scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR

Durdona Abdulhamidova Abdulmajid qizi

Abstract

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o'yin metodlari, interfaol mashg'ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 38 MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA: MUAMMO VA YECHIMLAR Durdona Abdulhamidova Abdulmajid qizi Namangan Davlat Pedagogika instituti 1bosqich magistranti Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik asoslari, o'yin metodlari, interfaol mashg'ulotlar va bolalarda ekologik ongni shakllantirish, mintaqaviy hususiyatlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy yechimlarning ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ekologik tarbiya, pedagogik yondashuv, o'yin metodlari, interfaol mashg'ulotlar va mintaqaviy hususiyat. Kirish Bugungi globallashuv davrida atrof-muhitni muhofaza qilish insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Alisher Navoiyning bir hikmatli so'zi bor: “Insoning qadrini ko'rmoq istasang, uning tabiatga munosabatiga boq”. Ekologik muammolarni hal etishda ta’lim-tarbiya jarayonining, ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichining ahamiyati kattadir. Chunki insonning ekologik madaniyati va ongining poydevori bolalik davrida shakllanadi. Shu sababdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya berish bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ekologik tarbiyaning pedagogik asoslari Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiyani samarali tashkil etish uchun pedagogik yondashuvlarning ilmiy-nazariy asoslarini bilish zarur. Ekologik tarbiya – bu bolalarda tabiatga nisbatan mehr, mas’uliyat va ongli munosabatni shakllantirish jarayonidir. Tarbiyachilar ekologik tarbiya orqali bolalarni tabiat boyliklarini asrab-avaylashga, atrof-muhit muammolarini anglashga va ularni hal etishga ongli yondashishga o‘rgatadilar. O'yin metodlarining ahamiyati Ekologik tarbiya jarayonida zamonaviy o'yin metodlaridan foydalanish ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi. Xususan, interfaol o‘yinlar, loyiha asosidagi ta’lim vatajribaviy mashg‘ulotlar va IT texnologiyalar yordamida bolalarda ekologik bilim va ko‘nikmalar shakllanadi. Masalan, chiqindilarni ajratish o‘yini, suvni tejash bo‘yicha kichik tajribalar, yashil do'stlarimiz yani ekilgan o'simliklarga qarash, virtual tabiat sayohatlari bolalarda ekologik ongni kuchaytiradi. Mintaqaviy hususiyatlarni integratsiya qilish Har bir hududning ekologik muammolari va tabiiy resurslari o‘ziga xosdir. Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya jarayoniga mintaqaviy hususiyatlarni DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359103 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 39 integratsiya qilish muhimdir. Masalan, Namangan viloyatidagi bog‘dorchilik, gulchilik va suv resurslarini tejash masalalarini bolalar ongiga singdirish orqali ularni mahalliy tabiatni asrashga jalb qilish samarali natija beradi. Amaliy yechimlar va tajribalar Ekologik tarbiyani samarali tashkil etishda quyidagi amaliy yechimlar o‘zini oqlaydi: - Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Yashil burchaklar” tashkil etish ya’ni kichik bog', gulzorlar, va yashil do'stlarimiz sarlavhasi ostida kichik issiqxonalar yaratish; - Bolalarni chiqindilarni ajratishga o‘rgatish; - Suv va elektr energiyasini tejash bo‘yicha oddiy mashg‘ulotlar va tajribalar o‘tkazish; - Ekologik tadbirlar, ko‘rgazmalar va o‘yinlarni tashkil etish. Ushbu tashabbuslar nafaqat bolalarda ekologik ongni rivojlantiradi, balki ularda ijtimoiy mas’uliyat va hamkorlik madaniyatini va atrof muhitga nisbatan mexr muhabatni ham shakllantiradi. Xulosa va takliflar Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Ekologik ongni rivojlantirishda o'yin metodlar, mintaqaviy hususiyatlarni inobatga olish, amaliy mashg‘ulotlardan va ekolgiyaga oid tajribalardan keng foydalanish zarur. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yani 4+1 bu ota onalar bir kun bolalar bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotida yashil burchakda birgalikda ishlash, bu bollarda oilaviy tarbiyani qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik tarbiya va tabiatga nisbatan mehr muhabatni shaklantirishda muhim ahamiyatga ega. Shunday yondashuvlar orqali kelajak avlodni atrof-muhitni asrashga mas’uliyatli shaxs sifatida voyaga yetkazish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimova R. Ekologik tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2020. 2. Jo‘rayev M. Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Namangan, 2022. 3. UNESCO. Environmental Education for Sustainable Development. – Paris, 2021. 4. Xolmatova D. Bolalarda ekologik ongni shakllantirish metodlari. – Toshkent, 2025. 5. Alisher Navoiy “Mahbub ulqulub”.