scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KIYIMLARNING YANGI MODELLARINI YARATISHDA QО'LLANADIGAN LOYIHALASH BOSQICHLARI VA KONSTRUKTIV MODELLASHTIRISH USULLARI

Yakubova Larisa Sobirovna,Suvonova Ma'mura Yusupovna

Abstract

Yangi model tuzilishini о‘rganishda uning xususiyatlari va bazaviy asosi yoki tipaviy konstruksiyadan farqlari aniqlanadi. Model tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumotni faqat uning tayyor namunasidan olish mumkin. Model namunasidan foydalanganda uning detallari maxsus andazabop qog‘ozga tushiriladi. Konstruktiv asos siluetini о‘zgartiradigan usullarga parallel va konussimon kengaytirish yoki toraytirish, detallarni toraytirish yoki burmalar hosil qilish kiradi.

Full text

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 13 KIYIMLARNING YANGI MODELLARINI YARATISHDA QО‘LLANADIGAN LOYIHALASH BOSQICHLARI VA KONSTRUKTIV MODELLASHTIRISH USULLARI Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchisi: Suvonova Ma’mura Yusupovna ORCID:https://orcid.org/0009-0007-8269-1931 suvonova8100 @gmail.com Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchisi: Yakubova Larisa Sobirovna [email protected] ANNOTATSIYA: Yangi model tuzilishini о‘rganishda uning xususiyatlari va bazaviy asosi yoki tipaviy konstruksiyadan farqlari aniqlanadi. Model tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumotni faqat uning tayyor namunasidan olish mumkin. Model namunasidan foydalanganda uning detallari maxsus andazabop qog‘ozga tushiriladi. Konstruktiv asos siluetini о‘zgartiradigan usullarga parallel va konussimon kengaytirish yoki toraytirish, detallarni toraytirish yoki burmalar hosil qilish kiradi. KALIT SO‘ZLAR: Konstruktiv, silueti, yangi model,detal, tipaviy tuzilishi, loyihalash, usullar, texnik loyiha, eskiz loyihasi, texnik topshiriq,moda, loyihalash bosqichlari, hujjatlar,kiyim, modellashtirish usuli,ijodiy jarayon, kompozitsiya, avtomatlashtirish, bezak, gazlama,tekislik, chiziqlar. Loyihalash - konstruktorlik ishlarining tipaviy tuzilishini belgilab beradigan sistema sifatida konstruktorlik hujjatlarning yagona sistemasi yaratildi. Mazkur sistema besh bosqichdan iborat: 1 - texnik topshiriq, 2 - texnik taklif, 3 - eskiz loyihasi, 4 - texnik loyiha, 5 - ishchi hujjatlar. Kiyimlar konstruksiyasi avtomatlashtirilgan ravishda EHMda loyihalansa, keltirilgan sistemaning samaradorligi oshadi. Loyihalash jarayonida tadqiqot ishlari ham о‘tkazilishi mumkin. B i r i n ch i bosqichda, loyihalanayotgan kiyim sifatini ta’minlovchi texnik topshiriq tuziladi. Standartga muvofiq unda nafaqat kiyimning vazifasi, balki sifat kо‘rsatkichlari, konstruktorlik hujjatlarining bosqichlari, ularning tarkibi va kiyimga qо‘yiladigan maxsus talablar yoritiladi. I k k i n ch i bosqichda, texnik taklif tayyorlanadi. Bir xil vazifali о‘xshash modellar tahlili asosida yangi modellarning yoki ularga oid ayrim konstruktiv elementlarning har xil yechimlari tayyorlanadi. Loyihaning bu bosqichida shakllangan topshiriqqa muvofiq о‘xshash modellar tanlanadi, mavjud tavsiyalarga asoslanib, ularning tahlili о‘tkaziladi. Eng yuqori, ustivor sifat kо‘rsatkichlariga ega bо‘lgan qator texnik takliflarning eskizlari tuziladi. Ularning konstruktiv о‘xshashligi aniqlanadi, ya’ni taklif modellarning yangililigi va raqobatbardoshligi aniqlanadi. Ayni paytda modellarning murakkablik darajasi (katta seriyalar, kichik seriyalar, yangi assortiment) ham e’tiborga olinadi. U ch i n ch i bosqichda, eskiz loyihasi ishlab chiqiladi. Bu bosqichda buyumning tuzilishi va uning asosiy о‘lchamlari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Texnik rasmda esa bо‘linish chiziqlari kо‘rsatiladi. T о‘ r t i n ch i bosqichda, buyumning texnik loyihasi ishlab chiqiladi. Texnik loyiha - bu loyihalanayotgan buyum tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bо‘lgan konstruktorlik hujjatlarining majmuidir. Ular ichiga asosiy detallarning konstruksiyasi (orqa bо‘lak, old bо‘lak, yeng va yoqa), asosiy konstruktiv uzellarning texnologik tuzilishi va choklar xarakteristikasi kiradi. B e sh i n ch i bosqichda, ishchi konstruktorlik hujjatlarini tashkil etuvchi texnik ifoda va ularga ilova qilingan asosiy, astar va oraliq detallar andazalarining komplekti tayyorlanadi. Ommaviy tarzda mahsulot tayyorlashda uning narxi, materiallar tejamkorligi va ishlab chiqarish ishlarini rejali tashkil qilishda modellashtirish usullari qо‘llanishi katta ahamiyat kasb etadi. ”Model” sо‘zi lotinchada namuna, meyor, norma demakdir. Lekin kiyimlar konstruksiyalashda dizaynerning о‘z g‘oyalarini amalga oshirgan kiyimidan birinchi namunasi ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 14 model deyiladi. ”Modellashtirish” atamasi esa insonning tashqi va ichki dunyosi, materiallar xususiyatlari, kiyimning vazifasi va uning konstruktiv xususiyatlari, atrofdagi muhit sharoitlari e’tiborga olingan holda yangi model yaratishning ijodiy jarayonini anglatadi. Modellashtirishda tikuv buyumlarning shakli va silueti, bichimi, shakllantirish usullari, elementlar kompozitsiyasi va ranglarga oid yechimlar о‘zgarishi mumkin. Tayyor bazaviy model yoki uning eskizi bо‘yicha kiyimning siluetli konstruktiv asosi yordamida yangi model chizmasini va namunasini tayyorlash jarayoni texnik modellash deyiladi.Yangi model konstruksiyasini tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: modelni о‘rganish va uning tahlili, modelga mos siluetli bazaviy asos tanlash, tanlangan asosni aniqlash yoki о‘zgartirib unga yangi modelga xos xususiyatlar kiritish, yangi model konstruksiyasini tekshirish. Yangi model tuzilishini о‘rganishda uning xususiyatlari va bazaviy asosi yoki tipaviy konstruksiyadan farqlari aniqlanadi. Model tо‘g‘risida tо‘liq ma’lumotni faqat uning tayyor namunasidan olish mumkin. Model namunasidan foydalanganda uning detallari bigiz yordamida maxsus andazabop qog‘ozga tushiriladi, lekin detallar shakli va о‘lchamlari loyihalanayotgan modelga mos о‘zgartiriladi. Modelga xos ahamiyatli xususiyatlarga quyidagilar kiradi: kiyimning turi, silueti, bichimi, razmeri, bо‘yi va tо‘laligi, uzunligi, gazlama turi, kiyimning kо‘krak, bel, buksa va etak chiziqlari bо‘yicha kengligi va ularning orqa, о‘miz va old konstruktiv uchastkalari о‘zaro taqsimlanishi, yelka qiyaligining uzunligi, yengining kengligi, yoqasining uzunligi va eni, taqilmasining xili, izma va tugmalarining joylanishi va soni, bezak va yangi detallarning joylanishi va shakli va hokazolar kiradi. Bu konstruktiv omillar qatorida kо‘krak va kuraklar sohasida kiyimni shakllantiruvchi usullarni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Yangi model tuzilishini rasm yoki eskiz bо‘yicha о‘rganish ham mumkin, lekin ulardan kerakli ma’lumotlar boshqacha olinadi. Dastavval frontal tekislikda joylashgan standart detallar о‘lchamlari va boshning balandligi о‘lchami yordamida modelning masshtabi aniqlanadi. Modelning tekislikda kо‘rinishi yetarli ma’lumotga ega bо‘lmagani tufayli kiyim detallarining haqiqiy о‘lchamlari konstruktorning malakasiga bog‘liq. Model tahlilini unumli о‘tqazish maqsadida о‘rganuvchi konstruktorlarga model tasvirini kalka yoki boshqacha qog‘ozga о‘tkazish tavsiya etiladi. Model eskizida vertikal simmetriya chizig‘i va asosiy gorizontal chiziqlar kо‘rsatiladi. Modelga mos bazaviy konstruksiyani asoslab tanlashda uch xil mezonlar guruhiga doir talablarga amal qilinadi. 1) g u r u h i gazlama va kiyim turini, kiyimning bichimi va siluetini, razmer, bо‘y va tо‘laligini ta’riflaydi. Misol uchun: 158-96-104 figuraga mо‘ljallangan jun gazlamadan tayyorlangan bahorgi-kuzgi, sal yopishib turadigan ayollar paltosi. 2)guruhi, yordamida bazaviy konstruksiya asosiy о‘lchamlari ularning loyihalanayotgan buyumga mosligi va figurada о‘rnashuvi nuqtai nazaridan baholanadi, chunki asosiy konstruksiyadan modellash usullari orqali olingan yangi konstruksiya kiyim о‘rnashuviga ijobiy ta’sir kо‘rsata olmaydi. 3)guruhi, kiyim detallarining bо‘linishlari bilan bog‘liq. Masalan, ayollar kiyimi uchun vertikal bо‘linish chiziqlariga ega bо‘lgan tipaviy konstruksiya ma’qulroq hisoblanadi. Old va orqa bо‘laklari ikki qismdan iborat olti chokli jaket yoki palto konstruksiyasi maqsadga mosdir. Erkaklar kiyimida esa qirqma yon bо‘lak vitochka va koketkalar modellash ishlarini osonlashtiradi. Bunday bо‘linish chiziqlar yordamida aniq hajmiy shaklni yaratish mumkin. Shunday qilib, konstruktiv modellashga oid ishlar sifati nafaqat modelga mos tanlangan bazaviy asosga, balki о‘zgartirish usullarining texnik jihatdan mukammallik darajasiga ham bog‘liq. Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, kiyimlarning yangi modellarini yaratishda qо‘llanadigan loyihalash bosqichlari va konstruktiv modellashtirish usullari asosan konstruktor malakasiga bog‘liq hamda muhimdir. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 15 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Pulatova S.U. ”Kiyimni konstruksiyalash asoslari”. T., 2001. 2. Pulatova S.U. “Ayollar yengil kuylagini konstruksiyalash”. T.,2001 3. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish asoslari. T.2008. 4. G.K.Xasanboyeva, O.I. Krimova, “Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash”. Toshkent, “Oqituvchi”, 1990 5. Komilova X.X.,Hasanboyeva H.K.Tikuv buyumlarini konstruksiyalash., Toshkent. “Moliya” - 2003