BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA CHET TILINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
Full text
368 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARIGA CHET TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH Abdurahmonova Mehrangiz Bahriddin qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich talim yo‘nalish talabasi 4 kurs 6bt Email: @mexrangizabduraxmonova5gmail.com +998 90 099 68 53 https://doi.org/10.5281/zenodo.17361036 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o‘qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to‘xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: aralash texnika, qiziqarli o‘yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviy innovatsion metodlar, pantomima. Аннотация: В статье рассматриваются эффективные, современные и инновационные методы обучения английскому языку в начальной школе, способствующие повышению интереса учащихся к изучению языка. Ключевые слова: смешанные методики, увлекательные игры, начальная школа, современные инновационные методы, пантомима. Annotation. This article focuses on effective, modern and innovative methods of teaching English to increase students' interest in learning the language in elementary grades. Keywords: mixed technique, interesting games, primary classes, modern and innovative methods, pantomime. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o‘rganishga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoMamlakatimizqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Chet tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, chet tilini amaliy o‘zlashtirishga o‘rgatishdir. Bu nafaqat yangi texnik vositalar, balki o‘qitishning yangi shakllari va usullari, o‘quv jarayoniga yangicha yondoshishdir. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessional ta'limning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o‘quv materiallarining katta to‘plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o‘qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo‘ladi. Bunda o‘qitish va o‘rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O‘qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o‘quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi. Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko‘payib bormoqda. Til o‘rgatishda ham turli uslublar paydo bo‘lmoqda. Ingliz tilini o‘rgatishda o‘rganuvchining salohiyat va
369 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o‘rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o‘quvchilar boshlang'ich bosqichda o‘qitish, o‘rta bosqichda o‘qitish, yuqori bosqichda o‘qitish asosida guruhlarga bo‘linadi. Har bir bosqich uchun o‘qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi. So‘nggi paytlarda ingliz tilini o‘rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko‘paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o‘rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi va o‘rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir. Boshlang'ich bosqichda talaffuzga muhim e'tibor beriladi. O‘quv jarayonining boshlanishida o‘qituvchi asosiy e'tiborni o‘quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Grammatika va lug'at asosiysi hisoblansada, ma'ruzachi talaffuzi noto‘g'ri bo‘lsa, buning hammasi befoyda. Native speakerlar agar so‘zlovchi so‘zlarni to‘gri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin. Shuning uchun o‘qitishda dastavval asosiy e'ribor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. Birinchi bosqichda og'zaki nutqqa va o‘qish texnikasini o‘stirishga katta e'tibor beriladi. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyos. Texnologik m. vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspect (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida foydalaniladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi. Tinglab tushunish-til o‘rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin; - chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; - CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘rganishlari j arayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta'minlaydi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o‘yinlar orqali dars o‘tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli bo‘lishlarini ta'minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o‘quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash J-jt uchun hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; - "Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar; - "Tezkor javob" (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi
370 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ta'lim jarayonida o‘tkaziladigan treninglarda nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga yetarli e'tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta'limda har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg'ulotni to‘g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilar mustaqil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi. Xulosa qilib aytamizki hozirgi kunda nafaqat maktab,litsey,kollej o‘quvchilari va oliy yurtlari talabalriga balki MTT tarbiyalanuvchilariga chet tilini,xususan,ingliz tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.Bolani yoshlik chog’idan boshlab ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borish kerak. Bu orqali rivojlangan davlatlarning tillarini o‘rganish, jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga xorijiy tilni o‘rgatish ancha mushkul va ma’suliyatli vazifadir. Til o‘rganish yosh davrlarga bog’liq jarayon hisoblanib,bolalar tilni kattalarga nisbatan tez va oson o‘zlashtiradilar.Maktabgacha yoshdagi bolalar so‘zlarni ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydilar. References: 1. Astafieva M.D. Holidays for children learning English. - M.: Mozaika-sintez, 2009. 2. Galskova N.D. Nikitenko Z.N. Theory and practice of teaching foreign languages. 3. Primary school: methodological guide.-M.: Iris-press, 2004. 3. Guseva L.P. We play, teach, master - we want to know English. - Rostov n / a: Phoenix, 2009. 4. Zemchenkova T.V. English for preschool children. - M.: VAKO, 2008. 5. Ivanova M.V. English for children. - M.: AST: Astrel, 2009. 6. Tojiboeva D. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Fan va texnologiya», 2007. 7. Amirqulov, A. (2023). HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA O ‘RTA ASRLAR SHARQ MUTAFAKKIRLARI MA’NAVIY MEROSINING ROLI. Евразийский журнал академических исследований, 3(1 Part 3), 76-79.