scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLARINI O'RGATISH UCHUN LOYIHAGA ASOSLANGAN TA'LIM METODIKASINI JORIY ETISH

Abduraximova Madinabonu Faxriddin qizi

Abstract

mazkur maqolada geografiya ta’limida global ekologik muammolarni o‘qitish jarayonida loyiha asosida ta’lim metodikasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida ta’limning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ekologik madaniyatni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirishdagi afzalliklari tahlil qilingan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 11 GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLARINI O‘RGATISH UCHUN LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM METODIKASINI JORIY ETISH Abduraximova Madinabonu Faxriddin qizi Namangan davlat pedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti E-mail: [email protected] Annotatsiya: mazkur maqolada geografiya ta’limida global ekologik muammolarni o‘qitish jarayonida loyiha asosida ta’lim metodikasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida ta’limning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ekologik madaniyatni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirishdagi afzalliklari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: global ekologik muammolar, loyiha asosida ta’lim, ekologik madaniyat, geografiya ta’limi, innovatsion metodika, tanqidiy fikrlash, kreativ yondashuv. Kirish. Bugungi kunda dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, suv tanqisligi, atmosferaning ifloslanishi va bioxilma-xillikning kamayishi kabi ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda [1]. Ushbu global jarayonlar nafaqat tabiat, balki inson salomatligi, iqtisodiy barqarorlik va jamiyat hayotiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda yosh avlodning ekologik ongini shakllantirish, ularda tabiatga nisbatan mas’uliyat va ehtiyotkorlik hissini rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda [2]. Ta’lim tizimi bu jarayonda hal qiluvchi o‘rin tutadi [3]. Ayniqsa, geografiya fani nafaqat tabiiy jarayonlarni o‘rgatadi, balki o‘quvchilarni ekologik muammolarni tushunish va ularni hal qilish yo‘llarini izlashga yo‘naltiradi. Shu sababli geografiya darslarida zamonaviy metodik yondashuvlarni qo‘llash muhim zarurat sifatida qaralmoqda. Shulardan eng samarali usullardan biri — loyiha asosida ta’lim (Project Based Learning, PBL) metodikasidir. Mazkur metod o‘quvchilarni o‘rganilayotgan muammoni faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy tajriba orqali tahlil qilishga va yechim topishga yo‘naltiradi. Loyiha jarayonida o‘quvchilar muammoni qo‘yadilar, reja tuzadilar, ma’lumot yig‘adilar, natijani tahlil qilib, uni taqdim etadilar. Bunday yondashuv o‘quvchilarda:  ijodiy fikrlash – muammoga yangi va noodatiy yechimlar taklif qilish,  tanqidiy yondashuv – mavjud ma’lumotlarni tahlil qilib, xulosaga kelish,  mustaqil qaror qabul qilish – o‘z fikri va tashabbusini asoslash,  jamoada ishlash – hamkorlikda samarali faoliyat yuritish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Natijada, loyiha asosida ta’lim nafaqat ekologik bilimlarni chuqurlashtiradi, balki o‘quvchilarning mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharxi. Global ekologik muammolarni o‘rgatishda loyiha asosida ta’lim metodikasini qo‘llash bo‘yicha xalqaro va mahalliy olimlar tomonidan bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, Syamsunardi o‘z tadqiqotida geografiya ta’limida PBL modelidan foydalanish o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirish darajasini oshirishini ta’kidlaydi [4]. Uning fikricha, loyihaviy topshiriqlar orqali o‘quvchilar muammoli vaziyatni mustaqil DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17358637 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 12 yechishga o‘rganadilar. Shuningdek, Firda Islamaya Farhan va Ardimansyah esa PBLning takomillashtirilgan shaklini tahlil qilib, geografiya darslarida texnologiyalar bilan boyitilgan loyihalar samaraliroq bo‘lishini ko‘rsatadi [5]. Cipta Sekarrini va hamkorlari PBLni qo‘llash geografik savodxonlikni oshirishi va o‘quvchilarning bilimlarni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidlaydi [6]. Ekologik muammolarni o‘rgatishda PBLning ahamiyati haqida Dominika Wróblewska va Romanika Okraszewska ham tadqiqot olib borib, bu metod iqlim o‘zgarishiga moslashishda kompleks yondashuv sifatida muhimligini ko‘rsatadi [7]. O‘zbekistonlik olimlar ham bu sohada tadqiqot olib bormoqda. Donoboyeva Munisa Ziyoviddin qizi (bestpublication.org) “Materik va okeanlar” fanini o‘qitishda loyiha asosida texnologiyalarni joriy qilish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish mumkinligini yozadi [8]. Mohigul Ochilova va hamkorlari ekologik ta’limda yoshlarni faol jalb etish va raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurligini ta’kidlaydi [9]. Allaxova Gulshixra (herald.kokanduni.uz) geografiya darslarida loyiha va muammoli ta’limdan foydalanish o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishini qayd etadi [10]. Mamirova Zulfiya (newjournal.org) esa ekologik ta’limda tabiat so‘qmoqlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirish tajribasini yoritadi [11]. Umuman olganda, ko‘rib chiqilgan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, loyiha asosida ta’lim metodikasi nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda, balki ularning ekologik ongini, tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Xorijiy tadqiqotlar PBLning samaradorligini ilmiy asosda tasdiqlagan bo‘lsa, O‘zbekiston olimlari uni milliy ta’lim tizimi sharoitida va turli metodlar yordamida qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqmoqda: Taqqoslash metodi. Shahar va qishloq maktablarida geografiya darslarida qo‘llanilayotgan uslublar, ekologik mazmundagi mavzular va o‘quvchilarning bilim darajalari o‘zaro solishtirildi. V.V. Kruglikovning Pedagogik tadqiqot metodlari (2018) asarida taqqoslash metodi turli muhit va sharoitlarni tahlil qilish orqali samarali yondashuvlarni aniqlash imkonini berishi qayd etilgan. Mazkur metod yordamida shahar va qishloq maktablari sharoitida PBL metodining samarasi farqlari ko‘rsatib berildi. Empirik kuzatish. Geografiya darslari jarayonida o‘quvchilarning ekologik loyihalarda ishtiroki, ekologik muammolarga munosabati va ijodiy yondashuvi kuzatildi. B.G. Ananyevning Inson psixologiyasini o‘rganish metodlari (2001) asarida kuzatish metodining tabiiy sharoitda o‘quvchi faoliyatini tahlil qilishdagi afzalliklari ta’kidlangan. Bu usul orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyati amalda qanday shakllanayotgani aniqlash imkoniyati yaratildi. So’rovnoma va suhbat. O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan olib borilgan suhbatlar orqali global ekologik muammolarga munosabat, geografiya darslarining tarbiyaviy ta’siri va loyiha asosida ishlashga bo‘lgan qiziqish haqida ma’lumot yig‘ildi. I.A. Zimnyayaning Pedagogik psixologiya (2002) asarida suhbat va so‘rovnoma usuli o‘quvchilar ehtiyojlari, qadriyatlari va munosabatlarini aniqlashda samarali vosita sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tahlil va natijalar. Tadqiqot jarayonida global ekologik muammolarni geografiya darslarida loyiha asosida o‘rgatish samaradorligi o‘rganildi. Olingan natijalar quyidagilarni ko‘rsatdi: Ekologik bilimlarning oshishi. Dastlabki bosqichda o‘quvchilarning aksariyati iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, atmosfera ifloslanishi va bioxilma-xillikning kamayishi kabi muammolarni faqat umumiy tushuncha sifatida bilardi. Loyiha asosida ta’lim metodikasidan so‘ng "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 13 ularning ekologik bilimlari ancha chuqurlashdi. Masalan, suvni tejash bo‘yicha loyihada qatnashgan o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egalladilar. Ekologik ong va mas’uliyat. Tajriba darslarida o‘quvchilarda ekologik muammolarga nisbatan ijobiy munosabat shakllandi. Ular chiqindilarni kamaytirish, daraxt ekish va maktab hududida tozalikni saqlash kabi tashabbuslarni o‘zlari ilgari surdilar. Bu esa PBL metodining faqat bilim berib qolmasdan, ekologik qadriyatlarni shakllantirishga ham xizmat qilishini ko‘rsatadi. Amaliy va ijtimoiy ko‘nikmalar. Loyihaviy topshiriqlar davomida o‘quvchilar mustaqil izlanish, ma’lumot yig‘ish, guruhda ishlash va natijani taqdim etish ko‘nikmalarini egalladilar. Natijada ularning kommunikativ qobiliyatlari va jamoaviy ishlash malakalari sezilarli darajada oshdi. Shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi kuzatuvlar. Taqqoslash natijalariga ko‘ra, shahar maktablarida texnik vositalardan foydalanish imkoniyatlari keng bo‘lsa, qishloq maktablarida o‘quvchilar ko‘proq ijodiy yondashuv va tashabbuskorlik bilan ajralib turdilar. Demak, loyiha asosida ta’lim metodikasi har ikkala muhitda ham samarali qo‘llanishi mumkin. Pedagogik tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, PBL metodidan foydalangan darslarda o‘quvchilar an’anaviy usullarga qaraganda ekologik muammolarni yaxshiroq tushundilar, ekologik ong va madaniyat darajasi sezilarli oshdi. Xulosa va takliflar. Global ekologik muammolar bugungi kunda insoniyat hayotining eng muhim tahdidlaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni ushbu muammolarga befarq bo‘lmagan, ekologik mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash faqat nazariy bilim berish bilangina emas, balki ularni faol amaliyotga jalb qilish orqali amalga oshirilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, loyiha asosida ta’lim metodikasini geografiya darslariga joriy etish mening fikrimcha eng samarali usullardan biridir. Birinchidan, PBL usuli o‘quvchilarni tayyor bilimni yod olishdan ko‘ra, muammoni o‘zlari tahlil qilib, mustaqil yechim topishga undaydi. Masalan, maktab hududida chiqindilarni kamaytirish loyihasi o‘quvchilarda ekologik muammolarni o‘z hayotiy tajribasi orqali anglash imkoniyatini yaratadi. Ikkinchidan, loyiha asosida ta’lim guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi. Bu esa o‘quvchilarda jamoada ishlash, o‘z fikrini asoslash va boshqalarning fikriga hurmat bilan qarash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shaxsan mening fikrimcha, ekologik muammolar faqat bir insonning emas, balki butun jamiyatning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali hal etiladi. Shu bois ta’lim jarayonida hamkorlikni kuchaytirish juda muhimdir. Uchinchidan, loyihaviy topshiriqlar ekologik madaniyatni amaliy faoliyat orqali shakllantiradi. Masalan, “Yashil hududlarni kengaytirish” yoki “Suvni tejash – kelajakni asrash” kabi loyihalar nafaqat nazariy bilimni, balki kundalik hayotiy odatlarni ham o‘zgartirishga yordam beradi. Mening kuzatishlarimga ko‘ra, o‘quvchilar o‘zlari ishtirok etgan loyihalarga ko‘proq mas’uliyat bilan yondashadilar.Shu sababli, men global ekologik muammolarni o‘qitishda loyiha asosida ta’lim metodikasini nafaqat dars jarayonida, balki maktabdan tashqari faoliyatda ham qo‘llash tarafdoriman. Bu yondashuv yosh avlodning ekologik tafakkurini chuqurlashtiradi, ularda ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyatni shakllantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. Mahammadjanova R., Qoriyev M. Ekologik muammolar va tabiiy ofatlarning salbiy oqibatlari xususida //Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 6. – С. 44-49. 2. Rustamjonovich Q.M., Ubaydullayeva M.M., Abdulxaqova Sh.K., Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda jonli tabiat "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 14 burchaklarining o’rni //Research Focus. – 2023. – Т. 2. – №.1. – С. 487-490. 3. Mirzohid Q., Muhlisa U. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirishning zarurati xususida //Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi. – 2021. №.1. – B. 487-490. 4. Syamsunardi. The implementation of project based learning model to improve learning outcomes of grade XI social science students at SMAN 10 Gowa in geography subject //Journal of Educational Research. – 2020. – URL: http://journal.unnes.ac.id 5. Farhan F. I., Ardimansyah A. Modified project-based learning in geography: A better approach // Journal of Geography Education. – 2021. – №12(3). – P. 45–55. – URL: http://journal.uny.ac.id 6. Sekarrini C., Sumarmi S., Bachri S., Tarya D., Giofandi E. Project based learning: Does it affect geographic literacy skills and learning outcomes? // Contemporary Educational Research. – 2022. – №14(1). – P. 33–44. – URL: http://un-pub.eu 7. Wróblewska D., Okraszewska R. Project-based learning as a method for interdisciplinary adaptation to climate change — Reda Valley case study // Sustainability. – 2021. – №13(4). – P. 225–239. – DOI: 10.3390/su1304225 8. Donoboyeva M. Z. “Materik va okeanlar tabiiy geografiya fani”ni o‘qitishda “Loyiha” ta’lim texnologiyasini qo‘llash // Best Publication. – 2022. – URL: http://bestpublication.org 9. Ochilova M., Abduzoirov S., Solayev S. O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim va uni rivojlantirish chora-tadbirlari // Yashil Iqtisodiyot Taraqqiyot. – 2021. – URL: http://yashiliqtisodiyot-taraqqiyot.uz 10. Allaxova G. Y. Geografiya darslarini muammoli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish // Herald of Kokand University. – 2020. – URL: http://herald.kokanduni.uz 11. Mamirova Z. I. Ekologik ta’lim va tarbiya berishda ekologik so‘qmoqlardan foydalanishning geografik jihatlari // New Journal of Education. – 2021. – URL: http://newjournal.org