scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUZEY – O'TMISH BILAN BUGUN ORASIDAGI TIRIK KO'PRIK

Nizamova Iroda

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida mustaqillik yillarida tashkil etilgan muzeylar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muzeylar xalqning tarixiy xotirasi, ilm-fan va madaniyat rivojidagi beqiyos o‘rni ta’kidlanadi. Ayniqsa, Buxoro va boshqa hududlarda ochilgan tarixiy, memorial hamda badiiy muzeylarning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, me’moriy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish va huquqiy asoslarni mustahkamlash masalalari ham ilmiy tahlil qilingan.

Full text

307 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 MUZEY – O‘TMISH BILAN BUGUN ORASIDAGI TIRIK KO‘PRIK Nizamova Iroda Eksponatlarni hisobga olish sektori mutaxassisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17359109 Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida mustaqillik yillarida tashkil etilgan muzeylar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Muzeylar xalqning tarixiy xotirasi, ilm-fan va madaniyat rivojidagi beqiyos o‘rni ta’kidlanadi. Ayniqsa, Buxoro va boshqa hududlarda ochilgan tarixiy, memorial hamda badiiy muzeylarning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, me’moriy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish va huquqiy asoslarni mustahkamlash masalalari ham ilmiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: muzey, tarix, madaniyat, Buxoro, meros, yodgorlik, mustaqillik, madaniyatlar, ilm, ta’lim. MUSEUM - A LIVING BRIDGE BETWEEN THE PAST AND THE PRESENT Annotation. This article highlights the museums established in Uzbekistan during the years of independence, their role and significance in the life of society. The incomparable role of museums in the historical memory of the people, the development of science and culture is emphasized. In particular, the importance of historical, memorial and art museums opened in Bukhara and other regions in the spiritual education of the younger generation is shown. The issues of preservation, restoration of architectural monuments and strengthening the legal framework are also scientifically analyzed. Keywords: museum, history, culture, Bukhara, heritage, monument, independence, cultures, science, education. МУЗЕЙ – ЖИВОЙ МОСТ МЕЖДУ ПРОШЛЫМ И НАСТОЯЩИМ Аннотация. В статье рассматриваются музеи, созданные в годы независимости Узбекистана, их значение в общественной жизни, развитии науки и культуры. Подчёркивается роль музеев как хранителей исторической памяти народа. Особое внимание уделено музеям Бухары и других регионов, а также их вкладу в духовное воспитание молодёжи. Освещаются вопросы сохранения архитектурных памятников, реставрации исторических объектов и правовой базы в области охраны культурного наследия. Ключевые слова: музей, история, культура, Бухара, наследие, памятник, независимость, цивилизации, наука, образование. Hozirgi kunda jamiyat hayotida, xalqni fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilmfan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida muzeylarning o‘rni tabora o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, aytish mumkinki, muzeylar uzoq o‘tmish bilan bugun orasidagi tirik ko‘prik bo‘lib, tarixiy voqeliklarni jonli tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun mustaqillik tufayli O‘zbekistonda muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Xususan, davlat qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, o‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, badiiy san’at koshonalari 10 ta, memorial muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni paytda bularda 2 milliondan ortiq eksponatlar mavjud 1 . Dastlab muzeylarni tashkil etish, ularning tarixiy davrlarni yorituvchi bazasini yaratish yo‘lida chora-tadbirlar ko‘rildi. 1 Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.59. 308 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Xususan, 1992-yil may oyida Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi ochildi. Bu o‘z navbatida, XVII-XVIII asrlar mumtoz she’riyat tarixini keng yoritish orqali yanada kengroq ommalashtirishda muhim qadam bo‘ldi. 1992-yil sentyabrda esa Xorazm viloyatining Xonqa tumanida Xorazm hofizlar maktabining asoschisi Xojixon Boltaboev nomidagi o‘ziga xos noyob maqomchilar muzeyining tashkil etilishi milliy mumtoz musiqa va kuylarning tarixini tiklash, yosh avlodga yetkazishga xizmat qildi. Urganchda esa qadimgi Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi ochildi. Bu muzey ekspozitsiyalarini uch mingga yaqin turli eksponatlar tarixiy hujjatlar, qadimgi xorazmliklar foydalangan uy-joy anjomlari, tikuvchilik va gilam mahsulotlari, idish - tovoqlar, mehnat qurollari tashkil etadi 2 . 1992-yil noyabr oyida Buxoroda O‘zbekistonda birinchi marta temirchilik muzeyi ochildi 3 . Mazkur muzeyning ochilishi XVI asrga oid temirchilik ustaxonasi, uning tarixi, unda faoliyat olib borgan usta-hunarmandlarning hayoti va faoliyati o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, temirchilik tarixi, qadimgi buyumlar, o‘rta asr hunarmandlarning temirchilik san’ati bilan mahalliy aholi bilan birga turli tadqiqotchilar, xorijlik sayyoh va mehmonlar Tanisha boshladilar. Muzeyda jamlangan hujjatlar, eksponatlar, turli buyumlar ming yillik madaniyat, moddiy boy tarixni jonli tarzda ommalashtirishda muhim ahamiyatga ega. 1992-yil dekabrda Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida ochilgan xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi birinchi mehmonlarni qabul qildi. 1993-yil 3-sentyabrda Toshkentda o‘zbek ayollari ichidan chiqqan birinchi huquqshunos olima akademik Xadicha Sulaymonova muzeyi ochildi. O‘zbek ilm fanini yuqori darajaga ko‘targan buyuk olim va olimalarga e’tiborning yuksak na’munasini mazkur muzey misolida ko‘rish mumkin. 1993-yil 1sentyabrda Toshkent davlat texnika universiteti qoshida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Politexnika muzeyi ochildi. 10-sentyabrda Toshkentda o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboeva muzeyi, 21-sentyabrda esa Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta mehnat qahramoni, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi Jaboy Balimanovning hayoti va mehnat faoliyati haqida ma’lumot beruvchi muzey faoliyat boshladi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda ochilgan O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi o‘z muxlislarini kutib oldi 4 . Mazkur muzeylarning faoliyati O‘zbekistonda bugungi kunning o‘tmish bilan bog‘langanligi, xotira va qadrlashning yuqori darajada ekanligini namoyon etadi. 1994-yil may oyida Toshkent shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti muzeyi, oktyabrda O‘zbekiston xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov va uning o‘g‘li Akbar Rahimovlarning ko‘rgazmali muzeyi ochildi. Toshkentda 1996-yil mayida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati muzeyi ishga tushdi. Shu yilning 30 noyabrida Toshkentda ochilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozori tarixi muzeyiga tashrif buyurgan tomoshabinlar birinchi marta turli davrlarga sayohat qilish sharafiga muyassar bo‘ldilar 5 . Aynan shunday muzeylarning tashkil qilinishi ortidan mahalliy aholining dunyoqarashi kengayib, tarixiy jarayonlarni yanada samarali tushunish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning jonli, ko‘rgazmali manbasi sifatida muzeylarni e’tirof etish mumkin. 1997-yil oktyabr oyida Buxoroda mashhur buxorolik zarb qiluvchi usta Salim Hamidov muzeyi ochilishi 6 muzeyshunoslik sohasi bilan birga hunarmandchilik san’ati, tanga zarb qilish faoliyati tarixining qayta tiklanishi bo‘ldi. 2 Sodiqova N Madaniy yodgorliklar xazinasi -T.: Fan, 1995. –B. 42. 3 Алмеев Р.В. Бухара город музеев. –Т: «Фан», 1999. -205 стр. 4 Mirzaaliyev E. Axmadaliyeva L. Millat qiyofasining ko‘zgusi // Iqtisodiyot va soliq. 2009-yil 20-may. 5 Фузнилова Г. Хасанова Г. Музееведение. –Ташкент.: «Фан», 2008. -192 с. 6 Манъковская Л.Ю. Бухара: Музей под открытом небом. -T.: Гафура Гуляма, 1995. -255 с. 309 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Buxoro hunarmandchilik maktabi, zarb ishi tarixi, so‘nggi mang‘itlar sulolasi davrida qilingan ishlar to‘g‘risida keng ma’lumot beruvchi hujjatlar to‘plami, moddiy buyumlar, eksponatlar tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 2002-yil 1-avgustda – qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida ochilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi quruvchilar, me’morlar va tarixchi olimlarning ulkan mehnati mahsuli bo‘ldi. Xalqimizning milliy qadr-qimmati tiklanishiga, o‘zligini qaytadan namoyon etishga istiqlol yo‘l ochdi 7 . Darhaqiqat, O‘zbekistonda 7 mingdan ko‘proq yodgorlik, shu jumladan, 2500 me’moriy obida, 2700 dan ziyod arxeologiya yodgorligi, 1800 dan ko‘proq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida, hatto olis tumanlarida ayrim yodgorliklarni nurashdan saqlash va ta’mirlashdan ilmiy tadqiqot ishlari asosida butun-butun me'moriy majmualarni va ko‘hna shaharlarning tarixiy markazlarini qayta tiklashga o‘tildi 8 . Mamalakatimiz madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish sohasining huquqiy asoslari yaratilgan – «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Me'morchilik va shaharsozlik to‘g‘risida» gi qonunlar amal qilmoqda. Bu yodgorliklarning taqdiri bilan bog‘liq barcha masalalar mazkur qonunlarga asosan tartibga solib turiladi. Noyob me'morchilik – shaharsozlik merosini saqlab qolish va avaylab asrash maqsadida 2000 yil 26 aprelda «O‘zbekiston Respublikasida me'morchilik va shaharsozlikni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. O‘tgan yillar davomida olib borilgan me'moriy-tiklash ishlari natijasida Samarqandning Registon maydonidagi majmua yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me'moriy majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ruhobod majmuasi, Imom al-Buxoriy yodgorligi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mirarab madrasasi, Labihovuz majmuasi, Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, avdo gumbazlari, shahar tashqarisidagi Sitorai Mohixosa ansambli va Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal'asidagi barcha me'moriy yodgorliklar, shu jumladan Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Dor-us-tilovat ansambllari va Temurning mashhur Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy me'moriy yodgorligi va boshqa obidalar saqlab qolindi 9 . Shunday qilib, O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi muzeylarning barchasi asosan tarixiy voqeliklarni ko‘rgazmali, jonli ko‘rsatib bergan holda o‘tmishni yoritib berishda muhim ahamiyatga ega. O‘tmishda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ommalashtirishda muzeylarning o‘rni va roli beqiyos hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.59. 2. Sodiqova N Madaniy yodgorliklar xazinasi -T.: Fan, 1995. –B. 42. 3. Алмеев Р.В. Бухара город музеев. –Т: «Фан», 1999. -205 стр. 4. Mirzaaliyev E. Axmadaliyeva L. Millat qiyofasining ko‘zgusi // Iqtisodiyot va soliq. 2009yil 20-may. 5. Фузнилова Г. Хасанова Г. Музееведение. –Ташкент.: «Фан», 2008. -192 с. 7 Mirzaaliyev E. Axmadaliyeva L. Millat qiyofasining ko‘zgusi // Iqtisodiyot va soliq. 2009-yil 20-may. 8 Инамова И. Музееведение. -Ташкент.: Фан, 2006. -357 с. 9 Sodiqova N. Madaniy yodgorliklar xazinasi -T.: Fan, 1995. –B. 42. 310 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 6. Манъковская Л.Ю. Бухара: Музей под открытом небом. -T.: Гафура Гуляма, 1995. - 255 с. 7. Инамова И. Музееведение. -Ташкент.: Фан, 2006. -357 с.