OʻQITUVCHINING PEDAGOGIK MULOQAT QONUNIYATLARI
Full text
529 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz OʻQITUVCHINING PEDAGOGIK MULOQAT QONUNIYATLARI Normuminova Shohsanam Ikromjon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yoʼnalish 1-BT-S-21-guruh 5-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17368565 Annotatsiya: Pedagogik jarayonning samaradorligi faqatgina dars metodlari va oʻquv dasturlari bilan belgilanmaydi. Unda asosiy oʻrin tutadigan omillardan biri – oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi muloqat jarayonidir. Pedagogik muloqat – bu oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishga, bilimlarni samarali oʻzlashtirishga, shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik jarayondir. Kalit soʻzlar: Pedagog ,muloqot,muloqot qonuniyati,kasbiy madaniyat,ikki tomonlama faoliyat, ijtimoiy -psixologik jarayon. Annotation The effectiveness of the pedagogical process is not determined only by teaching methods and curricula. One of the key factors in it is the process of communication between the teacher and the student. Pedagogical communication is a socio-psychological process that serves to organize the educational process, ensure effective knowledge acquisition, and develop personal qualities. Keywords: Pedagogue, communication, laws of communication, professional culture, two-way activity, socio-psychological process. Аннотация Эффективность педагогического процесса определяется не только методами преподавания и учебными программами. Одним из важнейших факторов в нём является процесс общения между учителем и учеником. Педагогическое общение – это социально-психологический процесс, направленный на организацию учебновоспитательного процесса, эффективное усвоение знаний и формирование личностных качеств. Ключевые слова: педагог, общение, закономерности общения, профессиональная культура, двусторонняя деятельность, социально-психологический процесс. Kirish Taʼlim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi muloqat sifatiga bogʻliq. Pedagogik muloqat – bu oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida taʼlimtarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik jarayondir.Oʻqituvchining samarali pedagogik muloqatini tashkil etishda quyidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega:1. Maqsadga yoʻnaltirilganlik qonuniyati– Har qanday muloqat taʼlim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadlariga xizmat qilishi lozim. Oʻqituvchi suhbat, savol-javob, tushuntirish yoki baholash jarayonida oʻquvchining bilimini, axloqini va dunyoqarashini rivojlantirishni koʻzda tutadi.2. Shaxsni hurmat qilish qonuniyati– Oʻqituvchi muloqat jarayonida oʻquvchini shaxs sifatida qadrlashi, uning fikri va qiziqishlarini eʼtiborga olishi zarur. Bu ishonch va samimiyatni kuchaytiradi.3. Axborotning aniq va tushunarli boʻlish qonuniyati– Pedagogik muloqatning samaradorligi berilayotgan axborotning ravshan, mantiqan izchil va yoshga mos tilda yetkazilishiga bogʻliq.4. Oʻzaro faollik qonuniyati– Dars jarayonida faqat oʻqituvchi emas, balki
530 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz oʻquvchi ham faol ishtirok etishi lozim. Savol-javoblar, muhokamalar, mustaqil fikrlash imkoniyati oʻquvchini muloqat subyektiga aylantiradi.5. Pozitiv emotsional muhit qonuniyati– Oʻqituvchi darsda iliq, doʻstona, qoʻllab-quvvatlovchi muhit yaratishi lozim. Bu oʻquvchilarni erkin fikrlashga, mustaqil izlanishga va oʻz kuchiga ishonishga undaydi.6. Pedagogik takt qonuniyati– Oʻqituvchi muloqatda oʻzini vazmin, sabrli va odobli tutishi, tanqidni toʻgʻri shaklda berishi zarur. Asosiy pedagogik muloqot ko‘nikmalari: 1. Tinglay olish ko‘nikmasi.O‘quvchini to‘liq eshitish, gapini bo‘lmaslik.Uning fikriga hurmat bilan qarash va tushunishga intilish.2. Aniq va ravon ifoda etish ko‘nikmasi.O‘quv materialini tushunarli, sodda va obrazli qilib tushuntirish.Nutqda ohang, mimika va imoishoralardan o‘rinli foydalanish.3. Savol berish va javobni boshqarish ko‘nikmasi.To‘g‘ri, mantiqiy va ijodiy fikrlashga undaydigan savollar berish.Javobni rag‘batlantirish va to‘ldirish.4. Kontakt o‘rnatish ko‘nikmasi.O‘quvchilar bilan ishonchli muhit yaratish.Jamoada ijobiy psixologik kayfiyatni ta’minlash.5. Nizoli vaziyatlarni boshqarish ko‘nikmasi.Mojaroni kuchaytirmaslik.Muammoni adolatli, xolisona hal etish.6. Rag‘batlantirish va tormozlash ko‘nikmasiO‘quvchini qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatlarini e’tirof etish.Salbiy xattiharakatlarga to‘g‘ri, lekin tarbiyaviy tarzda munosabat bildirish.7. Empatiya (hamdardlik) ko‘nikmasiO‘quvchining holatini tushunish.Uning hissiyotlariga befarq bo‘lmaslik.8. Muloqot uslubini moslashtirish ko‘nikmasi. Xulosa: Oʻqituvchining pedagogik muloqati taʼlim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Muloqat qonuniyatlariga rioya qilish oʻqituvchiga nafaqat bilim berishda, balki oʻquvchilar qalbiga yoʻl topishda, ularni mustaqil fikrlashga, jamiyatga foydali inson boʻlib yetishishga yoʻnaltirishda katta yordam beradi.Oʻqituvchining pedagogik muloqot ko‘nikmalari ta’lim samaradorligi, tarbiyaviy ta’sir kuchi va sinf jamoasida sog‘lom muhit shakllanishining asosiy omilidir. References: 1. Azizxo‘jayev N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. 2. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik mahorat va pedagogik muloqot. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. 3. Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. 4. Амонашвили Ш.А. Здравствуй, школа! – Москва: Педагогика, 1983. 5. Сластёнин В.А., Исаев И.Ф., Шиянов Е.Н. Педагогика. – Москва: Академия, 2002. 6. Щукина Г.И. Активизация познавательной деятельности учащихся. – Москва: Просвещение, 1979