Ishchi kuchining demografik o'zgarishlar ta`sirida mehnat bozoridagi ro'li
Full text
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Ishchi kuchining demografik o’zgarishlar ta`sirida mehnat bozoridagi ro’li Abdumalikova G.F. Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti [email protected] Annotatsiya: Mazkur mavzuda ishchi kuchining tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, yoshlar va ayollar bandligi, keksalar ulushining ortishi, migratsiya oqibatida malakali ishchi kuchining yetishmovchiligi masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, demografik bosimning oshishi sharoitida mehnat bozorida innovatsion yondashuvlar, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining ahamiyati ham yoritiladi. Demografik omillar ta’sirida mehnat bozori segmentatsiyasi kuchayib, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, demografik siyosat va bandlik siyosati o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borilishi lozim. Kalit so’zlar: ishchi kuchi, mehnat bozori, demofrafik o’zgarishlar, yashirin iqtisidiyot, iqtisodiy o’sish, mehnat resurs Demografik o'zgarishlar sharoitida mehnat bozoridagi vaziyatni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri ishchi kuchining qisqarishidir. Tug'ilishning qisqarishi va umr ko'rish davomiyligining oshishi tufayli mehnatga layoqatli yoshdagilar sonining qisqarishi iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida mutaxassislar va malakali kadrlar etishmasligini keltirib chiqarmoqda. Bu iqtidorli va tajribali xodimlar uchun ish beruvchilar o'rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi. Yuqori darajadagi bilim va malakaga ega bo'lgan mutaxassislarga talab ortib bormoqda, bu esa bunday mutaxassislarning ish haqi va mehnat sharoitlarini yaxshilashga olib
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 kelishi mumkin. Shu bilan birga, malakasiz ishchilarning ish topishi va tirikchiligini ta'minlashi qiyinlashadi. Yuqorida tahlil etilgan ilmiy manbalarga asoslangan holda demografik o`zgarishlarning mehnat bozoriga bo‘lgan ta`sirlarini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli davr olimlari nuqtai nazaridan ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 1955 yilda Kuznets va uning ilmiy jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda iqtisodiy o‘sish va demografik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, ya’ni tug‘ilish darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Uning fikriga ko‘ra, aholining o‘sishi mehnat resurslarini kengaytiradi, ammo bu resurslardan samarali foydalanish ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarga bog‘liqdir. Neoklasik iqtisodchi olimlardan biri bo`lgan G.Bekerning mehnat bozori haqidagi g'oyalari aholining qarishi kabi demografik siljishlar kontekstida ayniqsa dolzarbdir, chunki ular ta'lim, malaka va ishchi kuchi ishtirokidagi siljishlar iqtisodiy ishlab chiqarish va mehnat talabiga qanday ta'sir qilishini ta'kidlaydi. Goldin va Katz (2008) ham mehnat bozorining o‘zgarishlari va malaka talablari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, yuqori malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishini ta’kidlaganlar. Ular, ayniqsa, yuqori malakali mehnat resurslarining taqchilligi iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlaydilar. MDH olimlaridan B. Fedorovning fikricha aholi sonining qisqarishi, ishchi kuchi tanqisligi va iqtisodiy samaradorlik o'rtasidagi bog'liqlik bilan izohlanadi. Demografik omil jamiyat taraqqiyotining eng muhim elementlaridan biri bo‘lgan hududiy mehnat bozoriga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Aholining tarkibi, uning yosh tarkibi, ma`lumoti va jinsi tarkibi ishchi kuchiga bo`lgan talab va taklifga sezilarli ta`sir ko'rsatadi, shuningdek, ishsizlik darajasini, ish haqi va mehnat
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 sharoitlarini belgilaydi. O`zbekistonlik nufuzli olim K.X.Abdurahmanov aholining o'sishi, migratsiya va aholi qarish kabi demografik siljishlar O'zbekistondagi ishchi kuchi ishtiroki, bandlik va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga sezilarli ta'sir ko'rsatishini asoslab bergan. Shuningdek, u mehnat bozorini belgilovchi asosiy omillardan biri aholining demografik tarkibi hisoblanishini alohida ta`kidlaydi va mamlakat aholisi yosh taqsimoti bandlik va ishsizlik darajasiga bevosita ta'sir qilishi mumkinligini asoslaydi. 1.1.1-jadval № Tadqiqodchi-olimlar Ilmiy asar nomi Tadqiqotning asosiy gipotezalari № Tadqiqodch i-olimlar Ilmiy asar nomi Tadqiqotning asosiy gipotezalari Klassic iqtisodchi olimlar 1 Tomas Maltus (1766–1834) Aholi tamoyili bo'yicha esse (1798) Uning g'oyalari demografik o'zgarishlar (masalan, aholi o'sishi) mehnat bozorlariga, resurslarni taqsimlashga va iqtisodiy rivojlanishga qanday ta'sir qilishi mumkinligi asoslaydi. 2 David Rikardo (1772–1823) Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish tamoyillari (1817) U aholi sonining ko'payishi ish haqi va turmush darajasini pasaytirishi mumkinligini aytib, uni demografik o'zgarishlarni mehnat bozori natijalari bilan bog'laydigan kontseptsiya deb hisoblaydi. 3 Jon Meynard Keyns (1883–1946) Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi (1936) Uning ishi aholining qarishi yoki ishsizlikning yuqori davrlari kabi demografik siljishlar davrida bandlikni boshqarishda hukumatning rolini tushunish uchun asos yaratdi. Neoklasik iqtisodchi olimlar 4 T.W. Shultz (1902–1998) Insonlarga sarmoya kiritish (1971) Shultsning tadqiqotlari demografik tarkibdagi o'zgarishlar (masalan, aholining qarishi yoki turli avlodlarning ta'lim darajasi) mehnat bozori samaradorligiga ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatadi. 5 Gery Beker (1930–2014) Inson kapitali (1964) Bekkerning mehnat bozori haqidagi g'oyalari aholining qarishi kabi demografik siljishlar kontekstida ayniqsa dolzarbdir, chunki ular ta'lim, malaka va ishchi kuchi ishtirokidagi siljishlar iqtisodiy ishlab chiqarish va mehnat talabiga qanday ta'sir qilishini ta'kidlaydi. 6 Simon Kuznets (1901–1985) Iqtisodiy o'sish va tuzilma (1966) Uning “Kuznets egri chiziqlari” mavzusidagi ishi aholining o'sishi va urbanizatsiya kabi demografik omillarning vaqt o'tishi bilan daromadlar taqsimoti va mehnat bozorlariga qanday ta'sir qilishini o'rganib chiqdi. 7 Devid Blum (1944) Jeffri G. Uilyamson (1935) Rivojlanayotgan Osiyodagi demografik oʻtishlar va iqtisodiy Demografik o'tishlar, jumladan, tug'ilish darajasining pasayishi va aholining qarishi, ishchi kuchi hajmi va tarkibini o'zgartirish orqali mehnat bozorini sezilarli darajada shakllantiradi.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Sohadagi yana bir taniqli olim B.X.Umurzaqov o`zining “Aholining qarishi va mehnat bozorining barqarorligi” mavzusidagi tadqiqotida keksa ishchilarning mehnat bozorida ishtirokini rag`batlantiradigan siyosatni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, keksa aholining iqtisodiy faolligini ta'minlash uchun sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga ko`proq investitsiyalar kiritish g`oyasini asoslaydi. Sohada tadqiqot olib brogan olima N.Shoyusupova har bir mamlakatda davlatning mehnat bozori siyosatiga u yerdagi demografik o‘zgarishlar jiddiy ta'sir ko‘rsatishini alohida ta`kidlaydi. Demografik o'zgarishlar bandlik tarkibidagi o'zgarishlarga ham olib kelishi mumkin. Uzoqroq ishlashni davom ettirishga intilayotgan keksa aholi ulushining ortishi 65 yoshdan oshgan ishchilar sonining ko'payishiga olib kelishi mumkin. Bu ijtimoiy holat va pensiya tizimlariga ta'sir qilishi mumkin, bu hukumatlar va moʻjizalar (1998) MDH olimlari 8 Andrei Korotayev Demografik tendentsiyalar, iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorlari. Uning tadqiqotlari ko'pincha demografik ma'lumotlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendentsiyalar bilan birlashtiradi, ularning mehnat bozorlariga ta'sirini tahlil qiladi. 9 Boris R. Fedorov Demografik iqtisodiyot, mehnat bozorini o'rganish va iqtisodiy islohotlar. MDHda aholi sonining qisqarishi, ishchi kuchi tanqisligi va iqtisodiy samaradorlik o'rtasidagi bog'liqlik. 10 Irina M. Lipaeva Mehnat bozoridagi o'zgarishlar, gender tadqiqotlari va demografik o'zgarishlar Uning tadqiqotlari ko'pincha demografik siljishlar ayollarning mehnati va ularning mehnat bozoridagi ishtirokiga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. O`zbekistonlik olimlar 11 K.X.Abdurahmanov (1946) Demografiya (2011) Uning tadqiqotlari aholining o'sishi, migratsiya va aholi qarish kabi demografik siljishlar O'zbekistondagi ishchi kuchi ishtiroki, bandlik va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga qanday ta'sir ko'rsatishini asoslab beradi. 12 B.X.Umrzaqov (1951) Aholining qarishi va mehnat bozorining barqarorligi Keksa ishchilarning mehnat bozorida ishtirokini rag'batlantiradigan siyosatni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, keksa aholining iqtisodiy faolligini ta'minlash uchun sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalar kiritish g`oyasini asoslaydi . 13 L.P.Maksakova Demografik o'tish va iqtisodiy rivojlanish Demografik o'tishlar, masalan, tug'ilish, o'lim va migratsiya shakllarining o'zgarishi - O'zbekistondagi iqtisodiy o'sish va mehnat bozori tendentsiyalariga qanday ta'sir qilishini asoslaydi. 14 X.X.Mamadaliyea Migratsiya va mehnat bozori ta`siri Uning tadqiqotlari, mehnatga layoqatli aholining o'sishi mamlakatdagi umumiy iqtisodiy samara va mehnat unumdorligiga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqadi.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 kompaniyalardan yangi voqelikka moslashishni talab qiladi. Demorafik mummolarni bartaraf etishga qaratilgan islohatlarning asosiy maqsadi ham xalq farovonligiga qaratilishi lozim. Har qanday ma’lum bir masalani bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar mavjud muammolar tarkibida ta’sir doirasi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni topib olib, asosiy-diqqat e’tibor shunga qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’sirini aniqlash maqsadida butun dunyo mamlakatlarida umumbashariy (global) muammolar qatoriga kiritilgan “Demografiya” muammosini bizda ham mavjudligini tan olgan holda ushbu ilmiy tadqiqot ishida olib borildi hamda biz tomonimizdan qo‘yidagi demografik o‘zgarishlar va mehnat bozori tizimidagi omillarning o‘zaro ta'sir qilish modeli taklif etildi. Mazkur modelda demografik muammolar mavjud bo‘lgan hozirgi sharoitda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida qo‘yilgan ustuvorlik berilgan yo‘nalish va maqsadlardan kelib chiqib, ilmiy ishning asosiy yo‘nalishlari institutsional islohatlarning uzliksizligini ta'minlashga qaratilganligi hamda ularga ta`sir etuvchi omilar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Modelda demografik o‘zgarishlar asosiy komponetlari ya’ni, aholi soni, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya, urbanizatsiya hamda aholining o‘rnini bosadigan darajadan yuqori tug‘ilish darajasi va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi va aholi tarkibida mehnat resurslari soni ortishi natijasida yuzaga keladigan muammolar ko‘rsatib berilgan. Aynan ushbu muammolar hozirgi kunda ijtimoiy muammolarnig asosini tashkil etganligi uchun ham modelda muammoli yo‘nalishlar sifatida qo‘yidagilar tavsiya etildi: ishsizlik, norasmiy ish bilan bandlik darajasini ortishi, mehnat migratsiyasi hamda kambag‘allik va bodshqalar. Shu bilan birga ushbu muammolar natijasida vujudga keladigan iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga salbiy ta’sir etuvchi omillar, birinchidan rasmiy ish ilan bandlikka
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 nisbatan ikiinchidan norasmiy ish bilan bandlar ortishi o‘rtasidagi tendensiyalar orqali yuzaga kelishi ko‘rsatib berilgan. Modelda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar: 1. Yashirincha iqtisodiyot - Yashirin iqtisodiyot, xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. 2. Iqtisodiy aholi tarkibida soliq to‘lovchilar ulushi kamayishi. Iqtisodiy faol aholi - aholining daromad keltiradigan ijtimoiy foydali mehnat bilan band boʻlgan qismi (xizmat koʻrsatish soxasi xodimlari, shaxsiy yordamchi xoʻjaligida ishlovchilar, bola tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlganlar ham kiradi). Koʻpgina mamlakatlarda ish bilan band boʻlganlar va ularning qaramogʻidagilar, davlat qaramogʻidagi shaxslar va ishsizlar ham iqtisodiy faol aholi hiso-biga kiritiladi. 3. Aholi daromadlarini nobarqaorlashuvi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Modelda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar: Demografiya Demografik o‘zgarishlar asosiy komponetlari Aholi soni. Tug'ilish. O’lim. Migratsiya. Urbanizatsiya Aholining o'rnini bosadigan darajadan юқори tug'ilish darajasi va o'rtacha umr ko'rish davomiyligi IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISHGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI OMILLAR YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR 1.Ishsizlik 2.Norasmiy ish bilan bandlik 3.Mehnat migratsiyasi 4.Kambag‘allik Aholi tarkibida mehnat resurslari soni ortadi
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 1.1.5-rasm. Demografik o'zgarishlar va mehnat bozori tizimidagi omillarning o'zaro ta'sir qilish modeli Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Buning natijasida dastlab davlatning ijtimoiy xarajatlarini ortishi so‘ngra iqtiodiy faol aholi tarkibida daromad solig‘i to‘lovchilarn salmog‘ini ortishii asoslab berilgan. Yana bir holat aynan shu shariotda iqtisodiy faol aholi tarkibida iqtisodiy nofaol aholi salmog‘ini oshishii mumkinligi ham ko‘rsatib berilgan. Buning natijasida mehnat bozorida professional kasb egalari salmog‘i ortadi yoki
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 noprofessional kasb egalari salmog‘i kamayadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, demografik o`zgarishlar mehnat bozorining rivojlanishiga katta ta'sir korsatib, ushbu ta'sir asosan ishchi kuchi taklifining miqdor va tarkib jihatdan shakllanishida namoyon bo`ladi. Jumladan: - yugori darajadagi tug`ilish sur`ati kelgusida mennat bozoriga ishchi kuchining katta oqimi kelishini asoslaydi va bunda ishchi kuchi taklifining unga bo`lgan talab miqdoridan oshib ketishi kutiladi; - tug'ilishlar sonining o'sishi bevosita iqtisodiy nofaol aholi sonining oshishiga ta'sir ko'rsatadi, chunki bunda ayollarning tug'ruq ta'tiliga chigishlari va iqtisodiy faol aholidan nofaol aholiga aylanishi kuzatiladi hamda ular kamida ikki yildan so'nggina yana faol aholi tarkibiga qaytishlari mumkin boladi; - tug'ilish va tegishli yoshlardagi olim darajasi bevosita aholining yosh-jins strukturasiga ta'sir giladi; - o`lim darajasining yugori korsatkichi ishchi kuchi taklifining o'sish sur'atini sekinlashtiradi; - aholi yosh-jins strukturasida mehnatga layoqatli aholining ulushi ishchi kuchi taklif migdorini belgilab beradi; - mennat layogati yoshining quyi chegarasida bolgan aholi migdori bilan uning yugori chegarasida bolgan aholi soni ortasidagi fara kelgusida mehnat bozorida go'shimcha ishchi kuchi taklifining paydo bolishini bildiradi; - aholi va ishchi kuchi migratsiyasi ishchi kuchining hududlar boylab qayta taqsimlanishini ta'minlaydi; - murakkab demografik jarayonlar natijasida mamlakat mehnat potensialining miqdor va sifat korsatkichlarining o'zaro mutanosibligi ta'minlanmasligi mumkin.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (назария ва амалиёт). Дарслик. – Т.: Ўз ФА «Фан», 2019 йил. - 543 б. 2. Gary S. Becker. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. University of Chicago Press. 1993. 3. Goldin va Katz (2008) Global Demographic Change: Dimensions and Economic Significance. Population and Development Review, 30(Supplement), 17–51. 4. Abdurakhmanov, K.K. Impact of demographic processes on the labor market of Uzbekistan. International Journal of Recent Technology and Engineering, 2019, 8(3 Special Issue), pp. 572–576 5. Umurzaqov B. H. Совершенствование пенсионного обеспечения Узбекистана в условиях модернизации национальной экономики. Экономика региона, № 1/2011. 6. Н.Т.Шоюсупова. Демографик ўзгаришларнинг шаҳар меҳнат ресурсларини тартибга солишга таъсири. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 1, сентябрь, 2011 йил.