CHIZMACHILIKDA MASSHTABNING O'RNI VA AMALIY AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada chizmachilikda masshtab tushunchasi, uning turlari va texnik chizmalar uchun ahamiyati batafsil ko‘rib chiqiladi. Masshtabning to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishi chizmalar aniqligi, ishlab chiqarish va qurilish jarayonlaridagi samaradorlik uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada masshtab bilan ishlashda uchraydigan asosiy xatolar va ularning oqibatlari misollar bilan tushuntiriladi. Amaliy sohalarda masshtabning qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilib, chizmachilikda masshtab madaniyati va standartlarga rioya qilish zarurati ko‘rsatib o‘tiladi.
Full text
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 96 CHIZMACHILIKDA MASSHTABNING O‘RNI VA AMALIY AHAMIYATI To‘lanboyeva Layloxon Iqboljon qizi Andijon davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada chizmachilikda masshtab tushunchasi, uning turlari va texnik chizmalar uchun ahamiyati batafsil ko‘rib chiqiladi. Masshtabning to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishi chizmalar aniqligi, ishlab chiqarish va qurilish jarayonlaridagi samaradorlik uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada masshtab bilan ishlashda uchraydigan asosiy xatolar va ularning oqibatlari misollar bilan tushuntiriladi. Amaliy sohalarda masshtabning qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilib, chizmachilikda masshtab madaniyati va standartlarga rioya qilish zarurati ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar. Masshtab, Chizmachilik, Texnik chizma, Standartlar, Muhandislik grafikasi, Kattalashtiruvchi masshtab, Kichraytiruvchi masshtab, Texnik hujjatlar, Chizma aniqligi Abstract. This article provides a detailed analysis of the concept of scale in technical drawing, its types, and its significance for engineering and architectural documentation. The paper emphasizes the importance of selecting and applying the correct scale for ensuring drawing accuracy and enhancing the efficiency of production and construction processes. It also explains common mistakes made when working with scale and their consequences, supported by practical examples. Additionally, the article highlights the role of scale in various practical applications and underlines the importance of scale literacy and compliance with standards in technical drafting. Keywords. Scale, Technical drawing, Engineering graphics, Technical documentation, Standards, Enlarged scale, Reduced scale, Drawing accuracy, Drafting Аннотация. В данной статье подробно рассматривается понятие масштаба в техническом черчении, его виды и значение для инженерной и архитектурной документации. Подчеркивается важность правильного выбора и применения масштаба для обеспечения точности чертежей и повышения эффективности производственных и строительных процессов. Также рассматриваются типичные ошибки при работе с масштабом и их последствия на конкретных примерах. В статье акцентируется внимание на практическом применении масштаба и необходимости соблюдения стандартов и формирования культуры точного черчения. Ключевые слова. Масштаб, Техническое черчение, Инженерная графика, Техническая документация, Стандарты, Увеличенный масштаб, Уменьшенный масштаб, Точность чертежа, Проектирование Zamonaviy sanoat, qurilish, muhandislik va arxitektura sohalarida texnik hujjatlar va chizmalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunday chizmalar orqali buyumlar, inshootlar va tizimlar aniq, tushunarli va me’yorda tasvirlanadi. Chizmachilikda har bir chiziq, har bir belgi muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa chizmada buyum yoki inshootning real o‘lchamiga mos bo‘lgan masshtabning to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishi — bu jarayonning ajralmas va asosiy qismlaridan biridir. Masshtab — bu haqiqiy o‘lcham va chizmada ko‘rsatilgan o‘lcham o‘rtasidagi nisbatdir,1ya’ni real hajmning qaysi o‘lchamda qisqartirilishi yoki kattalashtirilishini bildiradi. Shu nuqtai nazardan, masshtab chizmachilikda nafaqat grafik vosita, balki texnik tafakkur va aniq o‘lchovlarni yetkazishning muhim elementi hisoblanadi. Masshtab tushunchasi, eng avvalo, real buyumni chizmada mos hajmda ifodalash imkonini beradi. Kichik detallarni kattalashtirib, yirik ob’ektlarni esa kichraytirib chizish orqali muhandislik g‘oyalari aniq va qulay tarzda aks 1O‘zDST 2.302:2000. “Chizmachilik. Masshtablar.”
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 97 ettiriladi. Shu sababli, masshtab — bu nafaqat grafik vosita, balki texnik tafakkurning ifodasidir. Masshtab atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, u “miqyos” ya'ni “o‘lchov”, “nisbat” degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha asosan biror buyum yoki ob’yektning haqiqiy o‘lchamini chizmada yoki grafik tasvirda qanday qilib mos ravishda ifodalashni ifodalaydi. Misol uchun, agar biror buyumning uzunligi haqiqiy hayotda 1000 mm (1 metr) bo‘lsa va chizmada u 100 mm qilib tasvirlangan bo‘lsa, bu holda chizma 1:10 masshtabda chizilgan hisoblanadi. Masshtab quyidagi shakllarda ifodalanadi: 1:1 — haqiqiy (natural) masshtab chizmada buyum real o‘lchamda tasvirlanadi. Texnik chizmalar uchun xalqaro va milliy standartlar asosida belgilangan masshtablar mavjud. O‘zbekiston Respublikasida bu masala O‘zDST 2.302:2000 standartiga asosan tartibga solinadi (bu standart xalqaro ISO 5455 ga moslashtirilgan). Quyidagi jadvalda ba’zi asosiy masshtablar keltirilgan. Kichraytiruvchi masshtablar: 1:2, 1:5, 1:10, 1:20, 1:50, 1:100, 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000 Haqiqiy masshtab: 1:1 Kattalashtiruvchi masshtablar: 2:1, 5:1, 10:1, 20:1, 50:1, 100:1 Chizmada masshtab ko‘rsatilishi majburiy hisoblanadi, ayniqsa loyiha hujjatlari, detallar, inshootlar yoki qurilmalar uchun tuzilgan rasmiy chizmalarda. AutoCAD, SolidWorks kabi zamonaviy grafik dasturlar chizmalarni avtomatik tarzda masshtabda tuzishga yordam beradi, ammo foydalanuvchi tomonidan to‘g‘ri masshtab tanlanishi muhim2. Chizmachilikda masshtabning to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishi — chizma orqali aniq texnik axborotni yetkazishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masshtab yordamida ob’yektlarning real o‘lchami grafik shaklda soddalashtirilgan, tushunarli va aniqlashtirilgan ko‘rinishda ifodalanadi. Bu nafaqat ko‘rinishni qulaylashtiradi, balki ishlab chiqarish, montaj, qurilish va boshqa texnologik jarayonlarda xatolarning oldini oladi. Kattalashtiruvchi masshtablar, ayniqsa, mexanik muhandislikda kichik detallarni (masalan, murvat, podshipnik, pin) aniq tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu chizmalarni o‘qish, tahlil qilish va ishlab chiqarish bosqichida yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Kichraytiruvchi masshtablar esa, aksincha, katta inshootlar va tizimlarni (masalan, binolar, ko‘priklar, suv ta’minoti tizimlari) chizmada ixcham shaklda aks ettirish uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, yirik ob’yektlarni bir varaqda to‘liq va tushunarli tarzda ifodalash mumkin bo‘ladi. Masshtabning chizmachilikdagi yana bir muhim vazifasi — bu me'yorlash va standartlashtirishdir. Har qanday loyiha hujjati yoki ishlab chiqarish chizmasi standart masshtabda tuzilgan bo‘lishi kerak. Bu texnik hujjatlarning xalqaro yoki mahalliy korxonalar o‘rtasida muammosiz ishlatilishini ta’minlaydi. Amaliyotda masshtab noto‘g‘ri tanlansa, bu chizmada noto‘g‘ri o‘lchovlarga, xatolarga va hatto yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun har bir chizmani tuzishda — bu oddiy detaldan tortib, murakkab loyiha chizmasigacha — masshtab diqqat bilan tanlanishi va to‘g‘ri ko‘rsatilishi lozim. Masshtabning texnik chizmalar yaratishda qanday ahamiyatga ega ekanligini yaxshiroq tushunish uchun, quyidagi amaliy misollarni ko‘rib chiqamiz. Mashinasozlikda (mexanik muhandislik). Mashinasozlik sohasida murakkab detallar va mexanizmlarni ishlab chiqishda masshtab hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, mil, tishli uzatma, murvat yoki podshipnik kabi kichik detallar odatda kattalashtiruvchi masshtabda (masalan, 5:1 yoki 10:1) chiziladi. Bu, detallarni aniq tasvirlash va ularning o‘lchovlarini to‘g‘ri ko‘rsatish uchun juda muhimdir. Qurilish va arxitekturada. Qurilishda binolar, yo‘llar va boshqa yirik inshootlar odatda kichraytiruvchi masshtabda chiziladi. Misol uchun, 5 qavatli bino chizmasi 1:100 yoki 1:200 masshtabda tuziladi. Shu orqali butun inshootning umumiy ko‘rinishini bir necha varaqda ifodalash mumkin bo‘ladi. Ichki rejalashtirish (xonalar, eshik-derazalar joylashuvi) esa odatda 1:50 yoki 1:20 masshtabda beriladi. 2AutoCAD foydalanuvchi qo‘llanmasi. Autodesk Inc. — https://www.autodesk.com
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 98 Elektronika va mikrosxemalar dizaynida. Elektron platalar (PCB) va mikrosxemalar juda kichik bo‘lgani sababli, ular ham kattalashtiruvchi masshtabda chiziladi. Bu chizmalar dizaynerlar va texniklar uchun har bir komponentning joylashuvini aniq ko‘rsatishga xizmat qiladi. Odatda 10:1 yoki 20:1 masshtablar ishlatiladi. Geografik xaritalar va GIS tizimlarida. Geografik axborot tizimlari (GIS) va kartografiyada masshtab o‘ziga xos tarzda qo‘llaniladi. Masalan, 1:100 000 masshtabli xarita 1 sm masofada 1 km real masofani ifodalaydi. Bu navigatsiya, shaharsozlik, ekologik monitoring va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. Ta’lim va o‘quv jarayonida. Kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida talabalar chizmachilik fanini o‘rganayotganda, masshtabni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash bo‘yicha mashqlar bajarishadi. Masalan, ular oddiy detallarni 1:1, murakkab mexanizmlarni esa 1:2 yoki 1:5 masshtabda chizib o‘rganadilar. Bu, ularga ishlab chiqarishdagi real ish jarayonlariga tayyorlanishda katta yordam beradi. Har qanday texnik hujjat yoki chizma aniqlik va aniq o‘lchovlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun masshtab bilan ishlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar chizmaning noto‘g‘ri talqin qilinishiga, ishlab chiqarishda kamchiliklarga, qurilishda nosozliklarga va hatto xavfli holatlarga olib kelishi mumkin. Quyida eng ko‘p uchraydigan xatolar keltirilgan: Masshtabni noto‘g‘ri tanlash. Chizma uchun mos masshtab tanlanmasa, chizmada kerakli tafsilotlar yo‘qolib qoladi yoki haddan tashqari zich joylashadi. Masalan, juda kichraytiruvchi masshtabda kichik detallar ko‘rinmasligi mumkin. Aksincha, juda kattalashtiruvchi masshtab esa chizmaning hajmini asossiz oshirib, keraksiz murakkablik tug‘diradi. Masshtabni ko‘rsatmaslik ba’zi hollarda chizmachilar yoki talabalar masshtabni ko‘rsatishni unutadilar. Bu esa chizmadan foydalanayotgan shaxsni chalg‘itadi, noto‘g‘ri o‘lchov asosida qarorlar qabul qilishga olib keladi. Texnik standartlarga ko‘ra, har bir chizmada masshtab majburiy tarzda yozilishi kerak (odatda pastki o‘ng burchakda). Har xil masshtablarni aralashtirib yuborish, bitta chizmada bir nechta elementlar turli masshtablarda chizilgan bo‘lishi mumkin. Agar bu aniq ko‘rsatilmasa yoki chizmaning tegishli qismlarida belgilanmasa, chizma chalkashlikka sabab bo‘ladi. Har bir elementning masshtabi aniqlik bilan belgilanishi lozim. O‘lcham va masshtabni tenglashtirib yuborishdagi hatolar. Ba’zida chizmada berilgan masshtabni real o‘lcham deb talqin qilish holatlari uchraydi. Masshtab — bu chizmada tasvir ko‘lami, o‘lcham esa — real fizik kattalik. Ularni bir-biriga aralashtirish noto‘g‘ri qarorlar va hisob-kitoblarga olib keladi. Dasturiy ta'minotda avtomatik masshtab bilan noto‘g‘ri ishlash AutoCAD, SolidWorks, Revit kabi dasturlar chizmalarni avtomatik masshtabda yaratish imkonini bersada, foydalanuvchining masshtabga e’tibor bermasligi yoki uni noto‘g‘ri sozlashi natijasida yakuniy natijada xatolar paydo bo‘ladi. Bu ayniqsa chop etish (print) vaqtida seziladi — chizma kerakli ko‘lamda chiqmaydi. Masshtabni o‘zgartirganda o‘lchamlarni moslashtirmaslik. Ba’zida chizma ustida ishlov berilganda masshtab o‘zgartiriladi, ammo o‘lcham yozuvlari (razmerlar) qayta hisoblanmaydi. Natijada chizmadagi ko‘rsatkichlar haqiqatga to‘g‘ri kelmay qoladi. Bu esa ishlab chiqarish yoki montaj jarayonida katta xatolarga olib keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir bosqichda ehtiyotkorlik, texnik savodxonlik va standartlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Masshtabdagi aniqlik — bu sifatlilik, xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlik kafolatidir. Chizmachilikda masshtab — bu faqatgina grafik ko‘rsatkich emas, balki butun texnik fikrlash tizimining ajralmas qismidir. Masshtab yordamida murakkab muhandislik g‘oyalari, yirik inshootlar yoki nozik detallar chizmada aniq, tushunarli va amaliy tarzda ifodalanadi. To‘g‘ri tanlangan masshtab yordamida chizmadagi har bir detal o‘z o‘rnida va nisbatda aks ettiriladi. Bu muhandislar, texniklar va ishlab chiqaruvchilar uchun chizmalarni tez va xatosiz o‘qishni ta’minlaydi. Standart masshtablar asosida tuzilgan chizmalar turli mamlakat va sohalardagi mutaxassislar tomonidan ham bemalol o‘qilishi va tushunilishi mumkin. Bu texnik hujjatlarning universalligini oshiradi. Masshtabni to‘g‘ri qo‘llash — bu nafaqat texnik malaka, balki muhandislik tafakkurining muhim ko‘rsatkichidir. U chizmalarni aniq, tartibli va professional ko‘rinishda tayyorlashga yordam
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS AOKA GUVOHNOMA № 323759, ISSN: 3060-4818 Volume 7, issue 02, 2025 99 beradi. Maqola davomida ko‘rib chiqqanimizdek, masshtab chizmachilikning barcha bosqichlarida — loyihalashdan tortib, tayyor mahsulotgacha — hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mashinasozlikda, arxitekturada, elektronika yoki geografiyada — har bir sohada masshtab o‘z o‘rniga ega. Shu bilan birga, u bilan ishlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar qimmatga tushishi mumkinligi sababli, texnik hujjatlar bilan shug‘ullanuvchi har bir mutaxassis masshtab bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart. Xulosa. Chizmachilikda masshtab — bu faqat geometrik nisbat emas, balki texnik tafakkur, aniqlik va axborot yetkazish vositasining muhim elementidir. U texnik chizmalar orqali buyum yoki inshootlarning real o‘lchamlarini soddalashtirilgan va tushunarli ko‘rinishda ifodalash imkonini beradi. Masshtabning to‘g‘ri tanlanishi hamda qo‘llanilishi chizmalar aniqligi, ishlab chiqarish, qurilish va boshqa texnologik jarayonlarning samaradorligi va xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, chizmalarda xalqaro va milliy standartlarga asoslangan masshtablardan foydalanish texnik hujjatlarning o‘qilishi va tushunilishini yengillashtiradi, shuningdek, har xil sohalardagi mutaxassislar o‘rtasida yagona texnik tilni shakllantiradi. Mashinasozlikda kichik detallarni aniqlik bilan tasvirlash uchun kattalashtiruvchi masshtablar, arxitektura va qurilishda esa yirik inshootlarni ixcham ko‘rinishda ifodalash uchun kichraytiruvchi masshtablar qo‘llaniladi. Shu bilan birga, masshtab bilan ishlashda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar — noto‘g‘ri masshtab tanlashi, uni chizmada ko‘rsatmaslik, o‘lcham va masshtabni chalkashtirib yuborish, dasturiy ta’minotda noto‘g‘ri sozlash kabi muammolar texnik hujjatlarning sifatsizligiga, ishlab chiqarish xatoliklariga va hatto xavfli holatlarga olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, chizmachilikda masshtab — bu texnik tafakkurning ajralmas qismi bo‘lib, u orqali murakkab muhandislik g‘oyalari, yirik inshootlar va nozik detallar chizmada aniq va samarali ifodalanadi. Masshtab madaniyati va savodxonligini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish — bugungi kunda raqamli texnologiyalar sharoitida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun, texnik hujjatlar bilan ishlovchi har bir mutaxassis masshtab bilan ishlash bo‘yicha chuqur nazariy bilim va amaliy malakaga ega bo‘lishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Davlat Standarti – O‘zDST 2.302:2000. “Chizmachilik. Masshtablar.” — Toshkent: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, 2000. 2. Murodov, M., Abdullayev, N. (2018). Muhandislik grafikasi. — Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 3. Maxmudov, A. 2024. Visual instructions and thereby further shaping the spatial imagination of students. International Journal on Integrated Education. 7, 2 (Feb. 2024), 100-103. 4. Maxmudov, A. (2023). Chizmachilik. — Farg’ona: Classic nashriyoti. 5.AutoCAD foydalanuvchi qo‘llanmasi. Autodesk Inc. —https://www.autodesk.com