scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY SOHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA O'ZBEKISTON UCHUN MUHIM JIHATLAR

Ortig'aliyeva Farangiz-bonu Ravshanbek qizi

Abstract

Maqolamizda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalari, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarining barqaror moliyaviy manbaalar bilan ta’minlanishi masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan budjetdan tashqari fondlar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, grant va kredit mablag‘larini jalb qilish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar) tomonidan ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy vositalar o‘rganilgan. O‘zbekiston tajribasida ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan davlat byudjeti mablag‘lari hajmining dinamikasi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi va mavjud muammolar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston uchun xalqaro tajribani inobatga olgan holda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, grant va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 371 IJTIMOIY SOHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN MUHIM JIHATLAR Ortig’aliyeva Farangiz-bonu Ravshanbek qizi ORCID: 0009-0005-9461-4859 E-mail: [email protected] Annotatsiya. Maqolamizda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalari, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarining barqaror moliyaviy manbaalar bilan ta’minlanishi masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan budjetdan tashqari fondlar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, grant va kredit mablag‘larini jalb qilish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar) tomonidan ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy vositalar o‘rganilgan. O‘zbekiston tajribasida ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan davlat byudjeti mablag‘lari hajmining dinamikasi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi va mavjud muammolar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston uchun xalqaro tajribani inobatga olgan holda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, grant va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy sohalar, moliyalashtirish, xalqaro tajriba, davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari, davlat-xususiy sheriklik, O‘zbekiston. Аннотация. Статья посвящена вопросам финансирования социальных сфер, включая образование, здравоохранение и социальную защиту. На основе международного опыта рассмотрены механизмы внебюджетных фондов, государственно-частного партнёрства, а также привлечение грантов и кредитов. Особое внимание уделено деятельности международных финансовых институтов (Всемирный банк, МВФ, АБР и др.) в поддержке социальных программ. На примере Узбекистана проанализированы динамика бюджетных расходов, эффективность привлечения иностранных инвестиций и существующие проблемы. В заключение предложены рекомендации по диверсификации источников финансирования и расширению государственно-частного партнёрства с учётом международного опыта. Ключевые слова: социальные сферы, финансирование, международный опыт, государственный бюджет, международные финансовые институты, государственно-частное партнёрство, Узбекистан. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 372 Abstract. The article examines the issues of financing social sectors, including education, healthcare, and social protection. Drawing on international experience, it analyzes the use of extra-budgetary funds, public–private partnership mechanisms, as well as the attraction of grants and credit resources. Particular attention is given to the role of international financial institutions (World Bank, IMF, ADB, etc.) in supporting social programs. Using Uzbekistan as a case study, the paper highlights the dynamics of budget expenditures, the effectiveness of foreign investment inflows, and existing challenges. The study concludes with recommendations on diversifying sources of financing and expanding public–private partnerships in line with international best practices. Keywords: social sectors, financing, international experience, state budget, international financial institutions, public–private partnership, Uzbekistan. Kirish. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining barqarorligi, avvalo, uning ijtimoiy sohalarini — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va madaniy tizimlarini samarali rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki inson kapitalini shakllantirish va uni qo‘llab-quvvatlash davlatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalasi nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham muhim dolzarb mavzu bo‘lib kelmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda byudjet mablag‘lari bilan bir qatorda xalqaro mol iya institutlari resurslaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini joriy etish va grantlar hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish muhim o‘rin tutadi. Shu orqali ijtimoiy sohalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini oshirishga erishiladi. O‘zbekiston sharoitida ham ijtimoiy sohalarni rivojlantirish davlat siyosatining ustuv or yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. So‘nggi yillarda qabul qilingan qonuniy hujjatlar, xususan, 2019-yildagi O‘RQ-537-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-Xususiy Sheriklik to‘g‘risida” 72 gi qonuni ham davlat-xususiy sheriklik va konsessiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, aholining ehtiyojlari kengayib borayotgani, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy infratuzilmalarga bo‘lgan talabning ortishi mavjud resurslarni diversifikatsiya qilishni taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy sharoitga moslashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar sharhi: Ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalari iqtisodiy nazariyaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Klassik iqtisodchilar — A. 72 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.05.2019 yildagi O‘RQ-537-son YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 373 Smit va D. Rikardo iqtisodiy resurslarning samarali taqsimoti masalasiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, J. M. Keyns davlatning iqtisodiyotdagi faol ishtiroki, xususan, ijtimoiy sohalarga qo‘shimcha investitsiyalar yo‘naltirish orqali umumiy talabni rag‘batlantirish zarurligini asoslab bergan. Aynan Keynsning yondashuvi ijtimoiy xarajatlarni oshirishni davlat siyosatining muhim instrumenti sifatida qarash imkonini berdi. Ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan. Xalqaro miqyosda bu sohaga oid nazariy va amaliy qarashlarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Birinchi guruh tadqiqotlar ijtimoiy sohalarning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va inson kapitali sifatini oshirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Masalan, T. Schultz (1961) o‘zining “Human Capital” asarida ta’lim va sog‘liqni saqlashga qilingan investitsiyalarni inson kapitaliga qo‘yilgan eng muhim mablag‘ sifatida baholagan. Ushbu yondashuv keyinchalik G. Becker (1993) tomonidan yanada rivojlantirilib, ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlarning uzoq muddatli iqtisodiy samarasiga urg‘u berilgan. Ikkinchi guruh manbalar davlatning moliyaviy siyosati va byudjet mablag‘larini taqsimlash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Masalan, Musgrave va Musgrave (1989) davlat moliyasini uchta asosiy funktsiyaga — resurslarni taqsimlash, daromadlarni qayta taqsimlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga bo‘lib ko‘rsatadi. Bu yondashuv ijtimoiy sohalar uchun moliyaviy ta’minotning nazariy poydevorini yaratgan. Uchinchi guruh adabiyotlar xalqaro tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan. Jahon bankining yillik “World Development Report” nashrlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlariga qaratilgan investitsiyalarni barqaror rivojlanishning muhim sharti sifatida ko‘rsatadi. Osiyo taraqqiyot bankining “Key Indicators for Asia and the Pacific” hisobotlarida esa mintaqadagi davlatlarda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishning turli modellari tahlil qilingan Jahon bankining yillik World Development Report 73 hisobotlarida ta’lim va sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish inson kapitali sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asos iy omil sifatida talqin etiladi. Masalan, 2020-yilda e’lon qilingan hisobotda inson kapitalining 1 foizga oshishi YaIM o‘sishini o‘rtacha 0,4–0,5 foizga tezlashtirishi ilmiy-statistik asosda isbotlangan. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda turli modellarni qo‘llashmoqda. Masalan, Skandinaviya davlatlari — Shvetsiya, Norvegiya va Daniyada “Farovonlik davlati” modeli asosida sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari asosan byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Aksincha, AQSH va Buyuk Britaniyada davlat-xususiy sheriklik (Public-Private Partnership, PPP) 73 World Bank. World Development Report 2019: The Changing Nature of Work. — Washington, DC, 2019. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 374 asosida xususiy sektor faol ishtirok etib, sog‘liqni saqlash va oliy ta’limda muhim o‘rin egallaydi. Germaniya va Fransiyada esa ijtimoiy sug‘urta fondlari muhim moliyaviy manba sifatida shakllangan. Xususan, Germaniyada majburiy tibbiy sug‘urta aholining 90 foizidan ortig‘ini qamrab olgan bo‘lib, davlat byudjeti hisobidan qo‘shimcha subsidiyalar ham ajratiladi. Bu tajriba ijtimoiy sohalarni barqaror moliyalashtirishda diversifikatsiyalangan yondashuvning ahamiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, so‘nggi yillarda davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 48-52 foizi shu sohaga yo‘naltirilmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarini modernizatsiya qilish uchun byudjetdan tashqari manbalarni jalb qilish, jumladan, xalqaro moliya institutlari va DXSh mexanizmlaridan keng foydalanish zarurligi qayd etilgan 74 . Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston ijtimoiy sohalarini qo‘llabquvvatlashda katta o‘rin tutmoqda. Masalan, Jahon bankining 2018–2023-yillarda amalga oshirgan “Modernizatsiya qilingan maktab ta’limi” loyihasi 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni qamrab olib, respublikaning 300 dan ortiq maktabini qayta jihozlash imkonini berdi 75 . Osiyo taraqqiyot banki tomonidan sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilgan grant va imtiyozli kreditlar evaziga esa bir qator viloyatlarda zamonaviy diagnostika markazlari barpo etildi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalalarini o‘rganishda nazariy, statistik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, XVJ, OTB)ning hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosiy manba bo‘ldi. Qiyosiy tahlil orqali rivojlangan mamlakatlar tajribasi O‘zbekiston amaliyoti bilan solishtirildi, statistik tahlil yordamida ijtimoiy sohalarga ajratilgan mablag‘larning dinamikasi o‘rganildi. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro tashkilotlar moliyalashtirgan loyihalar tahlili asosida ilmiy xulosalar shakllantirildi. Tadqiqotimizning metodologik asosini inson kapitali nazariyasi hamda davlat moliyasi konsepsiyalari tashkil etdi. Tahlil va natijalar muhokamasi. Ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish masalasi har qanday davlat uchun strategik ahamiyatga ega. Chunki ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarining barqaror faoliyati bevosita inson kapitalining rivojlanishi, aholining turmush darajasi va mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi bilan chambarchas 74 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, PF-60, 28.01.2022. 75 World Bank. Modernizing Uzbekistan’s Education System Project. — Washington, DC, 2023. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 375 bog‘liq. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda bir xil model mavjud emas. Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Skandinaviya davlatlarida (Shvetsiya, Norvegiya, Daniya) ijtimoiy sohalar asosan davlat byudjeti hisobidan qoplanadi, bunda YAIMning 12–15 foizi ta’lim va sog‘liqni saqlashga yo‘naltiriladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, Shvetsiyada 2022-yilda YAIMning 14,3 foizi sog‘liqni saqlashga, 7,5 foizi ta’limga sarflangan [OECD, 2023]. Norvegiyada esa sog‘liqni saqlash xarajatlari YAIMning 10,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ta’lim xarajatlari 8,1 foiz atrofida bo‘lgan. Bu davlatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladi va barcha fuqarolar uchun bepul hisoblanadi. Natijada, o‘rtacha umr ko‘rish 82 yoshni tashkil etmoqda (OECD o‘rtacha ko‘rsatkichi 81 yosh). AQSh va Buyuk Britaniyada esa davlat mablag‘lari bilan bir qatorda xususiy sektor ham faol ishtirok etadi, ya’ni sog‘liqni saqlashning yarmi xususiy sug‘urta tizimi orqali moliyalashtiriladi. AQShda sog‘liqni saqlash xarajatlari juda katta: 2022-yilda YAIMning 16,6 foizi sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan [World Bank, 2023]. Ammo uning qariyb yarmi xususiy sug‘urta kompaniyalari orqali moliyalashtiriladi. Shu sababli, fuqarolarning sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati daromad darajasiga bog‘liq. Buyuk Britaniyada esa sog‘liqni saqlash tizimi (NHS – National Health Service) asosan davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. YAIMning 9,2 foizi sog‘liqni saqlashga sarflangan (2022-yil). Shu bilan birga, xususiy tibbiyot ham mavjud, lekin uning ulushi AQShdagidek katta emas. Xitoy va Janubiy Koreyada esa davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari keng joriy qilingan bo‘lib, bu aholiga sifatli xizmatlarni taqdim etishda muhim rol o‘ynaydi. Xitoyda 2021-yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari YAIMning 5,6 foizini tashkil etgan [WHO, 2022]. Xitoy modeli asosan davlat-xususiy sheriklik asosida shakllangan bo‘lib, xususiy klinikalar va farmatsevtika sanoati juda tez rivojlanmoqda. Shu bilan birga, hukumat “Healthy China 2030” dasturi orqali aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy xizmatlarga kirish imkoniyatini kengaytirmoqda. Janubiy Koreyada esa sog‘liqni saqlash xarajatlari YAIMning 8,8 foizini tashkil etgan (2022-yil). Barcha fuqarolar majburiy sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bilan qamrab olingan. Shu tizimda davlat va xususiy sektor birgalikda ishlaydi: davlat sog‘liqni saqlash xizmatlarini subsidiyalaydi, xususiy sektor esa xizmat sifatini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Natijada, Janubiy Koreya tibbiy xizmatlari sifati bo‘yicha dunyoda eng yuqori reytinglarga ega (Bloomberg Healthcare Efficiency Index, 2023). O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — ijtimoiy sohalarni barqaror rivojlantirish va aholining farovonligini oshirishdir. 2024-yil Davlat byudjeti YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 376 xarajatlarining qariyb 49 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgani mamlakatning ushbu yo‘nalishga qanchalik katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Sohalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni keltirib o‘tadigan bo‘lsak: 1. Ta’lim sohasi. • 2024-yilda ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan mablag‘lar sezilarli darajada oshirildi. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari soni ortib, nodavlat sektorning ulushi ham kengaymoqda. • Yuqori ta’limda talabalar soni 2017-yildagi 600 mingdan 2024-yilda 1,3 milliondan oshdi. Davlat grantlari ulushi ham oshirilib, kredit asosida ta’lim olish imkoniyatlari kengaymoqda. 2. Sog‘liqni saqlash sohasi • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xarajatlari YAIMning 7,13 foizini tashkil etgan, 2024yilda esa bu ko‘rsatkich biroz oshishi kutilmoqda [WHO, 2024]. • Shunga qaramay, aholining dorilarga sarflaydigan shaxsiy mablag‘lari yuqoriligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. 2024-yilning dastlabki o‘n oyida dori vositalariga 15,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan [Kun.uz, 2024]. • “Health systems in action: Uzbekistan (2024)” hisobotida qayd etilishicha, davlat xarajatlari yetarli emasligi sababli xizmatlarning sezilarli qismi aholining o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanmoqda [WHO, 2024]. 3. Ijtimoiy himoya va bandlik • 2024-yilda byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning katta qismi ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga yo‘naltirilmoqda. • Bandlik siyosatida aholining ish bilan ta’minlanishini rag‘batlantirish maqsadida davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonlari davom etmoqda. Quyida keltirilgan 1-rasmda Budjetnomada keltirilgan O‘zbekistonning soha bo‘yicha xarajatlarining jami ulushi 2025-yilga prognoz sifatida ko‘rsatilgan. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 377 1-rasm. Soha xarajatlarining jami xarajatdagi ulushi, foizda 76 Bundan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy soha xarajatlari davlat umumiy xarajatlarining yarmidan ko‘piga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishini pasaytirib budjet xarajatlarining ortishida va qarz yukining ko‘payishiga sabab bo‘lib kelmoqda. 2-rasmda esa xarajatlarning keying yillar uchun prognozi mlrd.so‘mda keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, ta’lim sohasidagi xarajatlar yildan yilga oshib 2027-yilda 113 trln so‘mga yetishi mumkin. Sog‘liqni saqlash sohasida esa 2027-yilga kelib 54 trln so‘mga yetishi kutilmoqda. Madaniyat va sport, fan, ijtimoiy nafaqalar, pensiya jamg‘armasiga transferlar va Ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joylar uchun subsidiyalar uchun xarajatlar esa bir muncha pastroq. 2-rasm. Ijtimoiy soha xarajatlari tarkibi, trln so‘m 77 76 Budjetnoma 2025-2027 YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 378 O‘zbekistonda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti daromadlari hisobidan qoplanadi. Bu daromadlar: • Soliqlar (QQS, daromad solig‘i, foyda solig‘i, aksiz va boshqalar), • Byudjetdan tashqari va maqsadli jamg‘armalar (masalan, Pensiya jamg‘armasi), • Davlat transfertlari (respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi mablag‘lar), • Xalqaro moliya manbalari (kredit, qarz va grantlar). Shu manbalar orqali ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya xarajatlari qoplanadi. So‘ngi yillarda davlat budjeti xarajatlarini kamaytirish maqsadida ijtimoiy sohalarni xususiylashtirish va DXSh lohiyalari asosida bir qancha harakatlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish 27 foizdan 74 foizga yetdi va xususiy bog‘chalar soni 2024-yil oxiriga 2591 ta ga yetdi. 2030-yilgacha esa xususiy sektor hisobidan qamrov darajasi 100 % ga yetkazish ko‘zda tutilgan. Respublika bo‘yicha 10296 ta maktablar bo‘lib, ulardan 383 tasi nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari hisoblanadi va ta’im olayotgan o‘quvchilarning soni 2018-yilga nisbatan 2024-yilga kelib 75% ga oshib 112 mingga yetgan. Oliy ta’lim sohasida esa ularning soni 76 taga yeyib 1 milliondan oshiq talaba tahsil olmoqda. Sog‘liqni saqalash sohasida ham 1301 ta xususiy shifoxona o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu esa umumiy tibbiyot muassasalarining 35 % ini tashkil etmoqda. Xulosalar va takliflar. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2024-yilda ta’limga ajratilgan mablag‘lar davlat byudjeti xarajatlarining 23 foizini, sog‘liqni saqlash xarajatlari esa 11 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqalar)ning mablag‘lari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar ham ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda muhim manbaga aylanmoqda. Shunday qilib, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishning samaradorligini oshirish uchun faqat byudjet mablag‘lari yetarli emas, balki budjetdan tashqari moliyalashtirish mexanizmlarini keng joriy etish zarur. Takliflar 1. Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish o Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida DXSh asosida yangi maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar qurilishi va ularni boshqaruvga topshirish tajribasini kengaytirish. o Infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda sheriklik dasturlarini amalga oshirish. 77 Budjetnoma 2025-2027 YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 379 2. Sug‘urta tizimini rivojlantirish o Sog‘liqni saqlashda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. o Ta’lim sug‘urtasi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bunda talabalar kontrakt to‘lovlarini bank yoki sug‘urta kompaniyalari orqali qoplash tizimini yaratish. 3. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish o Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyalari hisobidan yangi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish. o Gumanitar grantlar va texnik yordam loyihalarini jalb etish orqali sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasini modernizatsiya qilish. 4. Mahalliy budjet va jamg‘armalar rolini oshirish o Hududiy budjetlarning ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishdagi ulushini kengaytirish. o Maxsus jamg‘armalar (masalan, Ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi, Tibbiyotni modernizatsiya qilish jamg‘armasi) orqali qo‘shimcha resurslarni safarbar etish. 5. Ijtimoiy sohalarda innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish o “Ijtimoiy obligatsiyalar” (social bonds) chiqarish orqali investorlarni jalb etish. o Raqamli texnologiyalar yordamida xayriya va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishni rivojlantirish (crowdfunding platformalari). 6. Moliyaviy samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash o Ijtimoiy sohalarga ajratilgan mablag‘larning sarfini ochiq elektron platformalarda e’lon qilish. o Mustaqil audit tizimini joriy etish orqali moliyaviy nazoratni kuchaytirish. Adabiyotlar 1. Keynes J.M. The General Theory of Employment, Interest and Money. — London: Macmillan, 1936. 2. Schultz T. Investment in Human Capital. American Economic Review, 1961. 3. Becker G. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. University of Chicago Press, 1993. 4. Musgrave R.A., Musgrave P.B. Public Finance in Theory and Practice. McGrawHill, 1989. 5. World Bank. World Development Report. Washington D.C., turli yillar. 6. Asian Development Bank. Key Indicators for Asia and the Pacific. Manila, turli yillar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari, 20234-yil byudjet hisobotlari.