scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO MUZEYLARI ORQALI MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH

Nizamova Iroda

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro muzeylarining madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi o‘rni keng yoritilgan. Muzeylarning tarixi, ilmiy va ta’limiy faoliyati, xalqaro hamkorlikdagi roli hamda turizm rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Buxoro muzeylari Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, milliy merosni keng jamoatchilikka taqdim etishda, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 222 BUXORO MUZEYLARI ORQALI MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH Nizamova Iroda Eksponatlarni hisobga olish sektori mutaxassisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17367762 Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro muzeylarining madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi o‘rni keng yoritilgan. Muzeylarning tarixi, ilmiy va ta’limiy faoliyati, xalqaro hamkorlikdagi roli hamda turizm rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Buxoro muzeylari Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, milliy merosni keng jamoatchilikka taqdim etishda, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kalit so‘zlar: Buxoro, muzey, madaniyat, muloqot, meros, tarix, san’at, turizm, YUNESKO, hamkorlik. СОДЕЙСТВИЕ МЕЖКУЛЬТУРНОМУ ДИАЛОГУ ЧЕРЕЗ МУЗЕИ БУХАРЫ Аннотация. В статье рассматривается роль музеев Бухары в развитии межкультурного диалога. Подробно анализируется история формирования музеев, их научная и образовательная деятельность, значение в международном сотрудничестве и туризме. Музеи Бухары выполняют функцию моста между Востоком и Западом, сохраняя национальное наследие и одновременно представляя его мировой общественности, способствуя формированию толерантности и взаимопонимания. Ключевые слова: Бухара, музей, культура, диалог, наследие, история, искусство, туризм, ЮНЕСКО, сотрудничество. PROMOTING INTERCULTURAL DIALOGUE THROUGH BUKHARA MUSEUMS Abstract. This article explores the role of Bukhara museums in promoting intercultural dialogue. It analyzes the historical development of museums, their scientific and educational activities, and their significance in international cooperation and tourism. Bukhara museums act as bridges between East and West, preserving national heritage while presenting it globally, fostering tolerance, mutual understanding, and cultural exchange. Keywords: Bukhara, museum, culture, dialogue, heritage, history, art, tourism, UNESCO, cooperation. KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va madaniy integratsiya jarayonlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jarayonda muzeylar nafaqat tarixiy yodgorliklarni saqlash va o‘rganish markazi, balki madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Muzeylar orqali milliy madaniyatning eng nodir namunalari jahon hamjamiyatiga taqdim etiladi, shu bilan birga boshqa xalqlarning madaniyati bilan qiyosiy o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tushunish, bag‘rikenglikni shakllantirishda muzeylarning o‘rni beqiyosdir. Chunki muzeylar nafaqat tarixiy obidalar va moddiy madaniyat namunalari saqlanadigan joy, balki o‘tmish bilan bugun orasidagi tirik ko‘prikdir. O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoro o‘zining betakror tarixiy yodgorliklari, boy madaniy merosi va ko‘plab ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 223 muzeylari bilan ajralib turadi. Buxoro muzeylari nafaqat milliy merosni asrab-avaylaydi, balki turli xalqlarning madaniy an’analari va qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda, xalqaro muloqot uchun keng imkoniyat yaratadi. Buxoro shahri Markaziy Osiyoning qadimiy madaniyat markazlaridan biri sifatida muzeylar tarmog‘i bilan mashhurdir. Bu shaharda mavjud muzeylar O‘zbekiston tarixining turli davrlarini o‘zida mujassam etib, Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Masalan, Buxoro Davlat Muzey-Qo‘riqxonasi, Fayzulla Xo‘jaev uy-muzeyi, Buxoro san’at muzeyi, Ismoil Somoniy maqbarasi va Ark qo‘rg‘oni qoshidagi ekspozitsiyalar nafaqat milliy merosni targ‘ib qiladi, balki chet ellik sayyohlar uchun ham madaniyatlararo muloqot maydoniga aylanadi [1, 45]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Mazkur maqolada Buxoro muzeylarining madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni, ularning tarixiy shakllanishi va zamonaviy globallashuv jarayonidagi ahamiyati mustaqillik yillarida muzeyshunos olimlar, tadqiqotchilar tomonidan O‘zbekistonda chop etilgan ilmiy adabiyotlar asosida keng tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, muzey ekspozitsiyalarining turizm va ta’limdagi roli, shuningdek, kelajak istiqbollari ham L.Y.Mankovskaya, R.V.Almeyev, N.Sodiqova, M.Bekmurodov va boshqa muzeyshunos mutaxasislarning ishlari hamda UNESKO tashkiloti materiallari orqali yoritib beriladi. Mazkur tadqiqot davomida turli tahliliy, qiyosiy, tavsifiy usullardan foydalanilgan. NATIJA VA MUHOKAMA Birinchi navbatda, Buxoro muzeylarining tarixi va shakllanish jarayoniga diqqat bilan e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Buxoro muzeylari tarixi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga borib taqaladi. Bu davrda Rossiya imperiyasi va keyinchalik Sovet davlati tarkibiga kirgan O‘zbekiston hududida birinchi muzey kolleksiyalari shakllanib, ular orqali xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati ilmiy asosda o‘rganila boshlandi [2, 112]. Buxoro davlat Muzey-Qo‘riqxonasi 1922-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda uning tarkibida 7 ta asosiy bo‘lim mavjud. Bu muzey fondida 100 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ularning orasida qadimiy qo‘lyozmalar, islomiy hujjatlar, xalq amaliy san’ati namunalaridan tortib, XIX–XX asr boshlariga oid etnografik buyumlargacha bor [3, 215]. Muzeyning asosiy vazifasi tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdir. Mazkur yirik muzey fond va ekspozitsiyalarida saqlanayotgan ashyolar, noyob buyumlar, manbalar turli millat va madaniyatlar vakillarining hayot tarzi, yurish-turishi, an’analarini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Xususan, hozirda Buxoro Davlat Muzey-Qo‘riqxonasi ko‘rgazmalarida saqlanayotgan turli eksponatlar bilan dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mehmonlar, sayyohlar, tadqiqotchilar tanishgan holda tarixiy voqeliklarni jonli tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, XIX – XX asr boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar, xususan, A.Byorns, A.Vamberi, Y.Skayler, G.Lansdell Buxoro amirlarining qarorgohi bo‘lgan Arkning kiraverish qismida, ya’ni dolon bilan chiqadigan darvozaxona qismida hozirda ham mavjud bo‘lgan turli ko‘rgazmali kichik muzeyni ko‘rganliklarini qayd qilishgan [4, 5, 6, 7]. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 224 Demak xorijiy sayyohlarning tashrif buyurgan davridayoq kichik muzeyda namoyish qilingan tarixiy buyumlar turli madaniyatlarni kishilarga namoyish qilgan. Bu o‘z navbatida, Buxorodagi muzeylar tarixi uzoq davrlarga borib taqalishini bildiradi. Keyingi yillarda muzey-qo‘riqxona tarkibida yangi yo‘nalishlar shakllantirildi. Jumladan, Gilamlar tarixi muzeyi, Xattotlik san’ati tarixi muzeyi, Temirchilik hunari tarixi muzeyustaxonasi, Suv ta’minoti tarixi muzeyi, Tasviriy san’at muzeyi tashkil etilib, ular o‘z faoliyati orqali nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosdagi qiziqishlarni ham jalb etib kelmoqda (10, 112). Alohida ta’kidlash joizki, Buxoro xattotlik san’ati tarixi muzeyi 1990-yilda Ulug‘bek madrasasi darsxonasida tashkil etilgan bo‘lib, u yerda VII asrdan XXI asrgacha bo‘lgan qo‘lyozmalar, xattotlik san’ati namunalarini ko‘rish mumkin (12, 78). Bu nafaqat milliy yozuv san’ati tarixi, balki butun musulmon Sharqi madaniyati bilan bog‘lanish imkonini beradi. Bundan tashqari, Fayzulla Xo‘jaev memorial muzeyi XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu muzey orqali tashrif buyuruvchilar nafaqat Buxoroda jadidchilik harakati tarixi bilan, balki O‘zbekistonda mustaqillikka intilish davrining muhim bosqichlari bilan ham tanishadilar. Shuningdek, bu muzey xorijlik tadqiqotchilar uchun Markaziy Osiyodagi modernizatsiya jarayonlarini o‘rganishda muhim manba vazifasini bajaradi [8, 9, 134]. Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, mazkur muzey mamlakat hududiga yevropacha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning kirib kelishi, mahalliy intellegensiya vakillari va jadidlar fenomenining shakllanishi to‘g‘risida keng manbalarni o‘rganish markazi vazifasini ham bajaradi. Fayzulla Xo‘jaev uy-muzeyi Buxoro va O‘zbekiston tarixida muhim davrlarni yoritib, jadidchilik harakati, mustaqillik uchun kurash va modernizatsiya jarayonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. U nafaqat milliy xotira markazi, balki xorijlik tadqiqotchilar uchun ham bebaho ilmiy manba sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muzey yosh avlodni vatanparvarlik, erkinlik va ma’rifat g‘oyalari ruhida tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. U milliy merosni asrab-avaylash, tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish hamda xalqaro miqyosda Buxoro madaniy merosini keng targ‘ib qilishda samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, Buxoro san’at muzeyi esa asosan amaliy san’at, miniatyura, gilamchilik va kashtachilik namunalari bilan mashhur. Bu muzey kolleksiyasi xalqaro ko‘rgazmalarda ham muntazam ravishda namoyish etilib, Buxoro madaniyatining nozik did va go‘zallik mezonlarini jahon miqyosida tanitmoqda. Buxoro tasviriy san’ati muzeyi binosi, shaharning qadimiy Shohrud kanali ustida 1912 yilda pishiq g‘ishtlardan qurilgan, ikki qavatli savdo rastasi murakkab me’morchilik konstruksiyasiga ega bo‘lgan me’morchilik shaharsozlik kompozisiyasiga ega bo‘lib, yerto‘la tizimidagi seyf - xonalari, ko‘p sonli zallar ikkinchi qavatning old tomonidagi nafis boloxona ayvonidan iborat. XX asr boshlarida binoda Azov-Don banki filiali va rus tadbirkori Savva Morozovning fabrikada to‘qilgan matolar sotiladigan firma savdo do‘koni joylashgan edi. XX asrning o‘rtalaridan boshlab 80-yillarga qadar, bino muzeyga topshirilguncha unda Davlat banki joylashgan edi. Muzeyning «XX asr O‘zbekiston tasviriy san’ati» jamlanmasida 1000 taga yaqin polotnolar (rasmlar), shu jumladan XX asrning mashhur mo‘yqalam ustalari R.Choriyev, X.Boboyev, A.A.Abdullayev, R.A.Axmedov, Ch.Axmarovlar tomonidan badiiy san’atning turli xil usullarida turli yillarda yaratilgan ishlar jamlangan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 225 O‘zbekistonda yashab, ijod etgan «Turkiston avangardi»ni tashkil etgan XX asr 20-30yillar tasviriy san’ati maktabining yirik namoyondalari bo‘lgan iqtidorli rassomlar P.P.Benkov, M.I. Kurzin, Z.M.Kovalyovskaya, A.T.Kotova, N.V.Kashina, O.A.Tetevosyan, N.Karaxan, A.Volkov, G.N.Nikitin, V.G.Sobolev-Melexov, V.I.Ufimsev va boshqa bir qancha mo‘yqalam ustalari unchalik katta bo‘lmagan jamlanmasi tomoshabin diqqatini o‘ziga jalb etadi. O‘zbekiston xalq rassomi, xalq ustasi va zargari S.Pochchayev (1880-1948 y.y.) Sharqning betakror miniatyura uslubida ishlagan miniatyuralar muzey kolleksiyasida alohida o‘rin egallaydi. Sharq an’anaviy kitob miniatyurasi uslubida ushbu rassom yuksak badiiy did va nafislik bilan yaratgan asarlar muzey jamlanmasining faxridir. O‘zbekistonning boy badiiy merosi, me’morchilik an’analari, Sharq miniatyurasi va dekorativ amaliy san’ati ko‘rgazmalar zalidan o‘rin olgan hozirgi zamon iste’dodli buxorolik rassomlar, haykaltaroshlar, grafiklardan B.Salomov, N.Boboyev, K. Norxo‘rozov, U. O‘roqov, B. Gulov, E. Jo‘rayev va boshqalar asarlarida o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga atab tashkil etilgan doimiy ko‘rgazmasi respublikamizda, shu jumladan Buxoro viloyatida iqtisod va biznes, ijtimoy hayot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda, madaniyat va ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar bilan tomoshabinlarni tanishtiradi. Ko‘rgazma zallarida Buxoro viloyati sanoatining yetakchi tarmoqlari mahsulotlari va zamonaviy hunarmandlar ishlari namoyish etilmoqda [9, 73]. Mazkur muzeyning fondlarida saqlanayotgan turli davrlar va mualliflarga tegishli qo‘lyozma va toshbosma asarlarning qadri nihoyatda baland bo‘lib, muzeyning faoliyati ularni asrash va yosh avlodga yetkazishda sezilarli rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, Buxoro shahrida Buxoro amirlarining yozgi saroyi bo‘lmish Sitorai Mohi Xosa saroyida joylashgan Buxoro amaliy bezak san’ati muzeyi ham muhim ahamiyatga ega maskan hisoblanadi. Muzey joylashgan Buxoro hukmdorlarining yozgi saroyi amir Abdulahadxon (1885-1910 yy.) XIX asrning ikkinchi yarmi) qurdirgan eski saroydan va 19111918 – yillarda so‘nggi Amir Olimxon (1911–1920 y.y.) qurdirgan saroyning yangi qismidan iborat. Go‘zal saroy binolari va pavilonlari 7 gektardan ortiq maydondagi katta mevali bog‘ ajoyib atirgul daraxtlardan, uzumzorlardan, jannatmakon qushlari bo‘lgan bog‘dan iborat qarorgoh o‘zining go‘zalligi va me’moriy uslubi bilan zamondoshlarda katta taassurot qoldiradi. Buxoroning eng yaxshi qo‘li gul me’morlaridan X.Hafizov, Sh.Murodov, K.Samadov, usto Gʻofurlar rossiyalik mutaxasissislardan Margulis va Sakovich bilan hamkorlikda saroyning bir qancha zallari ichki ko‘rinishini bezashgan edi. Nafis “Oq taxt zali”, gulga burkangan qabulxona, ziyofat (banket) zali, choyxona va yotoqxona zallari shular jumlasidandir. Buxoro an’anaviy me’morchiligini Yevropa me’morchiligi naqshlari bilan bog‘lab, devor sirtini qoplashda pishiq g‘isht, karnizlarga jimjimador naqshlar, chaspaklar, temir tomlar chekkalari uchli nayzasimon qilib, naqshli gumbazlar, eshik va derazalarning yordamchi ashyolari, bino va inshootlarning ichki qiyofasini bezashda pechlar va parket pollar o‘rnatishning barisi, o‘z navbatida, o‘zining texnik va badiiy jihatidan ulug‘vor me’moriy asar yaratishga imkon berdi. Muzey ekspozisiyalari quyidagi uchta saroy binolarida joylashgan. Yozgi saroy inter’yeri (Bosh bino), Zallarda XIX – XX asr saroy mebellari XIV – XX asr Xitoy, Yaponiya va rus chinnilari, Rossiyadan keltirilgan saroy san’ati jihozlari, buxorolik zargarlarning eng yaxshi ishlari, zardo‘zlik namoyon (panno)lar va amir xazinasidan qolgan yopinchiqlar va hokazolar namoyish etilmoqda [10, 48]. Bog‘ning o‘rtasida saroy mehmonlari uchun qurilgan sakkiz qirralik xiyobon (mehmonxona) joylashgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 226 Bu yerda «XIX asr oxiri – XX asr boshi buxorolik badavlat shaharliklar kiyimi» nomli ko‘rgazma namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganingizda, siz tantanali bayramona bazmlarda amir saroyi amaldorlari kiygan zardo‘zi kiyimlar, bosh kiyimlar, matolar, zardo‘zi oyoq kiyimlari jamlamasini ko‘rasiz. Bog‘ning janubiy qismida saroyning uchinchi binosi ikki qavatli oynalangan Yevropa ko‘rinishidagi oranjereyali, shiyponi va hovuz bo‘lgan pishiq g‘ishtdan qurilgan hashamatli bino joylashgan. Bu yerda «Buxoro vohasi badiiy kashtachiligi va XIX asr oxiri – XX asr boshi uy – ro‘zg‘or buyumlari» ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Buxoroning dekorativ kashtachilik maktabi O‘zbekiston kashtachilik san’atining betakror va yorqin ko‘rinishi hisoblanadi. Dekorativ kashtachilikning «so‘zana», «zardevor» singari namunalari, namoz o‘qishda ishlatilgan «joynamoz», «sandalipo‘sh», shuningdek bosh kiyimlar, ayollar kiyimlari, bezaklari, sumkachalar, hamyonlar, oynalar uchun oynaxaltalar, erkaklar belbog‘lari va «iroqi», «bosma», «yo‘rma» uslubida tikilgan boshqa ashyolar muzey ekspozitsiyasida namoyish etilmoqda. Mustaqillik yillarida Buxoro muzeylari yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston hukumati tomonidan 1990-1991-yillardan boshlab madaniy merosni saqlash, muzeylar faoliyatini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada Buxoro muzeylari nafaqat milliy tarixni targ‘ib etuvchi maskan, balki jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning madaniy elchisi sifatida faoliyat yuritmoqda [13, 39–40). XULOSA Madaniyatlararo muloqotda Buxoro muzeylarining o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagilarda ko‘rinadi: 1. Tarixiy va me’moriy meros orqali muloqot. Xususan, Buxoro muzeylari joylashgan obidalar, jumladan, Ark qo‘rg‘oni, Ulug‘bek madrasasi, Sitorai Mohi Xossa saroyi o‘zida turli davrlar va xalqlarning me’morchilik an’analarini mujassamlashtirgan. Masalan, Sitorai Mohi Xossa saroyida sharqona bezak san’ati bilan Yevropa uslubidagi me’morchilik uyg‘unlashib ketgan. Bu esa turli madaniy makonlarning o‘zaro aloqasini ko‘rsatadi. 2. Mavzuviy ekspozitsiyalar va san’at asarlari orqali muloqot. Bunda muzeylarning doimiy va vaqtinchalik ko‘rgazmalari xalqaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Masalan, xattotlik san’ati muzeyidagi arab yozuvi asosidagi qo‘lyozmalar, gilamlar muzeyidagi turli hududlarda to‘qilgan gilamlar nafaqat o‘zbek xalqining, balki boshqa xalqlarning ham madaniyatini namoyish etadi. 3. Ilmiy va pedagogik (ta’limiy) faoliyat orqali muloqot. Masalan, Buxoro muzeylari tadqiqotchilar uchun noyob manba bo‘lib xizmat qiladi. Talabalar, yosh olimlar, tarixchilar muzey fondlaridan foydalanib, xalqaro tadqiqotlar olib borishlari mumkin. Bu jarayon yosh avlodda milliy qadriyatlarga hurmat, tanqidiy tafakkur, xalqaro tajribaga ochiqlikni shakllantiradi. 4. Sayyohlik va xalqaro hamkorlik orqali muloqot. Jumladan, bugungi kunda Buxoro YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharlardan biri bo‘lib, bu holat muzeylarning xalqaro turizm markaziga aylanishiga xizmat qilmoqda. Xorijiy sayyohlar Buxoro muzeylarini tomosha qilib, mahalliy madaniyatni chuqurroq anglaydi, natijada xalqlar o‘rtasida do‘stona rishtalar mustahkamlanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 227 Shunday qilib, yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda shunday takliflar berish mumkin. Birinchidan, Buxoro muzeylarida raqamli 3D modellar va virtual ekskursiyalarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, xalqaro ko‘rgazmalar sonini yanada oshirish, xorijiy muzeylar bilan qo‘shma aloqlarni rivojlantirish va xorijlik mehmonlarning e’tiborini keng jalb qilish kerak. Uchinchidan, muzeylar tarkibida ta’limiy dasturlarni kengaytirish, muzeylarga nafaqat mahalliy, balki xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilish, maktab va oliy o‘quv muassasalari ta’lim oluvchilar uchun qulayliklarni oshirish lozim. To‘rtinchidan, mahalliy hunarmandlar va san’atkorlarni jalb qilish, ularning asarlarini xalqar miqyosda targ‘ib qilish nihoyatda zarur. Buxoroda joylashgan muzeylar nafaqat tarixiy xotiraning saqlovchisi, balki turli madaniyatlarning o‘zaro uchrashuv nuqtasidir. Ularning boy fondlari, tarixiy obidalari, xalqaro ko‘rgazmalari va ilmiy faoliyati orqali Buxoro nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun madaniyatlararo muloqot markaziga aylanmoqda. Kelgusida muzeylarning texnologik modernizatsiyasi, xalqaro hamkorlik va turizm bilan bog‘liq dasturlar yanada rivojlantirilsa, Buxoro muzeylari jahon madaniyatida yanada yuksak o‘rin egallashi shubhasizdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Маньковская Л.Ю. Бухара: Музей под открытом небом. -T.: Гафура Гуляма, 1995. - 255 с. 2. Karimova, D. O‘zbekistonda muzeyshunoslik tarixi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2010.-245 b. 3. Бобобеков, Х. Бухоро тарихи ва маданий мероси. Тошкент: Фан, 2002. –401 б. 4. Alexander Burnes. Travels into Bokhara; Being the account of A Journey from India to Cabul, Tartary, Persia… In the three volumes. London: John Murray, Albemarle street, 1834. Volume I, 356 pages. 5. Arminius Vambery. Travels in Central Asia. Being the account of a journey from Teheran across the Tukoman desert on the Easteen shore of the Caspian to Khiva, Bokhara, and Samarcand. Performed in the year 1863. London John Murray, Albemarle street, 1864. 531 pages. 6. Eugene Schuyler. Turkistan, Notes of a Journey in Russian Turkistan, Khokand, Bukhara, and Kuldja. In two volumes. Volume I. New York: Scribner, Armstrong & co. 1876. 411 pages. 7. Henry Lansdell. Russian Central Asia including Kuldja, Bokhara, Khiva and Merv. In two volumes. London, Sampson Low, Marston, Searle, and Rivington 188, Fleet street. 1885. Vol. II. 732 pages. 8. Saidov A. Buxoro muzeylari va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni. Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2018. – 312 b. 9. Пулатова М. Некоторые сведения из истории дома-музея Ф. Ходжаева». -Бухара, 2004. 10. Qosimova Sh. Buxoro muzeylari tarixi va merosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019. – 112bet. 11. Жумаев К. «Ситораи Мохи Хосса». -Бухоро:. «Бухоро», 1999. 12. Karimov H. O‘zbekiston muzeylari: tarix va bugun. – Toshkent: “Fan”, 2007. – 78 bet. 13. UNESCO. Museums as Intercultural Dialogue Platforms. Paris, 2015. – pp. 34–56.