MAKTABGACHA EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYA NAZORATI
Abstract
maqolada MTTda ekologik ta'lim-tarbiya nazoratini oʻtkazish zarurati, olib borish tartibi va qoidalari keltirilgan. Unda mazkur davlat nazoratini olib borish tarbiyalanuvchilarda ekologik ong va madaniyatning ilk qadamlarini shakllantirishdagi oʻrni koʻrsatib oʻtilgan.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 81 MAKTABGACHA EKOLOGIK TAʼLIM VA TARBIYA NAZORATI Nigmatov A.N. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Umumkasbiy fanlar kafedrasi mudiri, g.f.d., professor E-mail: [email protected] Nigmatova G.N. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliyaviy tahlil kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Annotatsiya: maqolada MTTda ekologik taʼlim-tarbiya nazoratini oʻtkazish zarurati, olib borish tartibi va qoidalari keltirilgan. Unda mazkur davlat nazoratini olib borish tarbiyalanuvchilarda ekologik ong va madaniyatning ilk qadamlarini shakllantirishdagi oʻrni koʻrsatib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim-tarbiya, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, nazorat, tartibi, qolidalari, natijasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yil “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli Farmoni muvofiq “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkiloti(MTT)ning davlat oʻquv dasturlarida xavfsizlik masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmayotgani, shuning uchun ham “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga MTTda ekologik taʼlim-tarbiyani olib kirish va uning nazoratini yoʻlga qoʻyish masalasi kiritildi. Ekologik nazorat – ekologik munosabat subyektlar, jumladan MTT faoliyatini vakolatlangan davlat organlari, fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari tomonidan tekshirib borish va tegishli javobgarlik yoki ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. Ekologik nazorat xizmati tizimiga: ekologik monitoring, davlat ekologik inspeksiyalar, huquqni muhofaza qilish davlat organlari, ichki idoraviy va ishlab chiqarish organlari xizmati, jamoat birlashmalar xizmatlari kiradi. Lekin ularning davlat ekologik inspeksiyalar xizmati bevosita nazorat funksiyasiga ega. Mazkur maqolaning maqsadi – MTTda ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi nazoratiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha masalalarni ilmiy tahlil qilish. MTTda, ular qaysi mulk shaklidan qatiy nazar, bolalarning ekologik ong va madaniyati ularning koʻziga yaqqol tashlanayotgan atrof tabiiy muhit bilan “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlarini mazmunli oʻtkazish, rasmlar chizdirish, atrofu olam haqidagi sheʼrlarni yodlatish, mashqlarni bajartirish va turli mavzudagi oʻyinlar oʻynatishdan boshlanadi. MTTda “Bayram tadbirlari”ni ekologik madaniyat 11-yanvar – qoʻriqxonalar, 1-mart – xalqaro qushlar, 21-mart – navroʻz, 22-aprel – xalqaro Yer (planetasi), 5-iyun – butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kabi 20 tadan ziyod ekologik kunlarga bagʻishlab oʻtkazilishi maqsadga muvofiq. Chunki ekologik taʼlim-tarbiyaga oid ilk tasavvurlar bolaning ona tabiatni ommaviy axborot vositalari orqali his etishidan boshlanadi. Qoʻshimcha taʼlimda esa bola va uning ota-onalariga ekologik viktorina, topishmoq va uy vazifalari berish kerakdir. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17360013
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 82 Oʻzbekiston Respublikasida MTTda ekologik taʼlim va tarbiyani tizimlashgan, regionallashgan va ixtisoslikka tomon yoʻnaltirilgan tarzda rivojlantirish bolalarni tez oʻzgaruvchan hayotiy faoliyatiga tayyorlash kompetensiyasini oshiradi, keng mushohadali, mustaqil toʻgʻri qaror qabul qilish, ularda insonparvarlik va vatanparavarlik hislatlarini namoyon qilish orqali ularni yuksak maʼnaviyatli shaxs sifatida tarbiyalashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ekologik nazorat ‒ ekologik monitoringni oʻtkazish, ekologik qonun hujjatlarida koʻrsatilgan meʼyor va qoidalarning bajarilishini tekshirib borish hamda tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish, davlatning ekologik xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dastur, reja va loyihalarini roʻyobga chiqarish kabi vazifalarni bajarish uchun olib boriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim oʻzgarishi (Ekologiya) vazirligi va uning tegishli hududiy boʻlinmalari ekologiya sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish va tegishli ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshiradi. MTTining ekologik taʼlim-tarbiya faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Rejali – Maktab va MTT vazirligi hamda ularning tegishli hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi. Rejali tekshirishda: rejajadvaldan koʻchirma, vakolatli organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi, tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa boʻlishi va u 10 kundan oshmasligi kerak. Rejadan tashqari ‒ reja-jadvalda belgilanmagan, lekin yuzaga kelgan ekologik salbiy holatda, yuqori turuvchi davlat rahbari yoki organlarining topshirigʻi asosida olib boriladi. Unda: tekshirishga vakolatli organining MTTning hududiy boʻlinmasi bilan kelishilgan tarzdagi buyrugʻi; asosli tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa va uning ham muddati 10 kundan oshmasligi kerak. Nazoratli – MTTda oʻtkazilgan tekshirishda koʻrsatilgan ekologik qoidabuzarliklarni bartaraf etilangligi yuzasidan oʻtkaziladi. Bunda: ilgari oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma yoki maʼlumotnomada belgilangan holatlar yoki tizimida MTT boʻlgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarining murojati boʻlishi lozim. Tekshiruv 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilinishi va 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Ekologik idoraviy nazoratni ‒ vazirliklar, davlat qoʻmitalari va yuridik shaxslarning ekologik xizmatlari oʻz tasarrufidagi tashkilotlar ustidan ekologik taʼlim-tarbiya nazoratini olib boradilar (Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun, 32-modda). Ekologiya boʻyicha inspektor MTT faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: MTTdan tekshirishni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish; tekshirish jarayoni bilan bogʻliq zarur hujjatlardan nusxa olish; vakolat doirasida MTTda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish; tizimida MTT boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy boʻlinmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 83 ekologik huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritish; tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlarni shartnoma asosida jalb etish; normativ hujjatlarda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, tekshirishning muddatini koʻchirish toʻgʻrisida taklif kiritish. Tekshirishga vakolatli nazoratchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Lekin u OʻzR VMning 352-son qaroriga ilova qiligan Nizomning 42-bandiga muvofiq MTT faoliyatini tekshirish jarayonida: MTTga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish; MTTdagi taʼlim-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik; tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarini belgilangan tartibda toʻldirish; tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni MTTda qoldirish; tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari haqida tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berishga majbur. Tekshirishga vakolatli organlarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Mazkur Nizomning 43-bandiga muvofiq MTTda ekologik taʼlim-tarbiyani tekshirish jarayonida nazoratchi quyidagi huquqlarga ega: faoliyati rejali tekshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻlish; tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarni talab qilish; tekshirishni oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik; tekshirishga vakolatli organlar masʼul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallarni taqdim etmaslik; tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning masʼul shaxslaridan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish; tekshirishga asos boʻladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador boʻlmagan har qanday qoʻshimcha koʻrsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish. MTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Nizomning 44-bandiga muvofiq ravishda MTT tekshirish jarayonida tekshiruvchi quyidagilarga majbur: tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega boʻlgan tekshirishga vakolatli organlarni MTT hududiga kiritish; tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish; tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 84 tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan qoidabuzarlik holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish. MTTga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. MTTda ekologik nazoratning asosiy vazifalaridan biri ‒ bolaning bir vaqtning oʻzida oʻyinli taʼlimdan foydalanib aqliy hamda amaliy harakatlarni farqlay bilishi, kuzatish, mehnat malakalarini egallab olishi, uning rivojlantiruvchi markazlarda oʻz ekologik bilimini muvaffaqiyatli namoyon etishi. MTTda ekologik taʼlim-tarbiya berishda bolani tabiatni muhofaza qilish munosabatiga ijobiy yondashish, tabiat bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda ekologik xavfsizlikka yoʻnaltirilgan intizom va ekologik ongning yuzaga kelishiga ham eʼtibor qaratilishi lozim. Bolaga ekologik taʼlim-tarbiya berishda uni oʻrab turgan olamga yordam berish tabiat boyliklarini muqaddas deb bilish va uni isrof qilmaslik, tozalikka rioya qilish, obodonlashtirish kabi yaxshi xislatlaarni tarkib toptirish hamda nomoyon etish (jadval). Xulosa qilib aytganda, MTTda ekologik taʼlim-tarbiya nazoratini oʻz muddatida va samarali olib borish tarbiyalanuvchilarning birlamchi Jadval MTTda ekologik nazoratga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquv yilidagi bolalar bilan davra suhbatiga doir mavzular rejasi Yil oyi Davra suhbatiga doir mavzu Sentyabr Boqqa sayr Sabzavot oʻsimliklarini kuzatish Oktyabr Qum, loy va toshni solishtirish. Oddiy tajribalar oʻtkazish. Qishda issiq oʻlkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida suhbat Noyabr Kuzgi barglar, meva va urugʻlarini kuzatish. Oʻsimlik bargi va urugʻlaridan applikatsiya qilish. Xona oʻsimligi – kaktusni kuzatish Dekabr Manzarali daraxtlardan archa va qaragʻay shoxlarini kuzatish Qishlab qoluvchi qushlar haqida suhbat Yanvar Sovuq va issiq oʻlkalarning yovvoyi hayvonlari haqida tarbiyachi hikoyasi Qushlar bilan tanishtirish Fevral Uy hayvonlari haqida suhbat Derazada ekinzor barpo qilish(piyoz, salat, sholgʻom urugʻlarini ekish)
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 85 Mart “Dunyodagi eng gʻaroyib narsa” mavzusida suvning ijobiy xususiyatlari bilan tanishtirish Baliqlarni qiyosiy kuzatish Aprel Oʻsimliklarni qalamchadan koʻpaytirish Havo, magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Oddiy tajribalar oʻtkazish May Bahorda uchib keluvchi qushlar haqida suhbat ilk ekologik ong va madaniyatini shakllantirishda xizmat qiladi, deb oʻylaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. OʻzR Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017.30.09, PF-5198-son farmoni. 2. Maktabgacha taʼlim vazirligining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” 2018.06.18, 1-mh sonli buyrugʻi. 3. OʻzR Vazirlar Mahkamasining “MTT faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019.05.13, 391-son qarori. 4. OʻzR Vazirlar Mahakamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” 2019.05.27, 434-son qarori. 5. OʻzR Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019.04.25, 352-son qarori. 6. OʻzR Maktabgacha taʼlim vazirligining MTT uchun yangi nashrdagi “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi. - T.: 2022. 7. Нигматов А.Н. Мактабгача экологик таълим ва тарбия. Дарслик. – Т.: «Навруз», 2020. -160 б.