MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK VA INTELLEKT DARAJASINI TASHXISLASH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik holati, intellekt darajasini tashxislash usullari va maktabga psixologik tayyorgarligini o‘rganish borasida fikr yuritiladi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 144 MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK VA INTELLEKT DARAJASINI TASHXISLASH USULLARI Ilmiy rahbar: D.S.Gafurova Jalilova Ozoda Po‘latjonovna Samarqand davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik holati, intellekt darajasini tashxislash usullari va maktabga psixologik tayyorgarligini o‘rganish borasida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: tashxis o‘tkazish, maktabga tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, aqliy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, tafakkur. Kirish: Maktabgacha ta'limdan maktab ta’limiga o‘tish bolaning rivojlanishidagi muhim bosqich hisoblanib, psixologik, ijtimoiy va hissiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bolalar nafaqat asosiy akademik ko‘nikmalarga ega bo‘lishni, balki maktab muhitiga moslashib ketish uchun zarur bo‘lgan psixologik chidamlilikni rivojlantirishni ham talab qiladi. Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning maktabga tayyorgarlik darajasi, ularning psixologik holati va intellektual rivojlanishi kelajakdagi ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘zo‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti yoshga to‘lgan davridan boshlab tizimli ravishda o‘qishga borishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bola maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekan, unda bilim olishga qiziqish, mustaqil fikrlash, muloqot qilish, diqqat, xotira va tafakkur kabi psixik jarayonlar yetarli darajada shakllangan bo‘lishi lozim. Psixologlar va pedagoglar “maktabga psixologik tayyorgarlik “ atamasini keng qamrovli tushuncha sifatida izohlaydilar. Maktabga psixologik tayyorgarlik deganda faqatgina bilimlar yig‘indisi bilan emas, balki bolaning emotsional barqarorligi, atrofdagilar bilan munosabat qurish ko‘nikmalari, shuningdek, o‘quv faoliyatiga ijobiy munosabat shakllanishi bilan ham belgilanadi. Psixologik tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lgan bolalar maktab muhitiga tez moslashadi, yangi bilimlarni o‘zlashtirishda faol bo‘ladi va ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyat qozonadi. Aksincha, tayyorgarlik yetarli bo‘lmagan taqdirda, bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi pasayishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, uyatchanlik, jamoaga qo‘shila olmaslik kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning intellekt darajasini tashxislash, ularning psixologik tayyorgarlik holatini baholash uchun maxsus metod va usullar qo‘llaniladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 145 Bunday diagnostik metodlardan so`ng, bolaning rivojlanish darajasi natijalari haqida tarbiyachilar, psixologlar va ota-onalarga aniq tavsif beradi va uni maktabga tayyorlash jarayonida individual yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullariga Kern-Irasekning maktabga tayyorlikni aniqlash testini, L.A. Vengerning “ Grafik diktant” kabi metodlarni kiritishimiz mumkin. Shu kabi maxsus metodlar va usullarni o‘tkazish maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga hamda tashkilot psixologi zimmasiga yuklatiladi. Maktabgcha ta’lim tashkiloti tarbiyachisidan har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to‘g‘ri aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik, bilim va tajribaga ega bo‘lish talab etiladi. Bunda ular maktabgcha ta’lim muassasalarida talim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari “ orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim – tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi. Maktab ta’limiga tayyorgarlik maktabgacha ta’lim muassasalari va oialada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga berilgan ta’lim va tarbiyaning muhim yakunidir . Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi marotaba markaziy o‘rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo‘lgan erkin o‘yin faoliyatidan farqli o‘laroq endi, ta’lim majburiy tarzda o‘qitiladi. Ta’lim bola kun tartibining asosiy qismini egallay boshlaydi. Aynan shuning uchun ham bolaning maktabga tayyorgarlik holatini aniqlash muhim sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning tayyorgarlik holatini tashxisash maqsadida o‘tkaziladigan usullarining bir necha xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib ularga ” Kuzatish” metodini, “ Suhbat”metodini, “ Test”metodi, “ Oyinli diagnostika”, “ Rasm va ijodiy topshiriqlar” kabilarni kiritishimiz mumkin. Bundan tashqari yuqorida aytib o‘tganimizdek “ Grafik diktant” va Kern-Irasek metodlarini ham kiritishimiz mumkin. Ularni kengroq izohlaydigan bo‘lsak, Kern-Irasek metodi – bu metod bolaning maktabga tayyorligini aniqlovchi uch topshiriqdan iborat bo‘lib, unda bolalar guruhiga ikkiga buklangan odatdagi oq varaq beriladi. Orqa betning chapdagi yuqori qismida yozma harflar namunasi berilgan. Varaqning chapdagi pastki qismida nuqtalar guruhi namunasi keltirilgan bo‘ladi va dastlab bolaga erkak qomatini xotiradan chizish topshirig‘i beriladi. So‘ngra ikkinchi topshiriq ya’ni yozma harflarni ko‘chirish va ohirida nuqtalar guruhini ko‘chirib yozish topshiriladi. Grafik diktant metodi – bu metodning murakkablik darajasi o‘sib boradigan qilib tuzilgan. Ushbu metod test shaklida olib boriladi. Bunda 3ta grafik tasvirdan iborat bo‘lib, test katak qog‘ozda bajariladi. “ Grafik diktant” metodikasi bolaning o‘quv faoliyatiga individual tayyorligi haqida kerakli ma’lumotlar beradi. O‘qitish o‘qituvchining o‘quvchiga u yoki bu o‘quv ma’lumotini berish emas, balki o‘quvchining mustaqil faoliyati shakllantirilgan muhitni yaratishdan iborat. Kuzatish metodi – bu bolani mashg‘ulot yoki o‘yin faoliyati olib borilayotgan paytda bolani chetdan tabiiy kuzatish jarayoni
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 146 Suhbat suhbat metodi – bunda bola bilan erkin muloqot qilish orqali uning qiziqishlari, bilim darajasi, va nutqiy qobiliyatlarini o‘rganish jarayoni . Test metodi – bolaning intellect va bilish qobiliyatini tekshirish maqsadida maxsus tuzib chiqilgan test savollarini berish jarayoni. O‘yinli diagnostika metodi – tarbiyalanuvchining tafakkur va ijodiy ko‘nikmalarini aniqlab olish uchun o‘tkaziladigan maxsus o‘yinlar. Rasm va ijodiy topshiriqlar – bolaning ma’lum yoki yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun ularga erkin holda rasm chizdirish yoki hikoya va ertaklar ayttirish jarayoni. ‘’ Maktabga tayyorlik’’ tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi: 1. Jismoniy tayyorgarlik 2. Psixologik( ruhiy ) tayyorgarlik 3. Intellektual( aqliy ) tayyorgarlik 4. Maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik – bolaning sog‘lomligi , harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Ruhiy tayyorgarlik – atrof-muhitga , kattalarga , tengdoshlarga, o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga , shaxsiy madaniyatni shakllanganligi nazarda tutiladi yuqorida keltirilib o‘tilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga . Aksariyat xollarda bolaning aqliy rivojlanganligi haqida gap ketganda uning so‘z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-onalar , xatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa , u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas , fan-texnika , ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida suzib yurgandeklar. Bu esa ulardagi so‘z boyligining keskin o‘sishiga asos bo‘lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda riojlanyapti degani emas. Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish , tahlil qilish, umumlashtirish , mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bo‘lishini taqazo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, so‘rovnomalar, asosan bolada mo‘ljallangan metodikalardan iboratdir. Aqliy tayyorgarlik – bola obrazli va mantiqiy fikrlashi , tasavvurning , odamiylikning bilimga qiziqishning , mustaqilligining , o‘zini – o‘zi nazorat qilishga hamda o‘quv faoliyatini kuzatish , eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari aynan manashu davrda bolaga texnik xavfsizlik qoidalari ham o‘rgatiladi. Bu davrda bolada trli harakatlar mustahkamlanadi. Biroq ushbu davrda ham bolada hali beixtiyor faollik ancha ustun turadi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini jalb qiladi Maxsus tayyorgarlik – bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishga va nutqini qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv faoliyati shularga , ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bola kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi , til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish , o‘z tasavvurini izohlay olish , tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosida ko‘riladi. Maxsus
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 1, Oktober 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 147 tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1sinf o‘quv dastur materialini yetarli darajada egallsh haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari aynan manashu davrda bolaga texnik xavfsizlik qoidalari ham o‘rgatiladi. Bu davrda bolada trli harakatlar mustahkamlanadi. Biroq ushbu davrda ham bolada hali beixtiyor faollik ancha ustun turadi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini jalb qiladi Xulosa qilib aytganda maktabagi o‘qishga psixologik tayyorlik bolalarni aqliy, jismoniy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Shunday ekan , ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Davlat ta’lim standartlari. 2. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. –Toshkent: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 3. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – Toshkent , 1997. 4. Asqarova D. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi.- Toshkent ,2020. 5. RaxmatovaN. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologiyasi. – Toshkent: 2019 6. Muxammadjonova N. qodirova D. Bolaning psixik rivojlanishi va uni tashxislash. – Toshkent: 2021 7. Davletshin M.G . Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2010