"STANLEY FISCHER: ZAMONAVIY MAKROIQTISODIYOTDA UNING O'RNI VA MEROSI"
Abstract
Ushbu maqola Stanley Fischerning zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasi va xalqaro iqtisodiy siyosatdagi o‘rniga bag‘ishlangan. Unda uning ilmiy ishlari, nazariy merosi, xalqaro moliyaviy institutlardagi faoliyati hamda markaziy bank siyosatini shakllantirishdagi tajribasi tahlil qilinadi. Maqola Fischerning ilmiy g‘oyalari va siyosiy qarorlarining global iqtisodiy barqarorlikka ta’siri yoritiladi.
Full text
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 82 “STANLEY FISCHER: ZAMONAVIY MAKROIQTISODIYOTDA UNING O‘RNI VA MEROSI” Abdurahmonov Asilbek Ismonjon o`g`li Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: To‘xtaxo‘jayev Ma’rufxon Abdurashid o‘g‘li. [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola Stanley Fischerning zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasi va xalqaro iqtisodiy siyosatdagi o‘rniga bag‘ishlangan. Unda uning ilmiy ishlari, nazariy merosi, xalqaro moliyaviy institutlardagi faoliyati hamda markaziy bank siyosatini shakllantirishdagi tajribasi tahlil qilinadi. Maqola Fischerning ilmiy g‘oyalari va siyosiy qarorlarining global iqtisodiy barqarorlikka ta’siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: Stanley Fischer, makroiqtisodiyot, pul-kredit siyosati, inflyatsiya, IMF, Federal Rezerv, Isroil Markaziy banki, yangi keynschilik. Аннотация: Статья посвящена роли Стэнли Фишера в современной макроэкономической теории и международной экономической политике. Рассмотрены его научные труды, теоретическое наследие, деятельность в международных финансовых институтах, а также опыт формирования политики центральных банков. Работа освещает влияние идей и решений Фишера на глобальную экономическую стабильность. Ключевые слова: Стэнли Фишер, макроэкономика, денежно-кредитная политика, инфляция, МВФ, Федеральная резервная система, Банк Израиля, новый кейнсианский подход. Abstract: This article examines the role of Stanley Fischer in modern macroeconomic theory and international economic policy. It analyzes his academic contributions, theoretical legacy, activities within international financial institutions, and experience in shaping central bank policy. The paper highlights the impact of Fischer’s ideas and policy decisions on global economic stability. Keywords: Stanley Fischer, macroeconomics, monetary policy, inflation, IMF, Federal Reserve, Bank of Israel, New Keynesian economics. Zamonaviy iqtisodiyot va uning rivojlanish tarixi hamda metodologiyasi Stanley Fischerga bevosita bog‘liqdir. Zamonaviy iqtisodiyotning mashxur namoyondasi S.Fischer 1943-yil 15oktabrda Zambiyada tug‘ilgan. U London Iqtisodiyot maktabida bakalavr va magistr darajalarini olgan, so‘ngra MIT(Massachusetts Texnologiya Institutid)da doktorlik darajasini Paul Samuelson va Robert Solow rahbarligida tamomlagan. U nafaqat nazariy iqtisodiyotda, balki global iqtisodiy siyosatni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynagan. Fischerning ilmiy faoliyati, o‘qituvchilik merosi va xalqaro moliyaviy institutlardagi rahbarlik lavozimlari uni zamonaviy makroiqtisodiy fikrning asoschilaridan biri sifatida tanitdi. MITda u Paul Samuelson va Robert Solow kabi mashhur iqtisodchilar bilan ishlagan va keyinchalik o‘zi ham bu institutda professor sifatida ko‘plab yetakchi iqtisodchilarni tarbiyalagan. Shuni ta‘kidlash joizki St.Fischer J.M.Keyns asos solgan Keynschilar maktabi vakili bo‘lgan. Anglab olishimiz mumkinki u pulkredit siyosati va makroiqtisodiy barqarorlik bo‘yicha chuqur nazariy ishlar olib brogan. Ma’lumki, Makroiqtisodiyot-bu butun iqtisodiy tizimni o‘rganadigan fan bo‘lib, u yalpi ishlab chiqarish (GDP), inflyatsiya, ishsizlik, foiz stavkalari va savdo balanslari kabi umumiy ko‘rsatkichlar orqali iqtisodiy faoliyatni tahlil qiladi. Zamonaviy makroiqtisodiyot esa bu klassik tushunchalarni global muammolar, texnologik o‘zgarishlar va siyosiy qarorlar kontekstida qayta ko‘rib chiqib tahlil qiladi. Makroiqtisodiy tahlil hukumatlar, markaziy banklar va bizneslar uchun muhim qarorlar qabul qilishda asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, iqtisodiy inqiroz davrida fiskal (buydjet-soliq) va monetary (pul-kredit) siyosat orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish-bu zamonaviy
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 83 makroiqtisodiyotning amaliy qo‘llanilishidir. Bunga yaqqol misol qilib biz S.Fischerni IMFdagi faoliyati davomida u Meksika, Janubiy Koreya, Indoneziya, Braziliya va Argentina kabi davlatlardagi moliyaviy inqirozlarni boshqarishda yordam berganini yaqqol misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin1. U zamonaviy makroiqtisodiyota o‘zining quyidagi qoldirgan me‘roslari bilan ulkan hissa qo‘shgan: Nomi Nashr yili Izoh IMF Essays from a Time of Crisis 2004 Xalqaro moliyaviy inqirozlar davridagi tahlillar va siyosiy qarorlar haqida Economics 1983 Rudiger Dornbusch bilan hammualliflikda yozilgan, iqtisodiyotga kirish darsligi Introduction to Microeconomics 1983 Mikroiqtisodiyot asoslari, Schmalensee bilan hammuallifli Rational Expectations and Economic Policy 1980 NBER konferensiyasi asosida tahrirlangan ilmiy to‘plam Securing Peace in the Middle East 1994 Mintaqaviy iqtisodiy o‘tish davrlari haqida Modern Hyperand High Inflation 2002 Giperinflyatsiya holatlari bo‘yicha tahlil Israeli Inflation from an International Perspective 2000 Isroil inflyatsiyasi va xalqaro kontekst Stanley Fischer o‘zining ‘‘Introduction to microeconomics’’ deb nomlangan ilmiy ishida pul, bank tizimi va narxlar darajasi aniqlanishi bo‘yicha soddalashtirilgan iqtisodiy modelni ishlab chiqadi. Asosiy maqsad-banklar qanday ishlaydi, pul qanday aylanishda bo‘ladi va narxlar darajasi qanday shakllanadi degan savollarga nazariy javob berish. Model uch asosiy sektorni o‘z ichiga oladi: 1. Uy xo‘jaliklari: iste’mol, mehnat va pul mablag‘larini boshqaradi. 2. Banklar: moliyaviy vositachilik va tranzaksiya xizmatlarini taqdim etadi. 3. Korxonalar: tovar ishlab chiqaradi va investitsiyalarni amalga oshiradi. Bundan tashqari u o‘z ilmiy Ishida quyidagi holatlarni chuqur tahlil qiladi: 1. Banklar faoliyatining ikki jihati: portfel boshqaruvi (aktivlarni joylashtirish) va tranzaksiya xizmatlari (to‘lovlarni amalga oshirish). 2. Ichki pul iqtisodiyoti: texnologik taraqqiyot natijasida bank tizimi valyuta o‘rnini egallaydi va iqtisod ichki pulga asoslanadi. 3. Narxlar darajasi aniqlanishi: yuqori darajadagi pul miqdori narxlar darajasini belgilaydi, ammo bu pulning real talabiga bog‘liq. 4. Pulning optimal miqdori: inflyatsiya darajasi va real foiz stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali aniqlanadi. 5. Valyuta monopoliyasi va raqobatli pul ta’minoti: davlat tomonidan chiqariladigan pulning afzalliklari va muqobillari muhokama qilinadi. Stanley Fischer o‘z ilmiy ishida quyidagilarni aytadi: “Narxlash qoidalarini shakllantirish bank nazariyasining asosiy tamoyillaridan birini yoritadi. Bunda bankning portfel va tranzaksiya jihatlari o‘rtasida zaruriy bog‘liqlik mavjud emas. Bank o‘zini ikki bo‘limdan tashkil qilishi mumkin: portfel bo‘limi va tranzaksiya bo‘limi.” Quyidagi muammolar ilmiy ishda ko‘tarilgan va tahlil qilingan: Pul va narxlar darajasi o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik: pul miqdori o‘zgarishi narxlar darajasiga qanday ta’sir qiladi — bu har doim aniq emas. 1Stanley Fischer (1943–2025)
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 84 Bank tizimining samaradorligi: banklar tranzaksiya xizmatlarini qanday narxlashlari kerakligi va bu narxlar resurslardan foydalanishni qanday optimallashtiradi. Ichki pul tizimida narxlar darajasi aniqligi: agar valyuta yo‘qolsa, narxlar qanday belgilanadi degan savol ochiq qoladi. Inflyatsiya va real iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi ziddiyat: inflyatsiyani kamaytirish uchun pul miqdorini qisqartirish iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Pul siyosatining barqarorligi: hukumatlar yoki xususiy valyuta chiqaruvchilarning uzoq muddatli ishonchliligi muhim rol o‘ynaydi. Stanley Fischer tomonidan ishlab chiqilgan model pul va bank tizimining nazariy asoslarini chuqur tahlil qiladi. Ilmiy ishda banklar faoliyatining ikki asosiy yo‘nalishi: portfel boshqaruvi va tranzaksiya xizmatlari alohida ko‘rib chiqiladi. St.Fischer texnologik taraqqiyot natijasida yuzaga keladigan ichki pul iqtisodiyotini tasvirlab, narxlar darajasi aniqlanishi va pul siyosatining samaradorligi bilan bog‘liq muhim muammolarni ko‘taradi. Ilmiy ishda pul miqdori, inflyatsiya, foiz stavkalari va iqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi murakkab munosabatlar nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu tahlil zamonaviy monetar siyosatni shakllantirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Fischerning 1977-yilda chop etilgan “Long-Term Contracts, Rational Expectations, and the Optimal Money Supply Rule”2maqolasi yangi keynschilik (New Keynesian) maktabining asosiy g‘oyalaridan biri – narxlar va ish haqlarining qotib qolishi (wage/price stickiness) tushunchasini mustahkamladi. Bu yondashuv markaziy banklarning qisqa muddatli siyosat vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Rüdiger Dornbusch bilan hammualliflikdagi Macroeconomics darsligi (1983) ko‘plab universitetlarda asosiy manba sifatida o‘qitildi. Shuningdek, u Olivier Blanchard bilan yozgan Lectures on Macroeconomics asari zamonaviy makroiqtisodiy modellarni tushuntirishda muhim o‘rin tutadi. Bu asarlar orqali Fischer nafaqat nazariy tushunchalarni, balki iqtisodiy siyosatga tatbiq qilish yo‘llarini ham ko‘rsatdi. MITdagi professorlik faoliyati davomida u ko‘plab taniqli iqtisodchilarni yetishtirdi. Ben Bernanke, Mario Draghi, Olivier Blanchard, Gregory Mankiw va Kazuo Ueda uning shogirdlari bo‘lib, keyinchalik markaziy banklar va xalqaro institutlarda yetakchi lavozimlarga erishdilar. Fischer o‘z xizmatlari uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi: 1. “Central Bank Governor of the Year” (2009) – Isroil Markaziy bankidagi muvaffaqiyatli siyosati uchun. 2. “Lifetime Achievement Award” (Central Banking Journal, 2019) – ilmiy va siyosiy faoliyatidagi umumiy yutuqlari uchun. 3. Bir nechta universitetlardan faxriy doktorlik unvonlari. Fischerning asosiy natijasi - nazariy bilimlarni siyosiy qarorlar bilan muvaffaqiyatli bog‘lashdir. U ilmiy yondashuvlar va empirik dalillarga asoslangan qarorlar orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga harakat qildi. Bu yondashuv uni nafaqat olim, balki samarali siyosatchi sifatida ham tanitdi. U 1988–1990-yillarda Jahon bankida bosh iqtisodchi sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etdi. 1994–2001-yillarda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi birinchi o‘rinbosari sifatida Meksika (1994), Osiyo (1997–1998), Braziliya va Argentina (1999–2001) moliyaviy inqirozlariga javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bosh rol o‘ynadi. U IMF siyosatida shaffoflik va tezkor yordam mexanizmlarini kengaytirishga intildi. Bundan tashqari 2005–2013-yillar oralig‘ida Isroil Markaziy banki rahbari sifatida Fischer inflyatsiyani maqsad qilish (inflation targeting) siyosatini mustahkamladi. 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz davrida u pul-kredit siyosatini moslashtirish orqali Isroil iqtisodiyotining pasayishini yumshata oldi. Uning rahbarligi davrida mamlakatning valyuta zaxiralari oshdi va bankning mustaqilligi kuchaydi. Qolaversa, 2https://economics.mit.edu/sites/default/files/2023-05/fischer_long-term_contracts.pdf
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 85 2014–2017-yillarda Federal Rezerv tizimining vitse-prezidenti sifatida Fischer pul-kredit siyosatining xalqaro oqimlarga ta’sirini chuqur o‘rgandi va global moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun ehtiyotkorlik siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Fischer tomonidan ishlab chiqilgan pul-kredit siyosati bo‘yicha yondashuvlar, xususan, narxlar va ish haqlarining qat’iyligi (sticky prices and wages) haqidagi g‘oyalar markaziy banklarning qisqa muddatli siyosatini asoslashda keng qo‘llanmoqda. Isroil Markaziy banki va Federal Rezervdagi faoliyati uning nazariy bilimlarini real sharoitlarda tatbiq qila olishini yaqqol isbotladi. Bu tajriba boshqa mamlakatlar uchun ham samarali pul-kredit strategiyalarini ishlab chiqishda o‘rnak bo‘la oladi. 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshidagi moliyaviy inqirozlar Fischerning siyosiy mas’uliyatini sinovdan o‘tkazdi. U IMFdagi lavozimida qisqa muddatli yordam mexanizmlarini joriy qilish, qarz shartlarini moslashtirish va davlatlar bilan konstruktiv muzokaralar olib borish orqali xalqaro moliya tizimining barqarorligini tiklashga yordam berdi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda IMF dasturlari qat’iy shartlari tufayli tanqidga uchragan, bu esa iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy oqibatlarini yanada chuqurroq o‘rganish zaruratini ko‘rsatdi. Fischerning ishlari hozirgi davrda ham dolzarbligini yo‘qotmagan, global iqtisodiy beqarorlik, moliyaviy texnologiyalar (fintech), iqlim o‘zgarishining iqtisodiy oqibatlari kabi yangi muammolar uning metodologiyasidan foydalanish zaruratini ko‘rsatadi. Markaziy banklar uchun u ilgari surgan inflyatsiyani maqsad qilish, barqarorlikni ta’minlash va bozor ishonchini oshirish tamoyillari hanuz ahamiyatini saqlab qolmoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Stanley Fischer-zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasi va global iqtisodiy siyosatni birlashtira olgan noyob shaxsdir. U ilmiy izlanishlarida yangi keynschilik yondashuvlarini chuqurlashtirdi, markaziy banklar faoliyatida inflyatsiyani maqsad qilish va pul-kredit siyosatini moslashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqdi. Fischerning IMF, Isroil Markaziy banki va AQSh Federal Rezervidagi qarorlari xalqaro moliya tizimining barqarorligini ta’minlashga yordam berdi. Shuningdek, u ko‘plab iqtisodchilar avlodini tayyorlab, nazariy bilimlarni amaliy siyosat bilan bog‘lashning yorqin namunasi bo‘ldi. Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy barqarorlikka erishish faqat nazariy bilim emas, balki puxta tahlil, empirik ma’lumotlar va ijtimoiy oqibatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladigan qarorlarga bog‘liqdir. Kelajakdagi moliyaviy va iqtisodiy muammolarni hal qilishda Fischerning yondashuvlari muhim manba bo‘lib qolaveradi. Zamonaviy makroiqtisodiyotda o‘chmas iz qoldirgan olim Stanley Fischer 2025-yilning 25-may sanasida vafot etdi. Uning xotirasi qalblarimizda mangu qoladi, qoldirgan merosi esa kelajakda mana shunday iqtisodchi olimlar yetishib chiqishi uchun poydevor bo‘lishiga aslo shubha yo‘q. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Fischer, S. (1977). Long-Term Contracts, Rational Expectations, and the Optimal Money Supply Rule. Journal of Political Economy, 85(1), 191–205. 2. Dornbusch, R., & Fischer, S. (1983). Macroeconomics. New York: McGraw-Hill. 3. Blanchard, O., & Fischer, S. (1989). Lectures on Macroeconomics. MIT Press. 4. IMF. (2004). Essays from a Time of Crisis. Washington, DC: International Monetary Fund. 5. IMF rasmiy sayti: https://www.imf.org/external/np/omd/bios/sf.htm 6. Federal Reserve History. Stanley Fischer Biography. https://www.federalreservehistory.org/people/stanley-fischer 7. Central Banking. (2019). Lifetime Achievement Award: Stanley Fischer. https://www.centralbanking.com/awards/7943021/lifetime-achievement-award-stanley-fischer 8. Reuters. (2025). Obituary: Stanley Fischer, former Fed vice chair and Bank of Israel chief, dies at 81.