Full text
Oktabr, 2025-Yil 150 FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAM QURISHDA TA’LIM VA TARBIYANING O‘RNI Harifov Sobir Zokir o‘g‘li Toshkent shahar, Shayxontohur tuman, 186-maktab huquq fani o‘qituvchisi Email manzil: [email protected] Telefon raqam: +99877 311 16 99 https://doi.org/10.5281/zenodo.17365991 Annotatsiya. Mazkur tezisda ta’lim va tarbiyaning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Muallif ta’lim tizimi fuqarolarning bilimli, tafakkurli, vatanparvar va huquqiy ongli bo‘lib kamol topishiga xizmat qilishini, tarbiya esa insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishini asoslab beradi. Tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat”, “Inson qadri uchun” kabi g‘oyalar, shuningdek “Ta’lim to‘g‘risida” va “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar orqali yoshlarni fuqarolik ongli, mas’uliyatli va faol shaxslar sifatida tarbiyalash jarayoni tahlil qilingan. Muallif fikricha, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi natijasidagina huquqiy ong, fuqarolik faolligi, ijtimoiy mas’uliyat va adolatparvarlik jamiyat hayotida mustahkam qaror topadi. Kalit so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy ong, ma’naviyat, ijtimoiy mas’uliyat, demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, yoshlar siyosati, vatanparvarlik. Kirish: Bugun biz bilamizki, zamon taraqqiy etyapti, shu bilan birga har bir sohada rivojlanish va yuksalish bo‘lmoqda. Bu jarayonlarda ta’lim va tarbiyaning o‘rni katta bo‘lishi hech kimga sir emas. Ta’lim – fuqarolarning bilimli, tafakkurli, vatanparvar va huquqiy ongli bo‘lib kamol topishiga xizmat qilsa, tarbiya – ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantiradi, ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytiradi. Ana shu ikki omil uyg‘unlashgan taqdirdagina, jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat tamoyillari amalda qaror topadi. Fuqarolik jamiyatini mustahkam qurishda ta’lim va tarbiya tizimining o‘rni shundan iboratki, u fuqarolarda o‘z huquq va burchlarini anglash, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etish, jamiyat va davlat manfaatlariga befarq bo‘lmaslik tuyg‘usini tarbiyalaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” g‘oyasi ham aynan ta’lim va tarbiyani fuqarolik ongini yuksaltirishning eng muhim omili sifatida ko‘radi. Fuqarolik jamiyatini qurish, bu o‘rinda demokratik davlat qurish, demakdir. Qachonki, fuqarolar davlatda teng huquqli bo‘lsalar, bu faqat ta’lim va tarbiyada emas, balki boshqa sohalarda ham aksini topsa, fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy huquqlari o‘z o‘rnida bo‘ladi. Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bu jarayonda huquqiy tarbiyaning tutgan o‘rni, huquqiy ong va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bu jarayonda birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyecvich Karimov, Abdulla Avloniy, Akbar Utamurodov va Tolib Xojiyevlarning asarlari va qonunlarimizning ba’zilari o‘rganildi va tahlil qilindi Asosiy qism: Fuqarolik jamiyatini mustahkam qurishda ta’lim va tarbiya tizimi hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, ular inson kapitalini shakllantirish, huquqiy ongni yuksaltirish va demokratik qadriyatlarni singdirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki, fuqarolik
Oktabr, 2025-Yil 151 jamiyatining barqaror rivojlanishi uchun nafaqat mustahkam qonunchilik bazasi, balki ongli, faol, ma’naviy yetuk va mas’uliyatli fuqarolar zarurdir. Ana shunday fuqarolarni tarbiyalash esa bevosita ta’lim va tarbiya tizimining vazifasidir. Ta’lim tizimi jamiyatda fuqarolik ongini shakllantiruvchi asosiy institut sifatida faoliyat yuritadi. Maktabdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda yosh avlodga nafaqat ilmiy bilimlar, balki milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik, qonunga hurmat, adolatparvarlik kabi ijtimoiy fazilatlar singdiriladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 1 gi Qonuni hamda “Yoshlar siyosati to‘g‘risida” 2 gi Qonunlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxslar etib tarbiyalash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga tayyorlash asosiy maqsad sifatida belgilangan. Tarbiyaning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rni esa, insonning ma’naviy dunyosini, qadriyatlar tizimini va ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirish bilan belgilanadi. Tarbiya jarayonida yoshlar o‘z milliy o‘zligini anglash, fuqarolik burchini bajarish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish, qonunlarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlarni o‘zlashtiradi. Bunda oilaning, ta’lim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, mahallaning va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatida ta’lim va tarbiya jarayoni inson huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini chuqur anglashni ta’minlaydi. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya orqali fuqarolarda qonun ustuvorligiga e’tiqod, adolat tamoyillariga sodiqlik, davlat boshqaruvida ishtirok etish madaniyati shakllanadi. Bu jarayonda ta’lim tizimi faqat bilim berish bilan cheklanmasdan, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytiruvchi amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy loyihalar, ko‘ngillilar harakati kabi faol uslublardan foydalanishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan ta’lim va tarbiya tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashtirilishiga yo‘naltirilgan. Masalan, “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” konsepsiyasi, “Ma’naviyatli jamiyat – taraqqiyot garovi” tamoyili hamda “Inson qadri uchun” shiori ta’lim va tarbiya sohasida inson shaxsini markazga qo‘yish, uni fuqarolik jamiyatining faol ishtirokchisiga aylantirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, nodavlat ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, yoshlar va ayollar ittifoqlari, turli ijtimoiy fondlar ham fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu institutlar orqali aholining huquqiy savodxonligi oshiriladi, ijtimoiy adolat va tenglik g‘oyalari targ‘ib qilinadi, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bugun biz bilamizki, ta’lim va tarbiya fuqarolarimizning ma’lum bir qismi, ya’ni, yoshlar ongidan ko‘tarilmoqda, bunga misol qilib, maktablar yoki texnikumlarni olsak, bu joylarda ta’limning ham, tarbiyaning ham nechog‘lik og‘ir holatdaligi ko‘rinadi. Bu muammolar bugun hech kimga sir emas. Bu o‘rinda bugun uchun muhim bo‘lgan fuqarolik jamiyati, ta’lim va tarbiya tushunchalariga ta’rif berib o‘tsak, dastlab, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning shunday fikriga to‘xtalib o‘tamiz: “Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli 1 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son. 2 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son.
Oktabr, 2025-Yil 152 xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, demakdir” 3 . Fuqarolik jamiyati tushunchasi ijtimoiy faollik tushunchasi sifatida bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Bunday jamiyatning davlat faoliyatidan holi holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu siyosiy partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollikdir. Nodavlat-notijorat faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarga intilishlarni anglatadi. Shu ma’noda jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli xil dasturlar, loyihalar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish hamda fuqaroviy faollikni amalga oshirishdir 4 . Ta’lim tushunchasi esa, a’lim — bu shaxsda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz jarayon bo‘lib, jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy omildir. Ta’lim insonni ongli, tafakkurli, ijtimoiy mas’uliyatli va vatanparvar fuqaro sifatida shakllantiradi. U nafaqat bilim berish, balki shaxsni tarbiyalash, uning dunyoqarashi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda, ta’lim tizimi fuqarolik jamiyatining intellektual poydevorini yaratadi. “Ta’lim — bu shaxsni tarbiyalash va unga ta’lim berishning uzviy jarayoni bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimdir.” 5 Tаrbiyа – bu insоnning ruhiy, аxlоqiy, intellektuаl vа ijtimоiy jihаtdаn shаkllаnish jаrаyоnidir. U nаfаqаt bilim berish, bаlki insоndа yuksаk mа’nаviyаt, hаlоllik, vаtаnpаrvаrlik, mehnаtsevаrlik, оdоb-аxlоq kаbi fаzilаtlаrni singdirishgа qаrаtilgаn uzluksiz jаrаyоndir. Tаrbiyа оrqаli insоn о‘zini аnglаydi, jаmiyаtdаgi о‘rnini tоpаdi, bоshqаlаrgа nisbаtаn mаs’uliyаtli, hаlоl vа аdоlаtli bо‘lishni о‘rgаnаdi. Bu jаrаyоn оilаdа bоshlаnib, tа’lim muаssаsаlаri, mаhаllа, jаmоаt tаshkilоtlаri vа оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаri оrqаli dаvоm etаdi. Tаrbiyа hаqidа sо‘z yuritilаr ekаn, biz buyuk mutаffаkkir Аbdullа Аvlоniyning jumlаlаrini beixtiyоr yоdgа оlаmiz, u “Tаrbiyа biz uchun yо hаyоt – yо mаmоt, yо nаjоt – yо hаlоkаt, yо sаоdаt – yо fаlоkаt mаsаlаsidir” 6 . Bu fikr tаrbiyаning fаqаt shаxsiy emаs, bаlki butun jаmiyаt tаqdirigа bevоsitа tа’sir kо‘rsаtishini аnglаtаdi. Shu о‘rindа xаlqimizdа yаnа bir nаql bоr: “Bir bоlаgа yetti mаhаllа оtа-оnа” deyishаdi. Yа’ni, hаr bir bоlаning tаrbiyаsigа jаmiyаtning bаrchа shаxslаri jаvоbgаr hisоblаnаdi. Xulosa Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va mustahkamlashda ta’lim va tarbiya tizimi hal qiluvchi o‘ringa ega. Chunki, jamiyatning har bir a’zosi bilimli, huquqiy ongli, vatanparvar va ma’naviy barkamol bo‘lmas ekan, demokratik qadriyatlar hayotga to‘liq tatbiq etilmaydi. Ta’lim inson kapitalini shakllantiruvchi, shaxsning intellektual salohiyatini ochib beruvchi jarayon bo‘lib, u fuqarolarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Tarbiya esa bu jarayonning ma’naviy 3 I.A. Karimov O ‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. – T.: “O‘zbekiston”, 1995. - 14-bet. 4 A. Utamurodov, M. Qirg‘izboyev, T. Xojiyev Fuqarolik jamiyati o‘quv qo‘llanma. -T.: 2018. -93-bet. 5 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi O‘RQ–637-son — lex.uz/docs/5013007 6 Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. 1997. Toshkent nashr, 48-bet.
Oktabr, 2025-Yil 153 negizi sifatida insonning axloqiy mezonlarini, ijtimoiy mas’uliyatini, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Bugungi kunda ta’lim muassasalari, oilalar, mahalla, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, shaxs tarbiyasi — bu faqat maktab yoki oila vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy mas’uliyatidir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “tarbiya – hayot va mamot, najot va halokat masalasidir”. Shu bois, har bir fuqaro tarbiyalangan, huquqiy ongli va ijtimoiy faol bo‘lgan taqdirdagina, jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat qaror topadi. Shuningdek, ta’lim va tarbiya fuqarolik madaniyatini yuksaltirishning asosiy omilidir. Huquqiy ta’lim orqali fuqarolar o‘z huquq va burchlarini chuqur anglaydilar, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, davlat boshqaruvida ishtirok etish madaniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiya esa insonni halollik, adolatparvarlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik ruhida shakllantiradi. Bu ikki omil uyg‘unlashgan jamiyatda korrupsiya, befarqlik va ijtimoiy loqaydlik kabi illatlar kamayadi, o‘rniga faollik, hamjihatlik va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi. Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyatini qurish jarayoni faqat siyosiy yoki iqtisodiy islohotlar orqali emas, balki eng avvalo, ta’lim va tarbiya tizimining mukammalligi, ularning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi roli bilan belgilanadi. Shu sababli, O‘zbekiston sharoitida ta’lim va tarbiyani fuqarolik ongini shakllantirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va demokratik jamiyatni mustahkamlashning bosh strategik yo‘nalishi sifatida qarash lozim. Faqatgina ma’rifatli, tarbiyali, ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolargina Yangi O‘zbekistonning ma’naviy tayanchi va fuqarolik jamiyatining poydevori bo‘la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ637-son). 3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 4. I.A. Karimov. “Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz” – nutqidan. 5. Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. 6. “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi materiallari. 7. “Ma’naviyatli jamiyat – taraqqiyot garovi” tamoyili bo‘yicha davlat dasturlari.