘n ikkita tarixiy so‘fiylar keltirilgan bo‘lsa, ularning barchasi “Hayratu-l-abror” asarida mujassalashgan. Shu vaqtga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarni o ‘rganib tarixiy so‘fiylar timsolini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Dostonning asosiga bog‘liqlik jihatidan: a. Asarning kirish qismidagi boblarda zikr etilganlarXo ja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror Vali, Abdurahmon Jomiy; b. Dostonning illyustirativ qismi, ya’ni hioyatlarda tasvirlangan so‘fiylar: Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Robiya Adaviya, Xo ‘ja Abdulloh Ansoriy, Shayxi Iroqiy, Shayxi Suxravardiy, Abdulloh Muborak, Xoja Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr Porso 2. So‘fiylarning kelib chiqishi, tasavvufdagi mavqeyi jihatidan: a. Tasavvufda o‘z sulukiga ega so‘fiylarBoyazid Bistomiy (Tayfuriya), Shayx Suxravardiy (Suxravardiya), Bahoviddin Naqshbandiy (Naqshbandiya) 3. XojagonNaqshbandiya suluki shayxlari – Xoja Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr Porso, Xoja Ubaydulloh Ahror, Abdurahmon Jomiy 1 Asarning asosiy qismining birinchi bobi “Imon sharhida” deb nomlanadi. Bu bejiz emas, zero dostonning asl g‘oyasi ham – komil inson timsolini madh etishdir,komillikning bosh belgisi esa, albatta, imondir Kimki ahon ahlida inson erur, Balki nishoni anga imon erur 2 . Bu fikrni Navoiy faqat o‘zining fikr-mushohadalarigagina tayangan xolda ilgari surmaydi, albatta. Ze’ro Qur’oni Karim oyatlariga tayangan xolda butun hayotini yashagan ulug‘ shoir bunday qilmasligi ham tabiiydir. Xususan mazkur fikrlar aynan Qur’oni karimda keltirilgan oyati karimalariga bir izoh tariqasida bayon etilgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Qur’oni karimda imonning qanchalik ahamiyatli ekanligini quyidagicha bayon etiladi: “…Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur'on) shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai)dirkim, ular g'oyib (diniy xabarlar)ga imon keltiradigan, namozni mukammal 1 Ғаффоров Нодир Насриевич. Алишер Навоий "Хамса"сида сўфийлар тимсоли. Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси. Т.—1999. Б—8-9 2 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. 103-бет
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 96 o'qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir.” (“Baqara” surasi 2-3-oyatlari) 3 “Ulug‘ shoir nuqtai nazarida imon –komillikning tayanch belgisi. “Hayrat ul abror” birinchi maqolatining imonning badiiy sharhiga bag‘ishlanishi ham shundan dalolatdir. “Xamsa”ning tayanch masalasi insoni komilning zamonlar imtihonidan o‘tishga yaragulik ibratli timsolini yaratish ekan, ulug‘ shoirning mavzu ibtidosini imondan boshlashi tasodif emas, albatta. Imon –islom dargohiga olib boruvchi yo‘l, unga olib kiruvchi eshikdir.” 4 Alisher Navoiy imonning uch asosiy belgisi borligini ta’kidlab o‘tadi va kimda bu uch hislat bor bo‘lsa, u haqiqiy inson hisoblanadi. Bu uch belgi esa sabr, shukr va hayo hisoblanadi: Bas, ani inson atag‘il beriyo Kim, ishidur sabr ila shukr-u hayo. Avvalo, ushbu baytga tayangan xolda yuqorida keltirilgan imonning uch asosiy belgisiga Kalomulloh va hadisi sharifga tayangan xolda to‘xtaladigan bo‘lsak, Alloh taolo Kalomullohda shunday marhamat qiladi: «Ey, imon keltirganlar! sabr va namoz (o'qish) bilan (Mendan) yordam so'rangizlar! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir. » (Baqara. 153) «Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir», degan (Shuro, 43). Aslida Qur’oni karimda bu kabi oyatlar bir necha onlab yerida bayon qilingan. Sabrli bo ‘lishning qanchalik darajada muhim ekanligini va asl sabr qanday bo ‘lishi kerakligini Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadisi sharifdan ham bilishimiz mumkin: Nabiy sallollohu alayhi vasallam bir qabr ustida ko‘z yoshi to‘kib o‘tirgan ayol oldidan o‘tib qoldilar va unga: “Allohdan qo‘rqing va sabr qiling!”, – dedilar. Shunda u ayol Nabiy alayhissalomga: “Nari tur! Zero, menga yetgan musibat senga yetmagan va mening musibatimni qay darajadaligini bilmaysan ham”, – dedi. U ayolga: “Bu kishi Payg‘ambar alayhissalom bo‘ladilar”, – deyishdi. Boyagi ayol aytgan so‘zlaridan pushaymon bo‘lib, uzr so‘rashga Nabiy alayhissalomning uylariga keldi va u kishining uyi oldida hech qanday soqchilarni ko‘rmadi. Bu ayol Payg‘ambarimizni podshohlardek yashaydi va eshigi oldida darvozabonlar turadi, deb o‘ylagan edi, ammo uylariga kelganda hech qanday eshik og‘alarini ko‘rmagach, ajablandi. Nabiy alayhissalom bilan ko‘rishgach: “Men Sizni tanimabman”, – dedi. Shunda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam: “Haqiqiy sabr – birinchi zarbadagi sabrdir!”, – dedilar. Alisher Navoiy hayoni imonning eng muhim shartlaridan biri ekanligini e’tirof etar edak, zohiran quyidagi hadis mazmunini badiiy uslib bilan targ‘ib qilganini ko‘ramiz: “Abdulloh ibn Umar r.a. rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v) ukasini ortiqcha hayoli ekanligida ayblab, “Senga bu hatto zarar keltira boshladi!” deb turgan bir odamning yonidan o‘tayotib: “Uni o‘z holiga qo‘y, hayo imondandir! ” – dedilar. (ya’ni imon qanchalik kuchli bo‘lsa hayo ham shunchalik kuchli bo‘ladi)”. 3 Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 4-b. 4 RAHIM VOHIDIY, HUSNIDDIN ESHONQULOV “O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti Toshkent –2006
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 97 Komil inson tarifi bilan birgalikda shariatimizdagi imonning 6ta shartiga ham to‘xtalib o‘tadi. Undan so‘ng Shayx Boyazid Bistomiy va uning muridi haqidagi hikoyat keltiriladi. Shu o‘rinda yana bir muhim jihatni keltirib o‘tish joizki, ushbu asarda Navoiy keltirgan barcha boblari xususan maqolatlar va ularga sharhi tariqasida yozilgan hikoyatlarining ham nega aynan nasrda emas balki nazmda yozganligini alohida e’tirof etib, sheʼrning martabasi yuksak ekanini alohida taʼkidlab oʻtadi. Hazrat Navoiy sharh sifatida Sultonu-l-orifon Shayx Boyazid Bistomiy (yoki Bastomiy) haqidagi hikoyatni keltirib o‘tadi. Bu obraz ham yuqorida keltirilgani kabi birinchi tur, din va taqvo yo‘lida mashhur bo‘lgan tariqat peshvolari obrazlari sinifiga kiradi. Hikoyatning talqiniga o‘tishdan oldin mazkur obraz haqida qisqacha ma’lumot keltirsak. Abu Yazid Tayfur ibn Iyso Bistomiy Erondagi Bistom(yoki Bastom) shahrida 804-yil tug‘ilgan va 874-yil vafot etgan. Umrining o‘ttiz yilini islomiy ilmlarni o‘rganishga bag‘ishlagan, tasavvuf bilan jiddiy shug‘illangan. Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam avlodlaridan bo‘lgan Ja’fari Soddiq(702765)ni o‘ziga g‘oyibona ustoz deb bilgani va Zunnuni Misriydan bevosita ta’lim olgani aytilgan. 5 Ulug‘ fors shoiri Farididdin Attor qalamiga mansub “Tazkiratu-l-avliyo” asarida bu zot haqida shunday yozadi: “Oriflar sultoni, haqiqat izlovchilarning hujjaati, ilohiy xalifa, buyuk murshid, haqiqiy qutb, mashoyiqlar kattasi, avliyolar ulug‘i, odam avlodi olamining qutbi, uning riyozat, karomat va aytgan so‘zlari beandoza haqiqatlar va daqoyiq sirlari ichida benazr, doyim qutb maqomida va muhabbat daryosida g‘arq hamisha tani mujohada var uji mushohada ichida, hadisda rivoyatlari oliy, hech kishi undan avval tariqat ichida so‘z so‘zlamadi, uning martabasi va kamoli xalqdan ortiq edi….” 6 Endi dostonda keltirilgan hikoyatga qaytadigan bo‘lsak. Hikoyatda bir kuni Shayx Boyazid Bistomiydan muridi g‘amginligining sababini so‘raganida shayx ko‘z yoshlarini to‘kib fig‘on ila shunday javob beradi: “chekayotgan iztiroblarimning boisi shuki, odamlar o‘z dardi bilan to‘s-to‘plon, shikoyat’u noroziliklar ko‘tarishadiyu, har biriga o‘zi qilayotgan ishi ma’qul ko‘rinadi. Ulardan birontasini ham chinakam inson deb bo‘lmaydi. Bo‘lsa ham o‘tib ketganlar ichida bo‘lishi mumkindir”. Ustozidan bu xil javobni eshitgan murid iztirob bilan: “Bu olamda haqiqiy inson qolmagan deding, axir sen o‘zingni bu olamon ichiga qo‘shmading-ku” deya savol berganida shayx o‘zini ham yuz ming sarson sargardonlar qatorida sanashini, agar bu dunyoda imon bilan ketmas ekan, inson sanalmasligini aytadi. Hikoyatda diniy mavzudan tashqari tasavvufiy qarashlar ham o‘z aksini topgan bo‘lib, bunda tariqatdagi xavf maqomi haqida so‘z boradi. “Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” asarida keltirilishicha xavf tariqatning oltinchi maqomi bo‘lib bunda solikning nafs makridan qo‘rqishi, shayton nayranglarining ko‘ngilga xavf solishi nazarda tutiladi. Nafs shu qadar kuchli dushmanki, solik tariqatdagi tavba, vara, zuhd, faqr, sabr kabi maqomlarni egallagan bo‘lishiga qaramay, nafsning imonga ta’sir qilishi xavfi doimo mavjud bo‘ladi. 7 Mazkur hikoyatda bir qancha jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, hikoyatdan ma’lum bo‘ladiki, insonning bu dunyoda g‘am chekmasi, qayg‘urub tashvishda bo‘lishi kerak bo‘lgan yagona dard imonini qutqarish bo‘lishi lozim. Ikkinchidan bu hayotda har 5 Alisher Navoiy Hayratu-l-abror. Sharh muallifi Akrom Malik Toshkent-2024 6 Fariddin Attor Tazkiratu-l-avliyo. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent-2013 7 Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik Tamaddun. Toshkent-2018 82-bet
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 98 qanday inson inson nomini olib yurishi mumkin ammo odam nomli sifatga faqat imoni borlargina loyiqdir. Biroq boshqa tarafdan Shayx hazratlarining bizga anglatmoqchi bo‘lgan yana bir jihat esa faqatgina hayoti davomida mumin bo‘lib yurishning o‘zigina yetmaydi. Shu bilan birgalikda muminlik holatini to o‘lgunigacha kishi muhofaza qilishi lozim. Imon nomli maqom faqatgina u bilan olamdan o‘tgan kishiga oiddir. Uchunchidan, eng diqqatli tarafi hatto valiylardan bo‘lgan holingda ham imonsiz ketish xavfi har doim mavjuddir. Navoiy bobning so‘ngida Alloh taolodan eng so‘ng nafasiga qadar mustahkam imon so‘rab shunday iltijo qiladi: Yo Rab, o‘shul tuhfani oxir nafas Ayla Navoiy ila hamrohu,bas Qullug‘ung‘a mahkam et imonini Aylagil imonidek aymonini 8 Mazkur baytni keltirib o‘tganidan keyin Navoiy so‘ng misralarida soqiyga ya’ni piri murshidga murojaat qilib imon mayini talab qiladi. Bu talab qilish esa imonga boshlaydigan nasihatlar, suhbatlar va saboqlar so‘raydiki, o‘lim kelguniga qadar imoni uni tark etmasin: Soqiy, o‘lubmen mayi imon ketur, Jismima imon maydin jon ketur. 9 Baytning yana bir diqqatga sazovor tarafi shundaki, shoir mazkur baytga qofiya sifatida bir xil shaklni o‘zida jamlagan ikki xil ma’no anglatuvchi so‘z qo‘llaydi. Birinchi misrada kelgan “ketur” kalimasi “ketar” ya’ni, ketsa, ma’nosida ikkinchi misrada esa, “keltir” ma’nosida kelgan, ya’ni misrada shoir Soqiyga murojjat qilib, qachonki o‘lim vaqti kelib, mendan imon mayi ketadigan bo‘lsa, menga o‘z nasihatlaringni bayon etib ketishi mumkin bo‘lgan imonimni qaytib keltir(ikkinchi misra) deydi. Yani mazkur baytda Navoiy tajnis sanatidan mohirona foydalangan. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Alisher Navoiy "Hayratu-l-abror"da keltirgan hikoyatlaridan dostonda didaktik va badiiy vosita sifatida foydalanadi, ularni yozar ekan yuqori estetik darajada nihoyatda yuksak mahorat bilan bayon qiladi. Mashhur tasavvuf shayxlari haqida bayon qilingan hikoyatlar ham boshqa hikoyatlar qatori o‘ziga xos didaktik, poetik, falsafiy va tasviriy hususiyatlari bilan ajralib turadi. “Hayratu-l-abror”da kelgan hikoyatlar mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifoda vositalari jihatidan turli toifalarga bo‘linadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan boshqa barcha hikoyatlarda ham mazkur holat yaqqol o‘z aksini topadi. 8 Aymon-qasam, va’da (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati I tom. O ‘zbekiston SSR fan nashriyoti Toshkent-1983.) 9 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. 114-бет
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 99 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.Karimov Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Ma’naviyat nashriyoti T.-2008 2. Alisher Navoiy Hayratu-l-abror. Sharh muallifi Akrom Malik Toshkent-2024 3. Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov. Navoiyshunoslik “Tamaddun”. Toshkent-2018 4. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 7-том. Ўзбекистон ССЖ "Фан" нашриёти Тошкент—1991. 5. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati I tom. O‘zbekiston SSR fan nashriyoti Toshkent-1983. 6. Fariddin Attor Tazkiratu-l-avliyo. G‘ofur G ‘ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent-2013 7. Alisher Navoiy “Nasoyim-ul Muhabat” 8. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати II том. А.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти. Абу Райҳон Беруний номидаги шарқшунослик институти. Ўзбекистон ССР Фанлар академияси мухбир аъзоси Э.И. Фозилов таҳрири остида — Т.: Ўзбекистон ССР фан нашриёти — 1983. 9. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати II том. А.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти. Абу Райҳон Беруний номидаги шарқшунослик институти. Ўзбекистон ССР Фанлар академияси мухбир аъзоси Э.И. Фозилов таҳрири остида — Т.: Ўзбекистон ССР фан нашриёти — 1983. 441-бет 10. Alisher Navoiy. Xamsa, Tanqidiy matn, Nashrga tayyorlovchi Porso Shamsiyev. T.: “Fan”, 1960y 11. Najmiddin Komilov. Tasavvuf. -Т.: MovorounnahrO’zbekiston, 2009-y