scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI

Omonova Laylo

Full text

520 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI Omonova Laylo DTPI Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 5-bosqich 1-BT-S-21-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17368046 Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari, ularning salbiy oqibatlari va oldini olish yo‘llari tahlil qilingan. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot madaniyatini shakllantirish, adolatli baholash, psixologik iqlimni sog‘lomlashtirish hamda pedagogik mahoratni oshirish konfliktlarni kamaytirishda muhim omillar sifatida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, sinfda hamkorlik muhitini yaratish va o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish orqali nizolarning oldini olish imkoniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik konflikt, nizolarni oldini olish, o‘qituvchi mahorati, muloqot madaniyati, ta’lim jarayoni, adolatli baholash, psixologik muhit. Annotation: This article analyzes the causes of pedagogical conflicts, their negative consequences, and ways to prevent them. The formation of communication culture between teacher and student, fair assessment, improvement of the psychological climate, and the development of pedagogical competence are highlighted as key factors in reducing conflicts. In addition, the article emphasizes the possibilities of preventing conflicts through creating a cooperative classroom environment and taking into account the individual characteristics of students. Keywords: pedagogical conflict, prevention of conflicts, teacher’s competence, communication culture, educational process, fair assessment, psychological environment. Аннотация: В данной статье проанализированы причины возникновения педагогических конфликтов, их отрицательные последствия и пути их предотвращения. Формирование культуры общения между учителем и учеником, справедливое оценивание, оздоровление психологического климата, а также повышение педагогического мастерства рассматриваются как важные факторы снижения конфликтов. Кроме того, освещаются возможности предотвращения конфликтов путем создания в классе атмосферы сотрудничества и учета индивидуальных особенностей учащихся Ключевые слова: педагогический конфликт, предотвращение конфликтов, педагогическое мастерство, культура общения, образовательный процесс, справедливое оценивание, психологическая среда. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali hamkorlik va ijobiy muloqot muhitini yaratish dolzarb masalalardan biridir. Chunki ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki shaxsni har tomonlama tarbiyalash, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Shu jarayonda turli xil ziddiyatlar va nizolar yuzaga kelishi tabiiy hol bo‘lib, ular ko‘pincha “pedagogik konflikt” sifatida namoyon bo‘ladi.Pedagogik konfliktlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchilar o‘zaro yoki o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkin. Mazkur holatlarning kelib chiqish sabablari ko‘p qirrali bo‘lib, noto‘g‘ri muloqot, baholash jarayonida adolatsizlik, intizom buzilishi, shuningdek, oilaviy muammolarning ta’lim 521 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz jarayoniga ta’siri kabi omillar bilan bog‘liqdir.Shu nuqtayi nazardan, pedagogik konfliktlarni o‘rganish, ularning salbiy oqibatlarini tahlil qilish hamda oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining pedagogik mahorati, adolatli baholash tamoyillariga amal qilishi, muloqot madaniyatini rivojlantirishi va sinfda sog‘lom psixologik muhit yaratishi konfliktlarni kamaytiruvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Pedagogik konfliktlarni oʻrganishda birinchi oʻrinda ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega . Konfliktlarning qanday sabablarga koʻra kelib chiqishini bilish ularning oldini olishda alohida oʻringa egadir. Pedagogik konfliktlarning kelib chiqishida quyida bir nechta sabablarni koʻrsatish mumkin. Bularga: 1) O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi noto‘g‘ri muloqot; 2)Dars jarayonida o‘quvchilarning intizomsizligi yoki passivligi; 3)O‘qituvchining adolatsiz baholashi yoki bir xil munosabatda bo‘lmasligi; 4)O‘quvchilarning oilaviy muammolari ta’lim jarayoniga ta’sir qilishi kabi asosiy sabablarni ajratish mumkin. Pedagogik konfliktlar yuzaga kelar ekan, ularning salbiy oqibatlari ham vujudga keladi. Konfliktlarning salbiy oqibatlari natijasida: 1)Dars jarayonining samaradorligi pasayadi.Konfliktlar sababli darsga ajratilgan vaqt to‘liq samara bermaydi, bilim olish jarayoni izdan chiqadi; 2)O‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.Adolatsizlik, noto‘g‘ri muloqot yoki keskin muhit o‘quvchilarning motivatsiyasini pasaytiradi, natijada bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj susayadi. 3)O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ishonchsizlik kuchayadi. Muloqotdagi tushunmovchiliklar hamda baholashdagi adolatsizlik o‘zaro hurmatni kamaytiradi, bu esa ta’lim jarayonida ziddiyatlarga olib keladi. 4)Psixologik muhit buziladi.Sinfda taranglik, stress va norozilik kuchayadi. Bu nafaqat nizoga bevosita aloqador o‘quvchilarga, balki butun jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatimizda pedagogik konfliktlar mavjud ekan, ularni oldini olish usullari ham bor.Bunday usul va yoʻllarga quyidagilar kiradi: 1)Muloqot madaniyatini shakllantirish – o‘qituvchi o‘quvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ularni diqqat bilan tinglashi kerak. O‘quvchilar bilan doimiy ravishda ochiq, samimiy va hurmat asosidagi muloqot o‘rnatish nizolarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 2)Adolatli baholash – barcha o‘quvchilarga teng imkoniyat yaratish, baholashda shaffoflikni ta’minlash. O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholashda shaffoflik, aniqlik va izchillik ta’minlansa, norozilik va nizolar kamayadi. 3)Psixologik iqlimni sog‘lomlashtirish – sinfda hamkorlik va do‘stlik muhitini yaratish. Sog‘lom sinf muhiti nafaqat konfliktlarni kamaytiradi, balki o‘quvchilarda ijobiy motivatsiya uyg‘otadi. 4)Muammoni tezkor hal qilish – nizo chiqqan zahoti uni kattalashmasdan hal etish. O‘qituvchi dars jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanishi, turli tarbiyaviy yondashuvlarni qo‘llashi orqali nizolarni konstruktiv hal eta oladi.5)Pedagogik mahoratni oshirish – o‘qituvchining nutq madaniyati, sabr-toqati va konfliktologik bilimlarini rivojlantirish.Jamoaviy ishlarga jalb qilish, o‘quvchilarni shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish, 522 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish nizolarni oldini olishda samarali usuldir 6)Hamkorlikka asoslangan dars – o‘quvchilarning faol ishtiroki, guruhlarda ishlash va jamoaviy topshiriqlar orqali nizolarning oldi olinadi. Pedagogik konfliktlarning oldini olishda oʻqituvchining psixologik yondoshuvi alohida ahamiyatga ega.Pedagogik konfliktlarni boshqarishda o‘qituvchi har doim hissiy barqaror bo‘lishi, o‘zini nazorat qilishi lozim. Har bir o‘quvchini shaxs sifatida qadrlash, uning ehtiyoj va qiziqishlarini hisobga olish orqali ko‘plab nizolarni oldini olish mumkin. Xulosa Pedagogik konfliktlar ta’lim jarayonining tabiiy qismi hisoblanadi .Muhimi, ularni to‘g‘ri boshqarish va profilaktika choralarini ko‘rishdir. O‘qituvchi o‘zining pedagogik mahorati, adolatli munosabati va muloqot madaniyati orqali nizolarning oldini olsa, ta’lim jarayoni samarali, sinfdagi psixologik muhit esa ijobiy bo‘ladi.Ularning kelib chiqishi ko‘pincha noto‘g‘ri muloqot, adolatsiz baholash, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olmaslik yoki psixologik muhitning salbiyligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday nizolar ta’lim samaradorligini pasaytirishi, o‘quvchilarda motivatsiya va ishonchning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.Shu sababli pedagogik konfliktlarni oldini olish va boshqarish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat, muloqot madaniyati, psixologik savodxonlik va adolatli yondashuvni talab etadi. Sinfda sog‘lom psixologik muhit yaratish, adolatli baholash, hamkorlik ruhini shakllantirish va o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish konfliktlarning oldini olishning asosiy yo‘llaridir.Umuman, pedagogik konfliktlar to‘g‘ri boshqarilganda, ular faqat salbiy emas, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. Chunki konstruktiv hal qilingan har bir nizo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi va ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.Umuman olganda, pedagogik konfliktlarni boshqarish va ularni konstruktiv yo‘nalishga yo‘naltirish o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki sog‘lom tarbiyaviy muhitni shakllantirish, o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va ularni jamiyatga uyg‘unlashgan shaxs sifatida voyaga yetkazishda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. References: 1. Ergashev Sh. Konfliktologiya va muloqot madaniyati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. 2. Karimova V. Psixologik xizmat va nizolarni boshqarish. – Toshkent: Universitet, 2022. 3. Rasulova D. Maktabda pedagogik muloqot va nizolarni oldini olish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 4. Qodirova F. Pedagogik mahorat va kasbiy muloqot. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 5. Xolbekov M. Pedagogik konfliktologiya asoslari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. 6. Abdurahmonov Q. Ta’lim jarayonida psixologik muhitni boshqarish. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2023.