Full text
319 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SINONIMLARNING IFODA SEMASIGA KO’RA FARQLANISHI Begmatova Nargiza Baris qizi Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Radjabova Ziyodaxon Ibodullo qizi Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. https://doi.org/10.5281/zenodo.17360818 Annotatsiya. Nutqda eng keng tarqalgan hodisalardan biri-sinonimiya. Sinonimlar – ma’nodosh so’zlarshakli har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar bo’lib, har bir tilning nutq boyligi hisoblanadi. Sinonim grekcha so’z bo’lib, bir nomli degan ma’noni anglatadi. Sinonim so’zlar nutqning ravon va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi, so’z boyligimizni oshiradi. O’zbek tili sinonim so’zlarga juda boy. Fors-tojik va arab tillaridan o’zlashgan so’zlar, rus tili va u orqali kirib kelgan so’zlar bilan o’zbek tilining o’z so’zlari ma’nodoshlik qatorini hosil qiladi.Sinonimlar badiiy nutqda tasviriy vosita sifatida xizmat qiladi.Yozuvchilar sinonimlar vositasida kishilar xarakterini, voqea-hodisalarni, manzaralarni aniq va ravshan, jozibali qilib tasvirlaydilar.15-asrdayoq buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida “ichmoq” fe’lining oltita, “yig’lamoq fe’lining yettita sinonimini keltirib o’tgan. Kalit so’zlar: Sinonimlar, leksemalar, sinonimik qator, ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar, nutqiy sinonimlar. THE DIFFERENTIATION OF SYNONYMS IN UZBEK LINGUISTICS ACCORDING TO THE SEMANTICS OF EXPRESSION Abstract. One of the most common phenomena in speech is synonymy. Synonyms – synonymous words-are words that are different in form, but close in meaning and are considered the wealth of speech of each language. Synonym is a Greek word that means having the same name. Synonyms help speech to be fluench and effective, increase our vocabulary. The Uzbek language is very rich in synonymous words. Words borrowed from Persian-Tajik and Arabic languages, Russian language and words that came through it, and the Uzbek language itself form a series of synonyms. Synonyms serve as a means of expression in artistic speech.Writers use synonyms to describe the character of people, events and landscapes in a clear, vivid and attractive way. As early as the 15-century, our great thinker Alisher Navoi wrote in his “Muhokamat ul-lugatayn”, he proved this by citing six synonyms for the word “drink” and seven for the word “cry”. Key words: Synonyms, lexemes, synonymic series, semantic synonyms, stylistic synonyms, speech synonyms. ДИФФЕРЕНЦИАЦИЯ СИНОНИМОВ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ ПО СЕМАНТИКЕ ВЫРАЖЕНИЯ Аннотация. Одним из наиболее распространённых явлений в речи является синонимия. Синонимы – синонимичные слова – это слова с разной формой, но одинаковым значением, которые считаются речевым богатством каждого языка. Синоним – греческое слово, означающее одинаковое название. Синонимы помогают речи быть беглой и эффективной, расширяют наш словарный запас. Узбекский язык очень богат синонимичными словами. Слова, заимствованные из персидско-таджикского, арабского, русского и пришедшие через него, а также сам узбекский язык образуют ряд синонимов. Синонимы служат средством выражения в художественной речи.
320 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Писатели используют синонимы для описания характеров людей, событий и ландшафтов в ясной, яркой и привлекательной форме. Ещё в XV веке наш великий мыслитель Алишер Навои в своём произведении «Мухокамат ул-лугатаин» привёл шесть синонимов к глаголу «ичмак» и семь синонимов к глаголу «йигъламак». Ключевые слова: Синонимы, лексемы, синонимические ряды, синонимы значения, стилистические синонимы, речевые синонимы. Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz (birinchi guruh), ozgina, picha, xiyol (ikkinchi guruh), erkin, ozod, hur (uchinchi guruh) va boshqalar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qator deb ataladi. Ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar) 2) Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar) 3) Nutqiy sinonimlar. 1)Leksik sinonimlar ideografik semasining ma’no qirrasi bilan farqlanib tursa, ideografik sinonimlar deyiladi (idea - “tushuncha”, “tasavvur”). Bunday sinonimlar ma’no sinonimlari ham deyiladi. Masalan, xursand bo’lmoq, sevinmoq, quvonmoq, shodlanmoq leksemalari aynan bir ma’noni anglatadi (ideografik semalari teng) shunga ko’ra o’zaro sinonim; lekin ma’no qirralari o’zaro farqli: xursand bo’lmoq-oddiy quvonch, mamnunlik holati; sevinmoq-ichki quvonchni bildiradi xursandlikdan kuchliroq; quvonmoq-yanada kuchliroq his-tuyg’u, ko’pincha tashqi ifoda bilan; shodlanmoq-shodlik bilan to’lish, juda xursand bo’lish. Yuzaki qaraganda yuqoridagicha holat chaqqon, epchil leksemalarida ham mavjuddek ko’rinadi. Aslida bu leksemalar boshqa-boshqa leksik ma’noni anglatadi: “chaqqonlik” “epchillik” emas, epchil kishi chaqqon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Demak, bular-har xil leksik ma’noni anglatadigan leksemalar, chaqqon leksemasi oyoq-qo’li yengil iborasi anglatadigan ma’noni, epchil leksemasi ishning ko’zini biladigan iborasi anglatadigan ma’noni bildiradi. Ora va o’rta leksemalari ham bosh leksik ma’nosida o’zaro sinonim emas; ora-ikki nuqtani ajratib turuvchi oraliq (masofa, vaqt), o’rtaikki nuqtani ajratib turuvchi oraliqning qoq yarmidagi nuqta (masofa, vaqt). Shunga ko’ra oraga qil ham sig’maydi deyiladi-yu, o’rtaga qil ham sig’maydi deyish xato. Bu yerdagi farq bir leksik ma’no doirasidagi farq bo’lmay ayrimayrim ma’nolar mavjud. 2)Sinonimlar o’zaro baho semasi bilan farqlansa, baholovchi sinonimlar deyiladi. (Bu hodisa stilistik sinonimlar deb ham nomlanadi). Har bir sinonimik uyada odatda: a) Baho semasi betaraf leksik birlik; b) Baho semasi mavjud leksik birlik bo’ladi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra sinonimik uyada yuz leksemasi, kul, iljay, tirjay, irjay, ishshay, hiringla, tabassum qil, xoxola, xandon tashla sinonimik uyada kul leksemasi baho semasi jihatidan betaraf, qolgan leksemalarda esa baho semasi bo’rtib turibdi. Sinonimlarda baho semasi: 1)ijobiy bo’ladi: chehra, jamol, oraz, jilmay, tabassum qil, leksemalaridagi kabi; 2)salbiy bo’ladi: aft, bashara, turq, irjay, tirjay leksemalaridagi kabi;
321 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Leksemalarni tanlab ishlatishda sinonimlarning baho semasiga alohida e’tibor beriladi, chunki baho semasi shu leksema anglatayotgan ijobiy yoki salbiy munosabatni bildirib turadi. 3)Sinonimlar o’zaro nutq uslublariga birkitish belgisi bilan farqlansa, nutqiy sinonimlar deyiladi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra sinonimlaridan yuz leksemasining ishlatilishi nutq uslublari bo’yicha chegaralanmagan, bet, aft, bashara leksemalari asosan so’zlashuv nutqida, chehra leksemasi esa asosan badiiy nutqda ishlatiladi; ozgina, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so’zlashuv nutqiga xoslangandir. Nutqiy sinonimlar quyidagicha voqe bo’ladi: 1)umumnutq leksemasi (nutqning barcha ko’rinishlarida ishlatilaveradigan leksema) bilan badiiy nutq leksemasi orasida: nur-umumnutq leksemasi, yog’du-badiiy nutq leksemasi, peshona-umumnutq leksemasi, manglay-badiiy nutq leksemasi, xat-umumnutq leksemasi, maktub-badiiy nutq leksemasi; 2)umumnutq leksemasi bilan rasmiy nutq leksemasi orasida tuga-tamom bo’l; qatnashishtirok et kabi; 3)umumnutq leksemasi bilan so’zlashuv nutqi leksemasi orasida: yana-tag’in; boshqabo’lak; almash-alish kabi; 4)so’zlashuv nutqi leksemasi bilan badiiy nutq leksemasi orasida: aft-chehra; bo’lak o’zga kabi; Yuqorida sinonimlarga uch jihatdan yondashildi: 1) leksik ma’no qirrasi jihatidan; 2) baho semasi jihatidan; 3) nutq ko’rinishlariga xoslanish jihatidan. Shu tavsiflar asosida sinonimik uyaning bosh leksemasi belgilanadi. Sinonim uyadagi bosh leksemaga dominanta deyiladi (lot. dominantishukmron). Dominanta deb odatda sinonimik uyadagi leksik ma’no mundarijasi barcha sinonimlar uchun umumiy, baho semasi betaraf, umumnutqqa xos leksema tanlanadi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra, turq, oraz, ruxsor sinonimlarida yuz leksemasi; shirin, mazali, lazzatli, laziz sinonimlarida shirin leksemasidominanta hisoblanadi. Dominantani belgilab olish sinonimlar lug’atini tuzish ishida katta ahamiyatga ega: a) sinonimik uya shu dominanta asosida lug’atdan joy oladi; b) sinonimlar anglatgan ma’no shu dominantaning ma’nosi asosida ta’riflanadi, so’ngra shu uyadagi har bir sinonimning o’ziga xos qirrasi, baho semasi, nutqiy xoslanish belgisi va boshqa xususiyatlari tasvirlanadi. Sinonimik munosabat: 1) bir tilning o’z leksemalari orasida bo’ladi. Bu har bir tilning o’z ichki taraqqiyoti bilan yuzaga keladigan holat. Masalan, gapir, so’zla; yanch, tuy; sinonimlar o’zbek tilining o’z ichki imkoniyatlari asosida yuzaga kelgan; 2) o’z leksema bilan o’zlashma leksema orasida bo’ladi: Masalan, oz, kam; barcha, hamma; toza, pok; yolg’on, soxta; (o’zbekcha-tojikcha) ayirma, farq, tafovut; bo’lak, qism; kishi, inson, odam; uyushma, ittifoq; (o’zbekcha-arabcha) kabi; 3) o’zlashma leksemalar orasida ham voqe bo’ladi. Masalan, analiz, tahlil (yunonchaarabcha); maktub, noma (arabcha-tojikcha) rasm, odat (arabcha-arabcha) kabi. Demak sinonimik munosabat avvalo o’zbek tili lug’at boyligidagi o’z qatlam leksemalari orasida voqe bo’ldi. Shu bilan birga, boshqa tildan leksema o’zlashtirish oqibatida ham sinonimik munosabat yuzaga kelishi mumkin.
322 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Sinonimik munosabat til taraqqiyotining muayyan bir bosqichi doirasida belgilanadi. Shunga ko’ra ilgari poetik asarlarda qo’llanib, hozir iste’moldan chiqib ketgan kavkab (arabcha yulduz) leksemasi bilan yulduz leksemasi hozirgi o’zbek tili nuqtayi nazaridan sinonimlar deb qaralmaydi. Har xil ijtimoiy tuzumga taalluqli tushunchalarni anglatadigan leksemalar ham o’zaro sinonim deb qaralmaydi, chunki ular hozirgi tilda bir o’rinda ikkinchisini ishlatib bo’lmaydi: sudya, qozi; militsioner, politsiyachi kabi. Xulosa qilib aytganda, sinonimlartilning boy ekanini, taraqqiyot darajasini ko’rsatib turuvchi hodisalardan biri. Sinonimlar yordamida nozik ma’no qirralari anglatiladi, voqelikka turlicha baho, munosabat ifodalanadi. Sinonimlarda birini tanlab ishlatish bilan voqelikning ma’lum bir qirrasi bo’rttirilib anglatiladi, ifodalanadi. Sinonimlarni ishlatishda har gal ular orasidagi ayirmalar bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. O’z fikrini anglatishda, voqelikka o’z munosabatini ifodalashda yagona o’rinli leksemani sinonimlar orasidan tanlab ola bilish kerak. Sinonimlarda yana nutqni ixcham, ravon tuzishda, shuningdek talaffuzni qulaylashtirishda ham foydalaniladi. Bulardan tashqari, sinonimlar bilan juft leksemalar ham tuziladi: or-nomus, baxt-saodat kabi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o’zbek tili” darslik. Toshkent. Universitet 2006. 2. Hasanxon Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin” -2005. 3. X.Muhiddinova, D.Xudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” o’quv qo’llanma. “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent2006.