scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING KICHIK BIZNESGA TA'SIRI

Vohobov Hikmatillo Ma'mirjon o'g'li

Abstract

Raqamli texnologiyalarning biznes jarayonlariga integratsiyasi, raqamli transformatsiyaning mahalliy kichik va o‘rta korxonalar samaradorligi va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli ko‘nikmalar etishmasligi va moliyaviy resurslar tahlil qilingan.

Full text

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 32 RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING KICHIK BIZNESGA TA’SIRI Vohobov Hikmatillo Ma'mirjon o'g'li, Andijon davlat texnika registrator ofisi ma’lumotlar bazasini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Annotatsiya: Raqamli texnologiyalarning biznes jarayonlariga integratsiyasi, raqamli transformatsiyaning mahalliy kichik va o‘rta korxonalar samaradorligi va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, raqamli ko‘nikmalar etishmasligi va moliyaviy resurslar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, kichik va o‘rta biznes, O‘zbekiston, raqamli transformatsiya, biznes samaradorligi. Zamonaviy dunyoda kichik biznes iqtisodiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. U yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Kichik biznesning samarali faoliyat yuritishi nafaqat mamlakat iqtisodiyoti uchun, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv sharoitida kichik tadbirkorlik subyektlarining muvaffaqiyati ularning innovatsiyalarni qanchalik samarali joriy eta olishiga va raqamli texnologiyalardan qay darajada foydalana olishiga bog‘liq. So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab biznes muhitining raqamlashtirilishi tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt, bulut texnologiyalari, blokcheyn, Internet of Things (IoT) kabi zamonaviy texnologiyalar biznes yuritish usullarini tubdan o‘zgartirmoqda. Kichik biznes uchun esa ushbu texnologiyalar mijozlar bilan samarali aloqalar o‘rnatish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish kichik biznesning nafaqat omon qolishi, balki bozor sharoitida muvaffaqiyat qozonishining muhim omili sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda ham kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi yillarda bu borada qator qonuniy-huquqiy islohotlar amalga oshirilib, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida biznesni avtomatlashtirish, elektron tijoratni kengaytirish, innovatsion startaplarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha bir qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shuningdek, bank va moliya sektori ham raqamlashtirilayotgan bo‘lib, kichik biznes uchun moliyaviy texnologiyalar (fintex) sohasida yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Ushbu maqolada kichik biznesni rivojlantirishda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarning o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, shuningdek, O‘zbekiston tajribasida ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlar va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, kichik biznes vakillari uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va istiqbollari yoritiladi. Kichik biznesning samarali rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon bir necha asosiy yo‘nalishlarda o‘z aksini topadi: Operatsion samaradorlik: Raqamli texnologiyalar orqali biznes jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida operatsion xarajatlar kamayadi va ishlab chiqarish jarayonlari tezlashadi. Marketing va mijozlar bilan aloqa: Internet marketing vositalari, sun’iy intellekt asosida ishlovchi chatbotlar va big data texnologiyalari mijozlarga individual yondashuvni kuchaytiradi. Moliyaviy xizmatlar: Elektron to‘lov tizimlari va fintech xizmatlari kichik biznesga qulay kreditlash va investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyotning KO‘B rivojlanishiga ta’siri ko‘p qirrali bo‘lib, uni bir nechta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilish mumkin: Biznes modellarining transformatsiyasi: Raqamli texnologiyalar KO‘B subyektlariga o‘z biznes modellarini qayta ko‘rib chiqish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini bermoqda. Porter va Heppelmann [7] ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlarning o‘zini, ularni etkazib berish usullarini va ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 33 mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘zgartirmoqda. Operatsion samaradorlikning oshishi: Raqamli texnologiyalar KO‘B subyektlariga o‘z operatsion jarayonlarini optimallashtirishga yordam bermoqda. Bulutli hisoblash tizimlari, katta ma’lumotlar tahlili va sunʼiy intellekt kabi texnologiyalar biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirishga imkon beradi. Marketing va mijozlar bilan o‘zaro aloqalar: Raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar KO‘B subyektlariga o‘z maqsadli auditoriyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samarali etib borish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda Instagram va Telegram kabi ijtimoiy platformalar KO‘B uchun asosiy marketing kanallariga aylanmoqda. Global bozorlarga chiqish: Raqamli texnologiyalar KO‘B subyektlariga xalqaro bozorlarga chiqish va global qiymat zanjirlariga qo‘shilish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda ham bu tendensiya kuzatilmoqda. Innovatsiyalar va raqobatbardoshlik: Raqamli texnologiyalar KO‘B subyektlariga innovatsion g‘oyalarni tezroq va kamroq xarajat bilan sinovdan o‘tkazish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda ham raqamli innovatsiyalar sohasida faoliyat yurituvchi startaplar soni ortib bormoqda[9]. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi: Raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintech) KO‘B subyektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlari keltirilgan [10]: 1-jadval O‘zbekistonda KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlari Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, KO‘B subyektlari asosan internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda, biroq yangi avlod texnologiyalarini joriy etish darajasi hali ham past. Bu esa raqamli transformatsiya jarayonida hali ko‘p ishlar qilish zarurligini ko‘rsatadi. Raqamli ko‘nikmalar va inson kapitali: Raqamli iqtisodiyot KO‘B subyektlari oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda, jumladan, xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish zaruratini. O‘zbekistonda IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab hozirda mavjud mutaxassislar sonidan 3 barobar yuqori [12]. Bu esa KO‘B subyektlari uchun malakali kadrlar topish va raqamli transformatsiyani amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Huquqiy va me’yoriy muhit: Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi KO‘B faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazani ham yangilashni taqozo etmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi, biroq qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalarni keng joriy etishiga to‘sqinlik qilmoqda [5]. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot O‘zbekistonda KO‘B rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochmoqda, biroq bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun hali bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bu jarayonda davlat, xususiy sektor va ta’lim muassasalarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. So‘rovnoma va statistik ma’lumotlar tahlili natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda KO‘B subyektlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi so‘nggi yillarda sezilarli o‘sgan, biroq rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan hali ancha orqada. So‘rovnomada ishtirok etgan KO‘B subyektlarining 78% internet va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishini, 45% elektron tijorat platformalarida mahsulot va xizmatlarini taklif qilishini, 30% esa bulutli texnologiyalardan foydalanishini ma’lum qilgan. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 34 Raqamli iqtisodiyot sharoitida KO‘B subyektlari uchun hamkorlik va kooperatsiya imkoniyatlari ham kengaymoqda. Raqamli platformalar orqali turli soha vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, resurslarni birlashtirib, yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Bu esa kichik korxonalarga ham global bozorda o‘z o‘rnini topish imkonini bermoqda. Xulosa qiladigan bulsak tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot O‘zbekistonda KO‘B rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli texnologiyalar korxonalarga operatsion samaradorlikni oshirish, yangi bozorlarga chiqish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkonini bermoqda. Biroq, KO‘B subyektlari raqamli transformatsiya jarayonida bir qator to‘siqlarga ham duch kelmoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonda KO‘B rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi takliflar ishlab chiqildi: KO‘B subyektlari uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan maxsus grantlar va imtiyozli kreditlar dasturini ishlab chiqish. Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun KO‘B xodimlari uchun bepul onlayn kurslar va treninglar tashkil etish Hududlarda raqamli texnologiyalar markazlarini tashkil etish, bu yerda KO‘B subyektlari zarur konsultatsiyalar va texnik yordam olishi mumkin. KO‘B uchun kiberhavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish va ularni tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish. Raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan KO‘B o‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantirish [5]. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, shu orqali KO‘B subyektlari uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning KO‘B rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha dastlabki keng qamrovli tahlilni taqdim etadi. Kelajakda ushbu sohada yanada chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan, alohida tarmoqlar kesimida raqamli transformatsiya jarayonlarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Bukht, R. and Heeks, R., 2017. Defining, conceptualising and measuring the digital economy. International Organisations Research Journal, 12(2), pp.143-172. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079son Farmoni "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida". 3. Schwab, K., 2016. The fourth industrial revolution. Geneva: World Economic Forum. 4. Buhalis, D. and Law, R., 2008. Progress in information technology and tourism management: 20 years on and 10 years after the Internet—The state of eTourism research. Tourism management, 29(4), pp.609-623. 5. Majidova I.G‘. Raqamli iqtisodiyotning o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesga ta’siri. “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | 8-son. 6. Ulas, D., 2019. Digital Transformation Process and SMEs. Procedia Computer Science, 158, pp.662-671. 7. Xasanov, X. and Ayupov, R., 2020. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirish: hozirgi holat, muammolar va istiqbollar. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4, pp.156-165. 8. Porter, M.E. and Heppelmann, J.E., 2014. How smart, connected products are transforming competition. Harvard business review, 92(11), pp.64-88. 9. Mustafakulov, O. K. (2023). O‘zbekiston statistika tizimida qo ‘llaniladigan raqamli platformalar. raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 3(4), 63-70. 10. Mustafakulov, O‘ktam. "Statistika tizimida raqamli platformalarni amaliy tadbiq etish metodologiyasi." Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari 4.1 (2024): 45-54. 11. Mustafakulov O. Statistika tizimda raqamli platformalarning qo‘llanishi: xalqaro tajribalar //Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика). – 2024. – №. 7. – С. 184-195. ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 35 12. Ungboyevich, M. O. K. (2024). Application of digital platforms in the statistical system based on international experience. European Journal of Economics, Finance and Business Development, 2(7), 16-23. 13. M.U. Ungbayevich “Problems of the development of digital platforms and their solutions” Proceedings of International Educators Conference.