GEOGRAFIYА TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYАLARIDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI KUN AHAMIYАTI VA DOLZARBLIGI
Abstract
ushbu maqolada geografiya fanini o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli vositalar, geoaxborot tizimlari (GIS), interaktiv xaritalar, sputnik tasvirlari va mulьtimedia resurslarini o’quv jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifati sezilarli darajada oshishi ta’kidlangan. Ilmiy tadqiqotlar va amaliyotlar asosida bu texnologiyalar o’quvchilarda ko’nikmalarni shakllantirish, fanga qiziqishni oshirish, hamda murakkab geografik tushunchalarni oson o’zlashtirishda muhim o’rin tutayotgani ko’rsatib berilgan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 54 GEOGRAFIYА TA’LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYАLARIDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI KUN AHAMIYАTI VA DOLZARBLIGI S.Abdurahmanov Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti F.Boltaboev Namangan davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti Annotatsiya: ushbu maqolada geografiya fanini o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli vositalar, geoaxborot tizimlari (GIS), interaktiv xaritalar, sputnik tasvirlari va mulьtimedia resurslarini o’quv jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifati sezilarli darajada oshishi ta’kidlangan. Ilmiy tadqiqotlar va amaliyotlar asosida bu texnologiyalar o’quvchilarda ko’nikmalarni shakllantirish, fanga qiziqishni oshirish, hamda murakkab geografik tushunchalarni oson o’zlashtirishda muhim o’rin tutayotgani ko’rsatib berilgan. Kalit so’zlar: geografiya ta’limi, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, geoaxborot tizimlari (GIS), interaktiv xarita, sputnik ma’lumotlari, innovatsion o’qitish, vizualizatsiya. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’kuvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Bugungi kunda umumiy metodika va ayrim fanlarning xususiy metodikalarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun pedagogik texnologiyalardan ta’lim amaliyotida foydalanish bo’yicha bir qator yutuq va tajribalar to’plangan. Biroq geografiya ta’limi jarayoni uchun bu xolat ancha qiyinchiliklar bilan kechmokda. SHu nuqtai nazardan umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasbxunar ta’limi tizimida geografiya ta’limi jarayoni uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo’lmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda kundan-kunga ta’lim sohasida ko’plab yangiliklar bo’lmoqda. Geografiya darslarida o’quvchilarni bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirishda interfaol metodlari alohida o’rin tutadi. Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishliga tayyorgarlik ko’riladi. Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o’quv tarbiya jarayoniga keng qo’llash va tarqatishdan iborat. Bu yo’nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o’z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq etilishi an'anaviy o’qitish jarayonidan o’quvchining o’zi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17359473
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 55 ta'lim jarayonining borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o’tishini ta'minlaydi. Elektron darsliklardan foydalangan holda tashkil etilgan o’qitish texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o’zgarish qilishga qodir. Fan va texnika taraqqiyoti bunyod etgan texnika vositalari hayotimizning barcha sohasiga katta yutuq va samaralar keltirganidek, geografiya faniga ham tubdan o’zgarish, yangicha shakl va mazmun olib keldi. Zotan, hozirgi vaqtda yoshlarga ta’limtarbiya berishni zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi [1; 390-391 b]. Georafiya ta’limining eng samarali metodlari texnika vositalaridan foydalanish bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda maktablarda geografiya ta’limini o’qitishda foydalanayotgan ta’limning elektron usullari turlari ancha ko’paydi va ular yildan-yilga takomillashtirib bormoqda. Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo’qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda murakkab jarayondir. Geografiya ta’limida darslik, geografik atlas va kartalar, didaktik tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollardan keng foydalaniladi, internet saytlari va ma’lumotlaridan hamda audio va video texnika vositalaridan o’rinli foydalanish tavsiya qilinadi. Ilg’or pedagogik texnologiyalar va fanni o’qitishning interfaol metodlarini qo’llash ma’qul topiladi [2; 1003-1009 b]. Dars samaradorligi ma’lum darajada o’quv jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarga bog’liq. SHuning uchun geografiya ta’limida pedagogik va GAT texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi. Jumladan: kompьyuter texnologiyasi, mulьtimediya vositalari, test topshiriqlari, ko’rgazmali qurollar va boshqa fan materiallariga oid ko’nikmalar va nutqiy malakalarni shakllantirishga qaratilgan tabaqada yondashish; o’quvchilarning o’quv faoliyatini, mustaqil ishlarini tabaqali tashkil etish; texnik vositalardan video, audiomagnitofon, kodoskopdan foydalanish; ko’rgazmali kurollardan foydalanish (sxema, diagramma, jadval, rasmlar); interfaol metodlar: suhbat, loyiha metodi, aqliy hujum, klaster metodi, rolli o’yinlar, musobaqa, ko’rik tanlovlar, debat, davra suhbatlari, muammoli o’qitish, izohli o’qish, FSMU texnologiyasi, blits o’yin texnologiyasi, yelpigich, 6x6x6 metodi va boshqa metodlar. Bugungi kunda GAT bo’yicha amalga oshirilgan o’quv jarayonlarida ko’plab natijalarga erishilgan. Xususan, Indoneziyada o’tkazilgan “Integrating Technology in Grade 10 Geography” tadqiqotida, geografik axborot tizimlari (GIS) asosida yaratilgan o’quv media vositalari ishlatilganda o’quvchilarning geografiya tushunchalarini tushunishi 25 % ga yaxshilanganligi qayd etilgan. “Pedagogical techniques of Earth remote sensing data application into modern school practice” maqolasida sputnik ma’lumotlaridan va irdensing (remote sensing)dan foydalanish orqali o’quvchilarning makon, vaqt va sifat elementlari bo’yicha tushunchalari mustahkamlanishi belgilangan. “ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES USED IN TEACHING GEOGRAPHY AND THEIR ADVANTAGES” maqolasida elektron o’quv resurslari (Google Earth, ArcGIS va hokazolar) geografiya darslarini jonli, vizual va interaktiv qiladi, bu esa o’quvchilarning diqqatini jalb etish va tushunishni osonlashtiradi deb ta’kidlangan. Bu borada O’zbekistonda ham muhim va amaliyotga tatbiq etilgan jarayonlarni kuzatish mumkin. Toshkentda Toshkent davlat agrar universitetida FAO tomonidan tashkil etilgan GIS-texnologiyalari bo’yicha o’quv-seminarda, universitetda yaratilgan GIS laboratoriyasi
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 56 tomonidan yer resurslarini monitoring qilish, degradatsiyani kuzatish kabi amaliyotlar o’rgatilgan. O’zbekistonda geografiya fan o’qituvchilarining malakasini oshirishda elektron darsliklar, mobil ilova “Qiziqarli geografiya”, “Geografiya” elektron darsligi, smart-doska va boshqa ICT vositalari qo’llanilishiga davlat tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida geografiya ta’lim yo’nalishidan talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalari, 3D animatsiyalar, vizual materiallardan foydalanishni kenglashtirish rejalashtirilmoqda. Geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat zamonaviy ta’lim standartlarining talabi, balki fanni samarali, tushunarli va qiziqarli o’qitishning eng muhim omiliga aylangan. Geoaqborot tizimlari (GIS), sputnik tasvirlari, 3D modellar, interaktiv kartalar, elektron darsliklar va internet-resurslar yordamida: o’quvchilarning bilimni o’zlashtirishi 25–30% ga oshishi, fanga qiziqishi va ijodiy fikrlashi rivojlanishi, real hayotda qo’llash qobiliyati shakllanishi, mustaqil tahlil va tadqiqot ko’nikmalari rivojlanishi ta’minlanadi. Bu texnologiyalar ta’limning sifatini yaxshilabgina qolmay, yosh avlodni raqamli iqtisodiyot, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik va geomaxsus kasblarga tayyorlashda muhim o’rin tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. “Geografiya va geografiya ta’limidagi muammolari”. Respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferentsiyasi. Toshkent. -2018 yil. 2. Habibullaeva M.N. Geografiya ta’limida qo’llaniladigan yangi zamonaviy pedagogik metodlar (“Venn diagrammasi”, “Assesment”, “Elpig’ich”, “BBB” metodlari misolida). "Ekonomika i sotsium" №2(93)-2 2022.