scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TANQIDIY TAFAKKURNI PROVOKATSION PEDAGOGIKANING STRATEGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Karimova O'g'iloy Murot qizi

Abstract

ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda tanqdiy tafakkur ko'nikmasini provokatsion pedagogika va uning samarali strategiyalari vositasida rivojlantirish haqida so'z boradi.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 104 TANQIDIY TAFAKKURNI PROVOKATSION PEDAGOGIKANING STRATEGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH Karimova O‘g’iloy Murot qizi Toshkent viloyati Toshkent tumani 9-maktab pedagog psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.17358336 Annotatsiya. ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda tanqdiy tafakkur ko'nikmasini provokatsion pedagogika va uning samarali strategiyalari vositasida rivojlantirish haqida so'z boradi. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, provokatsiya, pedagogika , strategiya, ta’lim jarayoni, provokatsion pedagogika. Abstract. This article will talk about the development of critical thinking skills in future teachers through provocative pedagogy and its effective strategy. Keywords: critical thinking, provocation, pedagogy, strategy, educational process, provocative pedagogy. Аннотация. в данной статье речь пойдет о развитии навыка критического мышления у будущих педагогов с помощью провокационной педагогики и ее эффективных стратегия. Ключевые слова: критическое мышление, провокация, стратегия, педагогика, образовательный процесс, провокативная педагогика. Bo‘lajak o‘qituvchilarimizning dunyoqarashini va uning tanqidiy fikrlash ko’nikmasini yanada rivojlantirish va shu orqali ularda bu globallashuv zamondagi har qanday vaziyatda to‘g’ri va tanqidiy tafakkurga ega kadrlarnini yetishtirish bugungi kuning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 8-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF-5847-sonli farmonida “…talabalarda tanqidiy fikrlash, axbarotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilmagan” ligi haqidagi dolzarb masalaga e’tibor qaratildi 1 . Va shuningdek, Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Tanqidiy tahlil, qa’tiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb takidlab o‘tganlar. “Tanqidiy tafakkur” nimalagi va uni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan samarali texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etib kelinmoqda. Tanqidiy tafakkurning eng kerakli usullardan biri – muloqotdir. Kommuni-katsiya orqali inson yanada to‘g’ri fikr va g’oyalarga ega bo‘ladi, shuning uchun ham Suqrot o‘zining “Suqrotcha” metodi orqali to‘g’ri qo‘yilgan savollar, jumboqli vaziyatlarda inson yanada ishonchli va isbotlangan fikr va mulohazalarga ega bo‘lishi mumkin ekanligi haqida ishonch bilan aytib o‘tgan, sababi inson hayotida har qanday jumboqlar, mantiqiy savollar va muammolar insonni to‘g’ri fikrlashga undaydi va uni no‘to‘g’ridan to‘g’ri fikrlar sari yo‘naltiradi, uni illyuziya kabi noto‘g’ri fikrlardan uzoqlashtiradi. Ta’lim jarayonining bir qismi hisoblangan “tanqidiy tafakkur” atamasi keng miqiyosda foydalanish amerikalik fayalsuf olimlariga borib taqaladi. Ushbu atamani mashhur amerikalik 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847sonli Farmoni 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 105 faylasuf Jon Duyi (1910) fanga kiritgan. Jon Duyi “tanqidiy tafakkur” atamasini o‘rniga ko‘proq “Reflectiv thinking” (aks etiruvchu fikrlash) atamasini qo’llagan va shunday ta’riflagan: “har qanday e'tiqod yoki bilimning taxminiy shaklini uni qo‘llab-quvvatlovchi asoslar va u moyil bo‘lgan keyingi xulosalar nuqtai nazaridan faol, qat'iyatli va diqqat bilan ko‘rib chiqish”. (Dyui 1910: 6; 1933: 9) Tanqidiy tafakkur – bu umumiy va mustaqil fikrlash qobiliyatidir. Insonda hayotida davomida oqilona fikr yuritishi zarur. Darhaqiqat, ta'lim, tadqiqot, moliya, menejment yoki yuridik kasblarda tanqidiy fikrlash va tanqidiy tafakkur muhim ahamiyatga ega. Ammo tanqidiy tafakkur kompetensiyasi aynan bir mavzu sohasi bilan cheklanmaydi. Yaxshi fikrlash va muammolarni muntazam ravishda hal qilish har qanday soha uchun ulkan boylikdir. Tanqidiy tafakkur kreativlikni rivojlantiradi. Muammoning ijodiy yechimini topish nafaqat yangi g'oyalarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yaratilayotgan yangi g'oyalar foydali va vazifaga tegishli bo‘lishi kerak. Tanqidiy tafakkur yangi g'oyalarni baholashda, eng yaxshilarini tanlashda va kerak bo‘lganda ularni o‘zgartirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tanqidiy taffakur yuqorida aytganimizdek har bir sohada muhim ahamiyat kasb etadi, shu jumladan ta’limda ham. Bilamizki, pedagogika ta’lim va tarbiya nazariyasini, ularning qo’llanish usullarini o‘rganuvchi fan sifatida o‘rgatiladi va tanqidiy tafakkur bu soha bilan chambarchas bog’liqdir, chunki ta’lim jarayoni muntazam ravishda fikrlashga, o‘ylashga, tahli qilishga undaydi,vaholanki bu joyda insonda tanqidiy fikrlaydigan tafakkur shakllangan bo‘lishi kerak. Oliy ta’limda ish olib borayoygan professor-o‘qituvchilar oldida bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi kabi dolzarb vazifa turipti. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali tanqidiy tafakkurni shakllantirish masalalari mantiqiy ravishda ularning kreativligini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat qila olishi va mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish muammolari bilan bog'liq (Brushlinskij & Tixomirov, 2013; Rubinshtein, 2015). Pedagog Kuzmina turli muammolarni hal qilish jarayoni sifatida fikrlash haqidagi g'oyalarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Amalda, muammoli vaziyatlar turli xil vazifalarni keltirib chiqaradi, ularning yechimlari yangi evristik jarayonlarga asoslangan. Olim bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik tafakkuri pedagogik vaziyat-larni tahlil qilish, pedagogik vazifalarni shakllantirish, tegishli qarorlar qabul qilish va ularning pedagogik faoliyati oqibatlarini oldindan prognozlash qobiliyati bilan ajralib turishiga e'tibor qaratadi. Bu ko‘nikmalarning barchasi bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining ijodiy rivojlanishining yuqori darajasini tavsiflaydi (Kuzmina, 2005). Amerikalik olim Klusterning so‘zlariga ko‘ra, tanqidiy fikrlash savollar berish va hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni aniqlashdan boshlanadi. Olimning ta'kidlashicha, fikrlash individual xarakterga ega bo‘lgandagina tanqidiy bo‘lishi mumkin, ya'ni tanqidiy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Olimning ta'kidlashicha, tanqidiy fikrlash jarayoni yangi, allaqachon to‘g'ri g'oyalar sinovdan o‘tkazilganda, baholanganda, ishlab chiqilganda va qo‘llanilganda sodir bo‘ladi (Kluster, 2005, 5-13 betlar). Tanqidiy tafakkurni provokatsiya orqali rivojlantirish o‘rganilayotgan dolzarb muammoning samarali yechimlaridan bir hisoblandi. Provokatsiya o‘zi nima va uni qay yo‘sinda 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 106 ta’lim sohasida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uchun qo‘llaymiz degan savollar har birimizni o‘ylantiradi."Provokatsiya" atamasining ildizlarini tushunish uchun uning tarixiy manbalariga qarashimiz kerak. "Provokatsiya" so‘zi lotincha “provocatio” dan keladi, bu “qiyinchilik” degan ma'noni anglatadi. O‘z navbatida, lotincha “provocare” so‘zi “sabab qilish” yoki “qo‘zg'atish” degan ma'noni anglatadi. Provokatsiya – ingliz tilida – qo‘zg'atish harakati va qo‘zg'ata-digan narsa. Provokatsiya – bu boshqalarda reaktsiya, hissiyot yoki ziddiyatni qo‘zg'atish uchun mo‘ljallangan maxsus maqsadli harakat yoki so‘z. Oddiy qilib aytganda, provokatsiya – bu boshqa odamni o‘z harakatlari yoki so‘zlari orqali ma'lum bir reaksiya, hissiyot yoki ziddiyatga undashga urinishdir. Tanqidiy taffakurni, ta’lim sohasida muhimligini yanda rivojlantirish uchun biz yangi texnalogiydan foydala-nishimizni talab qiladi. Bu texnalogiya “provokativ pedagogika” hisoblanadi. “Provokatsion pedagogika” – pedagogikaning yana bir yo‘nalishi, muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy pedagogikaning bir turidir. “Provokatsion pedagogika” ning zamirida o‘quvchiga qarshi chiqish, salbiy pedagogik ta’sirni yengish uchun shaxsning orqa reaktsiyasini qo‘zg‘atish, natijada qarshilikning yashirin energiya-sini, ijobiy manbalarini kuchaytirish, mustahkamlash yotadi va u har bir shaxsini “men” ni o‘z-o‘zini anglashini, o‘z taqdirini o‘zi belgilashini, o‘z-o‘zini rivojlanti-rishini o‘rgatib boradi. Boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, A.V.Enin ta'kidlaydi: “Provokatsion pedagogika” – bu turli xil texnikalar, usullar, vositalar va effektlar yordamida o‘quvchilarga ta'sir qilishning keng tizimi. Ammo u dastlab qarama-qarshilik, mojaro, javobsiz savollar, aniq ma'lumotlarning muloqotini o‘z ichiga oladi. Ammo eng muhimi, “mojaro”ni qo‘yish orqali odamni undan chiqish yo‘lini izlashga majbur qiladi. Avvalo, provokatsion vaziyatdan muvaffaqiyatli tashkil etish uchun sinfda ma'lum bir shart-sharoit bo‘lishi kerak ya’ni o‘ziga xos iqlim, psixologik qulaylik, o‘zaro ishonch, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi sub'ekt-sub'ekt munosabatlar. Bo‘lajak pedagoglarda tanqidiy tafakkurni provokatsion pedagogika vositasida rivojlantirishning 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 107 asosiy strategiyalari mavjud, bular: 1-rasm. Tanqidiy taffakurni rivojlantirish strategiyalari 1. Mantiqiy aloqalarni anglash va tahlil qilishbu bosqichida asosiy usul sifatida induktiv va deduktiv usullardan keng foydalaniladi. Mantiqiy fikrlash induktiv (alohida faktlardan umumiy qoidaga chiqish) va deduktiv (umumiy qoidadan alohida holatga xulosa chiqarish) usullariga asoslanadi. Bu metodlar bilimlarni tuzatish, dalillarni tartibga solish va xatolarni aniqlash uchun ishlatiladi. 2. Muammoni aniq identifikatsiya qilishmuammoni “5 Nega?” (5 Whys) metodi yoki “Muammo daraxti” (Problem Tree) yordamida ildiz sabablarigacha aniqlanadi. 3. Mavjud xatolarni aniqlash - bu bosqichda asosan, kognitiv qalbakiyliklar (cognitive biases), mantiqiy xatolar (logical fallacies) va maʼlumotlar ishonchliligini tekshirish. 4. Muammoning dolzarbligi va ahamiyatini baholashushbu bosqichda ilmiy usul SWOT-tahlil (Strengths, Weaknesses, Opportunities, Threats) yoki prioritet matritsalari (Eisenhower matrix) kabi usullardan foydalaniladi. 5. Asoslash va tushuntirishargumentlarni “Toulmin modeli” asosida qurish (dalil, asos, qoʻllab-quvvatlovchi maʼlumoti. 6. Xullosa chiqarish va qaror qabul qilish – oxirgi bosqichda Bayes tahlili (yangi maʼlumot kelganda ehtimollikni yangilash) va Devil’s advocate (Iblis advokati) kabi ilmiy usullar orqali talabalrda tanqidiy fikrlash bosqichmabosqich shakllandi. Ko‘rib turganimizdek, tanqidiy fikrlash – bu faqat “shubha qilish” emas, balki har bir qadamni dalillar, tizim va obyektivlik asosida qurishdir. U fan, falsafa va kundalik hayotda qarorlar sifatini oshiradi. Xulosa qilib aytganda, provokatsion ta'limni tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qo‘shimcha manba sifatida ko‘rish mumkin. Adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847sonli Farmoni. 2. Dewey John, 1910, “How We Think”, Boston: D.C. Heath. [Dewey 1910 available online] 3. Sheffield, Clarence Burton Jr., 2018, “Promoting Critical Thinking in Higher Education: My Experiences as the Inaugural Eugene H. Fram Chair in Applied Critical Thinking at Rochester Institute of Technology”, Topoi, 37(1): 155–163. doi:10.1007/s11245-0169392-1 4. Haynes, Ada, Elizabeth Lisic, Kevin Harris, Katie Leming, Kyle Shanks, and Barry Stein, 2015, “Using the Critical Thinking Assessment Test (CAT) as a Model for Designing Within-Course Assessments: Changing How Faculty Assess Student Learning”, Inquiry: Critical Thinking Across the Disciplines, 30(3): 38–48. doi:10.5840/inquiryct201530316 5. Kolesova, O. (2010). “Formation of critical thinking in future economists by means of interactive learning technologies” (PhD dissertation). Classic Private University. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 108 6. Konarzhevska, V. (2009). “Formation of critical thinking of future officers in the course of professional training” (PhD dissertation). H. S. Skovoroda Kharkiv National Pedagogical University. 7. Kyjenko-Romanjuk, L. (2007). “Development of critical thinking of students as a general pedagogical problem” (PhD. Dissertation). Institute of Higher Education of APS of Ukraine. 8. Kluster, D. (2005). “What is critical thinking” . CGL. 9. A.V Enin "Zararli o‘yinlar" plyus va minus "Provokatsion pedagogika": asoslar nazariyasi va amaliyoti [http://psyjournals.ru/files/41105/ vestnik_psyobr_ 2010_3_Enin.pdf] // Psixologik nashrlar portali [http://psyjournals.ru/]. [2010].