ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA'LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI
Abstract
mazkur maqola respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolajonlar rivojlanishida eko- zonalarni yaratish va tabiyatni asrash qanchalik foydali ekanligi haqida so‘z boradi.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 15 ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY HUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI Axmadjonova Nozanin Nizom qizi Namangan davlat pedagogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha taʼlim) 1-kurs magistranti Annotatsiya: mazkur maqola respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolajonlar rivojlanishida ekozonalarni yaratish va tabiyatni asrash qanchalik foydali ekanligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ta’lim, integratsiya, bolalar, mashg’ulot, tabiat, ekologiya, suv, tabiatni muhofaza qilish. Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha bugungi kunda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18dekabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora – tadbirlari to‘g’risida” maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash,maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash ,bolalarni maktab ta’limiga tayorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’limtarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir. Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun olam tabiat – g‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoniyatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma‘nolarda ishlatiladi. Keng ma‘noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinishlardagi olam. Tor ma‘noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunoslik o‘rganadigan obyektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajratib ko‘rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo‘lgan tabiatdir; ikkinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne‘matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari - shahar, qishloq va boshqalar. Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘inlarida jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim-tarbiyaga kata e’tibor qaratilayotganligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ham e’tirof etilganligini qayd etishimiz o‘rinli: “O‘zbekistonda ko‘p maktabgacha DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17358680
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 16 ta’lim tashkilotlarida bolalarni tabiat va atrof-muhit bilan tanishtirish mashulotlari tashkil qilinadi. Jami maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 40 foizida ekologik ta’lim uchun maxsus xonalar bor va tashkilotlarning 16 foizida bolalar tabiatni parvarsih qilishni o‘rganadigan “Atrofmuhit so‘qmoqlari” tashkil qilingan” [1]. Tabiat bolani ma’naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Boalar doimo u yoki bu shaklda tabiat bilan aloqada bo‘ladilar. Tabiat bilan muloqotda bo‘lish bolalarda atrof-olam haqida realistik bilim, jonli mavjudotga insoniy munosabatda bo‘lishni shakllantirishga yordam beradi. Ekologik ta’lim, ya’ni sog‘lom turmush tarzini tashkil qilishda tarbiyani ikki xil yo‘l bilan amalga oshirish muhum: birinchidan, ekologik ta’lim-tarbiya oilada otaonalar ishtirokida; ikkinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli mashulotlar, ekskursiya, sayohatlar orqali olib borilishi lozim. Atrof-olam bilan tanishtirish komponentlari quyidagilar hisoblanadi; O‘quv-tarbiya jarayonida motivatsion muhit yaratish Didaktik ta’minot Variativ yondashuv Pedagoglarning innovatsion faoliyatlari Zamonaviy texnologiyalar Atrof-olam bilan tanishtirish shakl va vositalari Metodlar Axborot muhiti Bularning har biri albatta bolalarning yoshiga mos tanlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ekologiyaga oid tushunchalar berish maqsadida, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat davomida turli Art-terapiyalardan foydalanish mumkun. Ular: 1. Ertak terapiya 2. Qum terapiya 3. Suv terapiya 4. Art terapiya 5. Musiqa terapiya 6. O‘yin terapiya 7.Rasm terapiya kabilar Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishning metodik jihatlari quyidagilarni tashkil etadi: Bolalarga savol berish imkoniyatini berish, ularning faolligi va tashabbuskorligini to‘tatmaslik . Har bir bola uchun muvaffaqiyatga erishish sharoitini yaratish. Markazlarda tashkil etilgan turli faoliyat jarayonlarida bolalarga ekologiya haqida ma’lumot olish imkonini yaratish. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda har bir bolaning o‘zigagaina xos noyob qobiliyatlari, tajribalariga tayanish. Bolalarni kashfiyotchilikka undash maqsadida muammoli vaziyatlar yaratish mumkin. Xulosa qilib aytish joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tabiatni sevish va asrash g‘oyasini yoshligidan singdirish juda muhimdir. Aynan shu davrda ularda ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, toza muhitda yashash zarurligi haqidagi tushunchalar shakllanadi. Tarbiyachilar bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini turli o‘yinlar, mashg‘ulotlar, kuzatuvlar va amaliy faoliyatlar orqali o‘rgatishlari zarur. Daraxt ekish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash, suvni tejash kabi oddiy odatlar bolalarda mas’uliyat hissini oshiradi. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari nafaqat bilim beruvchi, balki ekologik tarbiya beruvchi muhim maskan sifatida xizmat qilishi kerak.
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 17 FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR 1. Nig‘matov A.N. Ekologiya Asosiy atama va iboralarning izoxli lug‘ati. - T.: «Bioekosan» nashriyoti, 2001. 2. Ziyomuhamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. T.: «Mehnat» nashriyoti,1997. 3. To‘xtayev A.S. Ekologiya Pedagogika institutlarining talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 2001. 4. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish: O‘qituvchilar uchun fakultativ kurs yuzasidan qo‘llanma. - T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1991. 5. M. Umarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008. 6. SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasiT.: 2013 yil ―Fan va texnologiya.