scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI MAVZUSINI O'QITISHDA MUAMMOLI TA'LIM USLUBINING O'RNI

S.T.Аbduraxmanov; Z.B.Dehqonboyeva

Abstract

ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining dolzarbligi hamda iqlim o‘zgarishi mavzusini muammoli ta’lim uslubi orqali o‘quvchilarga samarali o‘rgatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid muammolar va ularning yechimlari ham keltirilgan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 24 GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI MAVZUSINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM USLUBINING O’RNI S.T.Аbduraxmanov Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti Z.B.Dehqonboyeva Namangan davlat pedagogika instituti magistranti Annotatsiya: ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining dolzarbligi hamda iqlim o‘zgarishi mavzusini muammoli ta’lim uslubi orqali o‘quvchilarga samarali o‘rgatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid muammolar va ularning yechimlari ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi, muammoli ta’lim uslubi, yechimlar, kompetensiyalar, kreativ fikrlash Iqlim o‘zgarishi - bu yer yuzidagi havo harorati, yog‘ingarchilik, shamol va boshqa atmosferaviy holatlarning uzoq muddatli o‘zgarishi bo‘lib, inson faoliyati va tabiiy jarayonlarning ta’siri ostida shakllanadi. Ushbu jarayon nafaqat tabiatga, balki inson hayoti, iqtisodiyot va jamiyatning turli sohalariga ham ta’sir qiladi. Iqlim o‘zgarishi - bu oddiy bir atama emas, balki global muammo u dunyo bo‘ylab ekologik, tabiiy va iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ko‘plab hududlarda havo ifloslanishi, suv resurslarining yetishmasligi, hayvonlar va o‘simliklar sonining kamayishi kabi ekologik muammolar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, sel, to‘fon, qum bo‘ronlari va boshqa tabiiy ofatlar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi iqtisodiyotga ham ta’sir qiladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kamayishi, suv resurslarining yetishmasligi va sog‘liq muammolari keng tarqalgan. Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shakillanadi va rivojlanadi. Mazkur muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning eng muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishiga ko’ra guruxlarga bo’lishdir. Ushbu muammolarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: - tabiiy geografik muammolar; -ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar; - geoekologik muammolar; - ta’limiy va tarbiyaviy muammolar; Tabiiy geografik muammolar insoniyat tarixi davomida jamiyatga ta’sir etgan asosiy muammolardan biri bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: a) yer qobig’ining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar (zilzila, vulqonlar, tiktonik xarakatlar va x. k.); b) atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar (kuchli shamollar, sellar, yashin tushishi, do’l, sovuq urishi, qurg’oqchilik va x.k.); DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17358976 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 25 v) yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar (suv toshqini, botqoqlanish, va x.k.); g) biologik muammolar, ya’ni tuproq, o’simlik va hayvanot dunyosi bilan bog’liq bo’lgan muammolar; d) dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar (okean satxini ko’tarilishi, tayfun, tsunami) va x.k.. Shunday ekan, talabalarga iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitish biz uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu mavzuni o‘qitishda muammoli ta’lim uslubining roli juda muhimdir, chunki u o‘quvchilarni faqat bilim oluvchi sifatida emas, balki muammoni tahlil qiluvchi va yechim topuvchi shaxs sifatida shakllantiradi. Muammoli ta’lim uslubi nafaqat geografiya fanida, balki barcha fanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu uslub asosan yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tanqidiy fikrlash, muammoni tahlil qilish va yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyida mavzuga oid muammoli savollar, kelib chiqish sabablari va muammoning yechimi keltirilgan: Muammo Muammoning kelib chiqish sabablari. Muammoning yechimi 1. Nega yoz kunlari havo harorati yuqori bo’lmoqda? Atmosferaga karbonat angidrid(CO2),metan(CH2),ftorli gazlar ko’p chiqarilmoqda.Bu gazlar quyosh nurlarini yer yuzida ushlab qoladi. Sanoat korxonalarga filtr o’rnatish, elektr ishlab chiuqairshda noan’anaviy (shamol, quyosh, qalqish) usullardan foydalanish, daraxt va yashilliklarni ko’paytirish. 2. Nega o’lkamizda qish faslida yog’in kam yog’moqda? Global iqlim o‘zgarishi natijasida yog‘ingarchilik rejimi buzilmoqda. Harorat ko‘tarilishi sababli yog‘in qor shaklida emas, yomg‘ir ko‘rinishida yog‘moqda. Havoni ifloslantiruvchi manbalarni kamaytirish, o‘rmonlarni tiklash, suv resurslaridan oqilona foydalanish 3. Nima uchun shaharda qishloqqa nisbatan havo harorati yuqori? Bu hodisa “issiq orol effekti” deb ataladi. Shaharda asfalt va beton yuzalar issiqlikni ko‘p saqlaydi, mashina va sanoat chiqindilari esa havo haroratini yanada ko‘taradi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, shahar transportini ekologik toza vositalar bilan almashtirish. 4. Nega ba’zi mamlakatlarda chuchuk suv tanqisligi kuzatilmoqda? Iqlim o’zgarishi haroratning ko’tarilishi sababli bug’lanish yuqori bo’lishi natijada daryo suvlari kamayishi. Suv omborlari qurilishi. Yerosti suvlaridan foydalanish. Suvni qayta ishlash. Dengiz suvlarini chuchuklashtirish. "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 26 5. Nega ayrim mamlakatlarda suv toshqinlari ro’y bermoqda? Iqlim o’zgarishi haroratning ko’tarilishi sababli qutblarda muzlarning erishi va okeanlarga qo’shilishi tufayli dengiz sathining ko’tarilishi. Suv toshqinlari bo’lishi mumkin hududlardagi aholini ogohlantirish. Zamonaviy yo’llar bilan himoyalanish. Xulosa qilib shuni ayta olamanki, muammoli ta’lim uslubi o‘quvchilarni faqat tayyor bilimni egallashga emas, balki mustaqil izlanish, savol berish va muammoga yechim topishga o‘rgatadi. Bu uslub dars jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qiladi, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, tanqidiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shu boisdan ham uni geografiya fanida, xususan, iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitishda qo‘llash katta samaradorlik beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent.: 2020. 2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Toshkent.: 1997 3. Vaxobov X., Alimqulov N.R. Sultanova N.B. Geografiya o’qitish metodikasi. T.: Nodirabegim, 2021y. 4. Qurbonniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent.: Universitet, 1992