scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLAR ROLI

Jaylovova Dildora Qurbon qizi

Full text

378 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLAR ROLI Jaylovova Dildora Qurbon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Email: [email protected] Tel:+998885501224 https://doi.org/10.5281/zenodo.17361149 Annotatsiya: Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion metodlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilib berilgan. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning yangi texnologiyalar, interfaol usullar hamda ijodiy yondashuvlardan foydalanishi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.Tezisda innovatsion metodlar orqali o‘qituvchilarda metodik, kommunikativ, axborot va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya va integratsiya, kasbiy kompetensiya, pedagogik faoliyat, boshlang‘ich ta’lim, didaktik o’yinlar, ijodkorlik, innovatsion yondashuv. THE ROLE OF INNOVATIVE METHODS IN FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS Abstract.This article analyzes the role and importance of innovative methods in developing the professional competence of primary school teachers. In today’s educational process, the use of modern technologies, interactive methods, and creative approaches by teachers is a key factor in improving the quality of education. The article highlights ways to develop methodological, communicative, informational, and social competencies in teachers through innovative methods. Keywords: innovation, professional competence, pedagogical technology, primary education, interactive method, creativity, innovative approach. РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье проанализированы роль и значение инновационных методов в развитии профессиональной компетенции учителя начальных классов. В современном образовательном процессе использование учителями современных технологий, интерактивных методов и творческого подхода является важным фактором повышения качества образования. В статье раскрыты пути формирования методических, коммуникативных, информационных и социальных компетенций у учителей посредством инновационных методов. Ключевые слова: инновация, профессиональная компетенция, педагогическая технология, начальное образование, интерактивный метод, творчество, инновационный подход. Kirish. Hozirgi kunda har bir pedagog har tomonlama mukammal bo'lmog'i zarur. Jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiy kompetensiyasi rivojlangan, fanlar tizimida 379 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz innovatsion pedagogik faoliyatga tayyor bo'lib, o'quvchilardagi bilim, ko'nikma, egallagan malaka, qobiliyat va kompetensiyalarni rivojlantiradi. Uning vazifalari quyidagicha: boshlang'ich sinf o'qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatning asosiy tushunchalari, tarkibi va mezonlarini bilishi; boshlang'ich ta'limda o'tiladigan fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan texnologiyalarning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlarini, darajalarini bilish va o'rganish; o'quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish va boshqarish yo'llarini, o'quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni; boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishda modulli, muammoli, kreativ ta'lim, didaktik - o'yinli, hamkorlikda o'qitish hamda an'anaviy ta'lim texnologiyalarini, loyiha texnologiyalarini qo'llashni; fanlarni o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan, multimediya texnologiyalaridan foydalanishni; o'quvchilarni kichik guruhlarda o'qitish, ularda ijodkorlik izlanuvchanlikni shakllantirish, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va ishlashga shakllantirish usullarini egallashni bilishi kerak; ilmiy, ilmiymetodik jurnallarda nashrdan chiqqan va o'quv adabiyotlarida bor bo'lgan, internet orqali berilgan o'qitish jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan masalalar haqidagi maqolalarni hamda axborotlarni mustaqil o'rganib, tahlil qilish hamda ularni amaliyotda qo'llash; istiqbolli o'qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga joriy eta olish bilim, ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish; o'z pedagogik faoliyatlarini tahlil qila olishga, baholashga o'rgatish; tahliliy, tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini zamonaviy ta’limga va innovatsion yondashuvga tayyorlashdir. Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi — har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashdir. Bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning ilk dunyoqarashi, tafakkuri va o‘qishga bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi shaxs sifatida muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish zarurati ortib bormoqda. Innovatsion yondashuv o‘qituvchiga nafaqat yangi bilim berish, balki o‘quvchini o‘qish jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish imkonini beradi. Shu bois, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda innovatsion metodlardan samarali foydalanish muhim omil hisoblanadi. Kasbiy kompetensiya bu o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmuasidir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi: • metodik kompetensiya — darsni samarali rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati; • kommunikativ kompetensiya — o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar bilan samarali muloqot o‘rnatish; • axborot kompetensiyasi — zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasi; • ijtimoiy va shaxsiy kompetensiya — jamoada ishlash, yetakchilik va mas’uliyatni his etish qobiliyati. Innovatsion yondashuv o‘qituvchiga o‘z kasbiy kompetensiyasini doimiy ravishda yangilab borish, o‘quvchilarning ehtiyojiga mos, zamonaviy darslar yaratish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu jarayon o‘qituvchining kasbiy o‘sishi va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi. 380 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish — bu ta’lim sifatini belgilovchi eng muhim omillardandir. Innovatsion metodlardan foydalanish o‘qituvchining nafaqat kasbiy mahoratini, balki pedagogik tafakkurini, ijodkorligini ham rivojlantiradi. Shunday qilib, innovatsion metodlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib, ular ta’lim jarayonini samarali, interfaol va o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. References: 1. Avliyoqulov N., Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU, 2021. 2. Yo‘ldoshev J., Hasanboeva O. Pedagogika. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 3. Jalolov J. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. — Toshkent: Ilm ziyo, 2020. 4. Mavlonova R. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti, 2022. 5. Shapar V. Psixologiya i pedagogika. — Moskva: Akademiya, 2018.