scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EKOLOGIK TA'LIM - INTEGRATSIYALASHGAN YONDOSHUV; MUAMMO, TAXLIL VA MAQSADLAR

S.T.Abduraxmanov

Abstract

mazkur maqolada ekologik ta’limga integratsiyalashgan yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari ko’rib chiqiladi. Muallif ekologik ta’limning jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini tahlil qilar ekan, uni turli fanlar bilan bog’lash orqali yosh avlodda ekologik madaniyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uchrayotgan muammolar, xususan, metodik qo’llanmalar yetishmasligi, o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasi va amaliy faoliyatga yetarlicha e’tibor berilmayotgani tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyalashgan yondashuvni samarali joriy etish bo’yicha taklif va maqsadlar bayon etilgan bo’lib, bu ekologik ta’limni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Full text

"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 42 EKOLOGIK TA’LIM - INTEGRATSIYALASHGAN YONDOSHUV; MUAMMO, TAXLIL VA MAQSADLAR S.T.Abduraxmanov Namangan davlat pedagogika instituti, tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti. E-mail: [email protected] Annotatsiya: mazkur maqolada ekologik ta’limga integratsiyalashgan yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari ko’rib chiqiladi. Muallif ekologik ta’limning jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini tahlil qilar ekan, uni turli fanlar bilan bog’lash orqali yosh avlodda ekologik madaniyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uchrayotgan muammolar, xususan, metodik qo’llanmalar yetishmasligi, o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasi va amaliy faoliyatga yetarlicha e’tibor berilmayotgani tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyalashgan yondashuvni samarali joriy etish bo’yicha taklif va maqsadlar bayon etilgan bo’lib, bu ekologik ta’limni takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: ekologik ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, ekologik madaniyat, barqaror rivojlanish, ta’lim tizimi, atrof-muhit muhofazasi, ekologik mas’uliyat, fanlararo aloqalar, amaliy o’quv jarayoni, ekologik ong. Bugungi global ekologik muammolar - iqlim o’zgarishi, bioxilma-xillikning yo’qolishi, resurslarni cheksiz iste’mol qilish, havo va suvning ifloslanishi - butun insoniyatni jiddiy xavotirga solmoqda. Bu muammolarni hal qilish faqatgina texnologiya yoki siyosat orqali emas, balki insonning ekologik ongi, madaniyati va ta’lim orqali amalga oshadi. Yer yuzida aholi sonining ko’payib borishi tufayli unga bo’lgan talablarning ortib borishi, fan va texnologiyalarning yuksak darajada rivojlanishi insonning tabiatga ta’siri miqyosini haddan tashqari darajada orttirib yubordi. Natijada mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy harakterga ega bo’lgan turli xil ekologik muammolar kelib chiqdi va ular insoniyat tsivilizatsiyasining davomiyligiga xavf solmoqda. Jahon miqyosida o’tkazilgan bir qator so’rovnomalar natijalariga ko’ra dunyo aholisining aksariyati ekotizimlarning buzilishi, atrof-muhitning ifloslanishi va biologik xilma-xillikning kamayishi kabi ekologik muammolar insoniyat uchun eng katta xavf tug’dirmoqda, deb hisoblaydi [1: 255-259 b]. Ushbu muammolarni hal qilish uchun ta’lim muhim vositadir. Ekologik ta’lim insonlarda tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘zlashtirishga yordam beradi. Ta’lim jamiyatda ekologik ongni shakllantirib, global muammolarni kamaytirishga va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda uzluksiz ekologik ta'lim tizimini samarali yo'lga qo'yish orqali aholining, jamiyatning ekologik madaniyatini oshirish mumkin. Gap shundaki, aholining, birinchi navbatda, uzluksiz ta'lim tizimida tahsil olayotgan o'quvchi va talaba yoshlarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirmasdan, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga sarflanayotgan har qancha mablag'lar bilan muammolarni bartaraf etib bo'lmaydi [2; 46-48 b.]. Shunday ekan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, yosh avlod qalbida Ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini o'z vaqtida tarbiyalashimiz lozim . DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359276 "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 43 Ta’limning ekologik muammolarni hal qilishdagi roli shundaki, u har bir insonni o‘z harakatlari natijasida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishini anglashga undaydi. Bu bilim insonlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga, tabiiy resurslarni tejashga va chiqindilarni kamaytirishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, ekologik ta’lim jamiyatda barqaror rivojlanish printsiplarini tatbiq etishga yordam beradi va turli sohalarda - iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ekologik mas’uliyatni oshiradi. Ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o’ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo’shishi zarurligi bilan belgilanadi. Bugungi kun ta’lim muassasaslarida ekologik ta’lim berishda qanday muammolar ko’zga tashlanadi? 1. Ekologik ta’lim beruvchi mutaxassis kadrlarni yetishmasligi. E’tiborli jihati 2010 yildan boshlab respublikamizning turli OTMlarida Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish sohasi bo’yicha mutaxassis kadrlarni yetkazib berish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yildi. Lekin, aksariyat shu sohada toblangan mutaxassislar aynan ta’lim soahalariga emas, iqtisodiyotni boshqa sohalarida yoki sohaning tashkilot bo’linmalarida faoliyat yurita boshladi. Bu esa, o’z navbatida ta’lim muassasalarida mutaxassislarni yetishmasliga sabab bo’ldi. 2. O’quv adabiyotlarini yetishmasligi. Ekologik ta’lim berishda eng asosiy poydevorlaridan biri bo’lgan o’quv adabiyotlar aynan, bir qolipda emasligi, ishlab chiqilgan darsliklar esa o’quv dasturlarga mutanosib kelmayotganligidan ko’rish mumkin. Darsliklar asosan ma’lum bir ishlab chiqilgan o’quv dasturlari negizida ishlab chiqiladi va u ta’limning ma’lub bir tijimiga yo’naltiriladi. 3. Ekologik ta’limni boshqa fanlar bilan integratsiyasidagi uzilishlar. Boshlang’ich yoki umuman ekologik bilimga ega bo’lmoqchi talabalarni bilishi lozim bo’lgan ko’nikmalarini asosini tashkil etishi lozim bo’lgan fanlararo integratsiyalashuvdagi uzilishlar bugungi ta’lim tizimida mavjud. OTM larida soha bo’yicha o’qiyotgan talabalar o’quv rejasida bu integratsiyalar alohida fanlar blokida o’qitib boriladi. Xususan, kamyoviy ekologiya, fizikaviy ekologiya, bioekologiya va x.k. Biroq, ta’limni boshqa tizimida bu xolatlar yetarli emas. 4. Nazariyaga asoslangan amaliyot va amaliy mashg’ulotlar. Ekologik bilimlar olishda bu borada xorijiy tajribalarni o’rni va roli beqiyos. Ko’plab xorijiy mamlakatlarda ekologik bilim olishda amaliyot, loyixalar, laboratoriyalar birlamchi ahamiyatga ega. Shu o’rinda amaliyot va amaliy mashg’ulotlarni o’rnini oshirish albatta ekologik ta’lim sifatini oshirishga hizmat qiladi. 5. Ekologik ong va madaniyatni kamligi. Jamiyatda hr qanday muammolar uchrab turadi. U yoki bu muammoni yechimi ma’lum vaqt va soatda, kunda yoki oyda yuzaga chiqadi. Lekin, ekologik ong va madaniyatni jamiyatda shakllantirish uchun nafaqat oy va kunlar balki yillar davomida amalga oshadigan jarayondir. Ekologik ong va tafakkurni rivojlantirishda eng asosiy jarayon baribir ta’lim bilan uzviy bog’liqdir. Pedagogik qarashlar asosida shuni aytish mumkinki, ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda ta’limda nazariya -40%, amaliyot -30%, loyixalash -30% integratsiyasi bo’lishi lozim. Bu ko’plab ekologik madaniyat shakllangan davlatlarni tajribasida o’z aksini topgan. Ekologik ta’lim bugungi kunda fanlararo yondashuvni talab qiladi. Bu degani: Ekologik mavzular biologiya, geografiya, kimyo, fizika, texnologiya, iqtisodiyot va huquq kabi fanlar bilan chambarchas bog’langan holda o’rgatilishi kerak. Bunda o’quvchi-talaba nafaqat tabiiy "ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 44 jarayonlarni, balki ularning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini ham tahlil qilishga o’rgatiladi. Ekologik ta’lim bugungi va kelajak avlodning tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Unga integratsiyalashgan yondashuv - ya’ni fanlararo aloqalar, amaliy faoliyat va innovatsion metodlar orqali yondashish - ta’limning sifatini oshiradi va ekologik muammolarni yechishdagi haqiqiy bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun davlat, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari hamkorlikda ish yuritishi zarur. Jamiyatimizda ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish, ertangi kun uchun barqaror rivojlanishga erishish masalalariga juda katta ahamiyat berilmoqda. Shu o’rinda aytish mumkinki, ekologik barqarorlikni ta’minlash esa – bugungi kun davr talabi sifatida qaralmoqda. Bugungi kun yoshlarimizga ekologik ta’lim orqali jamiyatda barqaror rivojlanish printsiplarini targ’ib qilish, yoshlarda tabiatni o’rganish, tahlil qilish va yechim topish qobiliyatini rivojlantirish, darslik va metodik qo’llanmalarni fanlararo asosda qayta ishlash, «Integratsiyalashgan ta’lim» bo’yicha tizimli ishlarni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, ekologik ta’limda fanlararo aloqalarni mustahkamlash, o’qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy o’quv resurslarini yaratish va yoshlarni amaliy tadqiqotlarga jalb etish - bu sohadagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, integratsiyalashgan ekologik ta’lim - bu nafaqat yosh avlodning ekologik dunyoqarashini shakllantirish, balki jamiyatni barqaror rivojlanish yo’liga yo’naltirish uchun muhim strategik yo’nalish hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. S.Qorayev. Ekologik talim-tarbiyada muommo va yechimlar. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022. 255-259 p. 2. Qurbonova D.X., Rahimova Z.Z. Ekologik ta’lim va tarbiya asoslari. - Toshkent: «Fan va texnologiyalar», 2021. 3. Karimova M., Yunusova Sh. Ta’limda integratsiyalashgan yondashuv: nazariya va amaliyot.- Toshkent: «Muallim», 2020. 4. Jo’raeva D.A. Ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda fanlararo integratsiyaning ahamiyati. // «Ta’lim va innovatsiyalar» jurnali, №1, 2022. 5. Tojiboyev A.N. Ekologiya asoslari va inson xavfsizligi. - Toshkent: «Iqtisod-Moliya», 2019. 6. Bahromova Sh.A. Maktab ta’limida ekologik ongni shakllantirishning pedagogik asoslari. - Ilmiy maqola, «Pedagogika fanlari» jurnali, №3, 2021.