GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O'ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O'QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI
Abstract
ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi.
Full text
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 92 GEOGRAFIYA FANIDAN IQLIM O‘ZGARISHIGA DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI S.T.Аbduraxmanov Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti Z.B.Dehqonboyeva Namangan davlat pedagogika instituti magistranti Annotatsiya: ushbu maqolada geografiya fanida iqlim o‘zgarishlari mavzusining dolzarbligi yoritilib, uni o‘quvchilarga o‘qitishning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishlarini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish imkoniyatlari asoslanadi. Kalit so‘zlar: iqlim o‘zgarishi, anomal hodisalar, metodik yondashuv, samarali ta’lim, muammoli o‘qitish, tizimli yondashuv, zamonaviy metodika Hozirgi davrning eng dolzarb global muammolaridan biri - iqlim o‘zgarishidir. Bu jarayon, ayniqsa, tropik mintaqadagi davlatlar hamda dengizbo‘yi mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Qurg‘oqchilik va suv tanqisligi bir tomonda, dengiz sathining ko‘tarilishi esa boshqa tomonda insoniyat uchun qarama-qarshi, ammo o‘zaro uzviy bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda. Global iqlim o‘zgarishi natijasida qutblardagi ulkan muzliklarning erishi, cho‘l va chalacho‘l hududlarida chuchuk suv resurslarining keskin kamayishi bugungi kunda sir emas, balki ilmiy hamjamiyat tomonidan chuqur tahlil etilayotgan dolzarb masalalardan biridir. Ana shunday dolzarb muammo o‘quvchilarga o‘rgatilishi bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki iqlim o‘zgarishlari nafaqat ekologik muammolarni, balki iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ham bevosita belgilab bermoqda. Shu sababli, o‘quvchilarda bu haqda to‘g‘ri tasavvur shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va ekologik mas’uliyatini oshirish muhim vazifalardan biri sanaladi. Mazkur mavzuni o‘qitish jarayonida faqatgina tayyor ma’lumotni yetkazish emas, balki turli samarali metodik yondashuvlar orqali o‘quvchilarni faol fikrlashga, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga va amaliy yechimlar topishga yo‘naltirish zarurdir. Iqlim o‘zgarishlari mavzusini o‘qitishda bir qator metodik yondashuvlardan foydalanish mumkin. Xususan, muammoli o‘qitish, tizimli yondashuv, zamonaviy interaktiv metodlar, statistik ma’lumotlardan foydalanish, xarita va diagrammalar asosida tahlil qilish kabi usullar o‘quvchilar bilimini yanada mustahkamlaydi. Quyida ushbu metodik yondashuvlarning ayrimlari kengroq tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalariga asoslangan yondashuv iqlim o‘zgarishlari mavzusini o‘qitishda eng samarali va ko‘rgazmali usullardan biri hisoblanadi. Chunki iqlim jarayonlari ko‘pincha murakkab statistik ma’lumotlar, dinamik o‘zgarishlar va keng geografik hududlarni qamrab oladi. Axborot texnologiyalari orqali esa bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga aniq, tushunarli va interaktiv tarzda yetkazish mumkin. Masalan:GIS texnologiyalari yordamida harorat o‘zgarishi, yog‘ingarchilik miqdori yoki cho‘llanish jarayonlari xaritalar orqali ko‘rsatiladi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17360466
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 93 Rasm-1. GIS texnologiyalari bo`yicha vositalar. Dronlardan foydalanish ekologik kuzatuvlar olib borishda, ya’ni o‘rmonlarning qisqarishi yoki suv havzalarining kamayishini kuzatishda qo‘l keladi. Virtual laboratoriyalar orqali o‘quvchilar iqlim jarayonlarini tajribaviy ravishda modellashtirishi mumkin. Vizual o‘yinlar va simulyatsiyalar esa mavzuga qiziqishni oshiradi hamda o‘quvchilarda ekologik mas’uliyatni shakllantiradi. Multimedia vositalari orqali o’quvchilarga iqlim o’zgarishi mavzusiga oid videolar va rasmlar tayyorlash mumkin. O’quvchilar yanada tez va osonroq mavzuni o’zlashtiradi va tasavvur uyg’onadi. Rasm-2. Multimedia vositalari. Muammoli o‘qitishga asoslangan metodik yondashuv o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, mavjud muammolarga turli nuqtai nazardan yondashishga undaydi. Iqlim o‘zgarishi - bugungi kunda global miqyosdagi eng dolzarb muammolardan biridir. Bu hodisa nafaqat ekologik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yuzlab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi butun insoniyat hayoti uchun xavf tug‘diradigan jarayon sifatida qaraladi. Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi mavzuga oid savol yoki vaziyatni muammo sifatida o‘rtaga tashlaydi. Masalan, “Iqlim o‘zgarishining mintaqamiz qishloq xo‘jaligiga ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?” degan savol orqali o‘quvchilarni fikrlashga undash mumkin. O‘quvchilar ushbu muammo yuzasidan o‘z fikr va g‘oyalarini bildiradilar, turli yechimlarni taklif qiladilar. Bu
"ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA’LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 15-16 – oktyabr, 2025 yil 94 jarayon ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, shaxsiy pozitsiyasini shakllantiradi va ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi. Shunday qilib, muammoli o‘qitish metodik yondashuvi nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni faol ishtirok etishga, real hayotiy muammolarni anglash va ularni hal qilish yo‘llarini topishga yo‘naltiradi. Integrativ metodik yondashuv - bu o‘quvchilarga iqlim o‘zgarishi mavzusini tushuntirishda uni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganish imkonini beradigan samarali usuldir. Chunki iqlim o‘zgarishi faqatgina geografiyaning emas, balki biologiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot, hatto tarix va siyosat kabi ko‘plab fanlarning ham tadqiqot obyektiga aylangan global muammodir. Integrativ yondashuvning asosiy afzalligi shundaki, u o‘quvchilarga bir mavzuni turli fanlar kesimida ko‘rish imkonini beradi. Bu esa: tizimli fikrlashni shakllantiradi, fanlararo bog‘liqlikni ochib beradi, real hayotiy jarayonlarni kompleks yondashuvda tushunishga yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarda tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shunday qilib, integrativ metod iqlim o‘zgarishining ko‘p qirrali va murakkab muammo ekanini o‘quvchilarga keng qamrovli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Geografiya fanida iqlim o‘zgarishi mavzusini o‘qitish jarayonida turli samarali metodik yondashuvlardan foydalanish mumkin. Ushbu maqolada aynan dars jarayonida ko‘proq qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar asosida mavzuga yondashilib, ular tahlil qilindi. Tahlil qilingan samarali metodik yondashuvlar - axborot texnologiyalaridan foydalanish, muammoli o‘qitish va integrativ yondashuv - iqlim o‘zgarishini chuqurroq tushuntirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash va fanlararo bog‘liqlikni anglash imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Toshkent.: 2020. 2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Toshkent.: 1997 3. 3.Vaxobov X., Alimqulov N.R. Sultanova N.B. Geografiya o’qitish metodikasi. T.: Nodirabegim, 2021y. 4. Qurbonniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent.: Universitet, 1992